Qonunlashtiriladi


Download 0.6 Mb.
bet1/2
Sana14.04.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1356990
  1   2
Bog'liq
Sun


Sun’iy intellekt

Suniy intellektni yaratish to‘g‘risidagi nazariy izlanishlar XIII asrda yashagan ispan faylasufi, matematiki va shoir bo‘lgan Raymond Lulliy har xil masalalarni yechadigan mexanik mashina yaratishga xarakat qilgan.


XVIII asrda yashagan Leybnits va Dekart bir - biridan alohida universal til taklif etishgan. Lekin, asosan sun’iy intellekt ilmining yo‘nalishi sifatida rasmiy kelib chiqishi XX asrning 40 yillariga to‘g‘ri keladi, ya’ni EHM yaratila boshlagandan so‘ng. Shu paytda Norbert Viner kibernetika faniga asos soladi. 1969 yilda Vashingtonning Dartsmut kolledjida sun’iy intellekt bo‘yicha 1- Xalqaro birlashgan konferentsiya bo‘lib o‘tadi va “sun’iy intellekt” termini
qonunlashtiriladi.

Sun’iy intellektning asosiy yo‘nalishlari: -Neyrokibernetika;- “Qora yashik (quti)” kibernetikasi.Neyrokibernetikaning asosi inson miyasi, ya’ni miyaga o‘xshab fikrlash qobiliyatiga ega bo‘ladi, chunki inson miyasi neyronlardan tashkil topgan. Demak, fikrlay oladigan qurilma neyrokibernetika asosi hisoblanib, dasturiy va uskunaviy vositalardan iborat bo‘ladi.


Neyronlarni birlashmasi esa neyron tarmoqlari deb ataladi. Bunday neyron tarmoqlarni 1956 - 1965 yillarda Frenk Rozenblat va Mak-Kallakom yaratishadi, ya’ni inson ko‘zini miya orqali bog‘lanish modelini ishlab chiqishadi (alfavitdagi harflarni ko‘rib o‘qiy oladigan modeli edi). Kibernetikaning “qora yashik” uchun esa qurilmaning fikrlash uskunasi qanday bo‘lishidan tashqari, har hil savollarga odam miyasiga o‘xshab javob bera oladigan edi.


1956 - 1963 yillarda insonning fikrlashiga o‘xshagan modellar, algoritmlar va dasturiy vositalar yaratilishi faollashgan.1970 yillarda AQShda bilimga va ekspert tizimga asoslangan tijorat uchun mo‘ljallangan boshqarish tizimi yaratila boshlandi.


1965 - 1980 yillar ichida Pospelov D.A. boshchiligida yangi yo‘nalish - sitatsion boshqarish termini va tizimi yaratildi.1988 yilda sun’iy intellekt assotsiatsiyasi tashkil etildi. Sun’iy intellekt asosan bu informatikaning bir yo‘nalishi hisoblanadi va uskunaviy - texnikaviy tizim vositalari asosida insonga o‘xshab fikrlaydigan va har xil masalalarni yechishga mo‘ljallangan bo‘ladi.

Intellektual informatsion tizimlarda bilim - bu ob'yektning amaliy faoliyati va professional tajriba asosida olingan qonuniyati hisoblanib, mutaxassislarni ushbu yo‘nalish sohasida masalalarni yechaolishligi, ya’ni strukturalangan ma’lumotlar yig‘indisi hisoblanadi va mantiqiy javob beraoladigan ma’lumotlardir. Bilimlar deklorativ va protsedurali (bajarishni aniqlaydigan) turlarga bo‘linadi.


Algoritm - bu har qanday masalani yechish uchun aniq ketma - ketlik aniqlab va ko‘rsatib beruvchi qoida hisoblanadi.Intellektual masalalar - bu shunday algoritm yaratish yoki topish kerakki, u aniq fikrlash, mantiqiy isbotlangan va juda yuqori darajali aniqlik bilan yechimini topish kerak bo‘lgan masalalar hisoblanadi.

Intellektual tizim (IT) - bu dasturiy ta’minotga ega bo‘lgan texnikaviy qurilma (kompyuter) bo‘lib, tashqi xolat va ta’sirlarga qarab o‘z parametrlarini sozlab, masalani yechish qobiliyatiga ega bo‘lgan qurilma hisoblanadi.


Intellektual informatsion tizim (IIT) - bu vositalar, usullar va inson bir-biri bilan bog‘langan uyushma bo‘lib, ma’lumotlarni saqlash, qayta ishlash va uzatish qobiliyatiga ega bo‘lgan, hamda qo‘yilgan masalani yechish uchun o‘z parametrlarini tashqi xodisalarga qarab sozlay oladigan vosita hisoblanadi.
Sun’iy intellekt (SI) - bu dasturiy muhitning shunday tizimiki, unda inson tafakkuri kompyuter jarayoniga imitatsiyalangan. Sun’iy intelekt atamasi 1956-yilda Stenford universiteti (AQSh) tomonidan taklif qilingan.Intellekt - bu maqsadga erishishda zarur bo‘ladigan faktlar va usullar to‘plamidan iborat.

Dispetcher - bu bilimlar bazasidan qachon va qay tartibda qoidalarni qabul qilishni boshqarib turadigan mexanizm qismi.Ekspert tizim - bu oldindan mo‘ljallab qo‘yilgan va boshqa bilimlardan ajratilgan soxa bilimlariga asoslangan dastur.


Sun’iy intellekt ustida ishlayotgan jahondagi o‘n kompaniya


1.Numenta Sun’iy intellekt har qadamimizda uchraydi. Hozirda smartfondan tortib avtomobilgacha sun’iy intellekt bilan ta’minlanmoqda. Ko‘plab jahonga taniqli kompaniyalar “aqlli mashina” yaratish yo‘lida izlanayotibdi. Quyida sun’iy intellekt yaratayotgan o‘n kompaniyani e’tiboringizga havola etamiz.
2.Scaled Inference 2011 yildan beri mavjud, ammo biror yangilik yaratganligi xususida darak yo‘q. Yaqinda IBM kompaniyasi Numenta izlanishlariga homiylik qilishini e’lon qildi. Kompaniya qishloq xo‘jaligi ekinlari maydonini kosmosdan turib o‘rganadi. Bu jamoa Googlening sobiq xodimlaridan tashkil topgan. Yaqinda xizmat ko‘rsatish va dasturiy ilovalar mavzuidagi sun’iy intellekt yaratish loyihasi qisqa muddatda 8 mln dollar investitsiya to‘pladi.

3.Amazon Bu kompaniya savdo maqsadida internetdan foydalanishni boshlab bergan ilk qaldirg‘ochlardan. Hozir dunyo miqyosida faoliyat yuritayotgan onlayn-tijorat markazi sanaladi. Muvaffaqiyatli tijorat yuritish, savdoni tez tahlil etish va tushumni oshirish maqsadida korporatsiya injenerlari sun’iy intellekt ishlab chiqargan.


4.Nuance AQShda ancha yillardan beri faoliyat yuritmoqda. Nutqi va eshitishida nuqsoni bor kishilar uchun sun’iy intellekt yaratish yo‘lida izlanadi. Uning dasturi inson nutqini anglash va jonli tarzda qayta tiklashga qaratilgan.


5.Henson robotics Ushbu kompaniya rosmana robotlar yaratish yo‘lida izlanadi. 2002 yilda Kanada ko‘rgazmasida ixtirolarini namoyish qilgan. 2005 yilda esa Eynshteynga qiyofadosh robotini yasagan. Xenson Eynshteynning elastik yuzini yaratgan, koreyalik olimlar esa robotning harakatlanuvchi tanasini ishlab chiqqan. Hozirda kompaniyaning eng mashhur roboti nomi Ham. U inson mimikasiniko‘chira oladi.


6.Microsoft


Sun’iy intellektga ega aqlli yordamchilar yaratish uchun izlanish olib bormoqda. Oxirgi loyihasi nomi – “Eynshteyn” deb ataladi. Bu Google new yoki Apple Siriga o‘xshash yangilik bo‘ladi.

7.Facebook Bu kompaniya sun’iy intellekt yordamida ijtimoiy tarmoqlardagi reklama bo‘yicha o‘zgarish yasamoqchi. Shuningdek, zo‘ravonlik aks etgan videolarni aniqlash va spamni elakdan o‘tkazish texnologiyalari ustida ishlamoqda.


8.Apple
“Tishlangan olma” kompaniyasining telefon va boshqa qurilmalari allaqachon sun’iy intellektga ega bo‘lgan. Kompaniya hozir Siri loyihasi ustida ishlayapti. Bu iOS tizimi uchun ishlangan savol-javob tizimi bo‘lib, smartfon egasining ovozini taniydi va savolga yarasha javob beradi.


9.Google
Hozir guglchilar oddiy mavzularda bo‘lsa-da savol-javob qila oladigan mashina yaratishga yeng shimargan. Sun’iy intellektli suhbatdosh nomini, qayerda va qachon dunyoga kelganini ayta oladi, kinofilm subtitrlarini “o‘qib” axborotni eng sodda tarzda qabul qiladi, ammo ma’lumot uzatilishida izchillik yo‘qligi uning kamchiligidir.

10.IBM IBM birinchilardan bo‘lib sun’iy intellekt yaratishga kirishgan ulkan kompaniyalardandir. Qolaversa, sun’iy intellekt yaratayotgan kompaniyalarni moliyaviy jihatdan qo‘llab turadi.

Sun`iy intellekt nima? Sun'iy intellekt (SI) kompyuterlarga o'zlarining tajribalarini o'rganish, berilgan parametrlarga moslashish va ilgari faqat odamlar uchun mumkin bo'lgan vazifalarni bajarish imkonini beradi. SIni amalga oshirishning ko'p holatlarida - kompyuter shaxmatchilaridan tortib uchuvchisiz transport vositalarigacha - chuqur o'rganish va tabiiy tillarni qayta ishlash imkoniyati juda muhimdir. Ushbu texnologiyalar tufayli kompyuterlarga katta miqdordagi ma'lumotlarni qayta ishlash va ulardagi naqshlarni aniqlash orqali muayyan vazifalarni bajarishga "o'rgatish" mumkin.





Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling