Qoraxoniylar davlati yoki qisqacha Qoraxoniylar


Download 0.54 Mb.
bet1/2
Sana30.01.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1140853
  1   2
Bog'liq
1. Qoraxoniylar davlati


Qoraxoniylar davlati  yoki qisqacha  Qoraxoniylar — 840-1212 yillar oraligʻida Oʻrta Osiyo va Movarounnahrda hukmronlik qilgan turk sulolasi. Bu Markaziy Osiyoda barpo etilgan birinchi islom sulolasidir. [6]
Afzal qarashga ko‘ra, Qoraxoniylar davlati qarluq turkiy qabilalariga mansub edi. [7] 389/999-yillarda Ilekxon (388-403/998-1013) qo‘mondonligi ostidagi qoraxoniylarning hujumlari ularga Movarounnahr hududidagi hukmronlikni qo‘lga kiritish imkonini berdi [8]
Bu hujumlar Somoniylar davlatining qulashi haqida ham xabar berdi. Chunki xurujlardan keyin Qoraxoniylar davlati mintaqadagi Somoniylar davlatining koʻp joylarini bosib oldi. [9] Qoraxoniylar davlati ichki nizolar va boʻlinishlar bilan koʻp davrlarni boshidan kechirdi. Bo‘linishlar va ichki nizolar, tabiiyki, davlat boshqaruvida sheriklik tizimini qo‘llash natijasidir. Chunki davlatda bir vaqtning o‘zida ikki xil hukmdor bo‘lgan: Buyuk xon va oddiy xon. Buyuk Xon davlatning sharqiy qismida istiqomat qiladi va sharqiy tomonni boshqaradi. Boshqa Xon g‘arbda istiqomat qilib, davlatning g‘arbiy qismini boshqargan. [10]
Qoraxoniylar davlati yoki Turk xoqonligi — 840—1212 yillar oraligʻida markazi hozirgi Qirgʻizistonda joylashgan Oʻrta Osiyo yerlarida hukmronlik qilgan turk davlati.
Ayrim tarixiy manbalarda bu saltanat “Ilexon saltanati” deb yuritiladi. Topilgan tangalarning koʻpchiligida “Ilek (Ilik, qoʻl va boshqalar)” tipik soʻz bor. Masalan, islomiy manbalarda Ali ibn al-Asir bu sulola nomini al-Hoqoniyaal-Haniya yoki al-Afrasiya deb taʼriflagan[11] [12]
Tarixshunoslik va uslubga ko‘ra, eng to‘g‘ri nomenklatura "Et-Türkü‘l-Hakaniyye" , ya‘ni Kasgarli Mahmud aytganidek , "Turk xoqonligi" deganidir. [13]
Davlat nomi ikki turkiy soʻzdan iborat: Kara va Xan. “Kara” turkchada qora va zodagonlikni bildiradi, “xon”, toʻgʻrirogʻi xoqon esa tanhujabg‘uyabgʻuilbey kabi hukmdorlarga beriladigan turkcha unvondir.
Omeljan Pritsak masalani boshqa tomondan tushuntirdi. Qoraqiziloq va ko‘k turklarda to‘rt yo‘nalishni ifodalaydi. Kompas shimoliy tomonni ko‘rsatadi va aksariyat shaharlarda bu yo‘nalishlarning darvozalari alohida nomlanadi.
Balxning shimoli, ya‘ni Karaning yo‘nalishi (tomoni) turk darvozasidir. Janub darvozasi hind, gʻarbiy darvozasi yahudiy, sharqiy darvozasi esa xitoy. Qora kuchliulug‘vor va jasur degan ma‘noni ham anglatadi. Shuning uchun ular bu nomni olishlari kerak edi.
Mahmud G‘azniyga xitoylar tomonidan berilgan “Qoraxon” atamasi ham xuddi shunday ma’noga ega. "Qora" buyuklik, balandlik va ustunlikni anglatadi. [14]
840 yilda [15] Yettisuv va Sharqiy Turkiston hududlarida "podshoh yagʻma" yoki "ilakxon" boshchiligidagi Qoraxoniylar davlati tashkil topadi. Bu davlat tarkibiga turli turkiy urugʻlar - qarluqlarchigillarargʻularyagʻmolar va boshqa xalqlar kirgan boʻlib, ular 960-yilga qadar islom dinini qabul qilganlar.
Qoraxoniylar davlatining saltanat darajasidagi rivoji va taraqqiyoti 10-asrning 2-yarmiga toʻgʻri keladi. Abdulkarim Sotuq Bugʻroxon hokimiyatni egallab, oʻzini "Qoraxon" deb eʼlon qiladi. Bugʻroxondan keyingi barcha xonlar ham ushbu unvon bilan ulugʻlangan.

Qoraxoniylar davlati 1006-yil
992-yili elikxon Bugʻra boshchiligidagi Qoraxoniylar qoʻshini Movarounnahr hududiga bostirib kiradi. Qoraxoniylar gʻalabasiga Bugʻraxon bilan Xurosonning somoniy hokimi Abuali Simjur oʻrtasida tuzilgan hufyona ittifoq hamda lashkarboshi Foiqning sotqinligi sabab boʻlgan. Natijada qoraxoniylar Buxoroni jangsiz ishgʻol etadilar, amir Nuh esa Chorjoʻyga qochishga majbur boʻladi. Ammo Bugʻraxon kasallanib, oʻz vatani Koshgʻarga ketayotganda vafot etadi. Qoraxoniylar Buxorodan katta oʻlja bilan qaytadilar. Qoraxoniyalarning yangi yoʻlboshchisi boʻlgan elikxon Nasr Buxoroga qayta hujum uyushtiradi. 995-996-yillarda Nuh II Sabuh Tegin madadi bilan qoraxoniylar hujumini daf etadi.
999-yili qoraxoniylar yana Buxoroni ishgʻol etib, amir Abdul Malik II va podshoh oilasini asirga oladilar. Bu hol Movarounnahrda hokimiyat qoraxoniylar foydasiga uzil-kesil hal boʻlishiga olib keladi. Qoraxoniylar davlati Koshgʻardan Amudaryogacha choʻzilgan Sharqiy Turkiston, Yettisuv, Shosh, Fargʻona va qadimgi Soʻgʻd yerlarini oʻz ichiga olgan. 1005-yilgacha somoniylarning soʻnggi vakili al-Muntasir qoraxoniylar bilan muvaffaqiyatli kurashgan, biroq raqibning koʻpsonli qoʻshini pirovard gʻalabani taʼminlagan. Bogʻdod halifi fatvosi bilan elikxon Nasr ibn Ali Movarounnahrda oʻz hukmronligini oʻrnatdi. Movarounnahrni zabt etgach qoraxoniylar dehqonlar tabaqasini yakson etdilar va ularning yerlari va suvlarini davlat tasarrufiga topshirganlar. Elikxon Nasr 1012-yili vafot etgach, uning davlatiga ukasi Ali Tegin vorislik qiladi. Qoraxoniylar Amudaryo vodiysi yerlari uchun gʻaznaviylar davlatiga qarshi muntazam urushlar olib borishadi, 11-asr oxirida esa saljuqlarning kuchaygan davlatiga tobe boʻlib qolishadi. Elikxon poytaxti dastlab Uzgenda joylashgan, soʻngra Samarqandga koʻchirilgan. Buxoro ham Samarqandga tobe boʻlgan. Qoraxoniylar Samarqandda, Buxoroda, Binkentda koʻplab binokorlik ishlarini amalga oshirishgan, saroylar, masjidlar va madrasalar bunyod etishgan, musulmon dini nufuzini saqlash va mustahkamlashga hissa qoʻshishgan.
Mazkur davlat chegarasida islom dini keng yoyilgan. Qoraxoniylar oʻz davlat chegarasini somoniylar sulolasiga tegishli hududlar hisobiga kengaytirish siyosatini olib borishgan. Somoniylar hokimiyati bu vaqtga kelib, chuqur siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy inqirozga yuz tutib zaiflashib qolgan edi. Ana shunday vaziyatda qoraxoniylar somoniylar poytaxti Buxoroni deyarli qarshiliksiz ishgʻol etishadi. Biroq, Hasan Bugʻroxon betobligi tufayli Buxoroda uzoq turmay, Qashqarga qaytishda yoʻlda vafot etadi. 996 yil qoraxoniylar yana Movarounnahr sari yurish boshlaydi. Gʻaznaviylar bilan olib borilgan muzokaralar natijasida oʻrtada shartnoma tuzilib, unga koʻra, Sirdaryo havzasi qoraxoniylar qoʻliga oʻtadi. Amudaryoning jan.dagi yerlarda va Xuroson hududida Sabukteginsh hukmronligi oʻrnatiladi. Somoniylar ixtiyorida esa Movarounnahrning markaziy qis-migina qoladi. Somoniylar hokimiyati tugatilgach, 10-asr oxirlariga kelib, Qoraxoniylar davlati Amudaryoning yuqori va oʻrta oqimlaridan to Yettisuv, sharqda esa Torim daryosigacha boʻlgan katta hududga egalik qiladi. Amudaryo Qoraxoniylar va Gʻaznaviylar davlati oʻrtasida chegara boʻlib qoladi. Lekin ushbu 2 turkiy davlat oʻrtasida ham Xuroson hududi uchun oʻzaro urushlar boʻlib oʻtadi. 1006 va 1008-yillarda qoraxoniylar Xurosonga qoʻshin tortib, Balx, Tus va Nishopur shahrini zabt etadi. Lekin Sulton Mahmud Gʻaznaviy qoraxoniylarga zarba berib, Xurosonni oʻz qoʻlida saqlab qoladi. Gʻaznaviylar keyinchalik dastlab oʻzlari yer berib, homiylik qilgan saljuqiylar bilan zid-diyatga kirishib, oʻrtada katta harbiy toʻqnashuvlar yuz beradi. 1040-yilda esa Dandanakon jangiaa gʻaznaviylar saljuqiylar tomonidan qaqshat-qich zarbaga uchrab oʻzlarini qaytib oʻnglay olmaydi. Gʻaznaviylar davlatini bu inqirozidan, qoraxoniylarning mahalliy hukmdori Ibrohim Boʻritegin foydalanib qoladi. U dastlab Xuttalon, Vaxsh va Chagʻoniyonni gʻaznaviylardan tortib oladi. Keyinchalik butun Movarounnahrni va Fargʻonani oʻziga boʻysundirib mustaqil siyosat olib boradi.

Qoraxoniylarning Samarqanddagi qarorgohi xarobalari, Afrosiyob xarobalari
Oqibatda Qoraxoniylar davlati 1040-yilga kelib 2 mustaqil davlatga: sharqiy va gʻarbiy qismga boʻlinib ketadi. Sharqiy qismiga Yettisuv, QashqarTarozIsfijobShosh va Sharqiy Fargʻona kirgan. Poytaxti Bolasogʻun, madaniy markazi Qashqar boʻlgan. Gʻarbiy qism Movarounnahrdan to Fargʻona vodiysining gʻarbiy chegarasigacha boʻlgan yerlarni oʻz ichiga oladi. Markazi Samarqand hisoblangan.
Yagona Qoraxoniylar davlati bu tarzda ikkiga boʻlinishi va ular oʻrtasida sulolaviy kurashlarning davom etishi, yerdan foydalanishga iqto tartibotining keng yoyilishi va mahalliy hokimlarning kuchayishi markaziy hokimiyatni zaiflashtirib qoʻyadi. Natijada Qoraxoniylar davlati 1130-yil saljuqiylar hukmdori Sulton Sanjarga tobe boʻlib qoladi. 12-asrning 30-yillari oxirida Qoraxoniylar davlati sharqdan kelgan yangi istilochilar — koʻchmanchi qoraxitoylar hujumiga duchor boʻlib, parchalanib ketdi. Lekin Qoraxoniylar davlati, garchi tarqoq holda boʻlsa-da, 13-asr boshiga qadar mavjud boʻlgan. 1212-yilda qoraxoniylarning soʻnggi vakili Usmon ibn Ibrohimning Aloud-din Muhammad Xorazmshoh tomonidan qatl etilishi qoraxoniylarni sulola sifatida rasman barham topishiga olib keldi.
Qoraxoniylar davlati vujudga kelgan dastlabki vaqtda, uning etnik asosi va aholisining tarkibini Yettisuv, IsfijobShosh, Sharqiy Turkistonning gʻarbiy qismi, Fargʻonaning shim.-sharqiy hududlarida yashovchi turkiylar, qarluq, chigil, xalach, toʻxsi va argʻun kabi koʻplab turkiy qabilalar tashkil etgan. Qoraxoniylar keyinchalik Movarounnahr uzra oʻz hukmronligini oʻrnatgach, oʻlkalarda qadimdan yashab kelayotgan oʻtroq va koʻchmanchi aholini, mazkur yagona davlatning umumiy chegaralarida oʻzaro bir-biriga yaqinlashish va aralashib borish jarayoni tezlashdi. Ularning iqtisodiy, madaniy hayoti, bir-biri bilan aloqadorlikda rivojlana bordi. Tub yerli aholi taʼsirida yarim koʻchmanchi va yarim oʻtroqlikda yashab kelgan etnik guruhlar oʻtroqlashib dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan shugʻullanadilar.
Bu obyektiv voqea-hodisalar natijasida oʻzbek xalqining etnik, hududiy va madaniy jihatdan belgilarida umumiylik hosil boʻlib, bu davrda oʻzbek xalqining xalq sifatida shakllanish jarayonining yakuniy bosqichi yuz berdi (qarang Oʻzbeklar).
Qoraxoniylar davlatchilik tizimi oʻzidan oldin oʻtgan Turk xoqonligi, Turkash davlati kabi turkiy davlatlarning davlatchilik tajribasi va anʼanalariga asoslangan. Qoraxoniylar sulolasi davlat boshqaruvida bu tajribalardan unumli foydalanib, oʻz navbatida, uni rivojlantirib, yangi taraqqiyot bosqichiga olib chiqqan. Qoraxoniylar davlati dastlab tashkil topgan vaqtda (9-asr oʻrtasi) maʼmuriy-boshqaruv tizimi, qabilalarning oʻzaro ittifoqi negiziga asoslangan edi. Bunda davlat boshligʻi "yabgʻu" deb nomlangan. Oʻlkadagi barcha qabilalar yabgʻuga boʻysungan, ayni vaqtda yabgʻu oʻzi hukmronlik qilayotgan hududdagi barcha qabilalarni tashqi hujumlardan himoya qilgan. Joylarda har bir qabilani oʻz sardorlari boshqargan. Qabila sardorlari ayni vaqtda, shu qabilani harbiy sarkardasi boʻlib, xoqon noibi hisoblangan. Harbiy hara-katlar vaqtida ular yabgʻuning buyrugʻiga binoan oʻz harbiy boʻlinmalari bilan urushda qatnashishgan.
Vaqt oʻtishi bilan qoraxoniylarning bu maʼmuriy boshqaruv usuli rivojlanib, takomillashib borgan. 10-asrning oʻrtalariga kelib, Qoraxoniylar davlati oʻz tarkibiga qoʻshni qabilalarni ham qoʻshib olib, hududiy jihatdan kengayib, katta siyosiy kuchga aylangach, ularning davlat boshqaruvida ham maʼlum islohotlar yuz berdi. Davlat tepasida odatda "qoraxon" unvoni bilan ulugʻlangan "buyuk xon" oʻtirgan. Xonlik taxtiga ogʻa-inichilik udumi asosida sulolaning eng yoshi ulugʻ kishisi oʻtirgan. Xonlar "qoraxon" unvoni bilan birga tavgʻachxon, arslonxon, bugʻroxon kabi faxriy unvonlar bilan ham ulugʻlangan.
Qoraxoniylar davlat boshqaruvi yuqoridan quyiga qarab shakllantirilgan boʻlib, davlat viloyatlarga boʻlib idora qilingan. El-yurt hokimlari eloqxon deb nomlanib, bu unvon egalari "elning oq xoni", yaʼni "buyuk xon" qoraxondan nufuz va darajasiga koʻra keyingi oʻrinda turuvchi "kichik xon" hisoblangan. Elokxonlar xoqon noibi boʻlishsa-da, oʻlkada oʻz nomlari bilan tanga-chaqalar zarb etib, ichki va tashqi siyosatda mustaqillikka intilishgan. Eloqxonlar orasida, Movarounnahr eloqxoni katta obroʻga ega boʻlib, u, odatda, Samarqandda turgan. Bu davrda viloyatlarni "takin" unvonidagi kishilar boshqargan. "Takin" atamasi dastlab qadim turkiylarda xoqon vorisi, valiahdiga nisbatan qoʻllanilib, keyinchalik harbiy lashkarboshilar unvoni sifatida ham ishlatilgan. somoniylar va qoraxoniylar davriga kelib "takin" unvonidagi harbiy lashkarboshilar ayni vaqtda biron-bir viloyat noibligini ham boshqargan. Qoraxoniylar davrida takinlarning nufuzi oshgan. Chunki harbiy yurishlar vaqtida ular davlat hayotida muhim ahamiyatga ega boʻlgan. Shaharlar boshqaruvi esa shahar hokimi, rais va muhtasiblar qoʻlida boʻlgan. Ular shaharning ichki hayoti va ijtimoiyiqtisodiy ravnaqi uchun masʼul hisoblangan. Diniy hayotda islom dini davlat mafkurasi darajasiga koʻtarilgan. Davlatning mustahkamligi va goyaviy birligi uchun qoraxoniylar ruhoniylar bilan yaqin va doʻstona munosabatda boʻlishga intilishgan. Bu davrda imomlar, saidlar, shayxlar va sadrlarga eʼtibor kuchayib, ularning obroʻsi nihoyatda baland boʻlgan. Bu esa davlatning siyosiy hayotida ular taʼsirining kuchayishi va vaqf yerlarining kengayishiga olib kelgan.

Shohi Zinda majmuasi, Samarqand, 11 - 15 asrlar

Kalon minorasi, Buxoro
Raboti Malik karvonsaroyi, Karmana tumanida
Qoraxoniylardavrida turli oʻlkalarning birlashishi fan va madaniyat rivojiga ham imkon berdi. Bu davrda Buxoro, Samarqand, Bolasogʻun, Qashqar, Oʻzgan kabi shaharlar ham maʼmuriy, ham madaniy markaz sifatida ahamiyati oshib, yanada kengayib, rivojlanib borgan. Qoraxoniylar fan va madaniyatning oʻlka hayotidagi muhim oʻrnini anglab unga homiylik qilishgan. Buyuk ipak yoʻli asosidagi hududlararo savdo-sotiq yanada ravnaq topdi.
Mahmud Qoshgariy Turkiy xalqlarning arab tilidagi ilk ensiklopediyasi — „Devonu lugʻotit turk“ (1072-74) yaratdi va turkshunoslik ilmining asoschisi boʻldi. „Devonu lugʻotit turk“da turkiy xalqlarning tillari, ogʻzaki ijodi, tarixi, yashash joylari va turmushi aks etgan boʻlib, asar turkiy xalqlar tarixi boʻyicha muhim manba hisoblanadi.[16]
Qoraxoniylar davrida etishib chiqqan mashhur shoir va mutaffakir Xoja Ahmad Yasaviy (taxminan 11-asrning 2-yarmi — 1166) edi. U tasavvufning mashhur namoyandalaridan biri, turkiy xalqlarning buyk shoiri. Otasi Shayx Ibrohim javonmardlik tariqatiga mansub nufuzli zotlardan boʻlgan. Yassaviy chigʻatoy tilida ijod qilgan[17][18][19].
Qoraxoniylar davrida (11—12-asrlar) Movarounnahr va Xorazmda hozirgi oʻzbeklarga xos turkiy etnos qaror topdi va mazkur davrda oʻzbek xalqiga xos elatni belgilovchi hudud, til, madaniyat, tarixiy qismatining umumiyligi, etnik oʻzlikni anglash, etnosning uyushqoqligi maʼlum bir davlat doirasida boʻlishi, din umumiyligi va bir qancha shu kabi boshqa etnik alomatlar shakllangan. Bu davrda oʻzbeklarning umum elat tili qaror topdi. Umuman olganda, 11 — 12-asrda oʻzbeklar xalq sifatida shakllangan.[20]
Shu davrda bunyod etilib, hozirgacha saqlangan Raboti Malik, Masjidi kalon, Minorai kalon, Vobkent minorasi, Jarqoʻrgʻon minorasi, Magʻoki attori masjidi hamda koʻplab saroy, masjid, madrasa, minora, xonaqoh, maqbara, tim va karvonsaroy kabi inshootlar qoraxoniylar davrida hashamatli binolar qurish sanʼ-ati yuksak darajada taraqqiy etganliginy koʻrsatadi.
Ibrohim Tamgachxon (1040-1068) birinchi marta Samarqandda davlat mablag‘lari hisobiga madrasa qurdirdi va mintaqada madaniyatning rivojlanishini qo‘llab-quvvatladi. Uning qo‘l ostida Samarqandda jamoat shifoxonasi va madrasasi tashkil etilib, u erda tibbiyot bo‘yicha o‘qitish ham olib borilgan.[21] 1066-yilda uning buyrugʻi bilan Qusam ibn Abbos maqbarasiga yaqin joyda Madrasa qurilgan, shuningdek, Samarqandda qasr ham qurdirganligi maʼlum.
Raboti Malik saroy majmuasi 1068-1080-yillarda Samarqandda hukmronlik qilgan Qoraxoniy Shams al-mulk buyrug‘i bilan barpo etilgan. XIII asrdan boshlab, moʻgʻullar Oʻrta Osiyoni bosib olganlaridan soʻng, XVIII asrning boshlariga qadar Rabot-i Malik savdo karvonlarini toʻxtatish uchun karvonsaroy boʻlib xizmat qilgan. Rabot-i Malik - Markaziy Osiyo monumental meʻmorchiligining eng qadimiy yodgorliklaridan biri va jahon ahamiyatiga ega meʻmoriy yodgorlik.
Qoraxoniylar davrining Samarqanddagi eng ko‘zga koʻringan yodgorligi - XII asrda qalʼada qurilgan Ibrohim ibn Husayn (1178-1202) saroyi. Qazish paytida monumental rangtasvirning parchalari topildi. Sharqiy devorda sariq kaftan kiygan va kamon ushlagan turkiy jangchi tasvirlangan. Bu erda otlar, ovchi itlar, qushlar va davrga o‘xshash ayollar ham tasvirlangan.[22]
Qoraxoniylar davridan Buxorodagi qadimiy yodgorliklar: Kalon minorasi, Magoki-Attori va Namozgox masjidlari va Turk-i Jandi saqlanib qolgan. 1119-yilda Shams al-mulk masjidining yangi binosini tikladilar, u bugungi kungacha tiklangan shaklda saqlanib kelmoqda. Arslonxon (1102-1130) hukmronligi ostida boʻlgan Qoraxoniylar davrida Buxoro meʻmorchiligining durdonalaridan biri - Kalon minorasi (1127-1129) qurilgan. "Ichki shahar"ning janubi-gʻarbiy qismida u turar-joy maydonini sotib olib, bu erda juma kuni masjidni tikladi (1121-yilda qurib bitkazilgan), hozirda Kalyan masjidi deb nomlanmoqda. Boshqa bir masjid Kalan masjididan bir oz janubda joylashgan edi. Hozir uning oʻrnida turar-joy binolari, ulardan bittasida - Arslonxonning mozori joylashgan.
Amaliy bezak sanʼati — naqshinkorlik, ganchkorlik va kulolchilik yoʻnalishlari rivojlangan. Adabiyot yuksalgan. Yusuf Xos Hojibning "Qutadgʻu bilig", Mahmud Qoshgʻariynit "Devonu lugʻotit turk" kabi asarlari shu davrda yaratilgan.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling