Qushlar Qon aylanish sistemasi


Download 491.63 Kb.
Sana25.04.2023
Hajmi491.63 Kb.
#1396870
Bog'liq
Qushlar


Qushlar
Qon aylanish sistemasi ya`ni arterial qonli chap yurak qorinchasidan aorta o`ng yoyi chiqqan zahoti undan bir juft nomsiz arteriyalar ajraladi. So`ngra aorta o`ng tomonga egilib, umurtqa pog’onasiga yetgach dum tomonga orqa aorta nomi bilan yo`naladi va undan ichki organlarga arteriyalar chiqadi. Dumg’aza bo`limida orqa aorta yirik-yirik juft son va quymich arteriyalarini hosil qiladi va kichikroq dum arteriyasi shaklida davom etadi. Nomsiz arteriyalar bo`yinning yon tomonlariga yetgach, umumiy uyqu, o`mrov osti va ko`krak arteriyalariga bo`linadi. Yurakning o`ng qorinchasidan umumiy o`pka arteriyasining tomiri chiqib, chap va o`ng o`pkalarga venoz qon olib boruvchi ikkita o`pka arteriyalariga tarmoqlanadi.
Gavdaning oldingi tomonidan kelgan venoz qon oldingi yo`g’on yoki ustki kovak vena deb, ataluvchi qon tomirlarda yig’ilib, o`ng yurak bo`lmasiga quyiladi . Oldingi kovak venalar uchta asosiy qon tomirlarining, ya`ni boshdan qon olib keluvchi oldingi kardinal venalar, qanotlardan qon olib keluvchi o`mrov osti venalari va katta ko`krak muskullaridan qon olib keluvchi ko`krak venalarining qo`shilishidan vujudga keladi.


Teri hosilasi Qushlarning terisi yupqa va quruq bo`lib, unda hech qanday suyak tuzilmalari yo`qligi, patlardan tashkil topgan shox qoplag’ichining borligi va bezlarning bo`lmasligi bilan xarakterlanadi. Ko`pchilik qushlarda faqat dum tubining ustiga o`rnashgan dum bezi bor. Dum bezi o`zidan sekret chiqaradi. Qushlar tumshug’i yordamida patlarini shu sekret bilan yog’laydi. Bu yog’li sekret patlarni suv bilan ho`llanishdan saqlaydi. Dum bezi, ayniqsa, suvda suzuvchi qushlarda yaxshi rivojlangan. Quruqlikda (cho`lda) yashovchi ba`zi qushlarda (tuyaqushlar,tuvaloqlar) bu bez bo`lmaydi. Dum bezining sekreti quyosh nuri ta`sirida «D» vitaminiga aylanadi, buni qushlar patlarini tozalash vaqtida yutadi. Qushlar tanasi tashqi tomondan shox ortiqlari-patlar, pat-parlar, haqiqiy parlar, ipsimon patlar va qilchalar bilan qoplangan.


Nerv sistemasi Avvalo, qushlarning bosh miyasi, ayniqsa, oldingi miya katta yarim-sharlarining rivojlanishi ular turq-atvorining juda murakkabligidan dalolat beradi. Ma`lumki, qushlarning miyachasi muvozanatni ta`minlaydi va harakatlar koprdinatsiyasini boshqaradi. Shuning uchun ham uchish qobiliyatiga ega bo`lgan va murakkab hamda turli-tuman harakatlarni bajaradigan qushlarda miyachaning ahamiyati juda katta. Yana shuni aytish kerakki, agar sudralib yuruvchilar bosh miyasining massasi (vazni) orqa miya vazniga teng bo`lsa, qushlarda bosh miyaning vazni orqa miyasinikiga nisbatan og’ir bo`ladi. Masalan: tovuqsimonlarning bosh miyasi vazni orqa miyasiga nisbatan 150% og’ir, kaptarlarda esa bu ko`rsatkich 250% ni tashkil etadi.
Qushlar bosh miyasi vaznining og’irligi, avvalo, ularning oldingi miya yarimsharlarining kattaligiga bog’liq. Masalan: tovuqsimonlarda oldingi bosh miya yarimsharlari massasi miyaning boshqa bo`limlari massasiga teng, ya`ni 1:1, yirtqich qushlarda esa bu ko`rsatkich 2:1, chumchuqsimonlarda va to`tiqushlarda 3:1 ga teng bo`ladi. Qushlarda oraliq miya yaxshi rivojlanmagan. Bosh miyadan 12 juft nerv chiqadi.
Hazm sistemasi. Qushlarning oshqozoni ikki bo`limdan, ya`ni bezli oshqozon va muskulli oshqozondan iborat. Bezli oshqozondan ovqat hazm qilish shiralari ajralib chiqib, bu yerda oziq ayrim kimyoviy o`zgarishlarga uchraydi. Oshqozonning ikkinchi muskulli bo`limi devorlarida kuchli muskullar rivojlangan. Kaptarda va boshqa donxo`r qushlarda bu bo`limning ichki yuzasi burmali muguz qoplamaga ega. Oshqozon muskul devorlarini qisqartirib qushlar yutgan toshlar va boshqa qattiq jismlarni harakatga keltiradi. Natijada oziq toshlarga va muguzli oshqozon devoriga ishqalanib yumshoq bo`tqaga aylanadi va bunday ovqat 12-barmoqli ichakka o`tadi. 12-barmoqli ichakka oshqozon osti bezi birlashgan bo`ladi. Oshqozon osti bezi va jigar ajratadigan o`t suyuqligi 12 – barmoqli ichakka tushadi, natijada oziq bu suyuqlik ta`siriga uchrab, bir necha halqali uzun ingichka ichakka va undan qisqa orqa ichakka o`tadi. Orqa ichak nisbatan kalta, u yo`g’on va to`g’ri ichaklarga aniq ajralmagan. Ko`pgina qushlarda ingichka ichak bilan yo`g’on ichak qo`shiladigan joyda bir juft ko`r o`simta, ya`ni ko`richak bo`ladi. Suvda hamda quruqlikda yashovchilar va sudralib yuruvchilar kabi, qushlarda ham to`g’ri ichak kloakaga ochiladi. Kloakaga siydik yo`li va ko`payish organlarining yo`li ham ochiladi. Qushlarning jigari katta va ikki
pallali, o`t pufagi ko`pchilik qushlarda bo`ladi. Kaptarda o`t pufagi yo`q. O`t pufagi yo`li 12 – barmoqli ichakka ochiladi. Kaptarlarda jigarda ishlangan o`t suyuqligi ikkita o`t yo`llari orqali 12-barmoqli ichakka quyiladi. Qushlar kloakasining ustki devoridan ko`r o`simta-fabritsiy xaltasi chiqadi. Limfa hujayralarini (leykotsitlarni) ishlab chiqaradigan bu organ faqat qushlarda bo`lib, qush yoshi ortgan sari bu o`simta kichrayib boradi. Oshqozon va jigarga yaqin joyda to`q qizil rangli kichkina taloq joylashgan. Ko`pchilik qushlar, deyarli kun bo`yi oziqlanib, haddan tashqari ko`p ozuqa yeydi. Ularning hayoti doimiy harakatda, tinimsiz faoliyatda o`tadi, uni tiklashga ko`p energiya sarflanadi. Shuning uchun qushlar organizmi kuchli oziqlanishga ehtiyoj sezadi. Ozuqani tez hazm bo`lishi va ichak ozuqadan tez-tez bo`shalib turishi qushlarni ortiqcha yukdan xalos qiladi.
Download 491.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling