Rahbarlik ishini tashkil etish mahorati


Download 23.3 Kb.
Sana18.01.2023
Hajmi23.3 Kb.
#1099415

Rahbarlik ishini tashkil etish mahorati

Raxbarlik va tadbirkorlik faoliyatini jamiyatga ma’kul darajada olib borish uchun yuqorida aytilganlar hali yetarli emas. Buning uchun rahbar turli xildagi muassasalar bilan o‘zaro ma’lum munosabatlarga kirishishi, hamkorining ko‘ngli- ga yul topa olishi zarur. Bu haqda rahbarlik ilmining naza- riyotchilaridan biri Deyl Karnegi shunday degan: «Siz sheri- gingiz bilan u qiziqqan masalalar yuzasidan gaplashing, shun- da ishingiz baroridan keladi». Odatda ko‘pchilik rahbarlar aniq maqsadni ko‘zda tutgan, uni qiziqtirgan muammolarga e’tibor bergan kishini juda qadrlaydi. Rahbar qabul qilgan qaror sherigining manfaatiga ham daxldor bo‘lishi tabiiy Shuning uchun doimo o‘zini hamkorining o‘rniga qo‘yib ko‘rish tamoyiliga tez-tez murojaat qilish foydalidir. Bunda «o‘zing- ga ravo ko‘rgan narsani boshqaga ham ravo ko‘r, o‘zingga ravo ko‘rma- gan narsani boshqalarga ham ravo ko‘rma» degan hikmatli aqidaga amal kilingan bo‘ladi.


Rahbarlarning o‘zaro munosabatlarida yuz beradigan psixologik to‘siqlar


O‘zaro munosabatlarda rahbarlarning bir-birini to‘g‘ri tushuna olishiga imkon bermaydigan, har xil kelishmovchiliklar- ga olib keladigan omillar ham bor. Bunday to‘siqlarning eng ko‘p uchraydigan uch xilini ko‘rsatib o‘tish mumkin. Bular:


1) dastlab ko‘rishganda bir-birini tashki kiyofasi bo‘yicha o‘zidan ustun ko‘rish yoki uni yoqtirmaslik;
2) sherik bilan dastlabki muloqotda uning muhim fikrlariga ko‘shilmaslik va hokazo;
3) dunyoviy tasavvurlari, maqsad va mulohazalari, ijtimo- iy barkarorligi mos kelishi yoki aksincha va hokazo. Xullas, jamoaga rahbar bo‘lish juda qiyin. Jamoa ko‘pchilikni tashkil etadi. Shunday ekan, ularning fikri, dunyoka- rashi, ma’naviyati, xarakteri, ruhiyati ham turlichadir. Rahbar ularning turli-tuman, yaxshi-yomon ishlarini, albat- ga, kuzatib turishi kerak bo‘ladi, toki hech bir ish ularning nazaridan chetda qolmasin. Agar rahbar faqat boshqaruv ish- lariyu, o‘z shaxsiyati bilan band bo‘lib qolsa, qo‘l ostidagi om- mani kuzatishga befarq bo‘lsa, unda bu rahbardan voz kechish lozim. O‘z muassasasi a’zolarining xatti-harakatlaridan vo- qif bo‘lmaslik jamoaning bir necha tarafga bo‘linishiga olib keladi. Bunday rahbar davlatga ham, jamoasiga ham zarar keltiradi.
Rahbarning muomala madaniyati
Rahbarlik mahoratining muhim jihati muomala madaniya- tidir. Yoqimli va muloyim suhbat olib borish tadbirkorlik- da, rahbarlikda katta yutuqqa olib keladi. Bunda quyidagi ma’naviy me’yorlarga rioya qilish zarur:
1. Garchi mulokotda unga nisbatan salbiy his-tuyg‘usini bildirsa ham, rahbarning o‘zini aqlli deb bilishi, nazorat qilinmagan, noo‘rin xatti-harakatlardan o‘zini tiyishi lozim.
2. Rahbar suxbatdosh sherigini tushunishi zarur. Sherikni, mulokotdoshni tushunmaslik har ikki tomon uchun ham ma’kul qarorga kelishga xalaqit beradi. 3. Sherik bilan samimiy muloqotda bo‘lish. Mulokotda sherigi uni eshitishni xohlamasa xam rahbar bir ilojini topib,uning e’tiborini o‘ziga jalb qilishi lozim. Bu o‘rtadagi muno- sabatlarning yaxshilanishiga olib kelishi mumkin.
4. Sherikka aytilgan malumot yetarli asoslarga ega bo‘lishi kerak. Ma’lumot xato yoki yolg‘on bo‘lsa, muloqot muvaffakiyat- siz tugaydi.
5. Rahbar muloqotda sherigiga nasihat qilishdan saklanib, sherik bilan teng do‘stona, ochiq muloqotda bo‘lishi zarur.
6. Tadbirkor rahbar sherigiga ortiqcha gapirib uning vak- tini bekorga olmasligi lozim.
7. Kelishuv natijalari axloqiy me’yorlarga mos kelishi shart. Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, muloqotda ba’zan sheriklarning bir-birini tanqid qilishiga ham to‘g‘ri keladi. Tanqid rahbarlikning yaxshi bo‘lishiga yordam beradigan bo‘lishi, ishga to‘sqinlik qiluvchi emas, balki yaratuvchanlik darajasida ahami- yat kasb etishi lozim. Shu bilan birga rahbarga sherigining e’ti- borini doimo hamkorlikning muhim jihatlariga qaratishga harakat qilish tavsiya etiladi. Xullas, yukorida ko‘rsatib o‘tilgan tamoyil va tavsiyalarga amal qilgan rahbar o‘z faoliyatida doimo ijobiy natijalarga erishib borishi tabiiy.

Rahbar shaxsining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini Professional talablar darajasida o‘rganish


Ushbu tajriba-tadqiqot ishida rahbarlar ekspert sifatida qatnashadi. Bu sa’y-harakatning asosiy maqsadi rahbar shaxsi- ning obyektiv ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini aniklash- dan iborat.


- Har qanday jamiyat rahbarlik tizimi rahbar, rahbarlar gu- ruhi bilan mavjud. Rahbarsiz jamiyatning, jamiyatsiz rahbar- ning bo‘lishi mumkin emas. Har bir jamiyatda uning alohida o‘rni bor. Kelajagi buyuk davlatni munosib rahbarlarga qoldirish uchun, avvalo ishonchli yoshlardan rahbarlar jamoasini tarbiya- lab borish zarur. Yosh rahbar haqiqatni qo‘llaydigan davlatni okilona idora kiladigan, siyosatni, fan yutuqlarini joriy qila- digan, go‘zallikni ko‘ra oladigan, adolatga tayanadigan, hukukiy shi lozim. Rahbarda ishonch, e’tikod intizom tarbiyasi kuchli bo‘lsa, jamiyat tez rivoj topadi. bilimni yaxshilikka da’vat etadigan, inson ruhiyatini (psixolo- giyasini) o‘rgangan, san’atni va adabiyotni xush ko‘radigan bo‘li-


Psixologiya fani har qanday insonning ruhiy olamini, muomalasi va xulkini, insonlararo munosabatini o‘rganadi va o‘rgatadi.


Amaliy psixologiya esa turli soha, kasb-kor egasi, shaxs va shaxslar uyushmasi, jamoa ruhiyatini, ruhiy xususiyatlarini o‘rganadi. Amaliy psixologiyaning yuksalishi bir muncha cheklan- gan. Uning tadqiqot obyekti ma’lum bir guruh kishilar uyush- masi ruhiyatining o‘ziga xos ruhiy xususiyatlarini tadqiq qiladi. Bunda inson keng qamrovli shaxs sifatida tanlanadi. Fanning yutuklariga tayanib, tadqiqot olib boradi. Jamiyat taraq- kiyoti, fan-texnika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, iqtisodiy o‘zgarishlar insonning ruhiy ekologiyasiga turlicha ta’sir qiladi. Shuning uchun yangi hayot bo‘sag‘asiga kadam tashlay deb turgan bo‘lajak rahbarlarning ruhiy olamini tadqiq qilish, o‘rganish davr talabidir. Rahbar tashkilotchi shaxs,tashkilotchilik esa rahbarlikning asosidir. Tashkilotchi, bo‘lg‘u- si rahbar shaxsning tashkilotchilik qobiliyatini o‘rganish bo‘lg‘u- si yoki amaldagi rahbarning fazilatlarini o‘rganish demakdir.


1.10. Raxbarda milliy dunyoqarash va ijtimoiy burch hissining shakllanib borishi


Raxbarlik faoliyati juda sertashvish va ayni paytda mas’u- liyatli sohadir. Hayotning o‘zi bir maromda turmaydi. Rahbar uchun har bir kun qandaydir yangilik, o‘zgarish olib keladi. U esa doim hayotdan bir qadam oldinda yurmog‘i lozim. Jamiyatdagi, odamlar orasidagi mavqeini, obro‘-e’tiborini hurmatini saqlash uchun u tinmay o‘z ustida ishlashi zarur. Muqimlik, turg‘unlik hozirgi sertashvish davr rahbariga to‘g‘ri kelmaydi.


Odamlar ma’naviyatini shakllantirish, yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ular kalbida Va- tanga muhabbat va sadoqatni uyg‘otish, o‘z yurti bilan faxrlanish, turli yot g‘oyalarga qarshi kurashish ruhini shakllantirish, chukur bilimli, mustaqil fikrli insonlar qilib voyaga yetkazish bugungi rahbarning eng dolzarb va ustivor vazifalari hisob- lanadi. Buning uchun rahbar eng avvalo o‘zida milliy dunyoqarash goyasini shakllantirishi kerak. Chunki milliy dunyoqarash g‘oyasi - umumbashariy mohiyatga ega bo‘lgan, odamzotga xos eng yuksak ma’naviy va jismoniy barkamollikni mujassam etgan, uni Hamisha ezgulikka undaydigan olijanob g‘oyadir.


Milliy dunyokarash butun xalqlarni yuksak taraqqiyot sari yetaklaydigan, ularni ma’naviyat va ma’rifat bobida tengsiz yutuklarga ilhomlantiradigan kuchdir. Bugungi kunda rahbar- lik faoliyatida buyuk kelajakni orzu qilmagan, ko‘l ostida ish- layotgan va o‘qiyotgan yosh avlodlarni milliy e’tiqod ruhida tar- biyalab voyaga yetkazish haqida qayg‘urmagan rahbarning kelaja- gi haqida iliq fikrlar bildirish qiyin. Ayniqsa o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarida yoshlarni milliy dunyoka- rash g‘oyasi ruhida tarbiyalash azal-azaldan millatimizning ezgu orzusi, ma’naviyatining uzviy bir qismi bo‘lib kelgan. O‘rta max- sus kasb-xunar kollejlarida ta’lim olayotgan va ularga ta’lim berayotgan bo‘lajak rahbarlar ongiga tashkilotchilik va milliy ma’naviyat mafkurasini singdirish, ta’lim-tarbiyaning turli shakllari orkali amalga oshirib boriladi. Bu jarayonda quyida- gi amaliy vazifalarni nazarda tutish lozim:


-Ta’lim muassasalarida talabalarning yoshiga mos ravish- da milliy mafkura va ma’naviyatni shakllantirishning differen- sial pedagogik-psixologik dasturini yaratish va o‘rgatib borish.


Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi asosida oliy o‘quv yurtla- rida tahsil olayotgan (talabalar va magistrlar) yoshlar ongida milliy g‘oya va milliy mafkurani shakllantirish orqali bo‘lajak rahbarlarni kelajakka psixologik jihatdan tayyorlab borish.


- Litsey, kollej, institut va universitetlarda kichik rah- barlar jamoasini tarbiyalash ishlarini bugungi kun talabla- ri darajasiga ko‘tarish va ularning milliy dunyoqarash bora- sidagi mustakil bilimlarini chuqurlashtirish. - Milliy mafkura bo‘lajak rahbarning qobiliyati, ruhiyati, tafakkuri, ijtimoiy ongi, burchi va dunyoqarashini o‘zgartirib boradigan kuchli vosita ekanligini tushunish.


Rahbarning dunyoqarashi xalqning ishonch-e’tiqodiga, intilish va manfaatlari ifodasiga aylansa, bunday xizmat kutilgan samara beradi. Shuning uchun ham rahbar o‘zining mehnat faoliya- ti jarayonida mafkura sohasidagi targ‘ibot va tarbiyaviy ish- larini, talaba yoshlarning tushunchasi, aql-idroki va tafak- kur darajasini inobatga olgan holda sabr-toqat bilan ma’ri- fiy usullar orqali amalga oshirishi lozim. Shuning uchun ham yangi asr rahbarlarining muhim muammolaridan biri odam va olam o‘rtasidagi psixologik munosabatlarni, uning jamiyat taraqqiyotini boshqarishga mas’ul bo‘lgan armiyasini va boshqa- ruv saloxiyatini tarbiyalab borishdan iboratdir. Shuning uchun insoniyat kelajagiga qo‘yilayotgan eng katta talablardan biri ham jamiyatni boshqaradigan rahbarlar va ularning zahirasi- ni tarbiyalab yetishtirishdir. Bu haqiqatni davlatimiz rahba- ri Islom Karimov quyidagicha ifodalaydi: «Dunyoning demok- ratik qadriyatlaridan bahramand bo‘lishda aholining bilimdon- ligi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Faqat bilimli, ma’rifatli jamiyatgina demokratik taraqqiyotning barcha afzalliklarini kadrlay olishini va aksincha bilimi kam, omi odamlar va rah- barlar avtoritarizm va totalitar tuzumni ma’qul ko‘rishini hayotning o‘zi ishonarli tarzda isbotlamoqda». Prezidentimiz- ning ushbu fikrlariga asoslanib shuni aytishimiz mumkinki, bu- gungi kun rahbarlari uchun foydali qo‘llanmalar, darsliklar, ri- solalar yaratish zarurligini oldimizda turgan muammolar tako- 30 etmokda. Shundagina rahbar o‘z xodimlarining hurmati va ishonchini qozona olishi, ularning iqtidorini rag‘batlantirish va bundan jamoa manfaati yo‘lida foydalanishi talab daraja- sida bo‘lishi mumkin. Ammo eng asosiysi ta’lim muassasalari maktab, kollej, litseylar, oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olayot- gan iktidorli, bo‘lajak rahbarlarga loqayd bo‘lmaslik kerak, chunki ular mamlakatning kelgusi taraqqiyotini belgilab beruv- chi intellektual salohiyatga ega bo‘lgan tashabbuskor rahbarlar zaxirasining vakillaridir. Aynan ushbu psixologik omil bu ma- salani keng tashabbuskorlik bilan amalga oshirishni taqozo qiladi. Rahbarning milliy dunyoqarashi haqida qayg‘urish uning barcha kirralarini namoyon etishga intilish, iqtidorli rahbarlarning imkoniyat, salohiyatlarini ochib berish hayotimizning ajralmas kismi, ustuvor ijtimoiy vazifalaridan biriga aylanmokda.




Rahbarning ijtimoiy burchi haqida qisqacha gapiradigan bo‘lsak, ijtimoiy burch hissi rahbar uchun juda zarurdir, chunki bu inson ruxiyatidagi murakkab va xilma-xil intelektual his- larning ma’naviy mantiqidir. Ular yillar davomida bo‘lajak rahbarda shakllana borib bir-biriga muvofiqlashib bitta his- ga -ijtimoiy burch, o‘z mehnatiga sadoqat hissiga aylanadi. Emotsional kechinmalar va holatlarning hamma turlari har bir kishiga xosdir. Lekin rahbarning emotsional hayoti o‘ziga xos xususiyatga ega. Avvalo, turli kishilarda ijtimoiy burch hissi o‘zining tezligi, kuchli bo‘lishi va barqarorligi jihatdan bir holda bo‘lmaydi. Shunday odamlar borki, ularda ijtimoiy burch xissi sekinlik bilan paydo bo‘ladi, o‘rtacha kuch bilan o‘tadi va barkaror bo‘ladi. Bular «bir maromdagi osoyishta odamlar» hisoblanadi. Ba’zi odamlar aksincha «serharakat», «qizg‘in», «jizzaki» bo‘ladilar. Bularda ijtimoiy burch hissi bekaror bo‘ladi. Bunday odamlarni rahbarlik faoliyatiga tavsiya etib bo‘lmaydi. Rahbarlikka tavsiya qilinadigan odamlarning ruhi- yatida intelektual (aqliy) hissiyotlar eng ko‘p o‘rin oladi. (Bun- day odamlarni rahbarlikka tavsiya etish noto‘g‘ri emas). Ular ijtimoiy mehnat zavqini tadqiqodlar qilishdan, yangilikni bilishdan, tashabbuskorlik, ilm-fan bilan shug‘ullanishdan iborat deb biladilar. Shuning uchun odamda ijtimoiy burchning shakllanib borishi uning tabiatiga, yashayotgan muhitga va qay darajada tarbiyalanganligiga bog‘liq bo‘ladi. Yuqorida aytga- nimizdek, rahbarning ruhiy holatida ijtimoiy burch hissi alo- hida o‘rin tutadi. Rahbarlik faoliyatining intellektual jara- yonlarida mavjud olam, sezgilar, idroklar, tasavvurlar mushohada tariqasida aks ettiriladi. His tuyg‘ular esa odamning o‘z atrofidagi mavjud voqelikka va o‘ziga munosabatida hosil bo‘ladigan tuyg‘ulardir. Bu tuyg‘ular rahbarning quruq mazmunsiz xolati emas, aksincha rahbarda shakllangan akliy jarayonlarning hammasi sezgi va idroklari, xotira, tafakkuri va nutkning xilma-xil emotsional komponentlardan tarkib topib shakllanib boradi.
Download 23.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling