Ich terlama


Download 139 Kb.
bet3/4
Sana21.02.2023
Hajmi139 Kb.
#1217996
1   2   3   4
Bog'liq
Ich terlama

Klinikasi[tahrir]


Ich terlama yuqqandan 10—21 kun (inkubasion davr) oʻtgach, kishining darmoni quriydi, aʼzoyi badani ogʻriydi, junjiydi, boshi ogʻriydiuyqusi va ishtahasiyoʻqoladi. Temperaturasi sekin-asta koʻtarilib, birinchi haftaning oxirida 39—40°C ga yetadi va keyin shu darajada turadi. Kasallikning dastlabki davrida bemorning tili karash boylab, ogʻzidan yoqimsiz hid keladi, baʼzan jigar va talogʻi kattalashib, bezillab turadi, ichi kelmaydi, qorni dam boʻladi, bemor loqayd boʻlib yotadi (apatiya), terisi qoʻlga issiq va quruq tuyuladi; keyin alaxlaydi yoki ruhan va jismonan tamomila boʻshashib (holati’razm boʻlib) yotadi. Kasallikning 9—12-kuni badanida (koʻpincha qornida) teridan salgina koʻtarilib turadigan och pushti, yumaloq dogʻlar (rozeolalar) koʻrinadi, ular barmoq bilan bosilganda yoʻqoladi. Til quruq, ikki cheti va uchi qip-qizil boʻladi, kasallik belgilari roʻyirost koʻrinadigan davr (odatda 2—3 hafta) bemorning hayoti uchun koʻproq xavf tugʻdiradi. Bu davrdan keyin kasallikning asosiy belgilari sekin-asta soʻna boshlaydi. Bemor toʻla quvvatga kirguncha kamida 4—5 hafta oʻtadi. 100 bemordan 3—5 tasida kasallik qaytalanishi mumkin (retsidiv).

Bemorni davolash va parvarish qilish[tahrir]


Ich terlama boʻlgan bemor kasalxonaning alohida boʻlimiga yotqiziladi. Temperaturasi tushguniga qadar oʻtirish va yurishga ruxsat berilmaydi. Ogʻzi paxta yoki doka oʻralgan choʻp bilan artib turiladi (q. Bemorni parvarish qilish).
Ich terlamada bemorni toʻgʻri ovqatlantirish davolash bilan birday ahamiyatli. Ovqat ichakka zoʻr kelmaydigan, yetarli kaloriyalivitaminli, turli-tuman boʻlishi kerak (sut, qatiqqaymoqsariyogʻ, kisel, shirguruch, kam yogʻ shovla, kompot, qiymalangan goʻsht, qaynatma shoʻrva suvi, pishirib ezilgan sabzavot va h.k. berish mumkin). Ich yurishishiga qarab turish va zarur boʻlsa, huqna qilish kerak. Bemorning idish-tovogʻi ishlatilgandan keyin har gal qaynatiladi; qolgan ovqati chelakka yigʻilib, xloramin yoki 5 % li lizol eritmalari bilan dezinfeksiya qilinadi, bemorga tutiladigan tuvak issiq suvda yuviladi va 5 % li xlorli ohak eritmasi yoki 3 % li lizol eritmasiga hoʻllangan latta bilan artiladi. Kir kiyimlar 3 % li xlorli ohak eritmasi bilan hoʻllangan maxsus xaltaga yigʻilib, dezinfeksiya qilinadi, soʻng yuviladi. Uyni yigʻishtirish va tozalashdan chiqqan axlat yoqiladi. Bemor vrach nazorati ostida davolanadi.


Download 139 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling