Raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi


Download 30 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi30 Kb.
#1599655
Bog'liq
Shahnoza Taqriz


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
Bitiruvchi Jabborova Shahnoza Nabijon qizining hodimlar ish faoliyatini nazorat qilishuvchi mobil ilova ishlab chiqish
Mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga


TAQRIZ

Axborot tizimlarida barcha elektron ko’rinishdagi ma’lumotlar dasturiy vositalar orqali ishlanadi. Bundan tashqari amalda keng qo’llaniladigan himoya vositalarining aksariyat qismini dasturiy ilovalar tashkil etiladi. Bu esa o’z navbatida ishlab chiqiladigan dasturiy ta’minotlarga yuqori xavfsizlik darajasini qo’yadi. Shuning uchun dasturiy ta’minotlarni ishlab chiqish jarayonida mavjud xavfsizlik muammolarini tahlil qilish va mavjud holatga mos bo’lgan himoya chorasini ko’rish dolzarb masala sanaladi.


Bitiruv malakaviy ishida hodimlar ish faoliyatini nazorat qilib turuvchi dasturiy taminot ishlab chiqilgan.
Bitiruv malakaviy ishida keltirilgan ma’lumotlarga ko’ra talaba Jabborova Shahnoza Nabijon qizi Android platformasida Kotlin dasturida mobil ilova yaratishni amalga oshirilgan va tajriba-sinov o‘tkazish uchun tayyor holatga keltirgan.
Bitiruv malakaviy ishi kirish, to‘rtta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iboratdir.
Bitiruv malakaviy ishini birinchi bobida mobil ilova haqida nazariy malumot, ikkinchi bobida hodimlar ish faoliyatini nazorat qilish mobil ilovasini ishlab chiqish haqida malumot keltirilgan. Uchinchi bobida esa tajriba sinov ishlari va ularni amaliyotga tatbiqi keltilirgan.
Bitiruv malakaviy ishi ushbu turdagi ishlarga qo‘yiladigan barcha talablarga mos keladi. Shu bilan birga bitiruv malakaviy ishi ayrim kamchiliklardan xam xoli emas. Bitiruv malakaviy ishidagi kamchilik sifatida:
1. Rasmlarining tagiga raqm qo‘yilmagan.
2. Dasturda ushbu tizim bilan birga ishlaydigan barcha servislar ko’zda tutilmagan.
Lekin bu kabi kamchiliklar ishning moxiyatiga ta'sir qilmaydi.
Bitiruv malakaviy ishi belgilangan talablar asosida yakunlangan, unga qo‘yilgan talablarga javob beradi va uning muallifi Jabborova Shahnoza Nabijon qizi bakalavr darajasini olishga loyiq.


A.I.Gersen nomidagi RDPU
Toshkent shahar filiali
Ta’lim sifatini nazorat qilish” Sh.S.Sharipova
bo’lim boshlig’i p.f.f.d(PhD)
dotsenti
Download 30 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling