R ashidova Surayyo Yorqin qizi


Download 1.87 Mb.
Sana28.02.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1236179
Bog'liq
Rashidova Surayyo Yorqin qizi


R ashidova Surayyo Yorqin qizi
Men 16.08.2000-yilda Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani ziyoli oilada tug'ildim . Hozirgi kunda Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy Universiteti , Jurnalistika fakulteti 3-bosqich talabasi safida tahsil
olib kelmoqdaman .


(Quyidagi ijodiy ish muallif kuzatuvlari va ijtimoiy hayot haqidagi qisqacha tasnifi )


"Nega meni tushinmaydilar"

So‘zimni qanday tushinishingizga bog‘liq. Jismoniy o‘lim-oddiy va siyqasi chiqqan holat. O‘limning dahshatli ko‘rinishi mavjud: bu o‘ziga xoslikni yo‘qotish, o‘z muhitidan tashqariga chiqolmaslikdir...


Atrofingga boq, odamlar bilan suhbatlash, diqqat bilan kuzat. Kamida ularning 60% i ruhan tirik murdalar ekanligini ko‘ryapsanmi? Ularning soni yildan yilga oshib bormoqda. Ular ichki his va tug‘yonlaridan mahrum bo‘lgan, bir xil hayotga o‘rgangan itoatkor, o‘z qiyofasini yo‘qotgan odamlar. Ularning istaklari va fikrlari bir xil va so‘zlashadigan mavzulari ham bir xildir.
Odamni karaxt qiluvchi "tazyiq ustidagi milliy sarqitga ega tarbiya "dir.
Men ana shu tarbiyadan nafratlanaman. Chunki shunaqa tarbiyalandim. To‘g‘ri, bola tarbiyasi juda ham nozik, ko‘p e'tibor talab qilinadigan holat lekin doimo me'yor bo‘lishi kerak.
Gap-so‘zlarimdan nimaga urg‘u berayotganimni sezgandirsizlar. Ha, men ota-ona va farzand o‘rtasidagi muammolarni nazarda tutdim. Oilamga tashqi tarafdan nazar solsangiz, go‘yoki, kumush tangachalar bilan bezatilgan, ko‘zni qamashtiruvchi koshonaga o‘xshaydi. Koshona ichidagi odamlar doimo yuzi kulib turadigan, sho‘x-shodon, bekamu-ko‘st, g‘am-tashvishi yo‘qdek ko‘rinadi. Aslida har doim ham bunaqa bo‘lavermaydi, chunki hamma narsaning o‘z asliyati bor. Xuddi mening oilamdagidek. 2 tarafdan ancha obro‘li ziyoli, o‘qimishli oila qiziman.
U bu joyga borganda odamlar doimo onamni, otamni haqqiga duo qilib, farzandlari ham tarbiyalida deb maqtab qo‘yishganini eshitaman. Ba'zida bundan xursand bo‘laman, ba'zida esa o‘zimni begonadek tutaman.
Ota- bir so‘z bilan aytganda juda ma'sulyatli, "tilla suvi yugirtirilgan og‘ir zalvorli toj" misolidir, chunki mening otam shunga o‘xshaydi. Ya'ni obro‘ga ega, o‘qimishli "naqadar mehri sovuq mehribon va quyosh misoli mehr ninalari bilan charaqlab turadi".
Men otani shunaqa tasavvur qilaman.

Yoshligimni elas-elas eslayman salgina sho‘xlik qilsam, otamdan tanbeh eshitishlarim, ularning ruxsatisiz soatlab burchakda turib jazolanishim, ovqatni to‘kmasdan, chalpillamasdan yeyish kerakligi haqidagi xotiralar esga tushadi.


Bu tanbehlar balki yaxshilikka xizmat qilgandir deb o‘ylayman, ba'zida "rahmat" deb minnatdor ham bo‘laman.
Tanbehlarning ildizi shu qadar mustahkamki, tilimning uchida chandiqlari bordek go‘yo.
Uyimda doimo janjal yuragim shu qadar siqilib ketganidan tipirchilaydi, Xudodan yig‘lab so‘raydi: " tinchlanishsin, onam yig‘lamasin" deb
Hamma narsamiz bor, kamchilik yo‘q lekin har kun janjal, o‘ylab o‘yimga yetolmayman ba'zida.
Shu yoshimgacha otamga biror fikrim qiziq bo‘lmagan, doimo tanbeh eshitardim (haq bo‘lgan kezlarim ham) bir men emas opam va ukam ham.
To‘g‘ri bizga iqtisod jihatdan qarashadilar lekin bizga mehr, samimiy e'tibor kerak. "Ota" kerak.
Inson borini qadrlamaskan, yo‘g‘ida qadrlarkan.
Hozirgi holatimda mayli otam e'tiborsiz, mehrsiz bo‘lsa ham, uyda har kun janjal qilsa ham roziman degan o‘ylar o‘tmoqda. Ming qattiqqo‘l bo‘lsa ham u barbir ota ekan.
Tosh bilan qoplangan yuragimda "ota" nomli bahoriy hislarni oz bo‘lsada uyg‘otganing uchun senga tashakkur "Ajralish sudi" !!!
Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling