Quyidagi topshiriqni bajarib hemis tizimiga joylashtiring


Download 17.51 Kb.
Sana09.06.2023
Hajmi17.51 Kb.
#1476633
TuriПрезентация
Bog'liq
HEMIS SI ON


Quyidagi topshiriqni bajarib HEMIS tizimiga joylashtiring.
Topshiriqni bajarishdan oldin berilgan topshiriqlarni, ma’lumotni va namunani oxirigacha ko’rib, o’qib chiqsangiz topshiriqni bajarishingiz osonlashadi!
Topshiriq: Quyida taqdimot tayyorlash uchun mavzular ro’yxati berilgan. O’sha mavzular asosida taqdimot (Презентация) tayyorlab HEMIS tizimiga joylashtiring.
Eslatma: Har bir talaba mavzuni ixtiyoriy ravishda tanlab oladi va taqdimot tayyorlab HEMIS tizimiga joylashtiradi. Bitta mavzuni faqat bitta talaba tanlashi mumkin, ya’ni ikkita talaba bitta mavzuni tanlashi mumkin emas. Har bir talaba vazifani o’zi bajarishi kerak. Agar bir nechta talabalarning bajargan ishi bir xil bo’lsa, ularning bajargan vazifasiga ball qo’yilmaydi. Taqdimot faqat o’zbek tilida tayyorlanadi chunki darslar o’zbek tilida o’tilgan!
Taqdimot tayyorlashga qo’yiladigan talablar quyidagilardan iborat:

  • Taqdimot hajmi 15 ta slayddan kam bo’lishi mumkin emas

  • Kamida mavzuga oid 3 ta reja tuziladi va har bir reja keng yoritilib berilishi kerak

  • Har bir slayddagi ma’lumot to’liq yoritilishi kerak, ya’ni har bir slayd yozuv va slaydagi yozuvga oid rasmlardan iborat bo’lishi kerak. Slaydlarning faqat yozuv yoki faqat rasmdan iborat bo’lishi vazifaga qo’yiladigan bahoning pasayishiga olib keladi.

  • O’qituvchi tomonidan vazifani baholashda taqdimot hajmiga, taqdimot sifatiga, mavzuga oid rejalarning to’g’ri tuzilishiga va rejalarning keng yoritilib berilishiga e’tibor qaratiladi.


Taqdimot tayyorlash uchun mavzular:
1. O’zbekistonda sun'iy intellektga oid qonunlar va Prezident Farmonlari
2. Sun'iy intellekt texnologiyalarining foydali va zararli tomonlari
3. OpenAI kompaniyasi va uning rivojlanish bosqichlari
4. Menejmentda (boshqaruv tizimida) sun'iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish
5. Biznes boshqaruvida sun'iy intellekt texnologiyalarini qo'llash
6. Sun'iy intellektning ijtimoiy tarmoqlarda qo'llanilishi
7. Ta'lim sohasida sun'iy intellekt texnologiyalarining qo'llanishi
8. OpenAI kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan sun'iy intellekt mahsulotlari
9. Sun'iy intelletk mahsulotlari ishlab chiqaradigan kompaniyalar
10. 2023-yilda 100 ta eng yaxshi sun’iy intellekt (AI) kompaniyalari
11. Sun’iy intellektda Big Datadan foydalanishning o’rni
12. Sun'iy intellektda algoritimlarning qo'llanilishi va ularning turlari
13. Sanoatda (ishlab chiqarishda) sun'iy intellektning qo'llanilishi
14. Marketingda sohasida sun'iy intellekt texnologiyalarining qo'llanilishi
15. Machine Learning va uning vazifalari
16. Data Science va uning vazifalari
17. Biznes intellekt va uning vazifalari
18. Soliq tizimida sun'iy intellekt texnologiyalarining qo'llanilishi
19. Elektron tijoratda sun'iy intellekt texnologiyalarining qo'llanilishi
20. Googledagi sun’iy intellekni texnologiyalari
21. Bank sohasida sun’iy intellektni qo’llash texnologiyasi
22. Moliyaviy sohalarda sun’iy intellekni texnologiyalaridan foydalanish
23. Elektron hukumat tizimida sun’iy intellektni qo’llash
24. Elon Mask tomonidan ishlab chiqilayotgan sun'iy intelekt texnologiyalari
25. Logistika sohasida sun'iy intellekt texnologiyalarining qo'llanilishi
26. Buxgalteriya sohasida sun'iy intellekt texnologiyalarining qo'llanilishi
27. Sun'iy intelekt orqali ishlaydigan aqlli ilovalar
28. Robototexnika sohasida sun'iy intellektning qo'llanilishi
29. Sun’iy intellektning O’zbekistonda rivojlanishi
30. Chatbotlarda sun'iy intellektning qo'llanilishi
31. CRM tizimida sun'iy intellektni qo'llash
32. SAP tizimida sun'iy intellektni qo'llash
33. MRP tizimida sun'iy intellektni qo'llash
34. Biznesni avtomatlashtirishda sun'iy intellektning o'rni
Download 17.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling