Qo‘shilgan qiymat solig‘ining davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda tutgan o‘rni


Download 22.49 Kb.
Sana27.05.2020
Hajmi22.49 Kb.
#110618
Bog'liq
қиймат солиғининг давлат бюджети даромадларини шакллантиришд


Aim.uz

Qo‘shilgan qiymat solig‘ining davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda tutgan o‘rni

O‘zbekiston Respublikasida qo‘shilgan qiymat solig‘i 1992 yilda joriy etilgan bo‘lib, bu soliqni huquqiy tartibga soluvchi soliq qonunchiligi hujjati bo‘lib 1991 yil 15 fevralda qabul qilingan «Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar to‘g‘risida»gi qonun va unga muvofiq ishlab chiqilgan 1992 yil 30 martdagi «Qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi» yo‘riqnoma hisoblanadi. Soliq qonunchiligiga muvofiq 1992 yilda dastlab qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi 30 % miqdorida belgilangan.

Qo‘shilgan qiymat solig‘ining ob’yektiv zarurligini davlat byudjeti daromadlarini shakllantirish bilan ifodalash mumkin.Mamlakatimizda xilma xil mulk shakllarining paydo bo‘lishi bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning ular faoliyatiga aralashuvi faqat qonun yo‘li bilan ya’ni soliqlar jumladan, qo‘shilgan qiymat solig‘i orqali bo‘ladi.

Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida davlatning yangi vazifalari paydo bo‘ladi. Bu vazifalarga mamlakatimizda kam ta’minlanganlarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish, bozor iqtisodiyoti infratuzilmasini (sanoatda, qishloq xo‘jaligida, moliya tizimida) tashkil qilish kiradi. Davlat kuchli ijtimoiy chora tadbirlarini amalga oshirish uchun nafaqaxo‘rlar, talabalar, ko‘p bolali onalar va boshqlarni ko‘proq mablag‘ bilan ta’minlash zarurligini anglab cheklangan tovarlar bahosidagi farqni byudjet hisobidan qoplaydi va ularga boshqa xarajatlarini davlat hisobidan amalga oshiradi, kam ta’minlanganlarga moddiy yordamlar tashkil etadi.



Shuningdek, mamlakatimiz jamiyat a’zolari osoyishtaligini saqlash maqsadida o‘zining mudofaa qobiliyatini saqlab va mustahkamlashga, harbiy texnikaga ham mablag‘lar sarflaydi. Davlat fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, mamlakatda tartib intizom o‘rnatish, uni boshqarish funksiyalarini bajarish uchun ham ko‘plab mablag‘ yo‘naltirishga majbur. Bunday xarajatlarni amalga oshirishning majburiyligi ular uchun manba bo‘lgan soliqlarni, jumladan qo‘shilgan qiymat solig‘ini ob’yektiv zarur qilib qo‘yadi.

7.1.1- jadval

O‘zbekiston Respublikasining 2011 yilgi Davlat byudjeti parametrlari

Asosiy byudjet ko‘rsatkichlari

2010 yilgi

2011 yil

O‘sish

ko‘rsatkich

lari

% da

Byudjet darmadlarida salmogi %da

Davlat byudjeti

daromadlari

13 116 396,9

16 178 563,5

123,3

100

Shu jumladan:

Bevosita soliqlar

3 420 602,8

4 238 732,8

123,9

26,2

Bilvosita soliqlar

6973 809,5

8 656 853,1

124,1

53,5

Resurs soliqlari

1 974 143,8

2 308 908,7

116,9

14,3

Boshqa daromadlar

589120,3

974068,9

165,3

6,0

Byudjet xarajatlari

13 732 502,5

16 991 100,0

123,7

Byudjet defisiti YAIMga nisbatan 1,0 foiz


Bozor munosabatlarida davlat ham uning boshqaruvchisi, ham asosiy ishtirokchisi bo‘ladi. Bu yerda davlat ishtiroki uning jamiyat uchun o‘ta zarur bo‘lgan mamlakat xavfsizligini ta’minlash, tartib intizom o‘rnatish, ta’lim tarbiyaviy tadbirlar, sog‘liqni saqlashni ta’minlash, mamlakatni boshqarish, dunyo hamdo‘stligi mamlakatlari bilan har xil aloqalarni o‘rnatish, bozor iqtisodiyoti infratuzilmalarini tashkil etish va rivojlantirish kabi chora tadbirlarni amalga oshirishda o‘z ifodasini topadi.

2011 yilda davlat byudjetining daromadlar qismida egri soliqlar 8 656,8 mlrd.so‘mni tashkil etdi. Shundan, qo‘shilgan qiymat solig‘i 5228,7 mlrd. so‘m, aksiz solig‘i 2481,7 mlrd. so‘m, bojxona bojlari 515,9 mlrd. so‘m, jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq. 430,3 mlrd. so‘mdan iborat.



7.1.2-jadval

Egri soliqlarning O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti tizimida tutgan o‘rni

Ko‘rsatkichlar

2006 yil

2007 yil

2008 yil


2009 yil


2010 yil

2011 yil

2012 yil

mlrd. so‘m

mlrd. so‘m

mlrd. so‘m

mlrd. so‘m

mlrd. so‘m

mlrd. so‘m

mlrd. so‘m

Daromadlar, davlat maqsadli jamg‘armalarisiz – jami

4042,6

5100,9

7108,3

10421,4

13 116,4

16 178, 5

20614,1

1. Bilvosita (egri) soliqlar

1 986,7

2478,1

3571,0

5 162,1

6973,8

8 656, 8

11187,8

1.1.

Qo‘shilgan qiymat solig‘i

1 017,3

1261,7

2000,9

3093,9

3988

5228,7

6784,5

1.2.

Aksiz solig‘i

760,5

915,7

1170,4

1503,9

2191,0

2481,7

3115,5

1.3.

Bojxona bojlari

86,8

116,0

247,8

361,1

479,3

515,9

732,4

1.4.

Jismoniy shaxslardan yagona bojxona to‘lovi

45,9

73,4

-

-

-

-

-

1.5.

Jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq.

76,2

111,3

151,9

203,2

315,5

430,3

555,4



Aim.uz


Download 22.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling