Raximjonova Shahlo 20-топшириқ


Download 14.82 Kb.
Sana19.04.2023
Hajmi14.82 Kb.
#1367055
Bog'liq
shahlo


Raximjonova Shahlo

20-топшириқ

1. Халқаро компанияларни хорижий филиалларни ташкил этиш мақсадларини неча турга ажратиш мумкин?
2. ТМК миллатини қандай кўрсаткичлар аниқлайди?

Javoblar:
1. Xalqaro kompaniyalarning xorijiy filiallarini tashkil etish maqsadlarini besh toifaga ajratish mumkin:
1. Sotish bozorlarini kengaytirish. Bosh kompaniya qabul qiluvchi mamlakatda tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish yoki turli xizmatlar ko’rsatishni tashkil etadi.
Bunda chet el korporatsiyasi ishlab chiqarish uchun o’z mahsulotini ishlab chiqarish texnologiyasini, boshqarish tajribasini va o’z tovar belgisidan foydalanish huquqini beradi.
2. Eksport hajmini ko’paytirish. Xalqaro kompaniyalar eksportining tobora ko’p qismi ularning xorijiy filiallariga to’g’ri kelmoqda. Korporatsiyalar xorijiy ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida arzon ishchi kuchi va ko’p tabiiy resurslarga ega qabul qiluvchi mamlakatlarga kapital kiritadi. Xorijiy filial samarali faoliyat ko’rsatishining zaruriy sharti sifatida mahalliy va mintaqaviy sig’imli sotish bozorlarining mavjudligi hisoblanadi.
3. Xomashyo va materiallar bilan ta’minlash. Xalqaro kompaniyalar xorijiy filiallarining aksari qismi TMK tizimi firmalarini, shu jumladan, bosh kompaniyani
tabiiy resurslar bilan ta’minlash maqsadida amal qiladi.
4.Antiqa texnologiyalarni xarid qilish. Shu maqsadda xalqaro kompaniyalar yuqori ilmiy potensialga ega, ya’ni tadqiqot markazlari, universitetlar, texnologik
parklar, intellektual “inson kapitali” mavjud bo’lgan mamlakatlarda (AQSh,Yaponiya, YEI davlatlari) o’z xorijiy korxonalarini tashkil qiladi.
5. Faoliyat samaradorligini oshirish. Xalqaro kompaniyalarning xorijiy korxonalari faoliyatida masshtab samarasi ustunliklari, vertikal va gorizontal xalqaro ishlab chiqarish integratsiyasi qo’llaniladi

2. TMK millatini aniqlovchi ko’rsatkichlar bo’lib, ro’yxatdan o’tish joyi, shtab-kvartiraning joylashuvi, aksiyalarni nazorat paketiga ega aksiyadorlarning millati hisoblanadi.
Download 14.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling