Qora o`tmish qoldi ortda Dorulomon kunlar yurtda


Download 14.75 Kb.
Sana21.06.2023
Hajmi14.75 Kb.
#1640066
Bog'liq
Bayroqqa


Qora o`tmish qoldi ortda
Dorulomon kunlar yurtda
Mehr ko`zda, muhabbatda
Porla, Millat bayrog`i.

Osmon to`la yulduz oppoq


Bir-biridan chaqqon biroq
O`n ikkisi eng yarqiroq
Porla, Millat bayrog`i.

Qalbimiz to‘la surur,


To‘tiyo yurt tuprog‘i,
Hilpirab turar mag‘rur,
O‘zbekiston bayrog‘i.

Rangi hayot misoli,


Yulduzlari hiloli,
Mustaqillik timsoli,
O‘zbekiston bayrog‘i.

Iftixor dilimizda,


U yo‘ldosh yo‘limizda,
Yuksalar qo‘limizda,
O‘zbekiston bayrog‘i.

Gumbazlarda, yuksakda,


Peshtoqlarda, falakda,
Ko‘ngillarda, yurakda,
O‘zbekiston bayrog‘i.

Bayrog‘imiz to‘rt rangda,


Qizil, yashil, moviy, oq
Menga oq rangi yoqar,
Hammasidan ham ko‘proq.

Oq rang insonlarga xos,
Odil, soflik belgisi
Yashil rangi Vatanning
Qir-adrlar ko‘zgusi.




Qizil rangi ham inson,
Tomirida oqqan qon.
Moviy rang o‘lkadagi
Ko‘m-ko‘k musaffo osmon

O‘n ikki yulduz asli,
Viloyatlar ramzidir.
Bu bayroq Vatanimiz
Chiroyidir, faxridir.
Download 14.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling