Raqamli iqtisodiyotni ta’lim tizimida integratsiyasi ahamiyati


Download 19.16 Kb.
Sana18.08.2020
Hajmi19.16 Kb.
#126770
Bog'liq
maqola


RAQAMLI IQTISODIYOTNI TA’LIM TIZIMIDA INTEGRATSIYASI AHAMIYATI

Hozirgi davrda raqamli iqtisodiyot va u bilan bog’liq bo’lgan bir qancha samarador texnologiyalar, shu jumladan, elektron tijorat va elektron biznes hayotimizga shiddat bilan kirib kelmoqda. Huddi shuning uchun ham, davlat va jamiyat taraqqiyotini yanada jadallashtirish maqsadida, respublikamiz rahbariyati bir qancha muhim qarorlarni qabul qildi. Masalan, O’zbekiston Respublikasi prezidenti 2020 yil 25 yanvardagi 2020 yil uchun eng muhim ustivor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Muroja’atnomasida mamlakatimizda raqamli iqtisodning rivojlanishi bo’yicha quyidagilarni aytib o’tdi: “Mamlakatimizda ilm-fanni yanada ravnaq toptirish, yoshlarimizni chuqur bilim , yuksak ma’naviyat va madaniyat egasi etib tarbiyalash, raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirish borasida boshlagan ishlarimizni jadal davom ettirish va yangi, zamonaviy bosqichga ko’tarish maqsadida men yurtimizda 2020 yilga “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” , deb nom berishni taklif etaman”.



Raqamli iqtisodiyot– bu jamiyat ne’matlarini ishlab chiqarish, taqsimlash va iste’mol qilish jarayonlarida elektron hamda axborot-kommunikatsion texnologiyalarini keng joriy etishni ko‘zda tutadigan insonning xo‘jalik faoliyatini tadqiq etuvchi sohadir.Raqamli iqtisodiyot atamasi ikki xil turli tushunchalarni ifodalash uchun ishlatiladi. Birinchidan, raqamli iqtisodiyot – bu rivojlanishning zamonaviy bosqichi hisoblanib, u ijodiy mehnat va axborot ne’matlarining ustuvor o‘rni bilan tavsiflanadi. Ikkinchidan, raqamli iqtisodiyot – bu o’ziga hos nazariya bo‘lib, uning o‘rganish ob’ekti, axborotlashgan jamiyat jarayonlari hisoblanadi. Raqamli iqtisodiyot nazariyasi o‘z rivojlanishining boshlang‘ich davridadir, chunki tsivilizatsiyaning raqamli axborot bosqichiga o‘tishi bir necha o‘n yil avvalgina boshlangan.“Raqamli iqtisodiyot” atamasi ilmiy amaliyotga ispaniyalik va amerikalik sotsiolog, axborotlashgan jamiyatning yetakchi tadqiqotchisi Manuel Kastels tomonidan kiritilgan.Raqamli iqtisodiyot tushunchasi bevosita ta’limga ham aloqador bo’lib ta’lim tizimida raqamli texnologiyalarni qo’llashga asoslanadi. Hususan “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”davlat dasturida ta’lim tizimiga raqamli texnologiyalar va yuqori tezlikdagi internetni qo’llash, masofaviy ta’limni yanada rivojlantirish vazifalari qo’yildi.Shu munosabat bilan 2020-yil 1- sentyabrdan barcha ta’lim muassasalarida elektron jurnal va elektron kundalik yuritilishi belgilab qo’yildi.

Ta’lim biznesida raqamli innovatsion texnologiyalar

Zamonaviy ta’lim tizimi hozirgi davrning barcha o’ta jiddiy talablariga javob bera olmayotganligini juda ko’pchilik olimlar va mutahassislar tomonidan tan olinayapti. Ushbu holatni tubdan o’zgartirishning asosiy yo’llaridan biri – ta’lim tizimiga zamonaviy texnologik rivojlanishning eng yangi dasturiy-texnik vositalarini keng miqyosda jalb qilishdir. Bunday vositalardan biri – insonlarning ishlab chiqarishdan va boshqa kundalik yumushlardan ajralmagan holda to’laqonli ta’lim olishiga imkon beradigan raqamli platformalardagi ochiq masofaviy ta’lim tizimidir (MOOC massive open online cources – ommaviy ochiq onlayn ta’lim tizimlari). Bundan bir necha yillar oldin, ya’ni, 2012 yilning kuzlarida Stenford universitetining ikki professori Sebastyan Trun va Piter Norvig internetda barcha istovchilar uchun sun’iy intellect bo’yicha ma’ruzalar tinglashni taklif qilishdi. Bu ma’ruzalar o’z tarkibiga barcha kerakli materiallarni, testlarni va yakuniyimtihonlarni qamrab olgan edi. Mashg’ulotlar esa faqat on-line ko’rinishida tashkil etilgan edi. Ma’ruzachilar eng ko’pi bilan 2-3 ming talaba ushbu mashg’ulotlarga qatnashishini rejalashtirgan bo’lsalarda, semester boshida unga dunyoning 200 ta mamlakatidan 160 ming kishi yozilib bo’lgan edi. Bunga o’xshash masofaviy ta’lim tizimlari borgan sari murakkablashib va sifati oshib borayotganini ta’kidlamasdan iloji yo’q. Tabiiyki, bunday biznes unga jalb etilganlarning barchasi uchun ham foydali, ham raqamli iqtisodiyot uchun kadrlar yetishtirishga katta ahamiyatga ega bo’ladi. Bunga misol sifatida hozirgi “COVID-19” pandemiyasi sharoitida o’quvchilarning uyda masofaviy ta’lim olishini keltirishimiz mumkin. Pandemiya sabab ko’plab davlatlarda ta’lim tizimi masofaviy ish tizimiga o’tdi.Bu esa masofaviy ta’lim tizimlari ahamiyatini yanada oshirdi. Hozirda ko’plab masofaviy ta’lim tizimlari faoliyat yuritadi va foydalanuvchilar soni bo’yicha eng nufuzlilaridan biri Khan Academydir.



Khan Academy 2008 yilda moliyaviy analitik Salman Xan tomonidan asos solingan notijorat tashkiloti bo’lib, u matematika, fizika, biologiya, astronomiya va boshqa tabiiy fanlar bo’yicha turli-tuman topshiriqlar va videomateriallarning raqamli olamdagi o’ziga hos ombori hisoblanadi. Ushbu akademiyaning materiallari turli xil murakkablikda bo’lib, asosan o’rta maktab talabalari uchun mo’ljallanilgan. Shuning uchun undagi materiallardan AQSH dagi o’nlab o’quv muassasalarida doimiy asosda foydalaniladi. Khan Academy raqamli ta’lim tizimi o’qituvchilarga ta’lim jarayonini tubdan o’zgartirishga imkon beradi, ya’ni, o’quvchilar uylarida internet orqali ma’ruzalarni eshitib oladilar va darsga kelganlarida o’qituvchi yordamida uy vazifalarini bajaradilar. O’qituvchi esa istalgan paytda o’quvchi qanday materiallarni o’zlashtirgan yoki qaysi materiallarni o’zlashtirish unga qiyinchilik tug’dirayotganini tekshira oladi.

Ta’limning shaxsga yo’naltirilganligi

Zamonaviy ta’lim jarayoni raqamli texnologiyalardan foydalangan holda universallashtirishga intilib, ta’lim berishda insonlarni bir-birlariga maksimal darajada o’xshash qilib modellashtiradi (ya’ni, moslikni talab qiladi). Xozirgi zamondagi maktab va universitetlar o’z talaba-o’quvchilarini klassik “qora qutilar” ko’rinishida tasavvur qilib, ularning barchasiga bir xil ma’lumot beradilar va bilim oluvchilarning individual hususiyatlarini hisobga olmagan holda ulardan javob reaktsiyasini kutadilar. Bunday yondoshuv ko’pchilik tomonidan allaqachon voz kechilishi kerak bo’lgan industrial davr anaxronizmi sifatida tushuniladi. Kimlardir bu muammoni o’quv jarayoiniga ko’proq o’qituvchlarni jalb qilgan holda hal qilishni taklif qiladilar. Chunki bunda har bir o’quvchiga alohida diqqat-e’tibor qaratilib, ularning talab-istaklarini va qobiliyatlarini nazarga olgan holda o’quv jarayonini optimal ravishda tashkil etish mumkin. Lekin bu juda ham qimmatga tushadigan tadbir bo’lgani uchun, pedagogika bo’yicha ko’pchilik mutahassislar ta’lim jarayoniga zamonaviy komp’yuterlarning dasturiy-texnik vositalarini va imkoniyatlarini jalb qilish yaxshi natijalarga olib kelishi mumkinligini ta’kidlamoqdalar. Agarda shu yo’ldan borilsa, kelajakda komp’yuterlar tegishli dasturiy-texnik ta’minot yordamida har bir o’quvchi yoki talabaga uning intellektual, emotsional va bilim darajasiga muvofiq ravishda individual o’quv dasturlarini tuzib bera olgan bo’lar edilar.



Komp’yuter o’yinlari orqali ta’lim berish

Faraz qilamiz – o’quvchi uyiga keladi va smartfonini ochib, undagi o’yinini ochadi va unda o’ynay boshlaydi. Biroz vaqtdan so’ng u qandaydir natijalarga erishib, tegishli ochko va medal oladi. Bunga qiziqqan holda u o’z o’yinini yana davom ettiradi va diqqat qiling: u bu vaqtda o’yinlar orqali beriladigan bilimlarni egallash imkoniyatiga ega bo’ladi. Ya’ni u qiziqish bilan,o’ynab turib bilim olish imkoniyatiga ega bo’ladi. Shunga o’xshash o’yin mexanikasidan o’yin bo’lmagan holatlarda ham foydalanish jarayoni geymifikatsiya deb nomlangan va bu atama bir necha yillardan buyon jahondagi ko’pchilik biznes jamoalarda ishlatiladi. Djeyin Makgonald o’zining «Reality Is Broken: Why Games Make us Better and How they Can Change the World – Nega o’yinlar bizni yaxshiroq qila oladi va ular qanday qilib dunyoni o’zgartira oladi?»deb nomlangan kitobida yaqin yillarda geymifikatsiya bozorining kattaligi 25-30 milliard dollarga yetib, u inson faoliyatining barcha sohalariga, shu jumladan, ta’limga ham kirib borishini ko’rsatgan. Geymifikatsiya inson miyasining qilingan ish uchun mukofotlanishni juda yaxshi ko’rishi hossasiga asoslangan.Geymifikatsiya tarafdorlari o’yin elementlarini insonning har kunlik hayot tarziga maksimal ravishda integratsiya qilishni taklif qiladilar. Shunda ularning tegishli sohalarda bilim olishlari va tarbiyalanishlari ancha osonlashadi. Umuman aytganda, ta’limni komp’yuter yordamisiz geymifikatsiyalash jarayoni allaqachonlar amalga oshgan deyish ham mumkin. Chunki agar o’quvchi masalani to’g’ri yechgan bo’lsa, uni yaxshi baho bilan taqdirlaydilar, aks holda esa uni yomon baho bilan jazolaydilar. Har o’quv yilining oxirida esa yaxshi o’quvchilar maqtov yorliqlari bilan mukofotlanadilar, yomon o’qiydiganlari esa sinfda qoldiriladilar. Ammo bunda geymifikatsiyani optimal ravishda amalga oshirish uchun ko’p zahiralar, mablag’, vaqt va juda ko’p sonli o’qituvchilar talab qilingani hamda u yaxshi samara bermayotgani tufayli, geymifikatsiyani komp’yuter dasturiy-texnik vositalari va internet yordamida boshqacharoq usullarda, ko’rinishlarda yoki boshqacha tartibda amalga oshirilishi maqsadga muvofiq bo’lar edi.


An’anaviy ta’limdagi yana bir muammo – har bir talabaning har xil tezlik bilan bilim olishidir. Kimlardir bir marta o’qiganda barcha materialni tushunib olishsa, boshqa talabalarning berilgan o’quv materialini o’zlashtirib olishlari uchun ancha vaqt kerak bo’ladi. O’qituvchining esa talabalarni guruxlarga bo’lib, ularning o’zlashtirish darajalariga mos ravishda o’qitishni tashkil qilish uchun imkoniyati yo’q. Matematika bo’yicha ta’limning online platformasi bo’lgan Third Space Learningda o’qituvchining talabalar bilan muloqotini tahlil qilgan holda sun’iy intellect algoritmlari asosida ta’lim jarayonini personalizatsiya qilish, ya’ni, talabalarga moslashtirishga harakat qilingan. “Men o’z raqamli yordamchimni qanday sifatda ko’raman?” degan savolga olingan javoblarni quida ko’rishimiz mumkin:Kambag’al oilalardan chiqqan yoshlar repetitorlarda o’qish yoki universitetga kirish haqida orzu ham qila olmaydilar. Masalan, 2008 yilda Lotin Amerikasida 4 dan 17 yoshgacha bo’lgan bolalardan 23 millioni ta’lim olish imkoniyatiga ega bo’lmagan. Maktabga bora olmagan bolalarning soni esa 40% dan oshgan (World Economic Forumma’lumotlaridan). Shuning uchun ham sun’iy intellect asosida ishlaydigan raqamli va tekin standart o’qituvchilar paydo bo’lishi bu muammolarni hal qilib berishi mumkin.Har bir o’quvchiga individual yondoshuv nafaqat o’quv materialini tez o’zlashtirish, balki fanni sevib qolish imkoniyatini ham beradi. Haqiqatan ham eng yaxshi o’qituvchilar har bir o’quvchiga alohida yondoshuv bilan ishlaydilar. Yaxshi pedagog dars berishdan tashqari, o’quvchilarni ruxlantiradi va fanga qiziqish uyg’ota oladi. Ammo xozirgi paytdagi maktab va universitetlarda har bir o’quvchiga alohida ahamiyat berishning hech ham iloji yo’q, chunki sinflarda 25-35 tadan o’quvchi-talaba o’qiydi. Agarda hozirgi kunda universitetlarda va maktablarda individual o’qitish joriy qilinsa, ta’lim muassasalaridagi o’qituvchilar soning bir necha marta ko’proq bo’lishi talab qilinadi. Buning esa moliyaviy va tashkiliy jihatdan imkoni yo’q, albatta. Xuddi shuning uchun ham o’qituvchilarning va o’quvchilarning raqamli elektron yordamchilar hamda chat-botlardan foydalanishi muammoning bir qadar darajada yechilishiga olib keladi.Yaqin yillar ichida qanday soha mutaxassislari sun’iy intellect bilan birinchi navbatda almashiniladi deb nomlangan va Bot.Me: A Revolutionary Partnership PwC tomonidantashkil etilgan so’rov natijalariga ko’ra, texnologik ekspertlar va biznes-menejerlarning 58%i “o’qituvchi” deb javob berishgan. Bu yerda eng kam foiz olganlar – doktorlardir:
Download 19.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling