Qirontog’dagi hunarmandchilik izlari


Download 35 Kb.
Sana08.07.2023
Hajmi35 Kb.
#1659178
Bog'liq
QIRONTO1


QIRONTOG’DAGI HUNARMANDCHILIK IZLARI

Qirontog’ har xil qurilish ishlarini yurg’izish uchun zarur suvga, yuqori sifatli tuproqga, toshga, qumga va yog’oshga boy ulkamizning tabiati chiroyli juda fayzli yerida joylashgan. Mana shunday qulay sharoitdan va materiallardan qirontog’lilarning juda erta zamondan foydalana bilganigini arxeologiyagik materiallardan sezsa bo’ladi.


Ushbu qurilish materiallarining orasidagi kundalik hayotda eng ko’p ishlatiladigan va oddiy yo’l bilantez undiriladigan turi saz tuproq. Daryoning yoqasi bo’lganligi uchunmi, yoki yerning sharoitidanmi Qirontog’ning tuprog’I qurilish ishlariga ham, shuning bilan birga kulolchilikda ham birdek foydalanadigan juda yuqori sifatga ega. Shuning uchun bo’lsa kerak u eski davrlardan boshlab to XIX asrning oxirlariga qadar qurilish ishlariga paqsa vax om g’isht tarzida keng foydalinilgan. Har davrning talabiga to’liq javob berib kelganini g’ishlarning ko’lamiga qarab bilsa bo’ladi.
Qirontog’ning o’zida kundalik hayotda zarur bo’lgan mayda idishlardan boshlab to ulkan xumlarga qadar kulol buyimlar tayyorlangan. Buning uchun dastlab saz loydan idishlar aylanmali oyoq va qo’l stanoklarida ishlangan. Keyin oftobda quritilgan idishlar kulol pechkalarda kuydirilgan. Bu pechlar hozirgi vaqtda Qalmaq qal’a qo’ymasi bilan Bektemir e’shon qo’ymasi oralig’idagi Qirontog’ning g’arbiy yoqalarida joylashgan. Pechlardan chiqqan harxil chiqindilar bilan kulol idishlarning bo’laklarining bir gektarga yaqin hududga sochilib yotganiga qaraganda bu yerda VII-VIII, IX-XI va XII-XIII asrlarga tegishli bir qancha o’nlab pechlar bo’lishi ehtimoliydir. Ulardan o’n to’rtdasi planga tushirilgan.
2004-yili biri ulkan ikkinchisi kichikroq ikki pech to’liq qazilib tekshilirildi va ulardan IX-XI, XII-XIII asrlarda foydanilganligi ma’lum bo’ldi. Katta pech quyidagi tartibda qurilgan. Dastlab eni uch metrdan oshiq, teranligi bir yarim metr chamasida doira tarzidagi chuqur qazilgan. Keyin ushbu chuqurning devorlari aylanasiga pishkan yarim g’ishtlar bilan terib chiqilgan va uning ichki tarafini loy bilan chaplab chiqqan. Izlanishlar davomida pechning pastki va yuqori ikki qavatdan turadiganligi va ustki qismi gumbaz tarzida yopilganligi ma’lum bo’ldi. Uning pastki birinchi qavatida o’t yoqilgan, yuqori ikkinchi qavatida esa kulol idishlar ushbu o’tning haroratida kuydirilgan. Buning uchun birinchi qavat gumbaz tarzida pishiq g’ishtlar yordamida bostirilgan. Pastki qavatda yoqilgan o’tning harorati ikkinchi qavatka o’tishi uchun ikki qavatni bo’lib turgan bo’lagida maxsus 13-15 teshik ishlangan. Kuydirishga qo’yilgan idishlarning og’irligi bilan birinchi qavat o’yilib ketmasligi uchun uning qoq o’rtasiga g’ishtdan terilgan maxsus tosh o’ra o’rnatilgan.
Ulkan pechning janubiy-g’arbiy tarafida ochilgan diametric ikki metr bo’lgan ikkinchi pech yaxshi saqlangan va qurilishi bo’yicha dastlabkisini takrorlaydi. Lekin uning hajmi kichik bo’lganligi sababli birinchi qavatda maxsus stoyka (tiragich) qo’yilmagan.
Ikki pechkaga teranligi 1,2 metr bo’lgan bir chuqurda turib o’t yoqilgan, chuqurga tushish uchun uning g’arbiy tarafiga qulay qilib zina ishlangan. Pechkalarning olov yoqiladigan og’izlari, shuningdek chuqurning devorlari to’lig’I bilan g’isht bilan qoplangan. Uzunasiga terilgan g’ishtlarni tekshirib ko’rilganda chuqurning orqa tarafining ichi kul bilan to’ldirilgan joy ekanligi ma’lum bo’ldi. Tepasi g’isht bilan bostirilib tashqarisi loy bilan suvolgan bunday qurilish hozircha etnografiyaliq materiallardan bizga noma’lum. Balkim, bu kulolchilarning pechkaga va unda yoqiladigan olovga bo’lgan munosabatini ko’rsatadigan dasturga oid saqlangan birinchi yoqilgan olovning kuli bo’lishi ham ehtimol. Sababi oradan o’tkan ikki asrga yaqin vaqtda ular o’zlarining eski etiqod dasturlarini birdaniga unutib ketishi mumkin emas. Bu yerda o’tga sig’inuvchilikning izlari seziladi.
Qirontog’dagi pechkalarning soni kopligiga qaraganda vaqtida ularning mahalliy aholini, ushbu yerdagi shahar, qishloqlarda kulol idishlar bilan taminlab qo’ymay o’zlariningoshiqcha mahsulotlarini tashqi bozorlarga ham chiqarib sotgan. Aniqroq aytgandigan bo’lsak Qirontog’ o’sha vaqtlarda Janubiy Orol bo’yidagi eng katta kulolchilarning Makoni bo’lgan.
Qirontog’ yaxshi sifatli tuproq bilan biraq mahalliy tosh koniga ham ega makondir. Qadimiy davrlardan tosh yetishtirilib kelayotgan uning eng orqadagi uchunchi bo’lagi mahalliy xalq orasida “Taxiyatas” – deb ataladi. Qirontog’dan topilgan quti tarzidagi ossuariylar va ularning bo’laklari ushbu Taxiyatoshda undirilgan toshlardan tayyorlangan. Shuning bilarn qator toshlar qurilish ishlarida ham foydalanilgan. Masalan, ulardan e’tiqodiy-sig’inish qurilishlarining tepalarin bostirgan vaqtda foydanilgan ustin yog’oshlarning ostiga qo’yiladigan kolonna bazalar ishlangan. Shunday ikki kolonna baza hozirgi vaqtda Bektemir e’shon qabri yonida saqlanilib turibdi.
Toshlar xo’jalik buyimlarin tayyorlash uchn ham foydanilgan. Toshlardan qadimiy davrlari harxil don ezgichlar ishlansa, keyin keyinchalik ulardan tegirman va juaz tayyorlangan. Qarali bobo qabri yonidagi tegirmonlar ushbu Taxiyatosh toshlaridan ishlangan.
Amudaryoning pastgi yoqalaridagi tegirmon tosh undiriladigan asosiy konlarning biri bolgan Taxiyatoshda xalqimiz ichidan chiqqan usta tegirmonchilarning birnechcha avlodlari ishlagan.
Informator Saparov Jaqsimuratning (1923-yili tug’ilgan) ko’rsatishicha atoqlli Jumanazar Toshloq shunday otadan bolaga o’tkan birnechta tegirmonchilarning avlodi bo’lgan. Uyiga bola vaqtida Jumanazar Toshloqning ishlagan tegirmonini olib kelganligi va unda uzoq yillar davomida onasining don tortganligi Jaqsimurat og’aning hali ham yodida. O’sha davrlarda qoraqalpoqning qanli urug’idan chiqqan Tileumurat, uning bolasi Sultonlar ham kuchli tegirmonchilar bo’lgan.
Qirontog’dagi tegirmon va juaz ishlash ishlari XX asrning birinchi yarmiga qadar davom etkan va uning oqirgi vakillaridan biriga To’legen tegirmonchi kiradi. Uning ishlagan tegirmonlariga, Saparov Jaqsimurat, Turmanov Musa (1937-2003) va Berdakov Uzoqboylarning (1936) bergan ma’lumotlariga ko’ra, talab juda kuchli bo’lgan va uning o’lkamizdan boshqa ko’p chet yerlardan kelib olib ketar ekan. Umri davomida Qirontog’ da yashab mehnat qilgan To’legen tegirmonchi umrining oxirida shu yerda so’fichilik qilgan va 1987-yili 80 yoshida olamdan o’tgan.
Yuqorida nomlari keltirilgan informatorlarning ma’lumotlariga qaraganda Taxiyatoshdan tegirmon, juaz va qurilish uchun toshlarning undirilishi bilan qator bu yerdan “mumiya” ham olinar ekan. Albatta, bu ma’lumot tekshirilib ko’rilishi kerak.
Qirontog’ hududida zargarlar ham yashagan va yuqorida keltirilib o’tilganiday ularning qabri bo’lgan. Uzuk, sirg’a, bilak uzuk kabi ayol-qizlarning bezanish buyumlariga qosh sifatida ishlatiladigan har xil rangdagi mayda toshlar Qirontog’ning janubiy qismida ko’plab uchrashadi.
Qirontog’ yog’oshga ham boy hudud. Daryoni yoqalab joylashgan qalin to’gaylikning bo’laklarining hozirga qadar saqlanganligining guvohi bo’lamiz.
1740-1741-yillarda o’lkamizda bo’lgan Gladishev bilan Muravinlar daraxtlikning juda ko’p ekanligini, ulardan qayiq va aravalarning g’ildiraklarini yasashligini ta’kidlab o’tadi [ Поездка…, 1851, 32-бет].
Download 35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling