Qotishma turlari va xossalari


Download 13.85 Kb.
Sana07.05.2020
Hajmi13.85 Kb.
#103830
Bog'liq
Qotishma turlari va xossalari


Aim.uz

Qotishma turlari va xossalari

Ikki va undan ortik elementlarni birga suyultirish orkali xosil kilingan birikma kotishma deyiladi. Kotishmani tashkil etgan elementlarning xar biri komponent deb ataladi. Texnikada sof metallar emas, balki ularning kotishmalari ishlatiladi. Korroziyabardoshlik fakat kotishmalarning tarkibiga boglik bulmay, balki ularning strukturasiga, kotishmada xoil bulgan fazalarning xossalariga, strukturani tashkil kiluvchilarga, xosil kilingan strukturaning yuza kattaligiga, uning tuzilishiga, shakliga va uning sistemada tarkalishiga, shuningdek kotishmada xosil bulgan kuchlanishga va kotishmaning sirt tuziliщiga boglik.

Komponentlar suyuk xolatida bir-birida eriydigan, ammo kattik xolatida bir-birida mutlok erimaydigan va uzaro kimyoviy birikma xosil kilmaydigan kotishmalar mexanik aralashmalar deyiladi. Kotishmaning bir-biridan chegara sirt bilan ajralgan kismi faza deb ataladi.

Mexanik aralashmalarda, uni tashkil kiluvchi komponentlar soniga karab, ikki yoki undan kup fazalar buladi. Binobarin, ikki komponentli mexanik aralashma ikki fazali kotishma xisoblanadi.

Kupchilik metall kotishmalar suyuk xolatda bir jinsli, ya’ni komponentlari bir-birida erigan xolatda buladi va kristallanish jarayonida uning bir jinsliligi saklanib koladi. Bunday kotishmalarda komponentlarning atomlari umumiy kristall panjaraning tarkibiga kiradi, ya’ni komponentlari bir-birida eriydi. Demak, eruvchi komponentning eruvchanligi va erituvchi komponentning eritish kobiliyati kattik xolatda xam saklanib koladi. Bunday kotishmaning kristallanishi natijasida xosil bulgan kattik jism kattik eritma deyiladi. Binobarin, kattik eritma bir fazali, bir turdagi kristallardan iborat va bir kristall panjaraga ega bulgan kotishmadir.

Birlamchi kristallanish jarayonida komponentlarning uzaro kimyoviy reaktsiyaga kirishuvi natijasida xosil bulgan kotishmalar kimyoviy birikmalar deb ataladi. Kimyoviy birikmalar bir jinsli, ya’ni bir fazali kotishmalar jumlasiga kiradi.

Kotishmalarda ikkilamchi kristallanish jarayoni xam sodir buladi. Bu kristallanish kotishma komponentlarining allatropik shakl uzgarishlariga yoki kattik eritmalarni kisman yoki batamom parchalanishiga boglik. Kattik eritmalar parchalanganda yangi kattik eritma, kimyoviy birikma yoki mexanik aralashma xosil buladi.

Kimyoviy birikma xosil kiluvchi bir fazali kotishmalar konstruktsion material sifatida ishlatilmaydi. CHunki bunday kotishmalar murt, kattik bulishi bilan birga yomon texnologik xususiyatlarga ega buladi.

Kattik eritma xosil kluvchi bir fazali kotishmalar yaxshi texnologik xususiyatga ega bulishi bilan birga ular korroziyabardosh kotishmalar xisoblanadi.

Kup fazali kotishmalar korroziyabardosh bulmaganligi sababli ulardan kimyoviy sanoatda ishlatiladigan jixozlar tayyorlanmaydi. Ammo kup fazali kotishmalar ichida korroziyabardoshlari xam buladi. Masalan: kremniyli chuyan, kremniy alyuminiy (silumin kotishma) - Al+Si li kotishma va x.k.




Download 13.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling