Qon so’ruvchi hasharotlar biologiyasi va tarqalishi
Download 66.63 Kb.
|
1 2
Bog'liqQON SO\'RUVCHILAR
Qon so’ruvchi hasharotlar biologiyasi va tarqalishi M U N D A R I J A I.KIRISH I.1.Rikketsiozlar haqida tushuncha I.2. Anopheles urug’iga kiruvchi chivinlarning tashqi morfologik tuzilishi II.Asosiy qism II.3.Bitlar turkumi vakillarining tuzilishi, ko’payishi va ularning odam hamda chorva mollariga keltiradigan zarari. II.4.Odam va hayvonlarda uchrovchi parazit qandalalarning tuzilishi, ko’payishi, zarari va ularga qarshi kurash choralari. II.5.Burgalar turkumi vakillarining tuzilishi, ko’payishi, zarari va ularga qarshi kurash choralari. III.Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati KIRISH Rikketsiozlar, bakteriyasimon mikroorganizmlar — rikketsiyalar qoʻzgʻatadigan oʻtkir yuqumli kasalliklar. Hayvonlar, qon soʻruvchi hasharotlar (bit, burga, kana) va odamda uchraydi. R.ga epidemic toshmali terlama, Ku isitmasi, okop isitmasi va b. kiradi. Rikketsiyalar mikrometr ulushlaridan tortib, bir necha mikrometrgacha kattalikda boʻladi. Shakli sharsimon, ipsimon, kalta yoki uzun tayokchasimon boʻlishi mumkin. Rikketsiyalar turli xil hasharotlar (burga, bit va kanalar) organizmida parazitlik qiladi. R. qon orqali oʻtadigan yuqumli kasalliklar guruhiga kiradi. R.ning qoʻzgʻatuvchilari kasal odam (hayvon) qoni va limfasida muayyan vaqtgacha aylanib yurib, undan qon soʻruvchi hasharotlar (burga, bit) va kanalar orqali sogʻlom kishi qoniga oʻtadi, hasharotlar rikketsiyalarni faqat najasi yoki soʻlak bezlari sekreti orqali ajratadi. Ayrim hollarda, Mas, Ku isitmada R. qoramol suti va siydigi orqali toqadi. Tabiiy sharoitda R. turli xil yovvoyi sut emizuvchilar (asosan, kemiruvchilar)da uchraydi, bulardan (rikketsiyalarning qonda aylanib yurishi davrida) burga va kanalar kasallikni yuqtiradi. Odamga kasallik kana qonni soʻrganida, rikketsiyalar bit, burga, kana najasi orqali zararlangan teriga (Mas, terini qashiganda) yoki chang bilan shilliq pardalarga tushganida yuqadi. R. orasida epidemik toshmali terlama va okop isitmasi antroponoz kasallikdir, bular bilan koʻproq odam kasallanadi. Ularning qoʻzgʻatuvchisi bemor qonidan kasallik tarqatuvchi (bitlar)ga qrn soʻrganida oʻtadi, ulardan esa boshqa kishilarga tarqaladi. Qolgan P. — zoonoz kasalliklardir. Bunda odamga kasallik kasal hayvonlardan rikketsiyalar oʻtgan burga yoki kanalar chaqqanda yuqadi. Kasallik toʻsatdan boshlanadi, bemor isitmalaydi, boshi va muskullari ogʻriydi va badaniga toshma toshadi. Qon tomirlarning devorlari, shuningdek, markaziy nerv sistemasi zararlanadi. Bemor kasalxonada davolanadi. R. ning oldini olish uchun qon soʻruvchi hasharotlar (kana, bit, burga) va kemiruvchilarga qarshi kurash olib borish lozim. Mavzuning dolzarbligi. Bir hujayrali kasallik qo’zg’atuvchi organizmlar orasida teri leyshmanioz kasalligi va bezgak kasalligini qo’zg’atuvchilari og’ir infeksion kasalliklardan biri bo’lib, bularning biologiyasi, yuqish yo’llari uning inkubasion davri va ulardan saqlanish yo’llarini bilish muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Bezgak dunyoda eng ko’p tarqalgan yuqumli kasalliklardan biri bo’lib, Jahon sog’likni saqlash tashkilotining (JSST) 2012 yildagi ma’lumotlariga ko’ra, bezgak bilan 100 yaqin mamlakatlarda yiliga 215-250 mln. kishi kasallanadi va ulardan 655-660 ming kishi ushbu kasallikdan nobud bo’lmoqda. O’tgan davrlarda O’zbekistonda bezgak eng ko’p tarqalgan kasalliklardan biri bo’lib, mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishiga salbiy ta’sir o’tkazib kelgan. 1961 yilda mamlakatda o’tkazilgan keng qamrovli chora tadbirlar natijasida bezgak kasalligini yuqishiga chek qo’yildi. Bezgak kasalligi bartaraf etilgan davr davomida asosan Afg’onistondan harbiy xizmatdan bezgak bilan zararlanib qaytgan harbiylar hisobiga faqat uch kunlik bezgakning mahalliy yuqtirilishiga sabab bo’lgan. O’tkazilgan profilaktik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar natijasida mamlakatning barcha hududlarida mazkur muammo yuzasidan qoniqarli vaziyatni saqlab turish imkoni bo’ldi. Biroq, 90-yillarning boshida Tojikistonda tarqalgan bezgakning jiddiy epidemiyasi mazkur yuqumli kasallikni mamlakat hududiga olib kirilishiga yo’l qo’ymaslikda ancha qiyinchiliklar tug’dirdi. Tojikistonning bezgak kasalligi tarqalgan hududlari bilan chegaradosh bo’lgan mamlakatimizning janubiy viloyatlarida, chegaraning uzunligini hisobga olgan holda, 1999 yilda Surxondaryo viloyatida uch kunlik bezgakning past darajada mahalliy yuqishi yuzaga keldi, keyinchalik Qashqadaryo viloyatida kasallikning yangi faol o’choqlari qayd etildi. Qo’shni Qirg’izistonda 2002 yili infeksiyaning epidemik tarqalishi sodir bo’lib, 2744 nafar bezgak bilan kasallanish holati qayd etildi hamda respublikamizning chegaradosh bo’lgan viloyatlariga kasallik kirib kelish va tarqalish xavfi yuzaga keldi. Qo’shni mamlakatlarda bezgakning ko’payishi natijasida bizning respublikamizda epidemiologik vaziyatning murakkablashishi, yuqori malyariogen hududlarga bezgakning olib kirilishi va shuning bilan mahalliy bezgakning ko’payishi va kasallikning respublikamiz bo’ylab tarqalish xavfi ortib bordi. Har yili 70 dan ortiq holatlarda bezgak ro’yxatga olinib, ularning ko’pi chetdan (Tojikistondan) olib keltirilgan bezgak hissasiga to’g’ri keladi. Davlatlararo aholi migrasiyasining o’sishi, bezgak chivinlarining ko’pligi natijasida Surxandaryo va Qashqadaryo viloyatlarining qator hududlarida bezgakning mahalliy yuqishi kuzatildi, natijada O’zbekistonda bezgakning qaytish xavfi vujudga keldi. Oxirgi yillarda JSST, Umumjahon Global jamg’armasi va boshqa xorijiy tashkilotlarni doimiy yordami natijasida O’rta Osiyo davlatlarida bezgakni mahalliy yuqishi kamaydi. Download 66.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling