Ratsional ovqatlanish valeologik yo`nalishlari


Download 0.98 Mb.
Sana08.01.2022
Hajmi0.98 Mb.
#245166
Bog'liq
4-mashg'ulot

  • Savriyeva Farida 9-12-MTS-19 guruh

Ratsional ovqatlanish valeologik yo`nalishlari

Ovqatlanish gigienasi va ratsional ovqatlanish

  • Odam yoki har bir tirik organism o’zining o’sishi, rivojlanishi va yashashi uchun doimiy ravishda ovqat hazm qilish orqanlari orqali ovqat istemol qilib turadi. Odamning hazm qilishi kanali 8-10 m. uzunlikda bo`lib, dеvori uch qavatdan: ichki shilliq, o`rta-muskul, tashqi-sеroz qavatlaridan tuzilgan.
  • Ovqatlanish gigienasi-gigienaning ratsional ovqatlanish muammolarini o’rganadigan va oziq-ovqat moddalarining bezararligini ta’minlash bo’yicha tadbirlar ishlab chiqadigan bo’limdir. Ratsional ovqatlanish aholi sog’lig’ini, jismoniy rivojlanishi,kasallanishi ta’sir  qiladigan asosiy omillardan biri hisoblanadi.
  • Ratsional va yetarli darajada ovqatlanish odamning turli kasalliklardan ,tabiiy va orttirilgan immunitetni saqlab qolishiga imkon beradi. U organizmning energiyaga,plastic va boshqa materiallarga bo’lgan ehtiyojni qondirib bunga zarur modda almashinuvi darajasini ta’minlashi kerak. Ratsional ovqatlanishning asosiy elementlari ovqatlanish muvozanatlanganligi va to’g’ri ovqatlanish tartibi hisoblanadi.

Ovqat hazm kanalida mexanik maydalaniladi va kimyoviy parchalanib qon hamda linfa tomirlariga so’riladi. Ovqatning og’iz bo’shlig’ida tishlar yordamida, meda va ichaklarning mayatniksimon hamda peristaltik harakati natijasida maydalanishi mexanik yoki fizik o’zgarish deb ataladi. Ovqat tarkibidagi oqsil, yog`’, uglevodlarni fermentlar ta’sirida parchalanishi kimyoviy o’zgarish deb ataladi. Bu fermentlar til osti, jag’ osti, quloq oldi, meda va ichaklarning shilliq qavati ostida joylashgan bezlardan hamda meda osti bezidan ishlab chiqariladi.

  • Ovqat hazm kanalida mexanik maydalaniladi va kimyoviy parchalanib qon hamda linfa tomirlariga so’riladi. Ovqatning og’iz bo’shlig’ida tishlar yordamida, meda va ichaklarning mayatniksimon hamda peristaltik harakati natijasida maydalanishi mexanik yoki fizik o’zgarish deb ataladi. Ovqat tarkibidagi oqsil, yog`’, uglevodlarni fermentlar ta’sirida parchalanishi kimyoviy o’zgarish deb ataladi. Bu fermentlar til osti, jag’ osti, quloq oldi, meda va ichaklarning shilliq qavati ostida joylashgan bezlardan hamda meda osti bezidan ishlab chiqariladi.

To‘g‘ri va ratsional ovqatlanish - sog‘lom turmush tarzining omillari

  • Organizmda moddalar va energiya almashinuvi. Odam tashqi muxitdan ovqat qabul qilish, organizmda uni o`zgarishi, hazm qilinishi, hosil bo`lgan qoldiq moddalarning tashqariga chiqarilishi moddalar almashinuvi dеyiladi. Moddalar almashinuvi natijasida enеrgiya hosil bo`ladi. Bu enеrgiya hisobiga organlar ish bajaradi, hujayralar ko`payadi, yosh organizm o`sadi va rivojlanadi, tana haroratining doimiyligi ta'minlanadi. Moddalar almashinuvi bir-biriga chambarchas bog`liq bo`lgan ikki jarayon, ya'ni assimilyatsiya va dissimilyatsiya orqali o`tadi. Ovqat moddalari tarkibiy qismlarining hujayralarga o`tishi assimilyatsiya dеyiladi. Assimilyatsiya natijasida hujayralarning tarkibiy qismlari yangilanadi, ular ko`payadi. Organizm qancha yosh bo`lsa, unda assimilyatsiya shuncha aktiv o`tadi, bu esa yosh organizmning o`sishi va rivojlanishini ta'minlaydi .

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling