Qonunan Ta'qiqlanmagan ajoyib Usullar Orqali Oliygoh Imtihonlarida A'lo Ballarni qo'lga kiriting Imtihonlar asosan variantli test ko‘rinishida bo‘lishini hisobga olib


Download 14.48 Kb.
Pdf ko'rish
Sana17.06.2023
Hajmi14.48 Kb.
#1530978
Bog'liq
Qonunan-Taqiqlanmagan-7-ajoyib-DTM-SIRLAR




Testdagi savol va savol sharti bilan yaxshilab
tanishing.
Savoldan tashqari, savolning qo‘shimcha sharti
bo‘lishi mumkin.
Savolning shartiga yaxshilab e’tibor bering.
Javob variantlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sakramasdan,
sharti bilan yaxshilab tanishing.
Savolning biroz chalg‘ituvchi shartlari bo‘lishi
mumkin.
1
02
osondtm.uz


Avvaliga oson savollarga javob bering.
Testdagi savol va savol sharti bilan yaxshilab
tanishganingizdan so‘ng, oson savollarga javob
berib chiqing.
Bu sizga imtihonning savollari, formati va
qiyinchiligi bilan tanishib chiqish imkonini beradi.
Eng muhimi test boshlanishi bilanoq bir qancha
savollarga to‘g‘ri javob berishingiz lozim.
Bu o‘zingizga ishonchni keskin oshiradi va yaxshi
natija ko'rsatishingizga yordam beradi.
2
03
osondtm.uz


Javoblarni xayolda topishga harakat qiling.
Savolni o‘qing va javob variantlarini qo‘lingiz yoki
bir parcha qog‘oz bilan berkitib, xayolingizda eng
yaxshi javob nima bo‘lishi mumkinligini o‘ylang.
O‘xshash variantlar odatda chalg‘itib yuboradi.
Oldindan o‘ylab olsangiz, shunday chalg‘ib
qolishdan saqlanasiz.
3
04
osondtm.uz


Har bir javob variantini o‘qing.
Javob to‘g‘ri ko‘rinishi mumkin, lekin siz topgan
javobdan ham to‘liqroq va aniqroq javobni tashlab
ketayotgan bo‘lishingiz mumkin.
Shuning uchun birinchi variant to'g'riga o'xshashi
bilanoq uni belgilashga shoshmang.
Odatda bu tuzoq bo'ladi.
4
05
osondtm.uz


“Chiqarib tashlash” usulidan foydalaning.
Agar savol sizga qiyin tuyulsa va to‘g‘ri javobni
bilmasangiz, noto‘g‘riligi aniq bo‘lgan javoblar
ustidan ruchkada chizib tashlang.
Bu orqali qolgan variantlar orasidan to‘g‘ri javobni
topishingiz ehtimolligini oshiradi.
To'g'ri javobni bilmayapsizmi? Taxmin qilishdan
oldin noto'g'ri javoblarni chiqarib tashlang.
5
06
osondtm.uz


“Barcha javoblar to‘g‘ri” shaklidagi savollar
Aytaylik, “barcha javoblar to‘g‘ri” degan javob
varianti bor.
2 ta javob to‘g‘riligini topdingizmi, demak “barcha
javoblar to‘g‘ri” degan variantni tanlayvering.
Bu sizga vaqtdan yutish imkoniyatini beradi.
6
07
osondtm.uz


Har bir savolga javob bering.
DTM tizimida noto‘g‘ri javoblarga jarima
berilmaydi, ya’ni noto‘g‘ri javob uchun ball ayirib
tashlanmaydi.
Shunday ekan, vaqtingiz yetmay qolgan taqdirda
ham barcha savollarga javoblarni belgilang.
Bu omadingizni sinab ko'rish va natijangizni
oshirish imkoniyatini beradi.
Aytgancha, ushbu kitobchani oxirigacha
yetganingiz uchun sizga yana bir bonus
tayyorladim.
Agar sizni o'zimiz o'qishga kiritib qo'yishimizni
xohlasangiz

hoziroq bu yerni bosing
https://bit.ly/3pGovYw
7
08
osondtm.uz

Download 14.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling