Referat ilmiy uslubning asosiy janri sifatida


Download 80.28 Kb.
Sana20.01.2023
Hajmi80.28 Kb.
#1104331
TuriReferat
Bog'liq
Abdiazizova Fotima 104 1-topshiriq

REFERAT ILMIY USLUBNING ASOSIY JANRI SIFATIDA

Referat – ilmiy uslubning asosiy janrlaridan biri bo”lib, asosiy matn yoki bir necha manbalarni talqin qilish shakllaridan biri. Shuning uchun referat, konspektdan farqli ravishda, yangi, muallifning matni hisoblanadi. Bunday holdagi yangilik yangicha bayonni, materialning bir tizimga solinishi, har xil nuqtai nazarlarni qiyoslashda muallifning alohida pozisiyasini nazarda tutadi. Referatlash qandaydir masalaning bir yoki bir necha manbalarning tasniflanishi, umumlashtirilishi, tahlili va sintezi asosida bayon qilinishini nazarda tutadi. Referatning o’ziga xosligi:

• keng miqyosli dalillar, qiyoslashlar, mushohadalar, baholarga ega bo’lmaydi, • matnda qanday yangi, muhim jihat bor, degan savolga javob beradi.

Referatlar turlari:


.
  • Referatlar turlari:
  • a) Bayonning to’liqligi bo’yicha:

    Axborotli (referat- konspektlar) 

    Indicativ (referat – rezyumelar)

    b) Referatlanadigan manbalar soni bo’yicha:

    Monografik

    Tahliliy

Referatning tuzilishi


1. Bibliografik bayon

2. F.I.Oi. Asar nomi. Nashr qilingan joyi. Nashriyot. Yil. Sahifalar soni.

Referat matni

- Mavzu, muammo; referat qilinadigan ishning predmeti, maqsadlari va tuzilishi. - Qisqacha mazmuni. - Aniq natijalari. - Muallif xulosalari. - Ish natijalari qo’llaniladigan soha.

O’quv fani bo’yicha referatlarning tayyorlanishi o’qishda quyidagi natijalarga erishishni nazarda tutadi:

  • - O’quv fanining dolzarb nazariy masalalari bo’yicha bilimlarning chuqurlashuvi, ushbu bilimlarning Siz tanlagan mavzuga ijodiy qo’llanilishi. - Tanlangan kasbiy sohadagi xorijiy tajribaning o’zlashtirilishi, undan mamlakat sharoitida, Sizning kelgusidagi kasbiy faoliyatingizda amalda qo’llanish imkoniyatlari va muammolarining o’rganilishi. - Tanlangan mavzu bo’yicha turli adabiy manbalarni (monografiyalar, davriy matbuotdagi maqolalar va shu kabilar) o’rganish mahoratini takomillashtirish va ularni tanqidiy tahlil etish asosida materialni mustaqil va savodli bayon qilish, dalillangan xulosalar chiqarish va takliflar berish. - Yozma ishni to’g’ri rasmiylashtirish malakalarini rivojlantirish.

Referat ustida ishlash bo’yicha yo’riqnoma

1. Mavzuning tanlanishi

2. Tayyorgarlik ishlari

3. Zarur materialning konspekt qilinishi

4. Muammoni tadqiq qilish mantiqini ishlab chiqish, referat rejasini tuzish

5. To’plangan materialning bir tizimga solinishi va referatning yozilishi

6. Adabiyotlar ro’yxatining rasmiylashtirilishini tekshirish

7. Matnning tahrirli tuzatilishi. Matnning savodxonlik va uslubiyot jihatidan tekshirilishi

8. Referatning Rasmiylashtirilishi

Referat matnidagi klishelangan iboralar va so’z birikmalari

«Ishda …. Tizim ko’rib chiqiladi…» (Muallifning F.I.Oi.) «……….» asarida … berilgan. «Kirishda ko’rsatilishicha, ..» «Muallifning hisoblashicha, …» Muallif shunga asoslanadiki, …. Shu bilan birga u … shunday deb hisoblaydi. «1-bobda … masalasi yoritiladi» «2-bobda … tadqiq qilinadi» « … haqida gapirganda, muallif … deb ta’kidlaydi» «Ishda, shuningdek … ga e’tibor qaratiladi» «Shunday qilib, muallif… degan xulosaga keladi» « 3-bobda… tadqiq qilinadi, … ko’rib chiqiladi» «… zarurligi belgilanadi» «Xulosada muallif: «…» deb yozadi.

Referatning tuzilishi:

titul varag’i; 2) har bir masala, kichik masala (band) sahifalari ko’rsatilgan ish rejasi; 3) kirish; 4) materialning masalalar va kichik masalalar (bandlar)ga bo’lingan matnli bayoni, muallif foydalangan manbalarga zaruriy qaydlar ham ko’rsatiladi; 5) xulosa; 6) foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati; 7) jadvallar, diagrammalar, grafiklar, rasmlar, sxemalardan iborat ilovalar.

Bayon qilish shakli – referentning tanlashi bo’yicha: konspektli, parchali, tahliliy bo’ladi.

Xulosa

  • Referat diqqat-e’tiborni yangi ma’lumotlarga qaratadi va boshlang’ich matnga murojaat etishning maqsadga muvofiqligini belgilaydi!
  • Munozarali masalalar bo’yicha har xil nuqtai nazarlarning tahlili, qo’shiladigan yoki o’zining pozisiyasining dalillanishi ham referatning afzalligi hisoblanadi.

Download 80.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling