Ich terlama


Download 139 Kb.
bet1/4
Sana21.02.2023
Hajmi139 Kb.
#1217996
  1   2   3   4
Bog'liq
Ich terlama


Ich terlama
Ich terlama, qorin tifi — oʻtkir yuqumli kasalliklardan biri; bunda bemor isitmalaydi, ichi buziladi va badaniga toshma toshadi. Ich terlama mikrobi (harakatchan tayoqcha)ni nemis olimi K. Ebert kashf etgan, shuning uchun Ebert tayoqchasi deb ham ataladi.
Ich terlama butun yer yuzida uchraydi va maʼlum sharoitda epidemiya tusini oladi. Aholining sanitariya-maishiy sharoiti kasallikning tarqalishida hal qiluvchi rol oʻynaydi. Sanitariya madaniyati past mamlakatlarda ich terlama keng tarqaladi.
Olimlar ich terlama epidemiyasi Afrika va Osiyoda tarqalayotganini aniqladi, deb xabar qiladi The Guardian.
Yangi infeksiya qo‘zg‘atuvchi shtamm (H58) ko‘plab antibiotiklarga chidamli. U shifokorlar to‘xtatib qolishni o‘rganib bo‘lgan bakteriyalarni so‘nggi yillarda siqib chiqarmoqda. Nature Genetics jurnalida tadqiqotlar natijasi chop etildi.

Tadqiqotchilarning xalqaro kollektivi ich terlama kasalligini qo‘zg‘atuvchi 1832 xil bakteriyalar DNKsini tahlil qildi. Mikroorganizmlarning deyarli yarmi antibiotiklarga chidamli H58 shtammiga tegishli bo‘lib chiqdi.


"Ich terlama ilgari Osiyo kasalligi hisoblanardi. Uning Afrikada oson tarqalishi epidemiologiyaning oyog‘ini osmondan qilib yubordi. Endi bu maxluq yangi mintaqalarda paydo bo‘lishi mumkin va uning ustun tomoni bor, antibiotiklar uning raqiblarining katta qismini yo‘q qilgan”, — dedi tadqiqot hammualliflaridan biri Gordon Dugan.


Ich terlamani Salmonella typhi bakteriyasi keltirib chiqaradi. Bu kasallik bilan har yili 22 million odam og‘riydi. Ulardan taxminan 200 ming nafari hayotdan ko‘z yumadi. Kasallik qo‘zg‘atuvchi bakteriyalar suv va ovqat orqali o‘tadi.


Hozirda ich terlamaga qarshi vaksinalar ishlab chiqarilgan, ammo ular ommalashib ketmadi. Chunki rivojlangan mamlakatlar aholisi antibiotiklar bilan davolanadi. Aftidan shifokorlarning antibiotiklarga haddan ortiq ko‘p e’tibor qaratishi Salmonella typhi bakteriyasining mutatsiyasiga sabab bo‘lgan.


H58 Nepal poytaxti Katmanduda ham aniqlandi.




Download 139 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling