Radioelektronika asoslari
Download 0.91 Mb.
|
ODINA 21.10..7 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: Elektr o`lchov asboblari va elektr o`lchashlari.
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI FARG`ONA DAVLAT UNIVERSITETI FIZIKA KAFEDRASI FIZIKA yo`nalishi 21.10– guruh talabasi Abilqosimova Odinaning “RADIOELEKTRONIKA ASOSLARI” Fanidan MUSTAQIL ISHI Mavzu: Elektr o`lchov asboblari va elektr o`lchashlari.Fizika va texnikada uchraydigan miqdorlarni o’lchash uchun turli birliklar sistemasi mavjud. Fizikada ko’pincha absolyut birliklar sistemasi ishlatiladi; elektr va magnit miqdorlarini o’lchashda absolyut elektrosatik birliklar (santimetr, gramm, sekund SGS 0 va absolyut elektromagnit SGS 0) sistemalari ishlatiladi. Elektrotexnikada esa xalqoro birliklar sistemasi (SI) ishlatiladi. Absolyut elektromagnit sistemaga qaraganda internosional birliklar sistemasi ancha qulay. Masalan, Shaxar tarmog’idagi 220 volt kuchlanish absolyut elektromagnit sistemasida yezilsa 22000000000 sonini ishlatgan bo’lardik . 3-jadvalda turli elektr va magnit miqdorlarining SI va SGS sistemalaridagi birliklarining nomi va belgilanishi ko’rsatilgan. Jadvalda SGS birligining qancha SI birligining teng bo’lishi koeffisentlar ravishida ko’rsatilgan. Bundagi S0 2,998 31010 sm / sek-yorug’likning bo’shliqdagi tezligi. Biron birlikni ishlatishda shu birlikni ifodalaydigan moda, jism va tuzilishlar asos qilib olinadi va ular etalon deb ataladi. Tajribada hamma birliklardan etaloni bo’lishi shart emas. Masalan, uzunlik va vaqt birliklari etaloniga asoslanib boshqa juda ko’p birliklarni chiqarish mumkin. Shunga o’xshash butun elektr va magnit miqdorlarni o’lchash uchun Om va volt etolonlari kifoya. Ammo, Om va volt etolonlarini vaqt, uzunlik va massa birliklaridan etolonlari bilan taqqoslab bo’lmaydi. Shuning uchun yana induktivlik etoloni va amper tarozisi ishlatiladi. Kundalik elektr o’lchashlarda elektr miqdorining o’lchamlari ishlatiladi. Buning o’lchamlari tarozi toshlari (qadoq toshlar) singari turli miqdorlarni taqqoslash uchun ishlatiladi. Turli elekt va magnit miqdorlarni o’lchaydigan asboblardan ishni kontrol qilish va tekshirish ishlarida shunday o’lchamlarga asoslaniladi. Elektr yurituvchi kuchning o’lchami tarzida normal elementlar, qarshilik o’lchash uchun namuna qarshilik g’altaklari, noreaktiv karshilik g’altaklari va qarshiliklar magazinlari ishlatiladi. Havo kondensatorlari, slyudali kondensatorlar, sig’im magazini sig’im o’lchamlari sifatida ishlatiladi. Induktivlik o’lchash g’altaklari induktivlik o’lchami sifatida ishlatiladi. Elektr o‘lchash vositalari deganda elektr, magnit, noelektrik kattaliklarni, elektr zanjir parametrlarini o‘lchashda qo‘llaniladigan qurulmalar majmuasiga aytiladi. Elektr o‘lchash vositalari ularni bajaradigan funksiyasiga qarab quyidagi guruhlarga bo‘linadi: o‘lchovlar, etalonlar, o‘lchash o‘zgartkichlari, o‘lchash asboblari, o‘lchash qurilmalari va axborot-o‘lchash tizimlari. O‘lchov deb kattalikning aniq bir qiymatini hosil qiladigan (tiklaydigan), saqlaydigan texnik vositaga aytiladi. O‘lchovlar o‘zgarmas va o‘zgaruvchan qilib ishlanadi, ya’ni bir qiymatli, masalan: qarshiligi 0,1 Om bo‘lgan g‘altak yoki normal element, tarozi toshi, o‘zgarmas yoki bir qiymatli o‘lchovdir; har xil sig‘imni olishga imkon beruvchi o‘zgaruvchan sig‘imli kondensator esa o‘zgaruvchan, ya’ni ko‘p qiymatli o‘lchovdir. Bir qiymatli o‘lchovlar birikmasi o‘lchovlar to‘plamini tashkil etadi. Standart namunalar va namunaviy moddalar ham o‘lchovlar turkumiga kiritilgan. OMMETR AMPERMETR VOLTMETR O‘lchanadigan kattalikning xarakteriga qarab, o‘lchash o‘zgartkichlari quyidagi turlarga bo‘linadi: 1. Elektr kattaliklarni yana elektr kattaliklarga o‘zgartiruvchi o‘zgartkichlar. 2. Noelektrik kattaliklarni elektr kattaliklarga o‘zgartiruvchi o‘zgartkichlar. 1-turdagi o‘zgartkichlarga masshtabli (shunt qarshiligi, qo‘shimcha rezistorlar, kuchlanish bo‘lgichlari, o‘lchash tok va kuchlanish transformatorlari, kuchaytirgichlar va h.k.) o‘zgartkichlar hamda to‘g‘irlagichli o‘zgartkichlar (yarimo‘tkazgichli elementlardan ishlangan (diodli) o‘zgartkichlar) kiradi. 2-turdagi o‘lchash o‘zgartkichlariga noelektrik (elektrmas) kattaliklarni (masalan, mexanik, issiqlik, kimyoviy, optik va boshqa turdagi) elektr kattaliklariga (tok, EYK, qarshilik kabi) o‘zgartiruvchi o‘zgartkichlar datchiklar deb yuritiladi va o‘lchanayotgan kattalikning turiga qarab tegishli nomlarga ega bo‘ladi. Masalan, bosim datchigi, moment datchigi, siljish datchigi, sath datchigi, issiqlik datchigi va h.k. Ta’kidlab o‘tilgan parametrik o‘lchash o‘zgartkichlarida kirishdagi signal (mexanik siljish, bosim, og‘irlik kabi) bo‘lib, chiqishdagi esa faqat elektr signali (elektr qarshiligi, elektr sig‘imi, elektr yurituvchi kuch va boshqalar) bo‘ladi. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling