Qarshi – 2023 yil


Download 1.42 Mb.
Sana30.04.2023
Hajmi1.42 Mb.
#1414893
Bog'liq
4-ma\'ruza Pluglar, ularning tasnifi .... (2)


FAN: QISHLOQ XО‘JALIGI MASHINALARI

Qarshi – 2023 yil


“TIQXMMI” MILLIY TADQIQOT UNIVERSITETINING
QARSHI IRRIGATSIYA VA AGROTEXNOLOGIYALAR INSTUTUTI
MAVZU: Pluglar, ularning tasnifi. Agrotexnik talablar. Plugning asosiy va yordamchi ishchi qismlari, vazifasi, turlari.
Pluglar, ularning tasnifi. Agrotexnik talablar. Plugning asosiy va yordamchi ishchi qismlari, vazifasi, turlari.
1
Pluglarni tasniflanishi
2
Agrotexnik talablar.
3
Plugning asosiy va yordamchi ishchi qismlari, vazifasi, turlari
REJA:
4.1. Pluglarni tasniflanishi
Pluglar vazifasi, qo‘llaniladigan tortgichlarni turi, traktor bilan agregatlanish usuli, korpuslarning konstruktsiyasi va soni, shudgorlash texnologiyasi bo‘yicha tasniflanadi.
Umumiy ishlarga mo‘ljallangan pluglar dalachilikda faqat toshlar bilan ifloslanmagan, eskidan haydalib kelinadigan yerlarda ishlatiladi.
Maxsus pluglarga toshli tuproqlar, to‘qayzor-botqoqliklar, plantatsiyalar, bog‘lar, o‘rmonlar va tokzorlar uchun m o‘ljallangan hamda yarusli pluglar kiradi.
Qo‘llaniladigan tortgichning turiga qarab ot (hayvonlar), traktor va kanat bilan tortiladigan pluglarga bo‘linadi.
Agregatlash usuli bo‘yicha traktorlar bilan agregatlanadigan pluglar osma, yarim osma va tirkama pluglarga bo‘linadi.
1
2
Korpuslari konstruktsiyasi bo‘yicha pluglar lemexli, diskli, kombinatsiyalashgan (mujassamlashgan), rotatsion va chizelli pluglarga bo‘linadi.
Plugning ishchi organlari pichoq, chimqirqar, chuquryumshatgich va korpus.
Pichoq tuproq palaxsasini bo‘ylama tik tekislikda kesadi.
Chimqirqar palaxsaning chimli (yuqori) qismini (2b-rasm) ajratadi va uni egat tubiga tashlaydi.
Korpus kengligi b va qalinligi a bo‘lgan Г-simon palaxsani (chimqirqar bilan ishlaganda) yoki to‘g‘ri burchakli palaxsani (chimqirqarsiz ishlaganda) kesadi, aylantiradi va uvalaydi.
3
1 – chimqirqar; 2 – korpus; 3 – boronalar uchun tirkama; 4 – bikrlik to‘sini; 5 – disksimon pichoq ustuni; 6 – shudgorlash chuqurligini sozlash vinti; 7 – tayanch g‘ildirak; 8 – tirgagich; 9 –biriktirish teshigi; 10 – bo‘ylama to‘sin; 11 – osma tirgagichlari; 12 – biriktirish barmoqlarining kronshteynlari; 13 – biriktirish barmoqlari; 14 – ramaning ko‘ndalang to‘sini.
Osma plug.
4
2-rasm. Plug korpusi bilan palaxsani ag‘darishning texnologik jarayoni.
a - chimqirqarsiz; b - chimqirqar bilan; 1 - chimqirqar; 2 - korpus.
5
Lemex palaxsani tagidan kesadi, uni qisman uvalaydi va ag‘dargichga uzatadi. Geometrik shakliga ko‘ra lemexlar trapetsiyasimon va iskanasimon turlarga bo‘linadi.
Trapetsiyasimon lemexlarni (3a-rasm) yasalishi oson, ular tekis egat tubi hosil qiladi, ammo yomon chuqurlashadi va tez yeyiladi. Lemexni orqa tomonida metall zahirasi (do‘koni) bor, undan lemex yeyilganda uni ishlash muddatini uzaytirish uchun foydalaniladi. Trapetsiyasimon lemexlar yengil tuproqlarga ishlov berish uchun m o‘ljallangan chimqirqar va korpuslarda o‘rnatiladi.
Iskanasimon lemex (3b-rasm) iskana turidagi cho‘ziq tumshuqqa ega. Tumshuq pastga 10 mm va dala tomonga 5 mm qayrilgan, shuning uchun u yaxshi chuqurlashadi va ishda turg‘unroq bo‘ladi. Iskanasimon lemexning ham orqa tomonida metall zahirasi bor. Ular og‘ir tuproqlar uchun m o‘ljallangan.
Lemexlar maxsus L-53 yoki L-63 lemex po‘latlaridan tayyorlanadi.
6
Lemexlarning turlari.
a - trapetsiyasimon; b – iskanasimon: v - tishli; g - surilma iskanali; е – o’zi charxlanadigan; 1 - tovon; 2 - tumshuq;
3 - tig‘; 4 - do‘kon; 5-iskana;
6 – qattiq qotishma qatlami.
Ag‘dargich palaxsani ag‘daradi va uvalaydi. Ag‘dargichlar ikki va uch qatlamli po‘latdan yoki yumshoq St-2 po‘latdan tayyorlanadi.
Dala taxtasi plugni yon tomonga surilishiga qarshilik ko‘rsatadi. Dala taxtasi egat devorini ezib, plug korpusi nosimmetrik bo‘lganligi tufayli yuzaga kelgan palaxsani yon tomonlama bosimiga teng reaktsiya kuchini yuzaga keltiradi. Undan tashqari, dala taxtasi ish holatida plugning tayanch yuzasi qismini tashkil qiladi.
Tutqich tutib turuvchi element, unga korpusning h amma qismlari o‘rnatiladi. Tutqichlar quyma, yassilangan va payvand-yassilangan bo‘ladi. Ular baland va past tutqichlarga ajratiladi.
8
Dala taxtalari.
a - to‘g‘ri burchakli; b - almashinadigan
tovonli; v - butazor-botqoq pluglari dala
taxtasi; g va d - dala taxtasini egat
devori va tubiga nisbatan o‘rnatish:
1 - taxta; 2 - kengaytirgich; 3 - tirgak.
Korpus tutqichlari.
a - baland quyma; b - boshmoq;
v - Г-simon; g - dumaloq; d - tekis
Korpuslarning turlari.
a - madaniy; b – yarimvintsimon;
v - vintsimon; g - ag‘dargichsiz;
d - kesik; e -surilma iskanali;
j –qoplama iskanali;
z – chuquryumshatgichli;
i - mujassamlashgan; k - rombsimon;
l - diskli korpus;
1,10 - lemex; 2,9 - ag‘dargich;
3 - tutqich; 4 - qanot; 5 - dala taxtasi; 6 - ag‘dargich ko’kragi;
7 -qalqon; 8 - kengaytirgich;
11 - burchakkesgich; 12 - pichoq;
13 – iskana; 14 – chuquryumshatgich;
15 – disk; 16 – shpindel; 17 – rotor korpusi; 18 – val; 19 – rotor;
20 – kurakchalar.
9
E’TIBORLARINGIZ UCHUN RAHMAT!
Download 1.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling