Qanday professional web-dasturchi bo`lish


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
Sana17.05.2020
Hajmi0.61 Mb.
#107280
Bog'liq
Frontend HTML CSS


Ochiq Dars

Qanday professional 

web-dasturchi bo`lish 

mumkin


Tanishib olaylik

O`zim haqimda



Tanishib olaylik

O`zingiz haqingizda gapirib bering

Ismingiz

Web texnologiyalarda tajribangiz qanday?

Ushbu kursni o`qishga nima jalb qildi?


Nimani tanlash?

1.

Web dasturlash



2.

GameDev -3D,Mobile va boshqalar

3.

Robototexnika, mikrokontrollarlarni dasturlash. Pic,Adruino…



4.

PC va ilovalar dasturlash



Nima uchun???

Pul asosiy emas!

Qiladigan ishingiz sizda SEVGI tuyg’usini uyg’otishi lozim.


Nima uchun???

Lekin siz sinab ko'rmaguningizcha nimani yoqtirishingizni 

bilmay qolasiz.

Shuning uchun avval shu hisni uyg’otuvchi yo’lni toping va 

undan keyin bu yo’l yordamida pul ishlashni o`rganing.


Qanday o`qish

INTERNET



Mentor/Ustoz

Oliy ta’lim



Kurslar


Ingliz Tili

Dasturlash yaxshi-ku lekin ingliz tilisiz bo`lmaydi.

Uni barcha o`rganishi shart!

Bilgan taqdirda ham malakani oshirib turish lozim bo`ladi.



Web dasturlash

Web dasturlashni tanladingiz deylik

Avvalambor HTML/CSS dan boshlang

Teglar, atributlar, elementlar, yo`llanmalar, rasm, jadval, formalar, sahifa sarlavhalari



Web dasturlash

HTML/CSS o`rganib bo`ldizmi?!

Juda yaxshi JavaScript’ga o`ting

JS deyarli barcha brauzerlarda qo`llanishidan tashqari deyarli barcha tur 

dasturlashda ishlatiladi

O`zgaruvchilar, matematik hisoblashlar, logika, shartlar, qaytarilish, funksiya va obyektlar, 



massiv, DOM, hodisalar va chaqiruvlar, AJAX, JSON, ko`rinish o`lkasi

Web dasturlash

JS o`rgangan bo`lsangiz Backend’ga bemalol o`tishingiz mumkin

Masalan, NodeJS yoki PHP unga juda o`xshaydi lekin ular serverda ishlaydi va 

uning imkoniyatlaridan foydalanadi.

Undan tashqari, MongoDB yoki MySQL’ni o`qib ma’lumotlar bazasini yaratishni 

o`rganib oling.



Web dasturlash

Oppaaa!!!

Shularni o`rganib olgan bo`lsangiz FULL STACK dasturchi hisoblanasiz.

Ammo shundayam ko`nglizga yoqqanini topmasangiz unda uzr, avvalgi 

slaydlardagi dasturlash turlaridan boshqasini tanlash lozim bo`ladi.


Web dasturlash

Ammo sizga aytaylik, HTML,CSS,JS yoqqan bo`lsa demak FRONTEND 

dasturlashni tanlaganiz bilan tabriklayman.

Ammo bu hali hammasi emas.

Hozirgi kunda yana 

Bootstrap, JQuery, 

CSS uchun LESS,

 Sass


 yoki JS uchun 

React, Angular o`rganib olishingiz lozim bo`ladi



Web dasturlash

Backend tanlagan bo`lsangiz esa framework’larni o`rganishingiz mumkin. 

Agar JS,PHP yoqmasa JAVA, Python, C#, Ruby kabi tillarda web uchun 

dasturlar yaratish mumkin 



Malakani qanday oshiramiz?

Demak yuqoridagilarni deyarli o’rganib ham oldingiz.

Endi ishga kirish uchun malakani oshirish lozim. Uning uchun albatta git bilan 

ishlashni o`rganib o`z loyihalaringizni yuklab boring.

Internetda OpenSource loyihalarga qo`shilib yoki tanishlaringizdan misollar 

topib shularga o`z hissangizni qo`shing.



Malakani qanday oshiramiz?

Juda bo`lmasa freelancer saytlarda 

 

Upwork


Fiverr 


va PeoplePerHour, Fl.ru 

kam mablag’li loyihalarni olib ishlang.



Ishchi ish?

Malakani oshirib oldingizmi?! Endi ish qidirsangiz ham bo`ladi.

Lekin maslahatim web dasturchi emas FRONTEND yoki BACKEND dasturchi 

mutaxassisligini tanlang.

Chunku ularda oylik maosh ko`proq!


Ishchi ish?

Rezumengizni tayyorlang

Portfolioni internetga yuklang

Intervyuga tayyorlaning



Ishchi ish?

Ish ham topdingiz deylik, lekin nimagadir qiyinlik sezyapsiz.

Unda o`rgangan bilimlaringizni qayta ko`rib chiqing, ayniqsa yangi 

texnologiyalarni, ishni osonlashtiruvchi va yaxshilovchi usullarni.

Imkoniyatlaringizni yana bir hisoblab yangi loyihalarga kirishing!


Veb sayt o`zi nima?

Sayt ishlab chiqish jarayoni

Masalani qo`yilishi



Rejalashtirish

Dizayn tayyorlash





Vyorstka



Dasturlash

Ishga tushirish



Web sayt o`zi nima?

Sayt yoki web-sayt (inglizchadan website web-”tarmoq” va site-joy ya’ni 

tarmoqdaji joy) bu bir yoki bir nechta bitta mavzu bo`yicha yig’ilgan web 

sahiflarni yig’masi tushuniladi, ushbu sahifalar serverda joylashgan bo`lib u 

orqali tarqatiladi. 

Asosan saytlardagi barcha sahifalar umumiy nom (Domen) bilan birlashtirilib 

bir butun deb qabul qilinadi. Veb saytlar bilan ishlash umumiy HTTP protokoli 

orqali amalga oshiriladi.



HTTP protokoli

HTTP ni asosiy vazivasi foydalanuvchi so`rovidagi manzil-URI (Uniform 

Resource Identifier) bilan ishlash. Odatda bu serverda joylashgan fayllar, lekin 

ular baza va dasturlar yordamida yaratilgan logik yoki abstrakt obyektlar 

bo`lishi mumkin. 

HTTP protokolining xususiyati shundaki, bir so`rov va qaytgan javobni turli 

paramertrlar (xususiyatlar) yordamida namoyish etish: formatikodlanishitili 

va h.k(HTTP - sarlavhasi yordamida). Ushbu protokol matnli bo`lishiga qaramay 

kodlanish parametri yordamida mijoz va server bir-biriga ikkilik ma’lumotlar 

ya’ni rasm, video va boshqa turdagi fayllar yubora oladi.



HTTP protokoli

HTTP protokoli bilan ishlaydigan barcha dasturlarni uchta katta turga bo`lsa 

bo`ladi:

Severlar — ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash (so`rovlarni qayta ishlash) 

vositalari;



Klientlar — server xizmatlaridan foydalanuvchilar (so`rovlarni yuborish);

Proxi — (vositachilar) ma’lumotlarni yetkazish vositalari.

HTTP so`rov

Web sayt sahifalari oddiy statik fayllardan yoki dasturlar orqali yaratilgan 

bo`lishi mumkin.

Ushbu fayllarda HTML teglari orqali belgilangan matn mavjud bo`lib, bezak 

uchun CSS tilidagi uslublar (style) bilan bezak beriladi, va turli xil harakatlar 

amalga oshirish uchun JavaScript qo`llaniladi.

Web sayt haqida



Frontend vs Backend

Frontend vs Backend

HTML asoslari

HTML asoslari

Site sahifalari HTML tilida belgilangan matnlar bo`lib, foydalanuvchi ularni 

so`rov orgali kompyuterga yuklaganda, brauzer orqali qayta ishlanib ko`rish 

uskunalariga (monitor, mobil telefon ekrani, printer, yoki so`zlash sintezatoriga) 

chiqarib beriladi.

HTML - hujjatlarida brauzerda ko`rsatilishi kerak bo`lgan barcha ma’lumotlar  

mazmuniga qarab turli HTML teglar bilan belgilanadi.


HTML Teglari (tag)

HTML-teglari, hujjatdagi elemantlarni ko`rinishini va faoliyatini belgilab beradi. 

HTML-teglari burchakli qavslar ( < > ) bilan belgilanadi va element nomi bilan 

uning xususiyatlari aniqlovchi atributlardan (ko`pchilik atributlar shart 

bo`lmaydi) iborat bo`ladi. 

Elementlar va atributlar nomi ingliz so`zlari yoki qisqartmalaridan iborat bo`lib 

ushbu qisqartmalar teglarning mazmunini aniqlashtirib tiradi.


HTML Teglari (tag)

Elementlarni ko`rinishi bo`yicha ikki turga bo`lishimiz mumkin.

Ko`pchilik elementlar uch komponetlardan <ochiluvchi> tarkibi <yopiluvchi/> 

iborat bo`ladi.



Ochiluvchi va yopiluvchi teglar orasidagi tarkibi brauzerda tegning mazmuniga 

qarab HTML da belgilangan standart qoidalari bo`yicha qayta ishlanib 

chiqariladi. 

Masalan b tegi (inglizchada bold) matnni qalin ko`rinishini belgilaydi.

Masalan qalin tekst

Masalan qalin tekst



HTML Teglari (tag)

Ayrim elementlar bir-birining ichiga kiritilishi mumkin, masalan qalin  

elementni kursiv  ichiga kiritilishi qalin kursiv tekst chiqishini ta’minlaydi.

Tekst boshi bir ikki uch davomi

Ushbu ko`rinishga keladi:

Tekst boshi bir 



ikki uch davomi

 


HTML Teglari (tag)

Elementlarning boshqa turida tarkib va yopilish tegi bo`lmaydi. Ularni 

brauzerda talqin qilinishida sahifaga mazmuniga qarab turli obyektlar 

chiqariladi. 

Masalan HTML hujjatidagi matn ichida  tegi uchraganda, 

pict.gif faylidan grafik rasm chiqarilishini belgilab beradi.



HTML Teglari (tag)

Elementlarning ko`pchiligiga atribut deb nomlanadigan xususiyatlar belgilash 

mumkin. Bir nechta atribut bo`sh joy (probel) bilan ajratilib yoziladi, atributlar 

ketma-ketligining farqi yo`q.

Atributlar asosan juft nomi=”qiymati” bilan belgilanadi. Atribut qiymatini 

qo`shtirnoq ichida belgilash lozim.



HTML Teglari (tag)

HTML sahifa tuzilishi

HTML sahifa tuzilishi

HTML sahifa tuzilishi





Oddiy HTML saxifa





Bundan oddiy bo`lmaydi

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling