Quruqlikdagi suvlar va inson


Download 1.2 Mb.
Sana16.06.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1491967
Bog'liq
2WlcbYL2c0QobU1fKtkIN9CiZMpOIUCL

Quruqlikdagi suvlar va inson

Bajardi:Parmonqulova Malika

Tekshirdi:Ochilov S

Quruqlikdagi suvlar va inson

Reja:

  • 1.Yerosti Suvlari haqida.
  • 2.Koʻllar va ularning turlari.
  • 3. Daryolar haqida maʼlumotlar.

Yerosti suvlari

  • Yer po‘sti yuza qismidagi tog‘ jinslarining g‘ovak, bo‘shliq va yoriqlaridagi suvlar yer osti suvlari deyiladi. Yer osti suvlari hosil bo‘lishi uchun quruqlikka yetarli miqdorda yog‘in (qor, yomg‘ir) yog‘ib turishi va yuzadagi tog‘ jinslari suvni chuqurga o‘tkazib yuboradigan darajada g‘ovak bo‘lishi zarur. Suvning yerga tez yoki sekin shimilishi tog‘ jinslarining g‘ovaklik darajasiga bog‘liq. Masalan, shag‘al , qum suvni yaxshi o‘tkazadi. Shuning uchun shag‘al, yirik qum, qum suvni o‘tkazuvchi jinslar deyiladi.

Granit, ohaktosh, qumtosh, gil singari jinslar suvni yaxshi o‘tkazmaydi. Shunga ko‘ra ular suvni o‘tkazmaydigan jinslar deb ataladi. Yer po‘stining yuza qismidagi tog‘ jinslari qatlam-qatlam bo‘lib yotganligidan yer osti suvlari ham qatlamlar hosil qiladi. G‘ovakliklarida suv bo‘lgan qatlamlar suvli qatlamlar deyiladi. Ikkita suv o‘tkazmaydigian qatlam orasida joylashgan suvli qatlam suvi qatlamlar orasidagi suv deb ataladi. Bu qatlamga suv mazkur qatlam yer yuzasiga chiqqan joylardan kiradi.

  • Granit, ohaktosh, qumtosh, gil singari jinslar suvni yaxshi o‘tkazmaydi. Shunga ko‘ra ular suvni o‘tkazmaydigan jinslar deb ataladi. Yer po‘stining yuza qismidagi tog‘ jinslari qatlam-qatlam bo‘lib yotganligidan yer osti suvlari ham qatlamlar hosil qiladi. G‘ovakliklarida suv bo‘lgan qatlamlar suvli qatlamlar deyiladi. Ikkita suv o‘tkazmaydigian qatlam orasida joylashgan suvli qatlam suvi qatlamlar orasidagi suv deb ataladi. Bu qatlamga suv mazkur qatlam yer yuzasiga chiqqan joylardan kiradi.
  • Artezian quduqlar.
  • Agar tog‘ jinslari qatlamlari tovoq shaklida bo‘lsa, yer osti suvlari bosimli bo‘ladi.
  • Yer yuzasidagi g‘ovak jinslar orasidagi suvlar grunt suvi deb ataladi. Grunt suvlari sathi qish va bahorda qor erib, yomg‘ir ko‘p yog‘ib turganligi sababli yuqori bo‘ladi. Yozda, kuz boshida esa pasayib qoladi.
  • Grunt suvlari tog‘ jinslaridagi g‘ovaklar orqali past tomonga asta-sekin siljiydi (oqadi). Ular jarlarda, daryo vodiylarida, pastliklarda yer yuzasiga chiqib, buloqlarni hosil qiladi.
  • Dunyoning ayrim joylarida tarkibida turli tuzlar, gazlar va boshqa mineral moddalar erigan yer osti suvlari mavjud. Ular mineral suvlar deyiladi. Bunday suvlardan esa turli kasalliklarni davolash uchun foydalaniladi.

Koʻllar va ularning turlari.

  • . Tektonik ko'llar, bularga Kasbiy, Baykal, Buyuk ko'llar, Onega, Ladoga, Issiqko‘1, Orol, Balxash ko'llari misol bo'ladi. Tektonik yo'l bilan paydo bo'lgan ko'llar juda katta va chuqur bo'ladi. Darhaqiqat, Kasbiy ko'lining maydoni 371 ming km3, bo'lib dunyodagi eng katta ko'l hisobla­ nadi. Baykal ko'li dunyodagi eng chuqur ko'l bo'lib, uning chuqurligi 1620 m. 2. Uchgan vulqon konuslari suv bilan to'lganda ham ko'llar vujudga keladi. Kamchatka yarim orolidagi Kronoki ko‘li xuddi shunday yo'l bilan paydo bo'lgan. 3. To‘g‘on ko'llar katlavanasi tog' qulab tushib, daryo vodiysini to'sib qo'yishidan hosil bo'ladi. Bunday ko'llaiga Pomirdagi Sarez ko'li (chuqur­ ligi 505 m), Zurko'l, Yashilko‘1 misol bo'ladi.
  • Morena ko'llari. Asosan antropogen davrda materikning muzliklari ta ’sirida paydo bo'lgan chuqurliklarning suv bilan to'Iishidan hosil bo'lgan bu xildagi ko'llarga Skandinaviya va Taymir yarim orollaridagi, Seliter, Il­ men, Pskov, Tyupozero ko'llari kiradi. Karet ko'llari. Ohak, gips kabi suvda tez eriydigan jinslar tarqalgan yerlarda vujudga keladi. Suv jinslam i eritib, konus yoki varonkasimon chu- qurliklar hosil qiladi, so'ngra ular suv bilan to'lib ko'lga aylanadi. Bunday ko'llar Qrim Yarim oroli va Shimoliy Kavkazda uchraydi. 6 . Ba’zi ko'llar tekislikda oqadigan daryolaming eski o'zanlarida ham
  • vujudga keladi. Bunday qoldiq ko'llar Amazonka, Missisipi, Volga, Amu­ daryo va Sirdaryo kabi daryo vodiylarda juda ko‘p.

Daryolar haqida maʼlumotlar.

  • Daryo tabiiy suv manbasi boʻlib,[1] odatda okean, koʻl, dengiz va boshqa daryoga quyiluvchi toza suvdir. Daryolarni quruqlik gidrologiyasining darelar gidrologiyasi boʻlimi oʻrganadi. Har bir daryoning manbai va dengiz, koʻlga quyiladigan yoki boshqa daryo bilan qoʻshilib ketadigan joyi — mansabi boʻladi.
  • Bevosita okean, dengiz, koʻlga quyiladigan yoki qumga singib ketadigan daryo bosh daryo hisoblanadi, bosh daryo ga kuyiladigan daryo — irmoq deb ataladi. Bosh daryo barcha irmoklari bilan birga daryo sistemasini hosil qiladi. Daryolar koʻpincha koʻl, botqoklik, buloq va muzliklardan boshlanadi. Masalan, Oʻrta Osiyodagi Panj, Vaxsh, Zarafshon va Norin kabi daryolar muzliklardan, Rossiyadagi Neva, Svir, Angara singari daryolar koʻllardan, Belarus, Ukraina, Gʻarbiy Sibirdagi aksariyat daryolar botqokliklardan boshlanadi.
  • Quruq va issiq iqlimli oʻlkalardagi daryolar koʻpincha suvi bugʻlanib va qumga singib tugaydi yoki hamma suvi sugʻorishga sarf boʻladi, jumladan Oʻrta Osiyodagi daryolarning ayrimlari maʼlum bir joyga quyilmasdan tugab qoladi (Zarafshon, Qashqadaryo, Chu va Turkmanistondagi daryolar). Daryo sistemasi oʻzining suvini yigʻib oladigan quruqlik yuzasi suv yigʻiladigan maydon deb ataladi. Yer sirtining daryo sistemasi joylashgan va boshqa suvayirgʻichlar bilan chegaralangan qismi daryo havzasi deyiladi (qarang Daryo havzasi).

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling