Ich terlama


Download 139 Kb.
bet2/4
Sana21.02.2023
Hajmi139 Kb.
#1217996
1   2   3   4
Bog'liq
Ich terlama

Etiologiyasi[t


Hayvonlar ich terlama bilan ogʻrimaydi. Odam ich terlamaga juda moyil. Bemor kasallik davrida, baʼzan sogʻaygandan keyin ham mikroblarini najas (baʼzan siydik) bilan chiqaradi. Bakteriya tashuvchilik deyiladigan bu holat kasallikning tarqalishida maʼlum rol oʻynaydi. Ich terlama bilan ogʻrigan kishilar tuzalgandan keyin, ularning oʻrta hisobda 3—5 % i 3 oygacha, baʼzan bir necha yillab bakteriya tashuvchi boʻlib qolishi mumkin. Bemor yoki bakteriya tashuvchi chiqargan ich terlama mikroblari tashqi muhitda (suvtuproq, oziq-ovqat va boshqalar) temperatura, namlikka, oftob bor-yoʻqligiga qarab bir qancha vaqt tirik turadi. Ariqhovuz, daryo suvining ifloslanishi, shuningdek, sabzavot, hoʻl meva, sut va boshqa ovqatlarga pashsha qoʻnishi ich terlama yuqishiga sabab boʻlishi mumkin (pashsha bemor yoki bakteriya tashuvchining najasiga qoʻnib, uning zarralarini hartumi va oyoqlariga ilashtirib ketadi). Ich terlama mikroblari oziq-ovqatga iflos qoʻldan, sabzavotga najas bilan oʻgʻitlangan dala tuprogʻidan oʻtishi mumkin. Qulay sharoitda kasallik mikroblari sutda va suyuq ovqatda ham koʻpayadi.

Patogenezi[tahrir]


Ich terlama mikroblari odam organizmiga ogʻizdan (suv, sabzavot, hoʻl meva va ovqat bilan) kirib, ingichka ichakka oʻtadi va uning devorlaridagi limfa tugunlarida koʻpayib, ularni yalligʻlantiradi. Limfa tugunlaridagi toʻqimaning irishi (nekroz) sababli ichak devorida yara paydo boʻladi. Ich terlama mikroblari aʼzo va toʻqimalarga tarqaladi, ulardan baʼzilarida yana koʻpayib, yangi yalligʻlanish oʻchoqlarini vujudga keltiradi. Mikroblar jigaroʻt yoʻllarioʻt pufagikoʻmik va buyraklarga oʻrnashib olsa, surunkali bakteriya tashuvchilikka olib kelishi mumkin. Ich terlama mikroblarining toksinlari limfa tugunlari (ayniqsa, ichak limfa tugunlari)ga, shuningdek, moddalar almashinuviga va yurak-tomir sistemasiga zararli taʼsir koʻrsatadi.

Download 139 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling