Referat Mavzu : Vatan Yagona Bajardi : Mirzatillayeva Zilola Zukurjon qizi


Download 68 Kb.
bet1/5
Sana21.04.2023
Hajmi68 Kb.
#1376687
TuriReferat
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Tarbiya


Toshkent Shahar Prezident ta’lim muassasalari agentligi
Tizimidagi Olmazor tumani ixtisoslashgan maktabi


Referat

Mavzu : Vatan Yagona




Bajardi : Mirzatillayeva Zilola Zukurjon qizi
Tekshirdi : O‘razboeva Go‘zal


Vatan so'zining ma'nosi bugungi kunda juda kengayib ketgan.Hozirgi vaqtda vatan deganda faqat tug'ilgan makonni emas, awaloo'zimiz yashayotgan mamlakatni tushunamiz. Inson tug'ilgan, voyaga yetgan xonadon, mahalla, qishloq va shahar esa Vatanichidagi kichik vatandir.Buni bilib oling. Mahalla arabcha so'z bo'lib, joy degan ma'noni anglatadi.Mahalla odamlarning birikib, jamoa bo'lib yashash zaruratidankelib chiqqan. Ajdodlarimiz mahallaga uyushib, yaxshi-yomon kunlarda hayotiy muammolarni birgalikda hal qilganlar. Birgalikda, ko'plashib bajariladigan ishlar esa hashar deyilgan. Bu an'analar bugungi kunda yanada rivojlanib borayotganidan xabardorsiz, albatta. Mahalla ana shunday an'analarni asrab kelayotgani uchun Prezidentimiz uni milliy qadriyatlar maskani deb ataydi va quyidagilarni ta'kidlaydi: «O'zaro mehr-oqibat, ahillik va totuvlik, ehtiyojmand,yordamga muhtoj kimsalar holidan xabar olish, yetim-yesirlarning boshini silash, to'y-tomosha, hashar va ma'rakalarni ko'pchilik bilan bamaslahat o'tkazish, yaxshi kunda ham, yomon kunda ham birga bo'lish kabi xalqimizga xos urf-odat va an'analar awalambor mahalla muhitida shakllangan va rivojlangan». Sobiq mustabid tuzum davrida barcha milliy qadriyatlarimiz qatori mahalla ham ta'qibga uchrab, uning faoliyati cheklab qo'yilgan edi. Mustaqillik tufayli mahallaga e'tibor kuchaydi. Unga fuqarolarning o"zini o'zi boshqarish idorasi maqomi berilib, huquq va vakolatlari qonun yo'l bilan mustahkamlab qo'yildi. Mahallalar odamlarni birlashtirib, hamjihat qiladigan, ularning o'rtasida mehr-oqibat rishtalarini mustahkamlaydigan, hayotiy masalalarni hal etishda ularga amaliy yordam va maslahat beradigan, milliy qadriyatlarimizni asrabavaylaydigan boshqaruv idorasiga aylandi.Agarda tarixga nazar tashlaydigan bo'lsak, dunyodagi eng yirik shaharlar ham dastlab kichkina qishloq bo'lgani, zamonlar o'tishi bilan rivojlanib, katta shaharga, ba'zan hatto qudratli davlatga aylanib ketganini ko'ramiz. Yevropa qit'asi dagi ulkan imperiyaga asos bo'lgan Rim shahrining taqdiri bunga misol bo'la oladi.Bugungi kunda xalqimiz iste'mol qiladigan noz-ne'matlaming asosiy qismi qisMoqlarimizda yetishtiriladi. O'zbekiston tabiatining eng go'zal manzaralari - serviqor tog'lar, yam-yashil qiradirlar, bepoyon dalalar, zilol suvli buloqlar, soylar, rang-barang hayvonot dunyosini qishloqlarimizda ko'rish mumkin. Ayniqsa, sodda va beg'ubor, qadoqqo'lli mehnatkash insonlar, ular asrlar davomida asrab kelayotgan milliy urf-odat hamda an'analar qishloqlarimizga alohida fayz-u tarovat bag'ishlaydi. Shuning uchun ham yurtimizda qishloqlar rivojiga katta ahamiyat berilmoqda. Birinchi Prezidentimiz tashabbusi bilan 2009-yil mamlakatimizda «Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili» deb e'lon qilindi. Shu munosabat bilan davlat dasturi qabul qilinib, «Qishloq taraqqiy topsa, yurtimiz obod, hayotimiz yanada farovon bo'ladi» degan shior asosida ulkan ishlar amalga oshirildi. Buni bilib oling. Shahar so'zi dastlab obod joy, mamlakat, o'lka, aholi tig'iz yashaydigan makon degan ma'nolami anglatgan. Qadimda yurtimiz hududida dastlab qal'a shaharlar paydo bo'lgan. O'zaro birikish jarayoni natijasida ular bir-biri bilan qo'shilib, yirik davlatlarni hosil qilgan. Birgina shahardan iborat bo'lgan sha-har-davlatlar bugungi kunda ham uchrab turadi. Masalan, Yevropadagi Vatikan shahar-davlati bunga misol bo'la oladi. Lekin aksariyat davlatlar ko'plab hududlar, shahar va qishloqlarni o'z ichiga oladi.Shahar so'zi o'zbekcha kent, arabcha qal'a, madina so'zlari bilan ma'nodosh bo'lib keladi.Yurtimizda qadimiy va zamonaviy shaharlar ko'p. Ularning har biri bizning g'urur-iffixorimizdir.

Download 68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling