Qo‘qon davlat pedagogika instituti magistratura bo‘limi ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta‘lim) magistranti Tojiboyeva Durdonaxon Mirkomil


Download 18.02 Kb.
Sana13.05.2023
Hajmi18.02 Kb.
#1456987
Bog'liq
tashqi taqriz Boshlang’ich sinf ona tili darslarida tinish belgilaridan to’g’ri foydalanishning ahamiyati


Qo‘qon davlat pedagogika instituti magistratura bo‘limi ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta‘lim) magistranti Tojiboyeva Durdonaxon Mirkomil qizining “Boshlang’ich sinf ona tili darslarida tinish belgilaridan to’g’ri foydalanishning ahamiyati” mavzusidagi magistrlik darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiyasiga
TAQRIZ

Hozirgi zamon axborot texnologiyalari asrida ilm oʻrganish va uni ta’lim oluvchiga fan asoslarini yuqori darajada oʻrgatishda, shuningdek, olamni bir butunlikda anglashga va tasavvur etishda, tevarak atrofda sodir boʻlayotgan voqealarni toʻgʻri anglashda, ularni mohiyatini anglab oladigan yoshlarni tarbiyalashda innovatsion usullardan foydalanish alohida ahamiyat kasb etadi.


Respublikamizda ta’lim tizimini takomillashtirishga qaratilgan islohotlarda ta’lim, fan-ishlab chiqarishda innovatsion usullar haqida tez-tez tilga olinmoqda. Ta’limning barcha sohalarini rivojlanitishda innovatsion usullardan unumli foydalanish bugungi kunning dolzarb vazifasiga aylanmoqda. Bunday innovatsion metodlardan foydalangan holda rivojlanish ta’limning deyarli barcha sohalarida, shuningdek, tilshunoslik sohasida ham aks etmoqda.
Til millatning ulkan boyligi va bebaho mulkidir. Shuning uchun ona tilini sevish, puxta o‘rganish, uni billurdek musaffo saqlash, kamol toptirish milliy tilimiz, ona xalqimiz jonajon Vatanimizda bo‘lgan beqiyos muhabbatimiz ramzidir. Til avlodlarni-avlodlarga, asrlarni-asrlarga bog‘laydi, chunki biz va siz tasavvur qilolmaydigan o‘tmish ajdodlarimiz ruhi shu ona tilimizga singdirilgan. Demak, inson shaxsining kamol topishida, tafakkurining rivojlanishida, tafakkur mahsulini nutq vositasida ifodalash salohiyatini egallashida asosiy vosita boʻlmish ona tili ta’limi maktabda yetakchi oʻquv fanlaridan biri sanaladi. Zero, ona tili millat tafakkurini shakllantiradi, rivojlantiradi, takomillashtirib boradi va namoyon ettiradi. Buning uchun esa biz boshlang‘ich sinf ona tili fanini innovatsion usullar bilan uygʻunlashtirib oʻrganishimiz lozim. Shundagina, biz yuqorida koʻzlagan maqsadimizga erisha olamiz.
Tojiboyeva Durdonaxon Mirkomil qizining “Boshlang’ich sinf ona tili darslarida tinish belgilaridan to’g’ri foydalanishning ahamiyati” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasida ta’lim rivojining yangi bosqichida oʻquv-tarbiya jarayonida o‘quvchilarga boshlang’ich sinf ona tili darslaridan tinish belgilaridan tog’ri foydalanish bo‘yicha ilmiy va metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan, ushbu mavzu bo‘yicha innovatsion yondashuv ilmiy-nazariy jihatdan asoslangan.
Dissertatsiya kirish, 3 asosiy bob, 9 paragraf, xulosa,
foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan iborat. Tadqiqot ishining umumiy hajmi 91 sahifani tashkil etadi.
Tadqiqotning kirish qismida dissertatsiya mavzusining dolzarbligi, o‘rganilganlik darajasi yoritilgan; tadqiqotning maqsadi, vazifalari, obyekti, predmeti aniqlangan; tadqiqotning metodologik asosi, ilmiy yangiligi, metodlari, amaliy natijalari, natijalarning ishonchliligi va asoslanganligi, dissertatsiyaning tuzilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar o‘rin olgan.
Dissertatsiyaning birinchi bobi “O’zbek tili punktuasiya asoslari” deb nomlangan bo‘lib, 4 fasldan iborat, mazkur bobda O’zbek tili punktuasiyasining shakllanish tarixi, hozirgi o’zbek tilida tinish belgilarining qo’llanilish tamoyillari, tinish belgilarining tasniflanishi, o’zbek tilidagi tinish belgilarining tasnifi haqidagi mavzular keng yoritib berilganini ko‘rishimiz mumkin.
Dissertatsiyaning ikkinchi bobi “2-sinf ona tili darslarida tinish belgilarini o’qitish metodikasi” deb nomlangan bo‘lib, boshlang‘ich sinflarda o’rganiladiga tinish belgilarining ahamiyati, boshlang’ich sinf ona tili darslarida sintaksis va punktuasiyaning bog’lab o’rganish, 2-sinf ona tili darslarida tinish belgilaridan tog’ri foydalanish metodikasi kabi mavzularda so‘z boradi.
Dissertatsiyaning “Tajriba sinov ishlari tahlili” nomli uchunchi bobida ikkita paragraf mavjud. Ushbu bobda sintaktik mashqlar orqali sinfda o’tkazilgan tajriba sinov ishlari tahlili, eksprement sifatida olingan sinflarda o’tkazilgan tajriba sinov ishlari haqida so‘z boradi. Tojiboyeva Durdonaxon tomonidan chop etilgan maqolalar dissertatsiyaning asosiy mazmunini o‘zida aks ettirgan.
Dissertatsiyada tanlangan mavzu atrolicha yoritilganiga qaramay, unda quyidagi kamchiliklar kuzatiladi:

  1. Imloviy, ishoraviy xatoliklar

  2. Uslubiy va texnik kamchiliklar

Shunga qaramay yuqorida keltirilgan fikrlardan xulosa qilish mumkinki, Qo‘qоn Davlat pedagоgika instituti 70110501-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlangʻich ta’lim) magistranti Tojiboyeva Durdonaxonning “Boshlang’ich sinf ona tili darslarida tinish belgilaridan to’g’ri foydalanishning ahamiyati” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasida dissertant ko‘zlagan maqsadiga erishgan, ilmiy yangilik yaratgan va o‘z oldiga qo‘ygan vazifalarni to‘liq bajara olgan. Ushbu tadqiqot ishi magistrlik dissertatsiyasiyasi nizom talablariga to‘liq javob beradi. Bu tadqiqot ishini “ijobiy” baho olishga loyiq deb hisoblayman.
O‘zRFA O‘zbek tili,
adabiyoti va folklori instituti
filologiya fanlari doktori,
professor Y.R.Odilov
Download 18.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling