Reja: Qadimgi Yunonistonlik olimlar. O’rta Osiyolik geograf olimlar
Download 21.65 Kb.
|
Geograf olimlarr
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’rta Osiyolik geograf olimlar.
- Yevropalik geograflar.
- Foydalanilgan adabiyotlar.
Reja: 1. Qadimgi Yunonistonlik olimlar. 2. O’rta Osiyolik geograf olimlar. 3. Yevropalik geograflar. Qadimgi Yunonistonlik olimlar. Qadimgi Yunoniston ilm-fan va madaniyatning o’chog’i bo’lib, ko’plab olimlar yetishtirgan zamindir. Erotosfen, Ptolomey, Strabon kabi olimlar geografiya fanining shakllanishida katta xissa qo’shgandirlar. Quyida ular bilan batafsil tanishib chiqamiz. Erotosfen – miloddan avvalgi III asrlarda yashagan va ijod qilgan. Iskandariya va Afina shaharlarida tahsil olgan. Erotosfen Yerning birinchi xaritasini tuzgan olimlardan biri bo’lgan. Uning xaritasida Yevropaning janubi, Osiyoning Janubi-g’arbiy qismi va shimoliy Afrika hududlari tasvirlangan. Strabon – miloddan avvalgi 64-yilda Amaseya shahrida tug’ilgan deb tahmin qilinadi. Miloddan avvalgi 44-yilda Rimga ko’chib o’tgan. Umri davomida Rimda ko’p vaqt yashagan. Misrga, Kichik Osiyoga va Efiopiyaga sayohat qilgan. Ko’p vaqtini Iskandariyadagi kutubxonada o’tkazgan, “Geografica” nomli asar yozgan. Bu asarda o’sha vaqt haqidagi qimmatli geografik ma’lumotlar mavjud. Strabon o’zining “Geographica” asarida qadimgi O’rta Osiyo geografiyasi, unda yashagan qabilalar va ularning urf-odatlari, tili, Buyuk Ipak Yo’li o’tgan joylar haqida qimmatli ma’lumotlarni yozib qoldirgan.Bu esa qadimgi O’rta Osiyo qanday bo’lganligi to’g’risida taassavurlar beradi. Ptolomey – milodiy II asrda yashagan. U nisbatan mukammalroq xarita yaratadi. Bunda Yevropa, Osiyoning katta qismi, Shimoli-sharqiy Afrika tasvirlangan. U ham “Geografiya” nomli asar yozgan. Ptolomey o’z asarida nafaqat dunyo xaritasini balki, o’sha davrning yirik shaharlaridan bo’lgan Rimning xaritalari va xaritalardan foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar bergan. O’rta Osiyolik geograf olimlar. O’rta Osiyolik olimlar ham geografiya fanida ko’plab ishlar qilganlar. Bu olimlar qatoriga Muhammad al-Xorazmiy, Ahmad Farg’oniy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Nosir Xisrav, Mahmud Qoshg’ariy kabi allomalar kiradi. Bu olimlar bilan birma-bir tanishib chiqamiz. Muhammad al-Xorazmiy Xorazmda 780-yilda tug’ilib Bag’dodda 847-yilda vafot etgan. Xorazmiy “Surat al-arz” ya’ni “Yerning surati” nomli asar yozgan ushbu asarda turli xaritalar va geografik koordinatalar berilgan. Ahmad Farg’oniy Bag’dod observatoriyasi hodimi bo’lgan. U Xorazmiyning zamondoshi bo’lgan. Farg’oniy geodeziyaga oid kitoblar yozgan. “Al-Komil fil-usturlob” (“Usturlob to’g’risida mukammal ma’lumot”), “Fi sanoat al-Usturlob” (“Usturlob san’ati to’g’risida”), “Yetti iqlim” kabi kitoblar shular jumlasidandir. Farg’oniy astronomiyaga oid asarida geografiyaga katta o’rin berilgan bo’lib, unda iqlimlar va mamlakatlarning joylashishi to’g’risida ma’lumotlar berilgan. Farg’oniy 861-yilda Nil sathini o’lchaydigan asbobni tuzatish va o’rnatish uchun Fustot shahriga borgan. Abu Rayhon Beruniy geografiyaga katta hissa qo’shgan olimlardan. Beruniy o’z davrining mukammal bo’lgan Yerning shimoliy qismi tasvirlanga 5 metrlik globusni yasagan. Abu Rayhon Beruniy geografiya va geodeziyaga oid 12 ta, kartografiyaga oid 4 ta, iqlim va ob-havoga oid 3 ta, mineralogiyaga oid 3 ta asar yozgan. Beruniyning “Hindiston” asarida Yer to’g’risida tasavvurlar, quruqlik chegaralari, dengizlar, Hindiston tabiati kabi qimmatli ma’lumotlar mavjud. “Mineralogiya” asarida olmos, marvarid, Badaxshon lali, qahrabo, temir kabi bandlari mavjud. Ushbu asarda foydali qazilma konlarning tarqalishi to’g’risida, qaysi tosh, qaysi tog’, qaysi vodiydan qazib chiqarilishi to’g’risida ma’lumotlar berilgan. Nosir Xisrav 7 yil davomida sayohat qilib, 15 ming km masofani bosib o’tgan. U o’nlab kitoblar yozgan. Asosiysi “Safarnomai Nosiri Xisrav” asaridir. Bu asarda turli mamlakatlarning qazilma boyliklari, savdo-sotig’i, urf-odatlari, tarixiy binolari haqida ma’lumotlar mavjud. Mahmmud Qoshg’ariy “Devoni lug’ati turk” asarini yozgan. Unda ko’plab Shahar nomlari va geografik terminlar, obyektlar ketirilgan. Dunyo xaritasini tuzgan. Yevropalik geograflar. 1492-yilda Xristofor Kolumb dengiz yo’li orqali Hindistonga Yerni aylanib o’tish orqali bormoqchi bo’ladi, ammo boshqa bir quruqlikni kashf qiladi. 5 marotaba borganida ham Amerika qit’asini Hindiston deb o’ylagan bo’lsa ham, buyuk gegrafik kashfiyotlar davrini boshlab beradi.Lekin Amerigo Vespuchi bu yangi qit’a ekanligini isbotlab berdi. Uning sharafiga qit’aning nomi Amerika deb qo’yildi. 1497-yil 8-iyulda Lissabondan to’rtta kemadan iborat flot suzib ketadi.1498-yilda portugaliyalik dngizchi Vasko da Gama Atlantika okeani orqali Hindistonga boradigan dengiz yo’lini ochadi. 1519-1522-yillarda Fernand Magellan boshchiligidagi ekspeditsiya Yer sharini bir marotaba aylanib chiqadi.F.Magellanning o’zi Maktan orolida mahalliy aholi bilan bo’lgan to’qnashuvda halok bo’ladi. Hamrohlari ekspeditsiyani yakunlaydi. Natijada dunyo okeani mavjudligi, Yer dumaloq ekanligi va ko’p qismini suv qoplanganligi aniq bo’ladi. Tinch okeaniga ham F.Magellan nom bergan. 1605-yilda esa V.Torres boshchilik qilgan ekspeditsiya Avstraliya materigini kashf qiladi. Golland dengizchisi V. Barens 1594-yil Novaya Zemlya orolining gʻarbiy qirgʻogʻini va 1596-yil Shpitsbergen orolini aylanib chiqdi. 1820-yilda F.F.bellingauzen va M.P.Lazerev boshchilidagi rus ekspeditsiyasi Antarktida materigini kashf qilishdi. Keyinchalik R.Amundsen va R.Skot Janubiy qutbga yetib borganlar. Hozirda janubiy qutbda Amundsen-Skot nomidagi ilmiy stantsiya joylashgan. Bu kabi sayohatlar natijasida Yer shari deyarli to’liq o’rganilib chiqildi. Juda qimmatli ma’lumotlar yig’ildi. Xaritalar mukammallashtirildi. Bu geograflar geografiya fanining rivojlanishida xizmatlari katta. Foydalanilgan adabiyotlar. H.Hasanov “Sayyoh olimlar” Toshkent. 1981-y. “O’qituvchi” Britanica ensiklopediyasi. www.wikipedia.org www.google.com Download 21.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling