Qayta o’zlashtirish


Download 0.51 Mb.
bet1/4
Sana11.02.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1189995
  1   2   3   4
Bog'liq
asosiy atamalar.0709

Andijon Mashinasozlik Instituti

Andijon Mashinasozlik Instituti

Avtomobilsozlik fakulteti AT yo'nalishi 4-kurs 325-19 guruh yo’nalishi talabasi

Muhamadaliyev Bunyodjonning

" Yo’l harakati xavfsizligi “ fanidan tayyorlagan

QAYTA O’ZLASHTIRISH


Yo'l harakati qoidalarida
qo'llaniladigan asosiy
tushuncha va atamalar
Umumiy qoidalar
Ma`lumki, har qanday faoliyatni amalgam oshirishda, uni to`g`ri tashkil qilishda biror narsaga ya`ni qandaydir qonuniyatlarga asoslanish, maqsadga erishishning yagona to`g`ri tashkil qilishda insoniyat tarixida juda ko`plab qoidalar ishlab chiqilgan va ular takomillashib borgan. Yo`l harakati qoidalari juda qadimga borib taqaladi. Yo`llarda birinchi transport vositalari – “izvoshlar” baud obo`lishi bilan ular uchun harakatlanish qoidalari ishlab chiqilgan. Keyinchalik dastlabki avtomobillar yo`lga chiqqanda, tezliklari juda past bo`lsa ham ularni oldida bir kishi yugurib yurib, yo`ldagi odamlarni ogohlantirib chetga chiqarib yurgan.
Keyinchalik shu tartibda har bir davlatda o`zlarining yo`llarida harakatlanish qoidalari ishlab chiqilgan. Davlatlarning rivojlanishi ular orasidagi aloqalarni ham rivojlantirib bordi va dunyoda o`zaro hamkorlik qiladigan davlatlar o`rtasida yo`llarda harakatlanish yagona qoidalarini qo`llashni talab qila boshladi.
Avtomagistral – transport vositalarining yuqori tezlik va havfsiz harakatlanishini ta`minlovchi yo`l bo`lib, 5.1 (yashil rangdagi) belgi bilan belgilanadi. Avtomagistraldagi barcha ahborot ishora belgilari yashil rangda bo`ladi.
Ajratuvchi bo`lak – yo`lning yonma-yon joylashgan qarama-qarshi qatnov qismlarini ajratuvchi, relssiz transport vositalari va piyodalarning harakatlanishi yoki to`xtashi uchun mo`ljallanmagan alohida qismi.
Ajratuvchi bo`lak doimo qatnov qismidan baland bo`lgan qurilma bo`lib, chekkasi tosh (beton) hoshiya bilan chegaralanadi. Ajratuvchi bo`lakni ko`kalamzorlashtirish yoki unda tramvay izlarini o`rnatish tez-tez uchrab turadi. Ajratuvchi bo`lakka joylashtirilgan trmvay izidan (yo`lidan) harakatlanish taqiqlanadi. Qarama-qarshi qatnov qismlarini ajratuvchi qo`shaloq yotiq chiziq (1.3) ajratuvchi bo`lak hisoblanmaydi.
Arava – ot (yoki boshqa hayvonlar) ga qo`shib tortiladigan yoki odam mushak kuchi bilan (itarib) harakatga keltiriladigan yurgizgichsiz (dvigatelsiz), yuk tashishga mo`ljallangan qurilma.
Asosiy yo`l – tuproqli yo`lga nisbatan qattiq qoplamali (asphalt,tsement betonli, tosh yotqizilgan va shunga o`xshashlar), kesishayotgan yoki tutashgan yo`lga nisbatan 2.1, 2.3.1, - 2.3.3 yoki 5.1 belgilariga ega yo`l yoki yondosh xududdan chiqadigan yo`lga nisbatan har qanday yo`l. Ikkinchi darajali yo`lning bevosita chorrahaga tutash qismining qoplamali bo`lishi unga asosiy yo`l maqomini bermaydi.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling