Qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalari iqtisodiyoti


Download 10.34 Kb.
Sana30.10.2023
Hajmi10.34 Kb.
#1734149
Bog'liq
qurilish materiallari

Oliy ta’lim vazirligi Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Menejment fakulteti “Qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalari iqtisodiyoti” fanidan Taqdimot Mavzu: Qurilish materiallari sanoatining rivojlanish bosqichlari Guruh: 50-21 Bajardi: Mirpo’latova Muxsina Qabul qildi: Meliqulov G’

Reja: 1. Qurilish materiallai sanoating ma’nosi. 2. Qurilish materiallari ishlab chiqarishni rivojlantirish. 3. Qurilish materiallari sanoati rivojlanishing yangi bosqichida. 4. Qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish bo’yicha kengashning ilk yig’ilishi.

Qurilish materiallari sanoati — uy-joy qurilishi, sanoat, qishloq xoʻjaligi va boshqalardagi qurilish sohalari uchun qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi sanoat. Bir qancha tarmoqlarni oʻz ichiga oladi. Sement, asbest-sement shiferi, asbest-sement quvurlari, devor materialari (gʻisht), ohak, gips, deraza oynalari, yumshoq yopma materiallar, tabiiy toshlardan qoplama materiallar, bezak hamda pol uchun sopol (keramik) plitalar, isitgich radiatorlar va konvektorlar, chinni-fayans sanitariya-qurilish buyumlari, linoleum, yigʻma temir-beton konstruksiyalar va detallar, noruda qurilish materiallari (maydalangan, chaqilgan tosh, qum, shagʻal, qum-shagʻal aralashmasi) va boshqa Qurilish materiallari sanoatis.ning asosiy mahsulotlari hisoblanadi.


Hozirgi zamonda qurilish materiallari va buyumlari ishlab chiqarishni rivojlantirishning biri – qurilishni qisqa muddatlada olib borish imkoniyatini beradigan qurilmalaning sifatini oshiradigan va tan narxini kamaytiradigan samarali va buyumlar ishlab chiqarishni rivojlantirishdir.
Bu o’rinda beton va yig’ma beton buyumlarni ishlatish ham katta ahamiyatga ega. Temir-beton buyumlar va qurilmalarning samaradorligi, mehnat unumdorligini oshirish, qurilish muddatini qisqartirish imkoniyatini beradi. Shuning uchun, oldindan zuriqtirilgan temirbeton qurilmalar ishlab chiqarish rivojlanmoqda.
Yengil metall konstruktsiyalarni ishlatish – texnikaviy taraqqiyot yo’lida katta qadamdir. Bunda qurilish muddatini 15-20 % ga oshirish nakliyot harajatlarini ancha kamaytirish mumkin. Ayniqsa, alyuminiydan qurilgan qurilmalar sanoat va fuqaro qurilishlarida keng ishlatilmoqda. Qurilish materiallari sanoatida kam energiya sarflanadigan texnologiyaga ko’proq ahamiyat berilmokda. Masalan, quruq usulda portlandsement ishlab chiqarish rovojlanmokda. Chunki, bu usul nam usulga nisbatan 1.5-2 marotaba kam energiya sarflanadi.
Qurilish materiallari ni ishlab chiqarishda va ularni ishlatishda muhim vazifalardan biri atrof-muhitni muhofaza qilish uchun zarur bo’lgan sharoitlarni yaratishdir. Bu sohada qilinayotgan ishlar juda ko’p. Misol uchun sement ishlab chiqarish va uni ishlatishda changdan saqlash uchun maxsus siklonlar va pnevmouzatgichlar qo’llaniladi. Qurilish materiallari ishlab chiqarishda texnikaviy taraqqiyotni keng joriy qilishda, mahsulot sifatini oshirishda, mahalliy xom ashyo va sanoat chiqindilarini ishlatishda, atrof-muhitni muhofaza qilish masalasida va bir qator boshqa yo’nalishlarda olib borilayotgan ishlar qurilish ashyolari soxasidagi fan va texnika yutuqlariga asoslanib olib borilmoqda.
Ushbu fanni boyitishda olimlardan V.M.Butt, Bajenov Yu.M., G.I.Gorchakov, V.A.Vorob’ev, K.O.Axmedov, Tojiev, I.A.Rib’ev, I.Q.Qosimov va boshqa olimlarning xizmatlari juda kattadir.
Mamlakatimizdagi qurilish tashkilotlari qurilish ashyolarini ishlab chiqarish borasida xorijiy davlatlardagi yirik firma va korporatsiyalar bilan aloqani rivojlantirmoqdalar. Masalan, Turkiyaning «Aysel» firmasi, Germaniyaning «Knauf» korporatsiyasi va «Xyosht» firmasi, AQSHning «Armstrong» korporatsiyasi bilan aloqalar o’rnatildi va respublikaga investitsiya jalb etilib, yangidan-yangi texnologiyalar keltirildi.
Mamlakatimizdagi qurilish tashkilotlari qurilish ashyolarini ishlab chiqarish borasida xorijiy davlatlardagi yirik firma va korporatsiyalar bilan aloqani rivojlantirmoqdalar. Masalan, Turkiyaning «Aysel» firmasi, Germaniyaning «Knauf» korporatsiyasi va «Xyosht» firmasi, AQSHning «Armstrong» korporatsiyasi bilan aloqalar o’rnatildi va respublikaga investitsiya jalb etilib, yangidan-yangi texnologiyalar keltirildi.
Qurilish sanoatining rivojlanishida respublikamiz olimlari va ixtirochilari o’zlarining katta hissalarini qo’shmoqdalar. Ular qurilish ashyolarini tayyorlash texnologiyasining asoschilari yaratgan g’oyalarni texnika yutuqlari bilan boyitib, yangi qurilish ashyolari yaratmoqdalar.
Sement ishlab chiqarish bo’yicha O’zbekiston Rossiya, Ukrainadan keyin uchinchi o’rinda turadi. Hozir Quvasoy, Ohangaron va Bekobod sement zavodlari portlandsementgina emas, balki gidrotexnik inshootlar uchun juda zarur sul’fatga chidamli yuqori markali portlandsement, yig’ma temir-beton va yo’l qurilishi uchun ishlatiladigan tez qotuvchi sementlar ham ishlab chiqarmoqda. 1966 yil 26 apreldagi zilziladan katta talafot ko’rgan Toshkent shahri qayta tiklandi. Shaharda ko’plab yangi mikrorayonlar, mavzelar, hiyobonlar vujudga keldi. YUzlab zamonaviy imorat va hashamatli inshootlar bunyod etildi
O‘zbekistonda qurilish materiallari sanoati bugun ishlab chiqarish hajmini oshirish, investitsiya mablag‘larini ko‘paytirish, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni mahalliylashtirish orqali bozorga yangi tovarlarni chiqarish, eksportni kengaytirish sari mo‘ljal olgan. So‘nggi 5 yil ichida mamlakatda umumiy ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari 3,8 barobarga ortdi. Ayniqsa, sement, qurilish oynasi, keramik va gipsokarton plitalari, gulqog‘ozlar kabi mahsulotlar sanoatida yuqori o‘sish kuzatildi. Gazobeton, keramogranit, bazalt materiallari, kompozit panel, DSP, gulqog‘oz kabi ilgari import qilingan 10 ta yangi turdagi mahsulotni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
2017-yili sohaga 560 mln dollarlik investitsiya jalb qilingan bo‘lsa, 2022-yili bu ko‘rsatkich 1,8 mlrd dollarni tashkil etib, 3,2 barobar o‘sishni ko‘rsatdi. Natijada qiymati 71,2 mln dollarlik 12 ta yangi loyiha ishga tushirildi va 952 ta yangi ish o‘rni tashkil etildi.
Jumladan, 850 ming kub metr gazobeton, 12 mln kv. metr gipsokarton, 20 ming tonna bazalt va chaqiq toshi, 2 ming tonna gips va quruq aralashmalar, 300 tonna burama mix, 20 ming kub metr temir-beton buyumlari, 1 ming tonna santexnika jihozlari, 1,2 ming tonna penopolistrol mahsulotlarini ishlab chiqarish kabi quvvatlar yaratildi.
15.06.2021yil kuni O‘zsanoatqurilishbank Boshqaruvi raisi, Qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish bo‘yicha kengash raisi rahbarligida Kengashning birinchi yig‘ilishi o‘tkazildi. Videokonferensaloqa shaklida o‘tkazilgan yig‘ilishda O‘zsanoatqurilishbank,
“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi, Davlat geologiya qo‘mitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi mas'ullari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida joriy yil 30 aprel kuni hududlarda qurilish materiallari va mahalliy sanoatni yanada rivojlantirish chora-tadbirlariga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar hamda davlatimiz rahbarining shu yil 9 iyundagi “Hududlarning sanoat salohiyatini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta'minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
•Stroitelnne materialm [Pod obshey red. V.G.Mikulskogo], M., 2000;
“QURILISH MATERIALLARINING XOM ASHYOVIY BAZASI”
M.G’. AKMALOV 2022 y;

Etiboringiz uchun raxmat !


Download 10.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling