Punktatsiya paydo bo'lishini ta'minlagan asosiy omillarni izohlang


Download 15.44 Kb.
Sana20.06.2023
Hajmi15.44 Kb.
#1630751
Bog'liq
Punktatsiya paydo bo\'lishini ta\'minlagan asosiy omillarni izohlang


Punktatsiya paydo bo'lishini ta'minlagan asosiy omillarni izohlang

Punktuatsiya. Tinish belgilari va ularning yozma nutqda to’g’ri qo’llash yo’l-yo’riqlarini o’rgatuvchi tilshunoslik bo’limiga aytiladi. Berilgan gaplarning ma’nosi tinish belgisini qo’yish bilan o’zgartiring. Har bir gapni o’zgarguncha o’zgargandan keyin o’qing, hamda ohangiga e’tibor qarating.


Sobir akam keldi. Yaxshi bolalar vaqtini bekor o’tkazmaydi. Xona katta kishilarga yoqdi. Gullar chiroyli stolni bezab turibdi. Akam kecha kelgan mehmonlarni o’zi kutib oldi. Ajdodlarimiz ulug’ temuriylarga borib tutashadi.
Nutqning ishlatilishi.Nuqta quyidagi:

  1. Tinch ohang bilan aytiladigan darak, buyruq va undov gapdan keyin: Oltin kuz fasli kirib keldi.Darslarni o’zvaqtida tayyorlab yurgin.Koshki ,uning kuchi yetsa.

  2. Birinchi qismda nuqta, ko’p nuqta, undov yoki so’roq belgisi bo’lgan ko’chirma gap o’rtasida kelgan muallif gapdan keyin: men hozir jo’nayman, - dedi u. – Siz esa yarim soatlardan keyin yo’lga chiqing.

  3. Qisqartirilgan ism va familiyaning birinchi harf yoki qismidan keyin: M. Ism. (Mirzakalom Ismoilov)

  4. Sanash yoki ayrim fkirning qismini ifodalagan va oy,kun, yilni bir – biridan ajratish uchun qo’llangan raqm yoki harfdan keyin: 27.09.2002 kabi biridan ajratish uchun qo’llangan

Eslatma:
Qavsga olingan manbadan oldingi gap oxiridagi tinish belgisi o’z o’rnida saqlanadi va qavsdan keyin hech qanday tinish belgisi qo’yilmaydi. Shuningdek, sarlovhadan keyin (darak gap bo’lsa) nuqta qo’yilmaydi. Lekin sarlovha biridan ortiq mustaqil sodda gapdan tuzilgan bo’lsa oldindagilardan keyin nuqta qo’yiladi, oxirgisidan keyin qo’yilmaydi.
Gap. Sodda gap. So’roq belgisining ishlatilishi. So’roq belgisi quyidagi holda qo’yiladi:

  1. So’roq gapdan keyin: Ishga tayyormisiz?

  2. So’roq bir ortiq bo’lishi mumkin. Bunda:

  1. So’roq gap mustaqil bo’lsa har biridan so’ng so’roq belgisi qo’yiladi: Qishloq qanday? Og’aynilar yaxshi yurishibdimi?

  2. Agar so’roq gap mazmuniy umumiy bir fikrni ifodalasa va qo’shma gap tarzida bo’lsa, eng so’nggi so’roq gapdan keyin qo’yiladi: Kim kelyapti: Sarvimi, Rahbarmi yo akangning bolalarini yetaklab kelyaptilarmi?

  1. Gap darak gap bo’lib undagi biror so’z yoki ibora noaniq bo’lsa va gumon ifodalansa, undan keyin so’roq belgisi qo’yiladi: Bu ishning hammasidan yarim soat (?) ichida bajarar ekanmiz.

Eslatma.
Bazan qo’shma gap tarkibidagi sodda gapning oldingisi so’roq qolgani esa uning izohi sifatida kelishi mumkin bunday holda ular orasiga yoki tire qo’yilishi mumkin lekin qo’shma gapning qismi vergul yoki tire bilan ajratish shart bo’lganligi tufayli so’roq belgisi qo’yilmaydi. U ertaga keladimi, kelmaydimi, bu men uchun qorong’u.
Undov belgisining ishlatilishi.
Undov belgisi quyidagi hollarda ishlatiladi.

  1. His-hayajon ifodalangan gapdan keyin: Yoshligimizda naqadar baxtiyor edik.

  2. Buyurish, tilak orzu ma’nosini ifodalagan gapdan keyin: Hoziroq bularni ko’zimdan yo’qoting! Qani endi quyosh kabi osmonda parvoz qilsa!

  3. Gap boshida kelib, kuchli his-hayajon ifodalangan undalma, undov hamda ha va yo’q so’zidan keyin: Yo’q! Rustam bunday qabihlikka bormaydi hech qachon! Azizlar! Sizni mustaqillik bayrami bilan tabriklayman!

Bunda undovdan oldingi so’z mustaqil gap sifatida qaraladi.
Ko’p nuqtaning ishlatilishi.

  1. Fikr tugallanmaganda: Agar hozir gapingizni to’xtatmasangiz…

  2. So’zlovchining o’ylashi, mulohaza qilishini ko’rsatadi: Bugun… bugun oldingizga o’tsam bo’ladimi?

  3. Ba’zan kimningdir savoliga javob bermay, indamay turganini ko’rsatish uchun: Mendan rozimassiz, bilaman, kechirmaysiz…

  4. Biror so’z yoki gapning tushirilganini ko’rsatish uchun: Bugun yettinchi bo’limga kelib, … oshdi.

Ko’p nuqta, undov va so’roq belgining birga kelishi. Gap mazmuni maskur tinish belgisini birga qo’llanishini taqazo qiladi. Bunda:

  1. So’roq mazmunidan his hayajon kuchliroq bo’lgan gapdan keyin avval undov, keyin so’roq belgisi birikkan holda (!?) qo’yiladi.

  2. Kuchli his-hayajon bilan berilgan savolni ifodalaydigan so’roq gapdan so’ng avval so’roq, keyin undov belgisi birikkan holda qo’yiladi: A?!-Xonkeldiyeva turgan yerida surat bo’lib qoldi.

  3. Kuchli his-hayajon ifodalangan va mazmunan tugallanmagan gapdan keyin avval undov keyin ko’p nuqta birikkan holda (! …) qo’yiladi:-Nafisa! …

  4. Mazmunan tugallanmagan so’roq gapdan so’ng avval so’roq keyin nuqta birikkan holda (? …) ishlatiladi:-Nima dedingiz? Bularni hammasi men uchun? …

Vergulning ishlatilishi.

  1. Uyushiq bolak orasida.

  2. Bog’lovchisiz birikkan uyushiq bo’lak orasida. Andijon, Namangan, Qo’qon-O’zbekning chamani, bog’u bo’stoni.

  3. Takrorlanuvchi bog’lovchi bilan birikkan uyushiq bo’lak orasida: U goh kulimsiraydi, goh chuqur o’yga toladi.

  4. Zidlovchi bog’lovchi yordamida birikkan uyushiq bo’lak orasida: Zamiraning baland, ammo mayin ovozi bor edi.

  5. Undalmani gapdan ajratish uchun.

  6. Kirish so’zni va tuzulishiga ko’ra murakkab bo’lmagan kirish gapni ajratish uchun: Xullas, ertaga shu yerda yotiladigan bo’ldi. Men sizga aytsam, odamning yomoni bo’lmaydi.

  7. Ha va yo’q so’zini gap bo’lagidan ajratish uchun: Ha, bu gapingiz to’g’ri.

Download 15.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling