Quyosh oy va yulduzlar
Download 59.05 Kb.
|
QUYOSH OY VA YULDUZLAR
QUYOSH OY VA YULDUZLAR.Reja: 1. Quyosh sistemasining o’lchami va a’zolari. 2. Planetalarning konfiguratsiyasini va ko’rinishini shartlari. 3. Kepler qonuni. 1. Kuzatiladigan osmon hodisalarini to’g’ri tushunish asrlar oma vijudaga keldi. Biz astranomiya fani qadimgi Misr, Xitoy, Vavilon kabi davlatlarda rivojlanganligi to’g’risidagi ma’lumotlarga egamiz. Milloddan aval IV asrda mashur yunon olimi Arestotel tomondan yerning shar shaklida ekanligiga isbotlagan, kishilar ongiga koinotning markazida qattiq yer shari joylashib, uning atrofida yulduzlar va osmon joylashadi va aylanadi degan fikrlar hukumron bo’lgan.Eramizning II asrida qadimgi grek olimi Klavdiy Ptolomey ishlab chiqqan olamning geisentrik sistemasi: U olamning markazi atrofida hamma yoritkichlar aylanadigan sharsimon, qo’zg’almas Yerni “joylashtirdi”. XVI asrda buyuk polyak olimi Nikolay Kopernik yerni oddiy planetalar qatoriga qo’yib, uning Quyoshdan uzoqligi jihatdan uchinchi o’ringa turishini fazoda boshqa planetalardek Quyosh atrofida aylanishini ko’rsatib berdi. Kapernik geliosentrik nazariyaning asoschisi. Bu nazariyani italyan olimi Galeley.G Teleskopni birinchi marta osmonga qaratgan astranom isbotladi. Masalan u Venerani kashf etdi, u Oyda dog’lar borligini va Yupiterning to’rtta yo’ldoshi borligini kashf etdi. Galeley quyosh atrofidagi dog’larni topgan, bu dog’larning siljitishiga qarab Quyosh o’z atrofida aylanishini isbotladi. Olam tuzilishining geliosentrik nazariyasi mashur italiyan olimi faylasuf Sherdano Bruno (1548-1600) tomondan rivojlantrildi. O’rta Osiyolik buyuk olimlar ham o’z zamonasining buyuk munajimlari dab tan olingan va hozirgi kunda bu nazariyani astranomik kuzatishlar asosida isbot qilindi. Muhamad Muso al-Xorazmiy (787-850) uning eng yirik asari astranomik “Zij” kitobidir, Abu Rayhon bu asarni sharhlashda uchta asrni bag’ishladi. Ahmad al-Farg’oniy (797-865) ning hozirgi kunda 8 ta asari ma’lum bo’lib ularning hammasi astranomiya sohasida bag’ishlangan “Samoviy harakatlar va umumiy ilmu hujum kitobi” “Oyning Yer ostida va Yer ustida bo’lish vaqtlarini aniqlash haqidagi risola” “Quyosh soatini yasash haqidagi kitob” kabi asarlarida osmon jismlarining harakat qonunini asosladi. Abu Rayhon Beruniy (973-1048) u geliosentrik nazariyani quvatladi, teleskopsiz elastikaning og’masini va Yer aylanishining 40000 km ga tengligini aniqladi. Ulug’bek Umar Xayom kabi olimlari osmon jismlari harakatini o’rganib Quyosh yili kalendarini tuzdilar. (Vaqt va kalendar mavzusida to’liq ma’lumot berilgan). Quyosh atrofida 9 ta planeta yo’ldoshlari bilan, shuningdek Mars va Yupiter orbitalari orasida ko’plab mayda osmon jismlari (kometalar, metior, ostreoidlar) harakat qiladi. Quyoshning diametri Yerning diametridan 109 marta, massasidan 333000 marta ortadi. Hamma planetalarning massasi Quyosh massasining 0,1% ni tashkil qiladi. Shuning uchun Quyosh atrofidan uning a’zolari harakat qiladi. 2. Planetalar: Yer va Quyosh bir-birlariga nisbatan o’ziga xos joylashuvi planetalarning konfigurasiyasi deb ataladi. Planetalar ichki va tashqi planetalarga bo’linishi mumkin. Ichki planeta yer bilan quyosh oralig’ida yoki Quyoshning orqasida bo’lishi mumkin. Agar Merkuri va Venera Yer bilan Quyosh oralig’idan o’tayotganda ularning proeksiyalari quyosh gardishiga tushgsa, u holda ular Quyosh gardishida kichkina qora doira bo’lib ko’rinadi.Bu hodisa 7-8 yida sodir bo’ldi Agar planeta bilan quyosh orasida yerning turishi ro’para turish deyiladi. Planetalarning quyosh atrofida yulduzlarga nisbatan aylanish davri yulduz yoki sederik davr deyiladi. Planetalarning ikkita ketma-ket sodir bo’ladigan bir xil konfiguratsiyalari, masalan ketma-ket ikkita qo’shilmasi orasida o’tadigan vaqt aniqlanadi. Bundan davrni aylanishning sinadio davri deyiladi. Yerning burchak tezligi Marsning burchak tezligi :T- 1 yilda sutkalar soni T-yulduzlar davri yoki ichki planetalar uchun qo’yidagicha yozamiz. Formuladan foydalanib Veneraning sinodik davri 584 sutka. Marsning sinodik davri 780 sutka ekanligini topish mumkin. Planetalarning harakat qonunini kashf etgan atoqli nemis olimi Kaplerning (1571-1630) xizmati katta. U planetalar harakatini 3-ta qonunini yaratdi. 1- qonun: Har bir planeta elips shaklida aylanadi va elipsning fokuslaridan birida Quyosh turadi planetalarning quyoshga eng yaqin nuqtasi A peregiley, eng uzoq nuqtasi D esa afeley deyiladi. b=o bo’lsa planeta aylana bo’ylab harakat qiladi. 2 -qonun: Planetalarning radius vektori teng vaqtlar ichida teng yuzalar chizadi. AH>CD. 3- qonun: Planetalarning Quyosh atrofida yulduzlarga nisbatan aylanish davri kvadratlarning nisbati orbitalari katta yarim o’qlarning kublari nisbatiga teng. Yer orbitasining katta yarim o’qi masofalarning astranomik birligi sifatida qabul qilingan. . Mustahkamlash. a) Ptolemey nazariyasi bo’yicha Quysh sistemasining tuzilishi to’g’risida ma’lumot bering? - Ptolemey tasavvuricha olam tuzilishining geotsentrik sistemasi markazda qo’zg’almas Yerni joylashtirdi atrofida planetalar, Quyosh va yulduzlar joylashgan deb tushintirdi. 2. Kopernikning geliotsentrik nazariyasi to’g’risida ma’lumot bering. - Polyak olimi N. Kopernik geyliotsetrik nazariya asoschisi hisoblanadi. Bu nazariyaga asosan markazda Quyosh uning atrofida planetalar va shuningdek Quyoshning o’z o’qi atrofida aylanishini aytdi. Kopernikning nazariyasini Galiley isbotladi. 3. Quyosh sistemasida harakat qiladigan planetalarni bir boshdan sanang. - Merkuriy, Venera, Yer, Mars, Yupiter, Saturin, Uran, Neptun, Pluton. 4. Quyosh sistemasi otrofidan yana qanday osmon jismlari harakat qiladi. - Quyosh sistemasi atrofidan, ya’ni Mars va Yupiter orbitasi oralig’ida mayda osmon jismlari kometalar, meteor, astroitlar harakat qiladi. 6. Planetalarning konfiguratsiyasi deb nimaga aytiladi? - Planetalar, Yer va Quyoshning bir-birlariga nisbatan o’ziga xos joylashishlari planetalarning konfiguratsiyalari deb ataladi. 7. Planetalar aylanishining sinodik va sideyrik davrlari deb nimaga aytiladi? - Planetalarning Quyosh atrofida yulduzlarga nisbatan aylanish davri yulduz yoki siderik davr deyiladi. - Ketma-ket ikkita ro’para turish orasida o’tadigan vaqt sinodik davr deyiladi. Quyosh Quyosh – Yerga eng yaqin bo‘lgan qizib yotgan yulduz – olov shardir. U Quyosh sistemasining o‘rtasida joylashgan. Quyosh – Yerdagi yorug‘lik va issiqlik manbai. Uning atrofida 8 ta sayyora aylanib turadi. Bular - Merkuriy, Venera, Yer, Mars, Yupiter, Saturn, Uran, Neptun, Pluton sayyoralaridir. Sayyoralarning yulduzlardan farqi shuki, ular nur sochmaydi, Quyoshdan tushgan nurni qaytaradi, xolos. Olimlar murakkab asboblar, har xil teleskoplar yordamida sayyoralar va ularning yo‘ldoshlari asosan bir xil moddalardan tuzilganini aniqlashgan. Ular ham Yerda uchraydigan moddalardan tuzilgan ekan. Sayyoralarning yulduzlardan yana bir farqi shuki, ular koinotdagi o‘z o‘rinlarini o‘zgartirib turadilar. Oy Oy – Yerning tabiiy yo‘ldoshi, Oy o‘zidan nur sochmaydi, Quyoshdan tushgan nurni qaytaradi. Oy Yer atrofini deyarli bir oyda bir marta aylanib chiqadi. Yer, Quyosh va Oyning osmonda bir-biriga nisbatan joylashgan o‘rniga qarab u bizga har xil ko‘rinadi. Bizga Oyning Quyosh nuri bilan yoritilgan qismigina ko‘rinadi. Agar diqqat bilan qarasangiz yangi Oy o‘roq shaklida bo‘ladi. Endi eslab qoling: yangi Oy kechqurun Quyosh botganda g‘arb tomonda ko‘rinadi, eski, tugayotgan Oy esa erta tongda Quyosh chiqmasdan sharq tomonda ko‘zga tashlanadi. Agar Oy doira shaklida bo‘lsa, to‘lin Oy deyiladi. Oyning 14-15-kunlari to‘lin Oy bo‘ladi. Oy tutilishi to‘lin Oy kunlariga to‘g‘ri keladi. Oy, Yer, Quyosh osmonda bir chiziqqa to‘g‘ri kelib qolganda Oy tutiladi. Quyosh va Oyning Yerni tortishi natijasida dengiz hamda okeanlarda davriy ravishdasuv qalqishi, ya'ni suvning ko‘tarilib, pasayishi ro‘y beradi. Suvning ko‘tarilib qaytishi Quyosh tortishiga nisbatan Oy tortganda ikki baravar kuchli bo‘ladi. Odamlar osmon jismlarini kuzatish natijasida Oy va Quyosh taqvimlarini tuzishni, quruqlik va okeanlarda turgan joylarini aniqlashni, Yerning kattaligi va shaklini belgilashni o‘rganib olishgan. Download 59.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling