Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana02.08.2020
Hajmi0.53 Mb.
#125294
  1   2   3   4
Bog'liq
Genetikadan-masala-va-mashqlar-yechish@nambiolog.zn .uz


 

 



 

O‘ZBEKISTON  RESPUBLIKASI  XALQ  TA’LIMI  

VAZIRLIGI 

 

NAMANGAN VILOYATI XALQ TA’LIMI XODIMLARINI 

QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI 

MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI

  

 

Tabiiy va aniq fanlar ta’limi kafedrasi 

 

Pop tumani XTMFMT va TE bo‘limiga qarashli 9- sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi 

biologiya fani o‘qituvchisi Abrorova Nozila Sidiqxonovnaning

 

 

 

 

 

 



 

 

 

mavzusidagi metodik tavsiyasi   



 

 

 



 

 

 

 

Namangan -2016 

 

 

Mazkur  metodik  tavsiya  biologiya  fani  Davlat  ta’lim  standarti  va  umumiy  o‘rta  ta’lim 



maktablarining  biologiya  fani  o‘qituvchilarni  qo‘yilgan  Davlat  talablari  asosida  tayyorlandi.  

Ushbu metodik tavsiyadan uslubchilar, o‘qituvchilar foydalanishlari mumkin. 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 Tuzuvchi:                      N. Abrorova –Pop tumani 9-sonli umumiy o‘rta 

                                                              ta’lim maktabi

 

biologiya fani  o‘qituvchisi. 



 

 

 



 

Muharrir:                      Q. Niyozov -  NVXTXQTMOI tabiiy va aniq fanlar ta’limi 

                                                               kafedrasi katta o‘qituvchisi 

 

 



 

 

 



 

Taqrizchilar:                    N. Soliyeva - Pop tuman XTMFMT vaTEB uslubchisi 

     

                                           Z.Xolmirzayeva - NVXTXQTMOI tabiiy va aniq fanlar   

                                                                         ta’limi kafedrasi katta o‘qituvchisi 

           

                                          

                                         

 

                                             



 

 

 



 

 

 

 



 

 

Ushbu  metodik  tavsiya  NVXTXQTMOI  tabiiy  va  aniq  fanlar  ta’limi  kafedrasining  27.05.2016 



yildagi yig‘ilishining 5-sonli bayonnomasi bilan ma’qullangan hamda institut o‘quv-uslubiy kengashining  

31.05.2016 yildagi 5-sonli qarori bilan foydalanish va ish tajribasini ommalashtirishga tavsiya etilgan.  



 



Irsiyatning molekulyar asoslari. 

Irsiy  belgilarni  nasldan-naslga  olib  o‘tuvchi  gen  DNK  ning  ma’lum  uchastkasi       

hisoblanadi.  Gen  belgiga  birdaniga  ta’sir  ko‘rsatmaydi.  U  odatda  oqsilning  birlamchi 

strukturasini  ya’ni  oqsil  polimerlarida  aminokislotalar  qancha  va  qanday  izchilikda 

joylashganligini ifodalaydi. Bizga ma’lumki hujayrada uchraydigan nuklein kislotalarning 

2 turi bor: ular DNK va RNK lar. 

DNK-biologik  polimer  bo‘lib,  qo‘sh  spiralidan  tashkil  topgan.  Uning  monomerlari 

nukleotidlar hisoblanadi. Har bir nukleotid azotli asos, uglevod, fosfat kislota qoldig‘idan 

tashkil  topgan.  Nukleotidlarda  azotli  asoslarning  4  xili  mavjud:  A-  adenin,  T-timin,  C-

sitozin,  G-guanin.  DNK  spiralalida  nukleotidlar  komplementarlik  qonuni  asosida 

joylashadi. Ya’ni adenin  timing, sitozin guaninga komplementardir.  

RNK–bir  zanjirli  bo‘lib,  u  ham  nukleotidlardan  tashkil  topgan.  DNK  dan  farqi 

nukleotidlarda  dezoksirobaza  o‘rniga  riboza  monosaharidi  uchraydi,  timin  o‘rniga  uratsil 

azotli asos uchraydi. 

Masala: DNK ning birinchi spiralida nukleotidlar T – T – T – A – A – C – G – G – T 

–  A  –  T  –  G  –  T  –  T  –  G  izchillikda  joylashgan  bo‘lsa,  ikkinchi  spiralda  nukleotidlar 

qanday izchillikda joylashadi? 

      Yechish:  Bu  masalani  yechishda  komplementarlik  qonuniga  murojaat  qilamiz. 

Komplementtarlik qonuniga ko‘ra, A  bilan T bir-birini hamda C va G bir-birini to‘ldiradi. 

Shunga ko‘ra, DNK ning 2-zanjirini quyidagicha yozish mumkin:  

T – T – T – A – A – C – G – G – T – A – T – G – T – T – G 

A – A – A –T – T – G – C – C – A –T – A – C – A – A – C 

2.Masala. Kimyoviy tahlillarga ko‘ra, i-RNK nukleotidlarning 30% A ga, 26% G ga, 

24%  U  ga  tog‘ri  keladi.  Shunga  to‘g‘ri  keladigan  2  zanjirli  DNK  molekulasi 

nukleotidlarining umumiy miqdorini toping. 

Yechish.  Dastlab  RNK  da  sitozin  nukleotidi  miqdori  qanchaligini  topib  olamiz. 

RNKda  barcha  nukleotidlar  miqdorining  yig‘indisi  100%  ga  teng  bo‘lishi  kerak,  shunga 

ko‘ra  ma’lum  nukleotidlar  miqdorining  yig‘indisini  100  dan  ayirsak, sitozinning  miqdori 

aniqlanadi 

               C(x%) = 100-(A(30%) + G(26%) + U(24%)) 

               C(x%) =  20% 



 

Komplementarlik  qonuniyatiga  ko‘ra  RNK  zanjiridan  DNK  ning  bir  zanjirini 



topamiz. Bunda RNK dagi A o‘rniga DNK da T, G o‘rniga C, U o‘rniga A, C o‘rniga G 

to‘g‘ri keladi. 

               T(30%) _ C(26%) _ A(24%) _ G (20%) 

         Ma’lum  bo‘lgan  DNK  ning  birinchi  zanjiridan  ikkinchi  zanjirini  ham 

komplementarlik asosida topamiz. 

                 T(30%) _ C(26%) _ A(24%) _ G(20%) 

                 A(30%) _ G(26%) _ T(24%) _ C(20%) 

Qo‘sh  zanjirli  DNK  molekulasidagi    nukleotidlarning  umumiy  miqdorini  topish 

uchun bir xil nukleotidlar miqdorini qo‘shib, so‘ngra ikkiga bo‘linadi. 

                 A(24%) + A(30%) /  2 =  54 / 2 = 27 

                 T(30%) + T(24%) /  2  =  54 / 2 = 27 

                 G(26%) + G(20%) / 2 = 46 / 2  =  23 

                 C(20%)  + C(26%)  / 2 = 46 / 2  = 23 

Javob.  A(27%),  T(27%),  G(23%),  C(23%)  

3.Masala.  DNK  ning  qo‘sh  zanjirida  2460  ta  Adenin  nukleotidi  bo‘lib,  u  jami 

nukleotidlarning  20%  ini  tashkil  qilsa,  DNK  zanjiridagi  qolgan  nukleotidlar  sonini 

aniqlang. 

Yechish.    1)  Dastlab    DNKning  qo‘sh  zanjirida  jami  nechta  nukleotid  borligini 

aniqlaymiz.  2460  ta  nukleotid  20%  ni  tashkil  qilsa,  100%  nukleotidlar  soni  qo‘yidagi 

proporsiya orqali aniqlaniladi. 

2460 ta nukleotid  _________ 20% bo‘lsa 

X ta nukleoti ___________ 100% 

X=2460 * 100 : 20 

X= 12300 ta nukleotid 

DNK qo‘sh zanjirida adenin va timin nukleotidlar soni doimo teng bo‘lganligi uchun 

2460 sonini 2 ga ko‘paytiramiz. 

2460 * 2=4920 

Umumiy nukleotidlar sonidan adenin va timin nukleotidlar sonini ayirsak DNK dagi 

sitozin va guanin nukleotidlar soni hosil bo‘ladi. 

12300 – 4920 = 7380 


 

Hosil  boo‘lgan  son  sitozin  va  guanin  nukleotidlar  soni  bo‘lganligi  uchun,  uni  2  ga 



bo‘lamiz. Shunda sitozin va guaning nukleotidlarining har biriga tegishli bo‘lgan son kelib 

chiqadi. 

7380 : 2 = 3690 

Javob:  DNKning  qo‘sh  zanjirida  2460  ta  A,  2460  ta  T,  3690  ta  C,  3690  ta  G 

nukleotidlari mavjud  

 

Mustaqil yechish uchun masalalar 

1.  DNK  molekulasining  birinchi  zanjirida  nukleotidlar  qo‘yidagi  izchillikda 

joylashgan bo‘lsa, ikkinchi zanjirdagi nukleotidlar tartibini  toping. 

     T  T  G  C  A  A  A  C  C  G  T  T  T  G  G  C  C C 

2.  i-RNK  da  nukleotidlar  A  A  G  G  G  C  U  U  U  G  G  A  A  C  C  G  G  G  U  G  C  A  

tartibda joylashgan bo‘lsa, DNK ning qo‘sh zanjiridagi nukleotidlar tartibini toping.   



3.  i-RNK  da  A(28%),  U(22%),  G(34%)  bo‘lsa,  DNK  qo‘sh  zanjiridagi 

nukleotidlarning umumiy miqdorini toping.                    



4.  i-RNK  da  nukleotidlar  GUU  -  CUU  -  CAU  -  UAU  izchillikda  joylashgan  bo‘lsa 

shunga to‘g‘ri keladigan DNK ning qo‘sh spiralidagi nukleotidlar tartibini toping. 

5.  DNK  ning  qo‘sh  zanjirida  4760  ta  Guanin  nukleotidi  bo‘lib,  u  jami 

nukleotidlarning 35%ini tashkil qilsa, qolgan nukleotidlar sonini aniqlang.   



 



Genetik    kod. 

Oqsil  haqidagi  ma’lumot  DNK  malikulasida  4  xil  nukleotidlarning  yordamida 

yozilgan  bo‘lib,  u  oqsil  molekulasining  nushasi  yoki  qolipi  deb  yurutiladi.  20  xil 

aminokislotaning  DNK  molekulasidagi 4 xil nukleotidlar  yordamida ifodalanishi  genetik 

kod deb ataladi. Har bir aminokislota 3 ta nukleotidning birikishidan hosil bo‘lgan triplet 

kod  yordamida  ifodalanadi.  20  ta  aminokislotani  ifodalash  uchun  61  ta  trepletli  koddan 

foydalaniladi.  Kodlarning  umumiy  soni  64  ga  teng.  Qolgan  3  ta  kod  oqsil  sintezini 

boshlanilishi va tugallanishini bildiradi. 

Kodning 

1-nukleotidi 

Kodning 2-nukleotidi 

Kodning  

3-nukleotidi 





fenilalanin 

fenilalanin  

leytsin 

leytsin 


serin 

serin 


serin 

serin 


tirozin 

tirozin 


+ nonsens 

+ nonsens 

sistein 

sistein 


+ nonsense 

triptofan 





leytsin 



leytsin 

leytsin 


leytsin 

prolin 


prolin 

prolin 


prolin 

gistidin 

gistidin 

glutamin k-ta 

glutamin k-ta 

arginin 


arginin 

arginin 


arginin 





izoleytsin 

izoleytsin 

izoleytsin 

++metionin 

treonin 

treonin 


treonin 

treonin 


asparagin k-ta 

asparagin k-ta 

lizin 

lizin 


serin 

serin 


arginin 

arginin 




valin 



valin 

valin 


+++valin 

alanin 


alanin 

alanin 


alanin 

asparagin 

asparagin 

glutamin 

glutamin 

glitsin 


glitsin 

glitsin 


glitsin 



  



+ polipeptik zanjirning oxirini ifodalaydi. 

++ polipeptik zanjirining sintezini boshlovchi polipeptik bog‘ning oxirini ifodalaydi. 

+++ nonsenskodonlar. 


 



 



Masala 

Oqsil molekulasining bir qismida aminokislotalar qo‘yidagi tartibda joylashgan serin 

-  valin  –  alanin  –  prolin  –  treonin  -  glitsin.  Shu  oqsil  molekulasini  kodlovchi  genda 

nukleotidlarning joylashgan tartibini toping. 



Yechish. Genetik kod jadvalidan foydalanib i-RNKning zanjirini topib olamiz. 

UCU – GUU – GCU – CCU – ACU - GGU 

So‘ngra  i-RNK  zanjiridan  foydalanib,  DNKning  bitta  zanjirini  komplementarlik 

asosida topib olamiz. 

AGA – CAA – CGA – GGA – TGA - CCA 

Endi DNKning birinchi zanjiridan ikkinchi zanjirini keltirib chiqaramiz. 

TCT – GTT – GCT – CCT – ACT - GGT 

Javob; i-RNK  UCU – GUU – GCU – CCU – ACU - GGU 

DNK AGA – CAA – CGA – GGA – TGA – CCA  

          TCT – GTT – GCT – CCT – ACT – GGT  

 

Mustaqil ishlash uchun masalalar. 

1.   i-RNK da nukleotidlar     

A – C – G – G – U – A – G – U – C – C – G – A – A – G – U – A – C – G – U    

izchillikda  joylashgan  bo‘lsa,  qanday  aminokislotalardan  tashkil  topgan  oqsilni  

sintezlashini toping? 

2.  Oqsilning  ma’lum  qismidagi  aminokislotalar  quyidagi  tartibda  tuzilgan:  arginin–

serin–trionin–valin–alanin–leytsin–trolin–tirozin–sistein–serin.  Shu  oqsil  molekulasini 

kodlovchi genda nukleotidlarning joylashish tartibini toping. 

3. Genetik kod jadvalidan foydalanib, quyidagi treplitlar qanday aminokislotananing 

kodlashini toping. UUC, UAG, UAC, CAU, ACC, GAU, GGA, CCC, AUC. 

 


 



MASALA 

Agar  oqsil  75ta  aminokislotadan  iborat  bo‘lsa,  shu  oqsilni  sintezlovchi  genning  

uzunligini toping. 

(DNK da har bir nukleotidlar orasi 3,4 A

 ga teng.) 



Yechish: 1-navbatda 75 ta aminokislotadan iborat oqsilni nechta nukleotid kodlashini 

topib olamiz.   

1 ta aminokislotani - 3 ta nukleotid 

75 ta aminokislotani - x nukleotid kodlaydi 

X = 75 x 3=225. 

Har  bir  nukleotid  oralig‘I  3,4  A

  bo‘lsa    225  ta  nukleotid  oralig‘i  qancha  bo‘lishini  



topamiz. 

1 ta nukleotid - 3,4A

  

225 ta nukleotid - x 



X=765 A

 



Javob 765 A



2.  DNK  molekulasida  T  nukleotidlar  3462ta  bo‘lib,  u  jami  nukleotidlarning  33%ini  

tashkil qilsa, DNK molekulasidagi G nukleotidining soni qancha bo‘ladi? 

Yechish. Avvalo T nukleotidi umumiy nukleotidlarning 33% ini tashkil qilsa, DNK 

molekulasi nechta nukleotidlardan iboratligini topamiz 

              T (3462)                 33%  

               X                            100% 

          X= 3462  x  100  /  33 

          X = 346200 / 33 

          X = 10491 

Demak, DNK molekulasida jami 10491 ta nukleotid bor ekan. 

Endi jami nukleotidlar sonidan bizga ma’lum bo‘lgan T nukleotidining sonini ayirib 

tashlaymiz 

          10490 -  3462  =  7028 

 Bizga ma’lumki, DNK molekulasida T nukleotidlar soniga A nukleotidlar soni teng 

bo‘ladi. Shunga ko‘ra 7028 natijadan A nukleotidlar sonini (3462) ayiramiz 

                    7028 – 3462 = 3566 



 

Hosil  bo‘gan  bu  natija  (3566)  DNK  molekulasidagi  G  va  C  nukleotidlar  soni 



hisoblanadi. DNK dagi G nukleotidlar sonini aniqlash uchun natijani 2 ga bo‘linadi 

          3566  /  2  =  1783 

 Javob.    G  nukleotidlar  soni   1783 ta 

3.  DNK  molekulasida  4266  ta  A  nukleotidi  bo‘lib,  u  jami  nukleotidlar  miqdorining 

28% ini tashkil qilsa, ma’lum oqsil sintezining uzunligini toping 



Yechish. Dastlab jami nukleotidlar umumiy sonini opib olamiz  

           4266 (A)  ___________ 28%  bo‘lsa 

           X        _____________ 100 % bo‘ladi 

                     X = 4266 x 100  /  28   

                     X = 15236 

Bizga ma’lumki, har bir nukleotidlar oralig‘i 3.4 A ga teng bo‘lsa, 15236 ta nukleotid 

oralig‘i qancha bo‘lishini topib olamiz. 

            1 ta nukleotid  oralig‘i                  3.4 A 

            15236  ta  nukleotid  oralig‘i           x A 

                  X = 15236  x  3.4 

                  X =  51802.4 A 

Javob genning uzunligi 51802.4 A 

Mustaqil ishlash uchun masalalar. 

1.  DNK  da  1250  ta  nukleotid  bo‘lsa  nechta  aminokislotadan  iborat  oqsilni 

sintezlaydi? 

2.  102  ta  aminokislotadan  iborat  oqsilni  sintezlovchi  genning  uzunligi  toping. 

(nukleotidlar oralig‘i 3,4A



3.  Uzunligi  612  A

  bo‘lgan  gen  nechta  aminokislotadan  iborat  bo‘lgan  oqsilni 



sintezlaydi? 

4.  98ta  aminokislotadan  iborat  oqsilni  sintezlovchi  genning  uzunligi    toping. 

(nukleotidlar oralig‘I 3,4A



5.  DNK  molekulasida  2442  ta  G  nukleotidi  bo‘li,  u  barcha  nukleotidlar  umumiy 

miqdorining 26% ini tashkil qilsa, DNK molekulasidagi T nukleotidlar sonini toping 

6.  DNK  ning  qo‘sh  zanjirida  G  nukleotidlari  40%  ni  tashkil  etadi.  DNK  dagi  gen 

asosida sintezlangan oqsil 400 ta aminokislotadan iborat bo‘lsa, shu qo‘sh zanjirdagi timin 

nukleotidlar sonini toping  


 

10 


Gametalar olish tartibi. 

Gameta olishdan avval gomozigota va geterozigota organizmlar haqida bilish kerak. 

Bir xil gameta beradigan organizmlar gomozigota organizmlar deyiladi. Masalan: AA aa, 

BB,  AABB,  aabb,  AABBCC.  2  ta  yoki  undan  ortiq  turdagi  gameta  hosil  qiluvchi   

organizmlar  geterozigota  organizmlar  deyiladi.  Aa,  Bb,  AaBb,  AaBbCc.  Gomozigota 

organizmlar faqat bir xil gameta hosil qiladi. 

AA            aa        AABB           aabb              AABBCC 

A                a           AB              ab                    ABC 

Geterozigota organizmlardan gameta hosil qilishning 2ta usulini ko‘rib chiqamiz. 

1-usul 


AaBbCc 

                            A 

 a 

 

 



b                                  B                      b 

 

 

  C 



c      C               c 

            C                  c      C                 c 

        ABC, ABc, AbC, Abc.                          abc, aBc, abC, abc.  

2-usul.  AaBbCcDd  genotipli  organizmdan  genotip  hosil  qilamiz.  Bu  organizm  4ta 

belgisi  bo‘yicha  geterozigota  bo‘lgani  uchun  2  deb  qabul  qilinadi.  2

4

=16  Demak,  bu 



organizm 16 xil gameta hosil qiladi.16/2=8 8taA va 8ta a yozamiz; 

A                                           a 

A                                           a 

A                                           a 

A                                           a 

A                                           a 

A                                           a 

A                                           a 

A                                           a 

8/2=4   4tadan B,  4 tadan b yozamiz 

AB                                         aB 

AB                                         aB 



 

11 


AB                                         aB 

AB                                         aB 

Ab                                         ab 

Ab                                         ab 

Ab                                         ab 

Ab                                         ab 

4/2=2   2 tadan C, 2 tadan c yozamiz 

ABC                                      aBC 

ABC                                      aBC 

ABc                                      aBc 

ABc                                      aBc 

AbC                                      abC 

AbC                                      abC 

Abc                                      abc 

Abc                                      abc 

2/2=1 1 tadan D, 1 tadan d yozamiz 

ABCD                                   aBCD 

ABCd                                   aBCd 

ABcD                                   aBcD 

ABcd                                    aBcd 

AbCD                                   abCD 

AbCd                                    abCd 

AbcD                                    abcD 

Abcd                                     abcd 

16 xil gameta tayyor bo‘ldi. 

Mustaqil ishlash uchun masalalar 

1.Genotipi qo‘yidagicha bo‘lgan organizmlar qanday gameta hosil qiladi? AABBCC,   

AaBb, AaBbCC, AABbCc, AaBbCcddEe 

2. AaBbCcDdEe genotipli organizm nechta gameta hosil qiladi? 

3. AabbCcDdEE genotipga ega bo‘lgan organizm qanday gametalarni hosil qiladi? 


 

12 


Genotipni   belgilash 

Genetikadan  masalalar  yechishda  organizmning  nomidan  genotipni  belgilarini  aniq 

qo‘ya  olish  juda  muhim.  Organizm  nomidan  genotipni  aniqlay  olsak,  masalani  tez  va 

to‘g‘ri  yecha  olamiz.  Masalan,  masalalarda  birinchi  belgisi  bo‘yicha  dominant 

gomozigota,  ikkinchi  belgisi  bo‘yicha  geterozigota  organizm  kabi  jumlalarga  duch 

kelamiz.  Birinchi  belgisi  bo‘yicha  dominant  gomozigota,  demak  belgi  -  AA.  Ikkinchi 

belgisi bo‘yicha geterozigota, demak belgi - Bb. Har ikki belgini birlashtiramiz - AABb 

          Masalan, AabbCC genotipli organizmni qo‘yidagicha o‘qish mumkin. Birinchi 

belgisi  bo‘yicha  geterozigota,  ikkinchi  belgisi  bo‘yicha  retsissiv  gomozigota,  uchinchi 

belgisi bo‘yicha dominant gomozigota. 



Mustaqil yechish uchun masalalar 

1.Birinchi  belgisi  bo‘yicha  retsessiv  gomozigota,  ikkinchi  belgisi  bo‘yicha 

geterozigota organizmning genotipini belgilang 

2.Birinchi ikkinchi belgisi bo‘yicha geterozigota, uchinchi belgisi  bo‘yicha retsessiv 

gomozigota genotipni belgilang 

3.Qo‘yidagi genotiplarni nomini o‘qing. Aabb, AabbCc, aaBb, aaBbcc, AABbCc   



 

Monoduragay chatishtirishda belgilarning nasldan-naslga o‘tishi. 

Organizmlarni o‘zaro chatishtirishda qo‘yidagi simvollardan foydalaniladi; 

P-Parents-ota-ona 

♀-ona organizmi 

♂-ota organizmi 

X-chatishtirish belgisi 

F-duragay avlod 

Dominant  belgi-birinchi  bo‘g‘inda  yuzaga  chiqadigan  belgi.  Retsissiv  belgi-birinchi 

bo‘g‘inda yuzaga chiqmaydigan, lekin genotipda saqlanib qoladigan belgi. 

Bir  juft  begisi  bilan  farq  qiluvchi  organizmlarni  o‘zaro  chatishtirish  monoduragay 

chatishtirish deyiladi 

Masala.  Suli  o‘simligida  poyaning  kaltaligini  belgilovchi  gen  poyaning  uzunligini 

belgilovchi  gen  ustidan  dominantlik  qiladi.  Uzun  poyali  suli  o‘simligi  kalta  poyali  suli 

bilan  chatishtirilganda  olingan  avlodning  barchasi  kalta  poyali  bo‘ldi.  Ota-ona  va  F

1

 



duragaylarining toping. 

 

13 


Yechish.  

fen:      kalta          uzun 



                    gen:   ♀ AA    x   ♂ aa 

              gameta:         A              a 

            F1    fen:                  kalta 

                   Gen:                  Aa 

                                          100% 


Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling