Qalbim chechagi She’rlar va sochmalar Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti Toshkent – 2011 2 84 (5¤)6
Download 75.44 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 84 (5¤)6 Å26 Egamberganova, Matlubabonu.
- Men seni borim deb atayin, Vatan
- TO’RT FASLDA TO’RT HOLAT 1. Kuz ilhomlari
- Yosh ijodkor Matluba Egamberganova mashqlari haqida
- Erkin Samandar, shoir, dramaturg
- Erkin Madrahimov, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi
- Abdulla Safaev, O’zbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasi a’zosi
- Sotim Avaz, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi
- Ismoil Allaberganov, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasining a’zosi
1 Matlubabonu Egamberganova Qalbim chechagi She’rlar va sochmalar Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti Toshkent – 2011
2 84 (5¤)6 Å26 Egamberganova, Matlubabonu. Qalbim chechagi: she’rlar va sochmalar / M. Egamberganova. - T.: Alisher Navoiy nom. O’zbekiston Milliy k-nasi nashriyoti, 2011. - 28 b. ÁÁÊ 84 (5¤)6 Xorazmlik yosh shoira Matlubabonu Egamberganova- ning qo’lingizdagi «Qalbim chechagi» kitobchasi katta sheriyat ostonasida turgan orzuli qalb hayajonidan dunyoga kelgan. Undan o’rin olgan she’r va sochmalar oz samimiyati, beg’uborligi, tiniq o’y-mushohadaga boyligi bilan ko’ngilga yaqin. ISBN 978-9943-06-348-8 © Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2011 y. 3 Padari buzrukvorim Jabbargan Bobojonov xotirasiga bag’ishlayman. Vaqt o’tmoqda, yillar to’zoni, O’z hukmini qilmoqda ayon. Kulib turgan chehralaringiz Ko’z oldimda bo’lar nàmoyon.
4 Vatan Olis-olislarda sargardon kezgan, Lek bag’ring taftini, har lahza sezgan Bobur ko’z yoshidan sog’inchlar suzgan, Mehringni ko’nglimga qadayin, Vatan, Men seni borim deb atayin, Vatan. Otamsan – bag’ri keng, sahovatpesha, Onamsan, onamday qalbimda yasha, Kumushlar izlagan, senmiding o’sha, Dunyoda topmadim sendayin Vatan, Men seni borim deb atayin, Vatan. Farzandlar yurt uchun qalqonday kerak, O’tmishing ertangdan bermoqda darak, O’zbekiston deya urmoqda yurak. Yuragim talpinsa netayin, Vatan? Men seni borim deb, atayin Vatan. Matlubabonu Egamberganova
5 Xorazm..... Jayxunning yon bag’rida Qum gardishli durdona. Sayyohlarni rom qilar, Savlat to’kar mardona. Qadim hurlar zamini Qovunlari til yorar, Nurdan yaralgan makon, Lazgilari jon olar. Keksalari duoda, Yoshlari aylar ta’zim. Jannatning bir bo’lagi Qadim go’sha Xorazm. Qalbim chechagi 6 Ota, sizni... Ko’zlarimda tomchilar armon, Ota, sizni sog’indim yana. Bugun baxtning sohillarida Yana sog’inch qildi tantana. So’zlaringiz qalbimda doim, Hayollarim sizga zor, mushtoq. Taqdir tashlab sinovlar ichra, Mehringizni ayladi yiroq. Vaqt o’tmoqda, yillar to’zoni, O’z hukmini qilmoqda ayon. Kulib turgan chehralaringiz Ko’z oldimda bo’lar namoyon. Matlubabonu Egamberganova 7 *****
Vujudimga kiygazib baxtni, Uyg’onaman kunni erkalab, Axtaraman dunyodan nedir, Va hech narsa qilmasman talab. Qani endi, shamol bo’lolsam, Yetolmasang ortimdan sarson. Termuladi ortiga inson, Hayotning har lahzasi – armon.
Qaro mehnatingda bormidi adog’, Farzanding ketmon-u, qo’llaring qadog’. Yuzingda ajinlar, qatorma-qator, Yer seni onangdir – o’tmishdan yodgor. Yasharding zabonsiz – g’ofilu gumroh, Ko’ksinga gul emas, paxtani qadab, Endi nabiralar bosadi izing Yurish turishingdan yog’ilar adab. Qalbim chechagi 8 Sog’inch (Otajonim xotirasiga bag’ishlayman) Ko’zlarim xohlamas, ko’ngil uzishni, Tole darchasini ochsamda biroq. Ki prigim ostida, quvonch uyg’otib Bir kuni bag’ringa qaytaman, qishloq. She’rim-qarog’imdan to’kilgan yoshlar, Garchand olislarga dil oqar bu choq. Ajriqlar gul bo’lib, tovlanar endi, Bir kuni bag’ringa, qaytaman qishloq. Erk suygan ruhimga buyuk siylovsan, Orzular qilaman, undan-da ko’proq. Sen deb yashamasam borligim yolg’on, Bir kuni bag’ringa, qaytaman qishloq. Olisdan izlamay baxtim sarsari, Men hayot bog’ida omonat yaproq. Qaytaman, bag’ring keng – onam singari, Bir kuni bag’ringa, qaytaman qishloq. Matlubabonu Egamberganova
9 Usmon Nosir Dunyolarning diydasi qattiq, Chertilmagan dil toridir bu. Yuragimga bo’lding armug’on, Mening uchun ushalmas orzu. Xotiramning olis qa’rida, Turtkilaydi armonli tuyg’u. Xijronlarda qonlar yutadi Mening uchun ushalmas orzu. Balki taqdir, yo sho’r peshona, Qo’llarimdan ushlaydi qayg’u, Balki malol keldim dunyoga, Mening uchun ushalmas orzu. Tuproq yo’ldan borarman ketib, Toki umrim sochmoqda yog’du. Yozolmagan so’zlarim qancha, Mening uchun ushalmas orzu. Qalbim chechagi 10 Orzu karvoni Erta ishqi dilni o’rtaydi, Yuragimga bag’ishlab surur. To’lqin urgan soyga tikilib, Baxt sohilin qildim tasavvur. Mavjlanadi poyimda gullar, Labin bosar tuproq qoshiga. Erkalanar ko’zimda ilhom, Yana sog’inch qo’nib boshiga. Sarsonlikda uchdi yaproqlar, Vaqtning qaysar, qo’rqmas sarboni – Bedor dilim titroqlarini Tinglamaydi orzu karvoni. Matlubabonu Egamberganova 11 ***** Qalbimga nur misol kirib kelgan siz, Yuragim qo’ridan joy olgan ham siz. Ko’nglimdan to’kilgan bir qatra she’rsiz, Vujudim chulg’agan o’tli mehrsiz. Siz borsiz, hayotim go’zaldan-go’zal. Siz borsiz, baxtliman, har kunim tugal. Ko’nglimda nish urgan asl kurtaksiz, Hayotim ganjida misli chechaksiz. Qoyasiz suyansam, metinsiz, ona, Mangu kuylanguvchi, uzun ertaksiz. Siz borsiz, hayotim go’zaldan-go’zal. Siz borsiz, baxtliman, har kunim tugal. Bu dunyo ulug’lab, asragan so’zsiz. Baxtimga zeb berib yo’g’rilgan xis – siz. Siz o’sha Zullfiya, o’sha Nodira, Hayotim quvonchi, bahori sizsiz. Siz borsiz, hayotim go’zaldan-go’zal. Siz borsiz, baxtliman, har kunim tugal. Qalbim chechagi 12 Bag’ishlov Sizga olqish bo’lsin, Qodiriy bobo, O’zbekning dardini tilga olgansiz. Kumushning labida kulgu uyg’otib, Zaynabning qalbiga olov solgansiz. Sizga olqish bo’lsin, Qodiriy bobo, Siz Anvar – yigitlar ichra Mirzosi. Oltin qafas ichra bitmas qizil gul, Qizingiz gulzorda gullar Ra’nosi Sizga olqish bo’lsin, Qodiriy bobo..... Qalbim chechagi Ota, duo qiling, men she’rlar yozay, Tugalmas baxt bo’lib yurakka botsin. Insonlar qalbida borki zarra dard, Uni lov-lov yongan olovga otsin. Ona, mehr bering, men she’rlar yozay, Yuragim qo’ridan satrlar bitay. Eng inju so’zlarni qog’ozga solib, So’ngra uni ona xalqimga tutay. Matlubabonu Egamberganova 13 Ona... Umrim, sodda hayollarimni G’unchalar poyiga to’shayman. Osmonlarda oftobsan, ona, Sendan ziyo olib yashayman. Atirguldek tovlansam qani, Farishtaday orzung kuldirsam, Har saharda tushib nigohim, Vujudingni zavqqa to’ldirsam. Tabassuming ko’klam vaslidir, Hayot ham nur olar, aftidan. Rozimanki, qorga aylanib Erib ketsam, mehring taftidan. Umrim, sodda hayollarimni G’unchalar poyiga to’shayman. Osmonlarda oftobsan, ona, Sendan ziyo olib yashayman. Qalbim chechagi 14 Zulfiyaxonimga Siz yozgan she’rlardan ilhom olaman, O’sha unsiz kunlarga nazar solaman. Goho men ham g’amgin, o’yga tolaman, Har misrangiz muhrlangan jismu jonimga, O’xshagim keladi Zulfiyaxonimga. Omon va Hulkarning boshini silab, Hamid Olimjonga duolar tilab, Charag’bon kunlarni Ollohdan so’rab, Yana bahor keldi, mening yonimga. O’xshagim keladi Zulfiyaxonimga. Bir savol bermaydi menga hech ro’yxush, She’rlaringiz go’zal va nega homush, Gohi kechalari ko’rsam sizni tush, Shukronalar qilib, rizqu nonimga, O’xshagim keladi Zulfiyaxonimga. Men ham Vatan deya, kuyib-yonarman, Har satrda sizni esga olarrman. Nazm gulshaniga, qadam qo’yarman. Quloq soling, ustoz, dil fig’onimga: O’xshagim keladi, Zulfiyaxonimga. Matlubabonu Egamberganova 15 Turnalar Turnalar yig’laydi olis yurtlarda, Arg’imchoqlar yasab, hayron qoldirib. Qo’rqadilar erkin parvoz qilolmay, Odamlar ularni yashar o’ldirib. Turnalar yig’laydi olis yurtlarda, Izlab sokingina, go’zal bo’stonni. Ular tush ko’radi va tushlarida Korarlar gullagan O’zbekistonni. Turnalar yig’laydi olis yurtlarda. Mehrimni bahsh etay... Bugun noming kuylayin takror, Yuragimda g’urur, iftixor. Senga shunday tashbehlar bitay, Va sevgimni aylayin izhor. Kindik qonim to’kilgan maskan, Xalqi ozod, bog’lari chaman. Sen onamsan, farzand bo’lib men Mehrimni bahsh etayin, Vatan. Qalbim chechagi 16 Shamol va hayol Yuzlarim chimchilar mayin shabboda, Daraxtni silkitib esadur shamol. Shamollar erkindir, kezar samoda, Shamolga talpinib yashaydi hayol. Gohida keladi yomg’irni boshlab, Gohida barchani qilib qo’yar lol. Gohida yuradur sahro changitib, Shamolga talpinib yashaydi hayol.
Tun pardasi tortilar asta, Hammayoqni qoplar qorong’u. Barcha uxlab yotgan bir palla Ko’zlarimga kelmaydi uyqu. Yumilmaydi ko’zlarim shu dam, Birdan o’ychan bo’lib qolaman. Qo’llarimga qalamim olib, Tun qa’ridan ilhom olaman. Matlubabonu Egamberganova 17 Ayol ta’rifi Shoirlari olganda qalam, So’z topilmas go’zal ayolga. Yuragida ajib tuyg’ular, Cho’madilar yana hayolga. Duolarga ochib qo’llarin, Baxsh etadi umrini jonga. Uxlamaydi, kechalar bedor jim Va tonglarni ulaydi tongga. U – mo’tabar, bebahodir u, Tabiatning go’zal hilqati. Dunyolarga yetadi mehri, Ollohimning buyuk qudrati. Onalar bor, boqiydir hayot, Yuraklarda yashar allasi. Ayollar bor, boqiydir bayot, Jaranglaydi baxtning yallasi. Qalbim chechagi 18 Hayot Uchqun bo’lding, bo’ldim alanga. Sinovinga jimgina kuldim. Lahza go’yo suratga o’xshab, Shohidasan, bargida yurdim. Ortiq meni chorlama ortga, Bu kunlar ham o’tar va ketar. O’tar kunlar, hali oldinda Meni baxtli kelajak kutar. Matlubabonu Egamberganova 19 ****
Kuz ham keldi, so’ldi yaproqlar, Beg’ubor qish yuzlarida noz. Bahor- yana gullaydi chaman, Kelishingni istamasman, yoz. Kuz – qo’limga tutadi qalam, Qish beradi bir hovuch oq qor. Bahor taqar chakkamga gullar, Yoz-sog’inchim yangilar takror. Aslida, kuz armonlarimdir, Qish-ko’nglimni tirnagan unlar. Orzularga chorlaydi bahor, Yoz – otamni qo’msagan kunlar. Qalbim chechagi
20 To’rtliklar (Kumushning so’zlari) G’uncha yuz ochguncha bulbul hajrida, Bulbul kuylab yonar, bog’im gulida. Xasratli bir nolish qalbim to’rida, Kulmishdir toleyim – ishqim yo’lida. (Zaynabning so’zlari) Orzuli dilimni o’rtagan nola, Yuragim to’rini ezadi og’riq. Ne qilay, baxt so’zi menga begona, Qismatim samodan berilgan yorliq? ****
Agar tilla baliq uchrasa, Ne so’rashni o’zim bilardim. Eng avvalo insonlar uchun, Undan uzoq umr tilardim. Matlubabonu Egamberganova
21 Bahor! Seni sog’inib yashayman. Qirlardagi boychechaklar, qaldirg’ochlarning chug’ur-chug’uri, ko’k somsa-yu, sumalakning hidlari bir lahza ham dimog’im ostidan ketmaydi. Tabiat men sevgan yashil libosini kiyib, chakkasiga turli xil anvoyi gullar taqadi.
22 Men seni borim deb atayin, Vatan Vatan deb inson tug’ilgan, kindik qoni to’kilgan, ilk bor ona allasini tinglagan mamlakatga aytiladi. Vatan ota- bobolarimizning makonidir. U O’zbekiston deb ataladi. O’zbekiston dunyodagi eng qadimiy va betakror o’lkalardan biridir. Men shunday muqaddas maskanda dunyoga kelganimdan faxrlanaman. Chunki Vatanimni, uning cheksiz sarhadlarini - Xorazmning salqin gujumlari-yu, shirin qovunlarini, Nurotaning qizg’aldoqlari, Samarqandning shirin suvlari, Buxoroning Mohi-hosasini, Toshkentning yengil va mayin havosi-yu, Boysunning lolalari va go’zal urf-odatlarini, Andijonning san’atini, Dashnobod va Quvaning shirin anorlari-yu, Namanganning chiroyli gullarini juda yaxshi ko’raman. Hatto endigina uchirma bo’lgan polapon ham o’z uyasiga talpinadi. Rivoyat qilishlaricha, bir zamonlar Ajamdan kelayotgan karvon Jayhun daryosining so’l qirg’og’ida hordiq olgani to’xtabdi. O’sha yerda qadimiy quduq bor ekan. Odamlar uning atrofini tozalab, o’sha suvdan olib, avvalo sarbonga uzatishibdi. Chanqab turgan karvonboshi uni simiribdi-da, “Hey-voh”, deb yuboribdi. Keyinchalik quduq atrofi o’ralib, yon-atrofga imoratlar qurila boshlabdi. “Hey-voh” atamasi ham saqlanib qolib, bu yer Xiva deb atala boshlagan ekan. Dunyoda mashhur bo’lgan yettita mo’jizaning biri, yer kurrasida mashhur bo’lgan Afina, Qohira, Rim shaharlarining tengdoshi bo’lgan bu diyor jahon madaniyati merosiga qabul qilingan yuzinchi shahar bo’lib, dunyoga Muhammad Xorazmiy, Zamaxshariy, Najmiddin Kubro, Pahlavon Mahmud, Abulg’oziy Bahodirxon, Muhammad Rahimxon-Feruz, Munis va Ogahiy kabi buyuk allomalarni yetkazib bergan ko’hna zamin hisoblanadi. Xivada ikkita afsonaviy Ichon va Dishon qal’alari mavjud. Dishon qal’aning o’nta darvozasi bo’lgan. Xazorasp darvozasi, Pishkanik, Angariq, Shixlar, Matlubabonu Egamberganova 23 Tozabog’, Shohimardon, Dashyoq, Qo’sha darvoza, Gadoylar, Gandimyon. Qadimda shahar aholisi shu darvozalar orqali Ichon qal’aga kirganlar. Xiva butun Xorazm tarixini o’zida mujassamlashtirgan ochiq osmon ostidagi muzey shahar deya e’tirof etilgan. Niliy gumbazlar, osmono’par minoralar qad rostlagan shahar ko’chalarini kezar ekanman, o’zimni “Ming bir kecha” olamiga kirganday his etaman. Bu qadimiy ko’chalar kishi hayolini uzoq o’tmishga yetaklaydi. Naqshin binolar, serjilo gumbazlar oradan asrlar o’tsa-da, go’zalikka tashna har bir qalbni o’ziga rom etadi. Men tug’ilgan mo’jazgina Soyot qishlog’ida esa juda ko’p qadamjolar mavjud. Bundan tashqari, qishlog’imizda musulmon sharqi va tasavvuf ilmining bebaho vakillaridan biri Najmiddin Kubro tavallud topgan. Xorazmning “galing, hovo” degan so’zlariga, quloqlarga ohanraboday yoquvchi va beixtiyor tanimizga titroq yugurtiruvchi lazgisiga, Xivaning serjilo minorlariga mahliyo bo’lmagan odam yo’q. Biz Vatan avaylab-asrashimiz, kelajak avlodga gard yuqtirmasdan yetkazishimiz, milliy an’analarimiz va urf-odatlarimizni hurmat qilishimiz kerak. Zero, kelajak bugundan boshlanadi. Qalbim chechagi
24 TO’RT FASLDA TO’RT HOLAT 1. Kuz ilhomlari Kuz. Daraxtlardan to’kilayotgan sariq va qizil barglar yerga ohista to’kilib, oyoqlarim ostida shitirlaydi. Mayin esayotgan kuz shamoli xazonrezgi barglarni chirpirak qilib aylantira- aylantira uzoq-uzoqlarga olib ketadi. Bir necha kundan beri tinmay xo’mrayib, quyosh yuzini qoplab turgan bulutlar bugun birdan quyuqlashib sharros jala quyib yubordi. Chelaklab quygan jala bir pasda hammayoqni ko’lmakka aylantirdi. So’ngra shiddat bilan etni junjiktiruvchi sovuq shamol esib, bulutlarni haydab olib ketdi. Nihoyat, quyosh charaqladi. Kuzning ana shunday kunlarida kishi o’yga cho’madi va beihtiyor uni ilhom parilari chulg’ab oladi. 2. Qish quvonchlari O’qishdan qaytayotib, oppoq libos kiygan ko’cha bo’ylab ketar ekanman, vujudimni qorlardek beg’ubor hislar chulg’aydi. Qish butun borliqqa o’z sepini yoyib, zamin uzra turli ohanglar taraladi. Aynan shunday lahzada o’zimning faqatgina menga ma’lum bo’lgan sirli olamimga kirib boraman. Mashinalarning shovqini-yu, insonlarning suhbati yoqimli kuyday qulog’im ostida jaranglaydi. 3. Bahor sog’inchi Bahor! Seni sog’inib yashayman. Qirlardagi boychechaklar, qaldirg’ochlarning chug’ur-chug’uri, ko’k somsa-yu, sumalakning hidlari bir lahza ham dimog’im ostidan ketmaydi. Tabiat men sevgan yashil libosini kiyib, chakkasiga turli xil anvoyi gullar taqadi. Har tomondan salqin shabada esib, Matlubabonu Egamberganova
25 dillarga bahoriy kayfiyat bag’ishlaydi.Tarnovlardan oqayotgan suvlar-u, osmon uzra jilolanayotgan yetti xil kamalak doimo bahorni eslatib turadi. 4. Yoz ifori Yoz! Oldinlari seni juda yoqtirardim. Ariqlarda cho’milishni, gilos-u o’riklarni, ko’m-ko’k dalalarni sevardim. Endi nimagadir yoz kelayotganday bo’lsa, meni daxshatli bir qo’rquv chulg’aydi. Chunki sening issiq kunlaringning birida dunyodagi eng aziz mehribonimdan ayrilib qoldim. Ushbu kitobimni padari buzrukvorim Bobojonov Jobbarganning yorqin xotirasiga bag’ishlayman va kelajakda otajonim xohlagandek qalami o’tkir, elimiz ardoqlagan shoira bo’lib, onajon o’lkam O’zbekistonning dovrug’ini butun dunyoga yoyaman. Yosh ijodkor Matluba Egamberganova mashqlari haqida Qizim Matlubabonu! She’rlaringizni o’qib ko’rdim. Yoshingizga mos, tuzuk. Qalamingiz ancha ravon yuradi.Shularni ko’rib xursand bo’ldim. Astoyidil o’qib, hayot tajribangizga ega bo’lganingiz sari, mahoratingiz oshib borishiga shubha yo’q. Umuman aytganda, she’rlaringiz yaxshi taassurot qoldirdi. Yillar o’tishi bilan bundan-da go’zal satrlar bitishingizga ishonaman. Erkin Samandar, shoir, dramaturg Matlubaning she’rlarini mutoala qilar ekanman, Xorazm adabiy muhitidan istiqboli porloq yana bir shoira yetishib chiqayotganiga ich-ichimdan iymon keltirdim Bu haqiqat bo’lib, Matluba endigina 17 yoshga kirgan bo’lsada umidli Qalbim chechagi 26 qalam sohibasi. Yosh shoiraning har bir satri bolalarcha soddalik bilan bitilgan esa-da, g’oyat oharli va, ayni paytda, shabnamdek tiniq va shukuhli. Erkin Madrahimov, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Matluba Egamberganova Xorazm adabiy muxitiga qo’shilib kelayotgan yosh, iste’dodli, talantli, qobiliyatli ijodkorlardan biri. Qo’liga umid bilan qalam olgan qizimiz she’riyat insonni yaxshilikka, go’zallikka, bunyodkorlikka undovchi, qudratbahsh kuch ekanligini chuqur his qiladi. Tug’ilgan yurtiga sadoqat, Vatanga mehr, ota-ona, ustozlarga ehtirom, buyuk kelajakka ishonch, yoshlik shijoati, insoniy fazilatlarni ulug’lash-she’rlarining asosini tashkil qiladi.
Matluba Istiqlolni, ona Vatanni, o’z ona qishlog’ining hamma ham ilg’ay olmaydigan betakror, go’zal manzaralarini, beg’ubor bolalikni, dunyoning bebaho go’zalligi va barcha onalar va onaxonlarni, o’z onajonini ehtiros bilan kuylaydi. Hayotdagi maftunkorliklardan, uni qurshab olgan atrof, muhitdan, tabiatdan, turfa fasllardan, eldoshlari chehralari va yuraklaridan she’rlariga mavzular izlaydi, ularni sinchkovlik bilan topa oladi va ehtirosli tuyg’ularini sodda, shaffof va beg’ubor ohanglarda ifoda qiladi. U ayni paytda nihoyatda beorom ijod og’ushida. Sotim Avaz, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi She’ryat-bu ulkan chamanzor. Unda turfa gullar mujassam. Xar bir gulning o’ziga yarasha ifori bo’lganidek, she’riyat chamanida gul bo’lib yashnayotgan Matluba Egamberganova ham o’z ovozi, dunyoqarashi bilan o’z o’rniga ega bo’layotgan shoiralardan biridir. Ismoil Allaberganov, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasining a’zosi Matlubabonu Egamberganova 27 Mundarija She’rlar Vatan...................................................................................4 Xorazm................................................................................5 Ota, sizni.............................................................................6 Vujudimga kiygazib baxtni..................................................7 O’zbek dehqoniga................................................................7 Sog’inch..............................................................................8 Usmon Nosir......................................................................9 Orzu karvoni.......................................................................10 Qalbimga nur misol kirib kelgan siz.................................11 Bag’ishlov...........................................................................12 Qalbim chechagi.................................................................12 Ona.....................................................................................13 Zulfiyaxonimga..................................................................14 Turnalar..............................................................................15 Mehrimni bahsh etay.......................................................15 Shamol va hayol.....................................................................16 Tun.....................................................................................16 Ayol ta’rifi.........................................................................17 Hayot................................................................................18 Kuz ham keldi, so’ldi yaproqlar......................................19 To’rtliklar...........................................................................20 Sochmalar Men seni borim deb atayin, Vatan..................................22 To’rt faslda to’rt holat.......................................................24 Yosh ijodkor Matluba Egamberganova mashqlari haqida ijodkorlar fikri......................................25 Qalbim chechagi 28 Matlubabonu Egamberganova Qalbim chechagi She’rlar va sochmalar Ìóµàððèð Øóêóð £óðáîí Òåõíèê ìóµàððèð À. Æ´ðàåâ Ñàµèôàëîâ÷è Ø. Æ´ðàáîåâ Áîñèøãà 2011 éèë 23 ìàðòäà ðóõñàò ýòèëäè. Áè÷èìè 84õ108 1/ 32 ¥àæìè 1,75 á.ò. Àäàäè 200 íóñõà. Áóþðòìà ¹ 307. Àëèøåð Íàâîèé íîìèäàãè ¤çáåêèñòîí Ìèëëèé êóòóáõîíàñè íàøðè¸òè Àëèøåð Íàâîèé íîìèäàãè ¤çáåêèñòîí Ìèëëèé êóòóáõîíàñè áîñìàõîíàñèäà ÷îï ýòèëäè. Òîøêåíò øàµðè, Èñòè³ëîë ê´÷àñè 33. Download 75.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling