Qarshi davlat universiteti fizika-matematika fakulteti amaliy matematika va informatika kafedrasi
Download 339 Kb.
|
Курс иши қўлланма
О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA О‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI AMALIY MATEMATIKA VA INFORMATIKA KAFEDRASI 5130200- AMALIY MATEMATIKA VA INFORMATIKA BAKALAVRIAT TA’LIM YО‘NALISHLAR UCHUN FANLARDAN KURS ISHI VA MUSTAQIL ISHLARNI TAYYORLASHGA DOIR USLUBIY QО‘LLANMA I. Kurs ishi va unga qо‘yiladigan talablar Kurs ishlarini bajarish va shakllantirish о‘rta va oliy pedagogika muassasalaridagi eng muhim va istikbolli ilmiy tadqiqot turi xisob-lanadi. Talaba va о‘qituvchining hamkorligida bо‘lg‘usi pedagogning shaxsi shakllanadi, dolzarb pedagogik va metodik muommolarni hal qilish, ilmiy pedagogik va hisoblash usullari faniga doir adabiyotlarni mustaqil tushunish, nazariy bilimlarni amaliyotda qо‘llash kо‘nikmasi rivojlanadi hamda kurs loyihasining maqsadi talabalarni mustaqil ishlash qobiliya-tini rivojlantirish va olgan nazariy bilimlarini qо‘llashda amaliy kо‘nikmalar hosil qilishdir. Kurs ishi loyihasi mavzulari bevosita ma’lum amaliy masalalarga bog‘liq holda, kafedra professor – о‘qituvchilari tomonidan belgilanadi va har bir talabaga shaxsiy topshiriq sifatida beriladi. Kurs loyihasi kompyuter dasturi kо‘rinishida bajariladi va CD diskda topshiriladi. Kurs loyihasining taxminiy mavzulari: 1. Chiziqli tenlamalarni yechish. 2. Matrisaning xos son va xos vektorini topish. 3. Oddiy differensial tenglamalarni yechish uchun Eyler usuli. 4. Oddiy differensial tenglamalarni yechish uchun Runge-Kutta usuli. 5.Oddiy differensial tenglamalarni yechish uchun Adams usuli. 6. Oddiy differensial tenglamalarni yechish uchun variasion usullar. 7. Matematik fizika masalalarini yechish. 8. Ayirmali tenglamalarni yechish. 9. Matematik fizika masalalarini variasion, variasion-ayirma-li usul bilan yechish. 10. Integral tenglamalarni taqribiy yechish. Kurs ishini bajarish о‘kuv rejasida kо‘zda tutilgan va xar bir talaba uchun zaruriydir. Talaba kurs ishini bajarish natijasida о‘zining tadqiqot olib borish imkoniyatini kо‘rsata bilishi kerak. Shu maqsadda bо‘lg‘usi о‘qituvchilar qо‘yidagi malaka va kо‘nikmalarga ega bо‘lishi zarur:
Kurs ishi mavzulari 1 yil oldin tegishli kafedra majlisida muhokama qilinadi, tasdiqlanadi va talabalarga ma’lum qilinadi. Kurs ishi asosan 3-4 blok fanlari bо‘yicha yoziladi. Kurs ishi mavzularining tо‘plami qо‘yidagi talablarga javob berishi zarur: a) bо‘lajak о‘qituvchini tayyorlash vazifalariga mos kelishi; b) zamonaviy hisoblash usullari fanining tadqiqotlar yо‘nalish- lari va muammolarini hisobga olishi; v) alohida о‘qituvchilar va kafedra jamoasi tomonidan tekshiri-layotgan muammolarga talabalarni jalb qilishi; g) hisoblash usullari fanining nazariya va amaliyot sohasiga nisbatan talabalarning xilma-xil qiziqishlarini hisobga olishi; d) umumiy о‘rta maktab, akademik liseylar va о‘rta mahsus kasb-xunar ta’limi muassasalari о‘quvchilariga ta’lim va tarbiya berishning dolzarb muammolarini ishlab chiqishi zarur. Kurs ishi mavzulari turli usullar yordamida belgilanishi mumkin. О‘qituvchi talabaning kurs ishi mavzusini belgilaydi. Agar о‘qituvchi muayyan bir muammo bо‘yicha tadqiqot ishni olib borayotgan bо‘lsa, u shu mavzu yuzasidan talabaga kurs ishi mavzusini berishi mumkin. Talaba о‘z amaliy faoliyatida duch kelayotgan qiyinchiliklarni bartaraf qilish uchun yordam beruvchi mavzu bо‘yicha ishlashi xam mumkin. Bu yо‘nalishdagi mavzularni, odatda, OTMga kirguniga qadar pedagogik faoliyat olib borgan yoki ish bilan о‘qishni birgalikda olib borayotgan talabalar tanlab oladilar. 3. Talaba о‘z qiziqishlariga mos keluvchi mavzular bо‘yicha ish olib boradi. Talabaga mustaqil ravishda tadqiqot mavzusini tanlashida qо‘yidagi usullar yordam beradi: a) yetakchi mutaxassislar tomonidan amalga oshirilgan ilm-fan yutuqlarining qisqa tahliliy tavsilotlarini о‘rganish (chunki ushbu tavsilotlarning oxirida hal qilinishi lozim bо‘lgan muammolar albatta kо‘rsatiladi); b) oldin bajarilgan tadkikotlarda urganilgan muammolarga yakin mavzularni tanlash, bunda yangi, yana xam mukammalrok metodlardan foydalanish; v) oldin tadqiqotchilar tomonidan ilgari surilgan, ammo о‘rganilmagan gipotezalarni tekshirish; g) maxsus adabiyotlar va davriy hisoblash usullari faniga doir nashrlar bilan muntazam tanishib borish: d) dolzarb ahamiyatga ega, kam о‘rganilgan muammo va masalalarni aniqlash maqsadida yetakchi olimlar bilan maslahatlashish. Kurs ishi mavzusi aniqlanib, ilmiy rahbar bilan kelishilganidan so‘ng kurs ishini bajarish bosqichlari aniqlashtirilgan kalendar reja ishlab chiqiladi. Mazkur reja tadqiqot ishining borishini nazorat qilishga imkoniyat yaratadi va talabaga kurs ishini mustaqil hamda ongli ravishda bajarishiga yordam beraldi. Kurs ishi qо‘yidagicha tuzilishga ega bо‘lishi mumkin. 1.Titul varog‘i. U qо‘yidagi talablar asosida shakllantiriladi. Yuqorida - oliy ta’lim muassasa va kafedra nomi, varoqning о‘rtasida talabaning familiyasi, ismi, otasining ismi, kursi va fakulteti yozi- ladi. Quyirokda kurs ishining mavzusi, yana о‘ngdan ilmiy rahbarning familiyasi, ismi, otasining ismi, chapda uning ilmiy daraja va unvoni kо‘rsatiladi. Pastda - kurs ishi yozilgan yil qayd qilinadi (1-ilova). 2. Mundarija, bunda kurs ishining rejasi va uning bob, bо‘limlari kо‘rsatiladi. Mundarija kurs ishining tuzilishiga qat’iy mos bо‘lishi, qisqa, lо‘nda, ketma-ketlikda va aniq tarzda uning ichki mantiqini ochib berishi zarur. Shuningdek, unda ishning xar bir bobi va paragrafi qaysi sahifadan boshlanishi aniq kо‘rsatiladi (2-ilova). 1-ilova О‘ZBYEKISTON RYESPUBLIKASI OLIY VA О‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI QARSHI DAVLAT UNIVYERSITYETI FIZIKA-MATYEMATIKA FAKULЬTYETI AMALIY MATYEMATIKA VA INFORMATIKA KAFYEDRASI Usmonov Sardorning “ODDIY DIFFERENSIAL TENGLAMALARNI EYLER USULI BILAN YECHISH” MAVZUSIDA YOZGAN KURS ISHI Rahbar: Odilov.J Qarshi-2020
Kirish
1. Oddiy differensial tenglamalar haqida umumiy ma’lumot Eyler usuli Eyler usulining dasturi Xulosa Adabiyotlar rо‘yxati: 3. Kirish. Ishning bu qismida tadqiqot mavzusining dolzarbligi, uning asosiy xarakteristikalari (tadqiqotning muammosi, obyekti, predmeta, kо‘rib chiqiladigan muammolar, maqsad-vazifalari, gipotezasi) kо‘rsatiladi. Kirishda, shuningdek, tadqiqotning asosiy g‘oyasi xaqida xam ma’lumot beriladi. Bu qismda adabiyotlarga havolalar berish va, ayniqsa, kо‘plab sitatalarni keltirish shart emas. Ishning kirish qismi A-4 formatli, 2-3 varog‘dan iborat bо‘lishi zarur. Kirish qismida quyidagilar yoritilishi lozim: mavzusining dolzarbligi; ilmiy izlanishning maqsad va vazifalari; mavzuning о‘rganilish darajasining qiyosiy tahlili; mavzusining ilmiy yangiligi; tadqiqot predmeti va obyekti; tadkikotning ilmiy axdmiyati. Tadqiqotning asosiy harakteristikalari tо‘g‘ri shakllaitirilganligini bilish uchun quyidagi savollarga javob berishga harakat qilinishi kerak: -tadqiqot muammosini aiiqlashda - Oldin о‘rganilmagan muammolardan qaysi birini о‘rganish zarur? -tadqiqot mavzusini tanlashda - Tadqiqot muammosi kurs ishi mavzusida о‘z aksini topganmi? -dolzarblikni asoslashda - Nima uchun aynan shu muammoni bugun о‘rganish shart? - tadqiqot obyektini belgilashda - Nima tekshiriladi? -tadqiqot predmetini aiiqlashda - Obyektning qaysi yangi jihatlari, munosabatlari, aspektlari, tomonlari, funksiyalari tadqiq qilinishi zarur? -tadqiqot maqsadini shakllantirishda - Maqsadga erishish uchun nima qilish kerak? Amalga oshiriladigan vazifalar vositasida maqsadga erishish mumkinmi? -tadqiqot gipotezasini ilgari surishda - Tadqiqot maqsadiga erishish uchun qaysi yо‘ldan borish zarur? -ochiq ximoyaga olib chiqilayotgan xolatlarni aniqlashda - Tadqiqotning obyekti va predmetida boshqalar sezmagan qanday xususiyatlar bor? va x-k. Kurs ishi talabalarni tadqiqotga jalb qilishning birinchi bosqichi bо‘lganligi tufayli unda barcha xarakteristikalarni kо‘rsatib berish shart emas. Ularning ayrimlarigina, xohishga kо‘ra, aniqlashtirilishi mumkin (masalan, gipoteza). Xarakteristikalarni shakllantirish ilmiy rahbar malakasi, mahorati, talabaning tayyorgarligi, tadqiqot mavzuning spesifikasi va boshqa vaziyatlarga bog‘lik bо‘ladi. ' Kurs ishi mavzusini kelgusida chuqurroq, kengroq doirada о‘rganib, uni bitiruv malakaviy ish sifatida davom ettirmoqchi bо‘lgan talabalar tadqiqot ilmiy tuzilmasining barcha qismlarini jiddiy о‘ylab kо‘rishi zarur. 4. Kurs ishining asosiy qismi. Rejadagi asosiy punktlarni о‘z ichiga oladi. Unda tekshirilayotgai masalaning mavzusi va nazariyasi kо‘rsatiladi, mavjud adabiyotlarniig tanqidiy tahlili beriladi, muallifning о‘z nuqtai nazari bayon qilinadi. Sо‘ngra mustaqil ravishda о‘tkazilgan tadqiqotning metodlari, tashkil etilishi va natijalari bayon qilinadi. Ishni mavzuga doir adabiyotlar bilan ishlashdan boshlash zarur. Bibliografik ma’lumotlarning 3 xil manbasi ajratiladi: a) birinchi (maqolalar, dissertasiyalar, monografiyalar va b.); b) ikkinchi (bibliografiya, referativ jurnallar, ilmiy axborot va b.); v) uchinchi (boshqa kitoblardan terib olib yozilgan asarlar, lug‘atlar va b.). Bibliografik (qayerda, qanday manbalarda zaruriy ma’lumotlar bor) va sof ilmiy - ma’lum bо‘lgan bilimlar mazmunini bildiruvchi ma’lumotlarni farqlash kerak. Kurs ishini yozish jarayonida sohaga oid ilmiy, ilmiy-pedagogik jurnallarni kо‘rib chiqish zarur. Bunda jurnallarning yil uchun oxirgi sonida maqolalarning mavzular bо‘yicha kо‘rsatkichi nashr qilinadi. Muayyan mavzular bо‘yicha adabiyotlar tavsilotlari bilan tanishish ham foydadan holi bо‘lmaydi. Tadqiqot mavzusi bо‘yicha ma’lumotlar yig‘ish natijasida quyidagilarga ega bо‘lish lozim: a) kim va qayerda (qaysi ilmiy muassasa, markazlarda) tadqiqot mavzusi yuzasidan ishlagan va ishlamoqda? b) ushbu ishlarning natijalari qaysi manbalarda e’lon qilingan? v) mazkur natijalar nimalardan iborat? Talaba tomonidan qо‘lga kiritilgan ma’lumotlar yozma ravishda qayd qilinadi. Ularning uch turi mavjud. Birinchi materiallarga bibliografik kartochkalardagi yozuvlar, sitatalar, ilmiy filmlar, tadqiqot muammosiga doir alfavit katalog kiradi. Ikkinchi materiallar ilmiy yoki metodik manbadagi ma’lumotlarni analitik-sintetik qayta ishlash natijasi bо‘lgan yozuvlar, rejalar (sodda va murakkab), grafik-sxemalar, mustaqil ravishda tuzilgan predmet- kо‘rsatkichlar, annotasiya, tezis, konspekt va bonqalardan iborat bо‘ladi. Uchinchi materiallarda birinchi va ikkinchi materiallar umumlashtiriladi. Uning mazmuni qisqa tavsilot kо‘rinishida bо‘lib, unda mavzuga doir oldindan ma’lum bо‘lgan ilmiy dalillar, qonuniyatlar, nazariyalar, tushunchalar umumlashtiriladi. Tavsilotni tuzishdan avval mavzuga doyr arosiy tushunchalarni aniqlashtirish lozim. Chunki hisoblash usullari turli mualliflar tomonidan turlicha talqin qilinayotgan atama va tushunchalar kurs ishiniing boshidan oxirigacha bir ma’noda tushunilishi zarur. Tushuncha va atamalar belgilanganidan sо‘ng ularning izohi quyidagi manbalardan aniqlashtiriladi: a) ensiklopediyalar (masalan, hisoblash usullarining turli sohasiga doir); b) izohli lug‘atlar: umumiy (matematik terminlar ) v) tadqiqot mavzusiga doir asosiy darsliklar va monografiyalarning mundarijasi hamda fani. Tushunchalarning izoxi topilganidan sо‘ng alohida varaqalarda qayd qilinadi va tahlil, qiyoslash, tasniflash, umumlashtirish usullari yordamida mazmunan qayta ishlanadi. Tadqiqot mavzu bо‘yicha tavsilot yozishda kamida 20 ta manbadan foydalanish .zarurdir. Keyingi bosqichda kompyuterda hisoblashi. Kompyuterda hisoblash ishining natijalari jadval, grafik, diagramma kurinishlarida taqdim qilinadi. Jadval, rasmlar ostiga qisqa tarzda izohlar keltirilishi lozim. Barcha kо‘rgazmalar tartib bilan beriladi. Shu joyda, shuningdek, og‘zaki xisobotlardan xam namunalar berish mumkin. Ishdagi eng muhim nuqtalardan yana biri xulosalarni muhokama qilish jarayoni xisoblanadi. Bunda quyidagi savollarga javob topish zarur: Nima uchun shunday bо‘ldi? Buning sabablari nimada? U yoki bu dalilni nima bilan izohlash mumkin? Ishning bu bosqichida boshqa mualliflar tomonidan olingan nazariy va amaliy xulosalarni jalb qilish, ya’ni ular bilan о‘z shahsiy xulosalarini qiyoslab, taqqoslab kо‘rish, olingan ma’lu- motlarni tushuntirish, izoxlash zarur bо‘ladi. Natijalar asosiy matnda qanday tartibda berilgan bо‘lsa, ularni shu tartibda xulosalab kо‘rsatish lozim. Kurs ishinig xajmi A4 formatdagi, 15-20 varog‘dan iborat bо‘ladi. Har bir sahifada 30 ta satr, xar bir satrda 60 ta belgi (sо‘zlar orasidagi о‘tishlar va tinish belgilarini hisoblagan holda) bо‘lishi kerak. О‘ngdan - 3 sm, chapdan - 1 sm, yuqoridan - 2,5 sm, pastdan - 2,5 sm joy qoldiriladi. Sarlavha va sarlavhachalar asosiy materialdan 3 interval hajmda ajratiladi va bosma harflar bilan yoziladi. Ish mantikiy izchillikda, adabiy til normalarida yoziladi. Unda murakkab qо‘shma gaplardan, shuningdek, о‘ta jо‘n tuzilgan sodda gaplarni ishlatish maqsadga muvofiq emas.
Kurs ishini yozishda yagona uslub saqlanishi, hozirgi о‘zbek (rus) adabiy tilining orfografik, sintaktik va stilistik meyorlariga amal qilinishi lozim. Xulosa. Bu qismida ishning muallif tomonidan ishlab chiqilgan asosiy natija va xulosalari keltiriladi: ularning amaliy ahamiyati, ish natijalarining joriy qilinish imkoniyatlari va mavzuni kelgusida tadqiq qilish istiqbollari kо‘rsatiladi. Xulosaga qо‘yiladigan asosiy talab uning qisqa va mulohazaliligidir: unda ishning mazmunini butunligicha qaytarish shart emas. Xulosa quyidagi savollarga javob bera olishi kerak: a) talaba nima uchun aynan ushbu tadqiqotni amalga oshirdi? b) qanday ishlar amalga oshirildi? v) muallif qanday xulosalarga keldi? Foydalanilgan adabiyotlar rо‘yxati. Kitoblar mualliflarining familiyasi kо‘rsatilib, alvafit tartibida tuziladi. Rо‘yxatga muallif tomonidan ishni yozish jarayonida foydalanilgan barcha adabiyotlar kiritiladi (bunda ular qayerda nashr qilinganidan qatiy nazar alohida nashr, tо‘plam, jurnal, gazeta bо‘lsa xam albatta kursatilishi shart). Rо‘yxatda manbalar umumiy raqamlashtirilgan holda keltiriladi. Manbaning ma’lumotlari kо‘rsatilayotganida muallifning ismi-familiyasi, kitobning nomi, nashr qilingan joyi va yili, sahifalarning umumiy soni beriladi (3-ilova). 3-ilova Darslik
1. 1. Isroilov M.I. Hisoblash metodlari. Toshkent: О‘qituvchi, 2000. 2. Krilov V.I., Bobkov V.V., Monastirniy P.I. Vichislitelniye metodi visshey matematiki. 1,2-tom. Minsk, Visha shkola. 1972, 1975. 3. Samarskiy A.A., Gulin A.V. Chislenniye metodi. -M., Nauka. 1989. Qо‘shimcha adabiyotlar Berezin I.S., Jidkov N.P. Metodi vichisleniy. T. 1. M.: Fizmatgiz. 1962. Marchuk G.I. Metodi vichislitelnoy matematiki. M., Nauka. 1989. Baxvalov N.S. Chislenniye metodi. -M., Nauka. 1987. Sbornik zadach po metodam vichisleniy. Pod redaksiyey Monastirnogo P.I. Minsk, Visha shkola. 1983. Ismatullayev G‘.P., Jо‘rayev G‘.U. Hisoblash usullaridan metodik qо‘llanma. Toshkent: Universitet, 2005. Aloyev R.D., Sharipov T. Sonli usullardan ma’ruzalar tо‘plami. BuxDU, 1995. 2. Internet saytlari 1. htth://www.Ziyonet.uz, www.google.ru 7. Ilovalar. Ular, odatda, alohida sahifalarda kо‘rsatiladi. Ularning xar biri о‘z mavzusiga ega bо‘ladi va о‘ng tomonning yuqorisida "Ilova" degan yozuv qayd qilinadi. Agar ilovalar bir nechta bо‘lsa, ular "1-ilova", 2-ilova" tarzida rasmiylashtiriladi. Kurs ishiga rahbarlik pedagogik staj, tajribaga ega bо‘lgan yoki ilmiy-tadqiqotlar olib borayotgan kafedra о‘qituvchilari, maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari, turli markazlar xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Kurs ishi talaba tomonidan mustaqil ravishda yoziladi, bunda u ilmiy rahbar maslahatlaridan foydalanadi va ishining borishi yuzasidan rahbariga hisobot berib boradi. Kurs ishining rahbari a) talabaga tanlangan mavzu doirasidagi masalalar va tadqiqot metodlarini aniqlashda, tayyorgarlik rejasini belgilash va kurs ishini shakllantirishda yordam beradi; b) talabaga kurs ishi yozish jarayonida maslahatlar berib boradi, sistematik nazoratni amalga oshiradi, bosqichli attestasiyani о‘tkazadi (semestrda ikki marta) va bu xahda kafedra rahbariyatiga xabar beradi; v) kurs ishini tekshiradi va unga taqriz beradi. Kurs ishining xnmoyasi va baholash mezonlari Kurs ishining ximoyasi ochiq ravishda о‘tkaziladi. Ish muallifi 10 min. davomida ish yuzasidan ma’ruza qiladi va о‘qituvchi-talabalarning savollariga javob beradi. Ma’ruzada muammoning о‘rganilish holati, tajriba-sinov ishlarining natijalari (agar о‘tkazilgan bо‘lsa), tadqiqotning istiqboli, xulosa va takliflar aks etgan bо‘lishi lozim. Kurs ishi kafedra tomonidan tayinlangan komissiyaga himoya qilinadi va qaydnomada ikki kishi imzo qо‘yadi. Kurs ishining himoya qilish natijalariga kо‘ra talabaning reyting daftarchasiga tegishli ball qо‘yiladi. Himoyada quyidagi 4-ilovadagi baxolash mezonlariga e’tibor qilinadi. Kurs ishi talabaga kelgusi tadqiqotlarida asos bо‘lishida foydalanish mumkin. Juda yaxshi ball va e’tirofga ega bо‘lgan kurs ishlari boshqa talabalarga namuna sifatida metodik xonada saqlanadi. Talaba mustaqil ishini tashkil etish, nazorat qilish va baholash tartibi tо‘g‘risida Namunaviy nizom
Mazkur Nizom О‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 16 avgustdagi «Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash tо‘g‘risida»gi 343-sonli qaroriga muvofiq kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilishda talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etish, nazorat qilish va baholash tartibini belgilaydi. Talabaning mustaqil ishi о‘kuv rejasida muayyan fanni о‘zlashtirish uchun belgilangan о‘quv ishlarining ajralmas qismi bо‘lib, u uslubiy va axborot resurslari jihatdan ta’minlanadi hamda bajarilishi reyting tizimi talablari asosida nazorat qilinadi. Oliy ta’lim muassasasida talabaniig haftalik mustaqil ishlarining umumiy hajmi bakalavriatning kunduzgi bо‘limida 22 soatni tashkil etadi. О‘quv semestri yakunida talabaning mustaqil ishi bо‘yicha tо‘plagan reyting ballari xar bir fan bо‘yicha auditoriyadagi о‘quv ishlariga beril- gan reyting ballari bilan birgalikda guruh reyting qaydnomasida, talabaning reyting daftarchasida va о‘qish yakunida bitiruvchiga taqdim etiladigan diplom ilovasida qayd etiladi. II. Talaba mustaqil ishining maqsad va vazifalari Talaba mustaqil ishining asosiy maqsadi о‘qituvchiniig rahbarligi va nazorati ostida talabada muayyan о‘quv ishlarini mustaqil ravishda bajarish uchun zarur bо‘lgan bilim va kо‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirishdir. Talaba mustaqil ishining vazifalari quyidagilardan iborat: yangi bilimlarni mustaqil tarzda puxta о‘zlashtirish kо‘nikmalariga ega bо‘lish; kerakli ma’lumotlarni izlab topish qulay usullari va vositalarini aniqlash; axborot manbaalari va matnlaridan samarali foydalanish; ananaviy о‘quv va ilmiy adabiyotlar, meyoriy xujjatlar bilan ishlash; elektron о‘quv adabiyotlar va ma’lumotlar banki bilan ishlash; Internet tarmog‘idan maqsadli foydalanish; berilgan topshiriqning rasional yechimini belgilash; ma’lumotlar bazasini taxlil etish; ish natijalarini ekspertizaga tayyorlash va ekspert xulosasi asosida qayta ishlash; topshiriqlarni bajarishda tizimli va ijodiy yoshdoshish; ishlab chiqilgan yechim, loyiha yoki g‘oyali asoslash va mutaxassislar jamoasida himoya, qilish. III. Talaba mustaqil ishining tashkiliy shakllari
Talaba mustaqil ishini tashkil etishda muayyan fan(kurs)ning xususiyatlarini, shuningdek, har bir talabaning akademik о‘zlashtirish darajasi va kobiliyatini xisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalaniladi: ayrim nazariy mavzularni о‘quv adabiyotlari yordamida mustaqil о‘zlashtirish; berilgan mavzu bо‘yicha axborot (referat) tayyorlash; seminar va amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik kо‘rish; laboratoriya ishlarini bajarishga tayyorgarlik kо‘rish; xisob-grafik ishlarini bajarish; kurs ishi (loyixasi)ni bajarish; malakaviy bitiruv ishi va magistrlik dissertasiyasini tayyorlash; nazariy bilimlarni amaliyotda qо‘llash; amaliyotdagi mavjud muammolarning yechimini topish (keys-stadi); maket, model, namunalar yaratish; ilmiy maqola, anjumanga maruza tezislarini tayyorlash. О‘qitilayotgan fanning xususiyatlaridan kelib chiqqan xolda, talaba mustaqil ishini tashkil etishda boshqa shakllardan xam foydalanilishi mumkin. О‘quv fanlari bо‘yicha namunaviy va ishchi dasturlarda talaba mustaqil ishining shakli, mazmuni va hajmi ifoda etiladi. Talaba mustaqil ishi uchun ajratilgan vaqt byudjetiga mos ravishda har bir fan bо‘yicha tegishli kafedralarda mustaqil ishining tashkiliy shakllari, toishiriqlar variantlari ishlab chiqiladi va fakultet ilmiy-uslubiy kengashida tasdiqlanadi. 3.4. Mustaqil ishni bajarish uchun fanlar bо‘yicha talabalarga zaruriy metodik qо‘llanma, kо‘rsatma va tavsiyalar ishlab chiqiladi. VI. Talaba mustaqil ishining axborot ta’minoti Talaba uchun muayyan fan bо‘yicha mustaqil ish topshiriqlari tegishli kafedra professori (yoki yetakchi dosent) tomonidan о‘quv mashg‘ulotlarini bevosita olib boruvchi о‘qituvchi bilan birgalikda tuziladi, hamda kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi. Talabaga berilgan topshiriqda mustaqil ishni bajarish bо‘yicha dastlabki kо‘rsatma va tavsiyalar qayd etiladi. Mustaqil ishni bajarish uchun talabaga axborot manbaasi sifatida darslik va о‘quv qо‘llanmalar, metodik qо‘llanma va kо‘rsatmalar, ma’lumotlar tо‘plami va banki, ilmiy va ommaviy davriy nashrlar, Internet tarmog‘idagi tegishli ma’lumotlar, berilgan mavzu bо‘yicha avval bajarilgan ishlar banki va boshqalar xizmat qiladi. Kafedra mudiri va tegishli fakultet dekani taqdimnomasi asosida oliy ta’lim muassasasi raxbariyati talabalarga mustaqil ishlarni bajarish uchun zaruriy axborot manbaa va vositalarini belgilaydi, talabalarga turli kutubxonalar, muzeylar, tarmoq muassasalari va korxonalaridan mustaqil ish uchun zaruriy ma’lumotlar tо‘plash yuzasidan sо‘rovnoma xatlarini rasmiylashtirib beradi, Oliy ta’lim muassasasi raxbariyati tomonidan talabalarga mustaqil ishlarni о‘z vaqtida bajarish uchun kompyuter texnikasi va Internet tarmog‘idan samarali foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratib beriladi. V. Talaba mustaqil ishini nazorat qilish va baholash Har bir fan bо‘yicha talaba mustaqil ishiga rahbarlik qilish yuklamasi (ishchi о‘quv rejasiiing 10- ustunida keltirilgan) profsssor-о‘qituvchi shaxsiy ish rejasining tashkiliy-uslubiy bо‘limida (1540 soat doirasida) qayd etiladi. Talaba kurs ishi (loyixasi)ni hamda malakaviy bitiruv ishi va magistrlik dissertasiyasini tayyorlashga ajratilgan soatlar, professor-о‘qituvchi shaxsiy ish rejasiniig о‘quv ishlari bо‘limida qayd etiladi. Talaba mustaqil ishiga rahbarlik qilish kafedrada tuziladigai fakultet dekani tomonidan tasdiqlanadigan konsultasiyalar jadvali asosida amalga oshiriladi. Talabaning mustaqil ishi bо‘yicha konsultasiya soatlari guruh jurnalida qayd etib boriladi. Talaba mustaqil ishini nazorat qilish о‘quv mashg‘ulotlarini bevosita olib boruvchi о‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi. Talabaning mustaqil ishi, muayyan fan ishchi dasturida ajratilgan soatlarga mos reyting ballari bilan baholanadi va natijasi fan bо‘yicha talabaning umumiy reytingiga kiritiladi. Talabaning - reyting kо‘rsatkichlari, shu jumladan mustaqil ishi bо‘yicha, an’anaviy guruh reyting oynasida va (yoki) fakultetning maxsus elektron tarmog‘ida yoritib boriladi. Talaba mustaqil ishini nazorat qilish turlari va uni baholash me’zonlari tegishli kafedra tomonidan belgilanadi va fakultet Ilmiy kengashida tasdiqlanadi. Mustaqil ishlarni baholash me’zonlari talabalarga о‘quv yili (semestri) boshlanishi oldidan metodik materiallar bilan birgalikda tarqatiladi. Mustaqil ish bо‘yicha belgilangan maksimal reyting balining 55% dan kam ball tо‘plagan talaba fan bо‘yicha yakuniy, nazoratga quyilmaydi. Fanlar kesimida talabalarning mustaqil ishlari bо‘yicha о‘zlashtirishi muntazam ravishda talabalar guruhlarida, kafedra yig‘ilishlari va fakultet ilmiy kengashlarida muhokama etib boriladi. Talabaning mustaqil ishi kafedra arxivida rо‘yxatga olinadi va о‘quv yili mobaynida saqlanadi. Talabaning kurs ishi (loyixasi)ni xamda malakaviy bitiruv ishi yoki magistrlik dissertasiyasini rо‘yxatga olish va saqlash tartibi tegishli meyoriy xujjatlar asosida amalga oshiriladi. Oliy ta’lim muassasasida yuqori darajada baholangan talabalarning mustaqil ishlari ma’naviy va moddiy jihatdan rag‘batlantiriladi. Download 339 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling