Qurilishda axborot texnologiyalari fanidan Hisob grafik ishini bajarish uchun masalalar to’plami Topshiriq №1: Quyidagi chiziqli masalalarni Python tilida dasturini tuzing
Download 346.24 Kb. Pdf ko'rish
|
EABB2A0F 59CF 43E9 BC39 66583219D445 d9560NcprPgMWADeWn Bdp4jEOXktSES
Qurilishda axborot texnologiyalari fanidan Hisob grafik ishini bajarish uchun masalalar to’plami Topshiriq №1: Quyidagi chiziqli masalalarni Python tilida dasturini tuzing: 1-masala. Kvadratning tomoni a berilgan. Uning perimetri P=4*a va yuzasi S=a 2 ni hisoblash dasturini tuzing. 2-masala. Kubning yon tomoni a berilgan. Uning hajmini V = a 3 va to‘la sirti S=6*a 2 ni hisoblash dasturini tuzing. 3-masala. Paralelepepidning tomonlari a, b, с berilgan. Uning hajmini V = a*b*c va to‘la sirti S = 2*(a*b+b*c+a*c) ni hisoblash dasturini tuzing. 4-masala. Nolga teng bo'lmagan ikkita son berilgan. Ularning yig‘indisini, ko‘paytmasini va har birining modulini hisoblash dasturini tuzing. 5-masala. Umumiy markazga ega bo‘lgan ikkita aylana radiusi berilgan: R1,R2 (R1>R2). Ularnig yuzalari S1 va S2, ularning ayirmasi S3 ni hisoblash dasturini tuzing. S1 = π R1 2 , S2= π R2 2 , S3 = π (R1 2 - R2 2 ) . π ning qiymatini pythondan oling. 6-masala. Aylananing uzunligi L berilgan. Uning radiusi R va yuzasi S ni hisoblang dasturini tuzing. L = 2* π *R, S = π R 2 , π ning qiymatini pythondan oling. 7-masala. Aylananing yuzasi S berilgan. Uning diametri D va radiusi R ni hisoblash dasturini tuzing. L = 2* π *R S = π R 2 , π ning qiymatini pythondan oling. 8-masala. Sonlar o‘qida А, В, С nuqtalar berilgan. AC va BC kesmalarning uzunligini va kesmalar uzunligining yig‘indisini hisoblash dasturini tuzing. 9-masala. Sonlar o‘qida А, В, С nuqtalar berilgan. С nuqta A va В nuqtalar orasida joylashgan. AC va BC kesmalar uzunligining ko‘paytmasini toping va dasturini tuzing. 10-masala. To‘g‘ri to‘rtburchakning qarama-qarshi uchlari koordinatlari berilgan. Uning tomonlari koordinata o‘qiga parallel. To‘g‘ri to‘rtburchakning perimetri va yuzasini hisoblash dasturini tuzing. 11-masala. Uchburchakning uchta tomoni uchlari koordinatalari berilgan: (x1,y1), (x2,y2), (x3,y3). Ikki nuqta orasidagi masofani topish(uchburchakning tomonlari uzunliklari) dasturini tuzing. 12-masala. A, В va С sonlari berilgan. A ning qiymati В ga, В ning qiymati С ga va С ning qiymati A ga almashtirilsin. A, В va С ning yangi qiymatlarini ekranga chiqaruvchi dastur tuzing. 13-masala. x ning qiymati berilganda y=3x 6 -6x 2 -7 funksiyaning qiymatini hisoblash dasturini tuzing. 14-masala. x ning qiymati berilganda y=4(x-3) 6 -7(x-3) 3 +2 funksiyaning qiymatini hisoblash dasturini tuzing. 15-masala. A soni berilgan. A ning A 2 , A 3 , A 5 ,A 10 , A 15 darajalarini aniqlovchi dastur tuzing. 16-masala. Temperatura T F Farengeytda berilgan. Temperatura qiymatini T C gradus selsiyga o‘tkazuvchi dastur tuzing: T C =(T F -32)*5/9. 17-masala. Temperatura T C gradus selsiyda berilgan. Temperatura qiymatini T F Farengeytga o‘tkazuvchi dastur tuzing: T C =(T F -32)*5/9. 18-masala. X kg shokolad A so‘m turadi va Y kg konfet В so‘m turadi. 1 kg shokolad 1 kg konfetdan qancha qimmat turishini aniqlovchi dastur tuzing. 19-masala. Qayiqning tezligi V km/soat, daryo oqimining tezligi U km/soat (V>U) Qayiqning daryo oqimi bo‘yicha xarakatlanish vaqti T1, oqimga qarshi T2 Qayiqni yurgan S yo‘lini aniqlovchi dastur tuzing. 20-masala. Birinchi avtomabilning tezligi V1 km/soat, ikkinchisiniki V2 km/soat, ular orasidagi masofa S km. Ular biri-biri tomonga harakatlana boshlasa T vaqtdan keyin ular orasidagi masofani aniqlaydigan dastur tuzing. 21-masala. Uch xonali son berilgan. Uning raqamlarini teskari tartibda yozishdan hosil bo'lgan sonni aniqlovchi program tuzilsin. 22-masala. Uch xonali son berilgan. Uning chapdan birinchi raqamini o’chirib o'ng tarafiga yozishdan hosil bo'lgan sonni aniqlovchi programma tuzilsin. 23-masala. Uch xonali son berilgan. Uning o'ngdan birinchi raqamini o’chirib chap tarafiga yozishdan hosil bo'lgan sonni aniqlovchi programma tuzilsin. 24-masala. Uch xonali son berilgan. Uning o'nliklar xonasidagi raqam bilan yuzliklar xonasidagi raqamni almashtirishdan hosil bo'lgan sonni aniqlovchi programma tuzilsin. (Kirish =123; Natija = 213) 25-masala. Uch xonali son berilgan. Uning o'nliklar xonasidagi raqam bilan birliklar xonasidagi raqamni almashtirishdan hosil bo'lgan sonni aniqlovchi programma tuzilsin. (Kirish =123; Natija = 132) 26-masala. 999 dan katta bo'lgan son berilgan. Bir marta bo'lib butunni va bo'lib qoldiqni olish operatsiyasidan foydalanib berilgan sonni yuzliklar xonasidagi sonni aniqlovchi programma tuzilsin. 27-masala. 999 dan katta bo'lgan son berilgan. Bir marta bo'lib butunni va bo'lib qoldiqni olish operatsiyasidan foydalanib berilgan sonni mingliklar xonasidagi sonni aniqlovchi programma tuzilsin. 28-masala. Kun boshidan boshlab N sekund vaqt o'tdi. Kun boshidan boshlab qancha minut to’la o'tganligini aniqlovchi programma tuzilsin. 29-masala. Kun boshidan boshlab N sekund vaqt o'tdi. Kun boshidan boshlab qancha to’la soat o'tganligini aniqlovchi programma tuzilsin. 30-Uch xonali son berilgan. Uning raqamlar yig'indisini aniqlovchi programma tuzilsin. Download 346.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling