Qarshi shahar maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi


Download 355.03 Kb.
Sana15.12.2022
Hajmi355.03 Kb.
#1008423
Bog'liq
“Ikki echki” ertagin



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
MAKTABGACHA TA’LIM VAZIRLIGI
QARSHI SHAHAR
_____-MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI TARBIYACHISI
______________________________NING
Ikki echki mavzusida badiiy ababiyotdan


Mashg‘ulot: Badiy adabiyot


M avzu: “Ikki echki” ertagini hikoya qilib berish.
Maqsad: Bolalarni ertakni qunt bilan eshitishga, tushunishga va berilgan savollarga javob berishga o‘rgatish. Ikki echkining qaysarligi natijasida suvga tushib ketish holati ro‘y berganligi, shuning uchun o‘rtoqlari bilan kelishib o‘ynashga chaqirish.
Kutiladigan natija: Bolalar “Ikki echki” ertagining mazmunini tushunib va gapirib bera oladilar.
J ihoz: Ensiz taxtacha, niqoblar, sariq va qizil gullar, rasmli kartochkalar qirqimlari, rag‘bat kartochkalar.
Mashg‘ulotning borishi:
Bolalar sariq va qizil gullarni tanlashlariga qarab ikki guruhga ajratiladi. “Qizil gullar” guruhi adabiyot markazida, “Sariq gullar” dramalashtirish markazida faoliyat ko‘rsatadi. Adabiyot markazida tarbiyachi “Ikki echki” ertagini hikoya qilib beradi.:
Bir bor ekan, bir yo‘q ekan ikki echki bo‘lgan ekan. Kunlardan bir kuni ikkalasi anhor ustidagi ensiz ko‘prik ustida uchrashib qolishibdi. Ikkisidan biri yo‘l berishi kerak edi.

  • Yo‘l ber – debdi biri.







  • Sen yo‘l ber – debdi ikkinchisiga.

  • Seni deb orqaga qaytamanmi? - debdi birinchisi.

  • Bo‘lmasa seni deb men orqamga qaytamanmi? – debdi ikkinchisiga.

Ikkalasi ham bir-biriga yo‘l bermasdan ensz ko‘prikdan o‘tishga harakat qilgan ekan suvga ikkisi ham yiqilib tushibdi.
Bolalarga quyidagi savollar beriladi:
1.Ikki echki qayerda to‘qnashibdi?
2. Suvga yiq‘ilmasliklari uchun nima qilishlari kerak edi/
3. Echkilar to‘g‘ri ish qildimi?
4. Echkilarga qanday nom bersak bo‘ladi.
Dramalashtirish markazida “Sariq gullar” guruhi bolalari rolli o‘yin ijro etadilar . Enaga tomonidan rasmli kartochkalar qirqimlari gilam ustiga tarqatib tashlanadi. Bolalarga bittadan qirqim olish taklif qilinadi. Bolalar mos qirqimlarni topib birlashtiradi. So‘ngra rasmda tasvirlangan ro‘llarni ijro etadilar . O‘zlariga ro‘l, ro‘lga qarab niqob, kiyimlar tanlaydilar.

Birinchi kartochkada anhorning ikki tomonida echklarning o‘tlab yurgani tasvirlangan.


Ikkinchi kartochkada ikki echkining anhorga yaqinlashayotgani tasvirlangan.
Uchinchi kartochkada echkilarning ensiz ko‘prik ustida to‘qnashuvi va suvga yiqilib ketayotgani tasvirlangan.
Markazlardagi faoliyat tugagach qo‘ng‘iroq beriladi. Gilam ustida “Ovozidan top” o‘yini o‘ynatiladi. O‘yin tugagach “Qizil gullar” guruhi dramalashtirish’ markazida, “Sariq gullar” guruhi adabiyot markazida faoliyat ko‘rsatadi. Oxirida bolalar gilam ustida yig‘iladi. Bolalarning rag‘bat kartochkalari sanaladi, o‘rni aniqlanadi.

Download 355.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling