Qo‘rg‘oshinni kislotalar bilan ta’sirlanishi


Download 12.47 Kb.
Sana10.06.2020
Hajmi12.47 Kb.
#117051
Bog'liq
3-ЛАБ-Я Қўрғошиннинг суюлтирилган ва концентрланган кислоталарга муносабати. (1)


Qo‘rg‘oshinni kislotalar bilan ta’sirlanishi

(tajriba mo‘rili shkafda o‘tkazilsin)

Oltita probirkaga 2 donadan qo‘rg‘oshin bo‘laklaridan soling va har biriga alohida-alohida HCI, H2SO4 va HNO3 larning suyultirilgan va konsentrlangan eritmalaridan solib tajribani oldiniga xona temperaturasida, so‘ngra qizdirib o‘tkazing. Sodir bo‘layotgan jarayonlarni kuzating. Reaksiya tenglamasini yozing.
Qo‘rg‘oshin (II) gidroksidini olish va xossalarini o‘rganish

Laboratoriyada bo‘lgan qo‘rg‘oshinning suvda eriydigan tuzlaridan foydalanib uning gidroksidini hosil qiling. Hosil bo‘lgan cho‘kmani rangiga va xarakteriga e’tibor bering. Reaksiya tenglamasini yozing. Cho‘kmani ikkita probirkaga bo‘ling. Ularning biriga HNO3 eritmasidan, ikkinchisiga mo‘l miqdorda ishqor eritmasidan quying. Reaksiya tenglamasini ionli va molekulyar shakllarda yozing. Qo‘rg‘oshin (II) oksid qanday xossaga ega ekanligi haqida xulosa qiling.


Eritmada Pb2+ ionini aniqlash

Almashinish reaksiyasi yordamida qo‘rg‘oshin (II) xlorid, sulfat, yodid, sulfid va xromatlarini oling. Hosil bo‘lgan cho‘kmalarning rangiga va xarakteriga e’tibor bering. Reaksiya tenglamalarini molekulyar va ionli ko‘rinishlarda yozing. Qo‘rg‘oshin xloridi va yodidini qizdirishga munosabatini o‘rganing. Kuzatganlaringizni yozing.


Surikdagi qo‘rg‘oshinning oksidlanish darajasi

Pb3O4 birikmasi-qo‘rg‘oshin surigi bilan tanishing. Uning rangiga va suvga bo‘lgan munosabatiga ahamiyat bering.

Oz miqdordagi surikga HNO3 ning suyultirilgan eritmasidan quying va cho‘kma rangining o‘zgarishiga qadar qizdiring (PbO2 hosil bo‘ladi). Eritmani boshqa probirkaga quying va eritmada yuqoridagi tajribalarning biri yordamida Pb2Q ioni борлигини аниqланг. HNO3 bilan Pb3O4 ning reaksiya tenglamasini yozing. Surikdagi qo‘rg‘oshin atomlarining oksidlanish darajalarini ko‘rsating.
Qo‘rg‘oshin (IV) oksidning xossalari

(tajriba mo‘rili shkafda bajarilsin)

a) Chinni kosachaga ozroq PbO2 soling, konsentrlangan KOH eritmasidan quyib, 3-4 daqiqa qizdiring. Nima kuzatildi? Gidroksokompleksda Pb4+ ning koordinatsion soni 6 ga tengligini nazarda tutib reaksiya tenglamasini yozing.

b) Probirkada oz miqdordagi PbO2 ni mo‘l miqdordagi HCI eritmasi bilan qaynating. Nima ko‘zatildi? Qanday gaz ajraladi? Reaksiya tenglamasini yozing. Ayni reaksiyada oksidlovchi va qaytaruvchilarni aniqlang.


Qo‘rg‘oshin gidroksokarbonatining olinishi

Qo‘rg‘oshin (II) atsetat eritmasiga ozroq qo‘rg‘oshin (II) oksid soling va aralashmani bir necha daqiqa davomida qaynating. Sovigan eritmani cho‘kmadan ajrating va u orqali SO2 oqimini o‘tkazing. Nima kuzatiladi? Cho‘kmani filtrlang va filtr qog‘oz orasida quriting. Olingan cho‘kma qo‘rg‘oshin gidroksokarbonatining rangi va xarakterini izohlang. Reaksiya tenglamasini yozing. Olingan tuzning strukturaviy formulasini yozing.
Download 12.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling