BOSHLANG'ICH SINFLARDA SHAKLLANTIRILADIGAN NUTQIY KOMPENTENSIYALARI
Mundarija: - Mundarija:
- Kirish
- Bob. Nutqiy kompetensiyaning turlari, mazmun-mohiyati va elementlari
- Bob. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining nutqiy kompetensiyalarini shakllantirish
- Yozma nutq kompetensiyasini rivojlantirish
- Nutqiy kompetensiyalarini mustaqil ishlar orqali shakllantirish
- Nutqiy kompetensiyani rivojlantirishda matn turlarini yaratishning bosqich va darajalari mohiyati
- Xulosa
- Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish - Kirish
- Ona tili fani yosh bolalarning tafakkur qilish faoliyatini kengaytirishga, erkin fikrlay olishi, o’zgalar fikrini tinglashi, o’z fikrlarini og’zaki va yozma ravishda ravon bayon eta olishi, jamiyat a’zolari bilan erkin muloqotda bo’la oladigan ko’nikma va malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu o’rinda ona tili ta’limiga o’quv fani emas, balki butun ta’lim tizimini uyushtiruvchi ta’lim jarayoni sifatida qaraladi. Nutq−kishi faoliyatining turi, til vositalari (so’z, so’z birikmasi, gap) asosida tafakkurni ishga solishdir. Nutq o’zaro aloqa va xabar, o’z fikrini his-hayajon bilan ifodalash va boshqalarga ta’sir etish vazifasini bajaradi.Yaxshi rivojlangan nutq jamiyatda kishi faoliyatining muhim vositalaridan biri sifatida xizmat qiladi. O’quvchi uchun esa nutq maktabda muvaffaqiyatli ta’lim olish qurolidir.
- Nutq - kishi faoliyatining turi, til vositalari (so‘z, so‘z birikmasi, gap) asosida tafakkurni ishga solishdir. Nutq o‘zaro aloqa va xabar, o‘z fikrini his-hayajon bilan ifodalash va boshqalarga ta’sir etish vazifasini bajaradi.
I. Bob. Nutqiy kompetensiyaning turlari, mazmun-mohiyati va elementlari - I. Bob. Nutqiy kompetensiyaning turlari, mazmun-mohiyati va elementlari
- 1.1. Nutqiy kompetensiyaning turlari
- Mamlakatimizda kelajagimiz davomchilari boʼlmish yoshlarga innovatsion, ilgʼor usullar va metodlarni qoʼllab, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanib taʼlim berish hamda oʼquvchilarning taʼlimdagi sifat samaradorligini oshirish, yoshlarni raqobatbardosh qilib tarbiyalash taʼlim tizimi oldida turgan asosiy vazifa hisoblanadi. Oʼzbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentyabrdagi “Yoshlarga oid davlat siyosati toʼgʼrisida”gi Qonuni, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “Oʼzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʼyicha Harakatlar strategiyasi toʼgʼrisida”gi PF-4947- sonli, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi «Umumiy oʼrta va oʼrta maxsus, kasb- hunar taʼlimining davlat taʼlim standartlarini tasdiqlash toʼgʼrisida»gi 187- sonli qarori, 2019- yil 29-apreldagi “Oʼzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash toʼgʼrisida”gi PF-5712-sonli Farmonlarida belgilangan qator vazifalar oʼquvchilarning lingvistik va nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirishga zamin hozirlaydi. Shu bois ilm berishda sharq allomalari mustaqil fikrlash, fikrni bayon qilish, nutq tuzish jarayonidagi muhim jihatlarni qamrab oluvchi ilmiy qarashlarini qayd qilganlar va shu bilan bir qatorda, nutqning ilmiy- nazariy tomoni lugʼatlarda, darslik va oʼquv va metodik qoʼllanmalarda izoh berilib, atroflicha yoritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |