Referat mavzu: Chaqaloqlik davri kasalliklari Bajardi: Jo’lanova Odina Tekshirdi: Ergasheva Nigora
Download 127.32 Kb.
|
Chaqaloqlik davri kasalliklari - Jo’lanova Odina
REFERAT Mavzu: Chaqaloqlik davri kasalliklari Bajardi: Jo’lanova Odina Tekshirdi: Ergasheva Nigora Chagaloglar kindigi va terisining yiringli-septik kasalliklari ko'p uchrashi va amaliy ahamiyati jihatidan hayotining I-oyini yashab kelayotgan bolalarda asosiy o'rinlardan birini egallaydi. Kindik va terining yiringli infeksiyasi har xil klinik ko'rinishlarga ega bo lishi va ko pincha yosh bolalarda uchraydigan sepsis bilan kattaroq bolalarda bo' ladigan og ir kasalliklarning manbaiga aylanib qolishi mumkin. Kindik kasalliklari. Chaqaloqlardagi kindik kasalliklari hozirgi vagtda olib borilayotgan qat'iy chora-tadbirlar natijasida oldingi davrlardagiga garaganda ancha kam uchramoqda. Homilador ayollarni vaqtida patronaj qilish, gigiyenik ko'nikmalarni shakllantirish natijasida ularda yiringli-septik kasalliklarning oldini olish, chaqaloqni parvarish qilishni amalga oshirishda aseptika va antiseptika malakalarini oldindan o'rgatish, poliklinikalarda yosh onalar maktablari faoliyatining yaxshi tashkil etilganligi og ir formadagi kindik kasalliklarining kamayishida asosiy omil bo'ldi. Etiologiyasi. Kindik kasalliklarining kelib chiqishida hozirgi vaqtda stafilokokklar, streptokokklar, ba'zi hollarda boshqa mikroblar (ichak tayoqchasi, pnevmokokk, ko°k yiring tayoqcha va boshqalar) sabab bo'Imoqda. Bu xildagi q0'zg'atuvchilar kindikka quyidagi hollarda tushishi aniqlangan: 1. Kamdan-kam hollarda ona qornida, yuqorida ko'rsatilgan infeksiyalar natijasida; 2. Kindik tizimchasi bog lanayotgan mahalda, aseptika va antiseptika goidalariga amal qilinmaganda (aksariyat uydagi va yo' Idagi tug uruqlarda, xodimlarning mas 'uliyatsizligi natijasida); 3. 2-12 kunlar oralig'ida parvarishdagi nugsonlar natijasida (kindik cho Itog'i siydik va axlat bilan ifloslanganda, parvarish asboblari yoki Profilaktikasi. Kindikning turli kasalliklarining oldini olishda asosiy e'tibor chagaloqning tug'ilish jarayonidagi, kindik parvarishi vaqtidagi, ona bilan birga olib boriladigan keyingi parvarish mahalidagi aseptika va antiseptika hamda sanitariya-gigiyenik qodalarning ahamiyati nihoyatda katta. Shularni hisobga olgan holda, tug'urug zali va bolalar blokida ishlovchi tibbiy xodimlar zimmalaridagi mas'uliyatni to'la his etishlari talab etiladi. Chaqaloq aksariyat vaqtini onasi bilan o'tkazadi. Demak, kasalliklaming oldini olish onalarning ganchalik bola parvarishi haqida mukammal bilim va malakaga ega bo'lishiga bog liq. Chaqaloqlarda yuqoridagi kindikning yiringli kasalliklaridan tashqari tug'ma kasalliklari ham uchraydi. Bularga terili kindik, amniotik kindik va ko' proq uchraydigan kindik churralari kiradi. Kindik churralari bunda gorin bo'shlig idagi a'zolar kindik halgasi yaxshi rivojlanmaganligi natijasida bo'rtib chiqib qoladi. Churra ichida aksariyat hollarda ichak charvisi, ichaklar, kamdan-kam hollarda boshqa a'zolar bo lishi mumkin. Kichik hajmdagi churralar gorin bo'shlig iga qaytib kirib ketadi va ko'pchilik hollarda ko'rilgan konservativ choralar (bolani churrasi kiritib go'yilgan holatda kuniga 2-3 marta, 2-5 daqiqagacha yotqizib qo'yish, yuqoriga qarab yotgan mahalida churraning chigib qolishining oldini olish choralarini ko'rish va boshqalar) natijasida churra teshigi berkilib ketadi. Bordiyu churra haimi kattaligidan o'zicha bitib ketishining chtimoli bo'Imasa uni jarrohlik yo'li bilan davolanadi. Aks holda. ichaklar faoliyati buzilishi, ayrim hollarda esa churraning qisilib golishidan ichaklar nekrozga uchrab qolishi mumkin. Bolaning tinmasdan yig lashi, tana haroratining ko'tarilishi, churraning tarang tortilganligi va gorin bo'shlig iga qaytarishning iloji vo'qligi. qayt qilish va ich kelmay qolishi churraning qisilib qolgan- ligidan dalolat beradi. Bolani darrov jarrohlik bo limiga yetkazish choralarini ko'ring. Teri kasalliklari - bolalarda ikki xil ko rinishda: yiringsiz va yiringli yoki piodermitlar (mop - yiring, derma - teri degani) - terining yiringli kasalliklari ko rinishida bo lishi mumkin. Terining yiringsiz kasalliklariga chaqaloq va go daklar terisiga issiqlik toshishi va terining bichilishini misol keltirish mumkin. Teriga issiqlik toshishi - aksariyat hollarda semiz bolalarda, tashgi muhitning harorati yugori bo' lgani holda bolani ortiqcha o rab yo'rgaklash, kun issig ida uzoq vaqt beshiklarga yotqizib qo yish va boshqa sabablarga ko ra kelib chiqadi. Yuqoridagi sabablar natijasida ter bezlari chiqarish yo llarining teri shox qatlamidan o tuvchi qismlari bekilib golishi va ana shu yerlarda terning turib qolishi kuzatiladi. Belgilari - gavda. bo' yin terisi, tabiiy burmalarda tariq donalariday keladigan mayda pufakchalar paydo bo ladi, ularning atrofidagi teri o'zgarmaydi va qichishmaydi. Bir kecha-kunduzda nom-nishonsiz yo golib ketishi mumkin. Ko plab ter chigib turishi va epider-mis butunligining buzilishi piodermiyalar paydo bo lishiga imkoniyat yaratadi. Ushbu holatni bartaraf etish uchun keltirib chigargan sabablariga garshi choralar ko riladi, bolani uy haroratini normaga keltirgan holda ochib qo yiladi, bolalar upalaridan badaniga sepib turiladi. Teri bichilishi - aksariyat chaqaloqlar va hayotining dastlabki oylarini yashab kelayotgan bolalarda uchraydi va tabiiy burmalar, dumba va ko' pincha jinsiy a'zolar sohalari bichilishi bilan namoyon bo'ladi. Teri bichilishi, asosan, tibbiyot xodimlari va ota-onalarning parvarishdagi nuqsonlari natijasidir. Belgilari: bichilishning qanchalik ko' pligi va tarqalganligiga qarab uch darajasi ajratiladi: 1 darajali yengil bichilish - bunda terining butunligi buzilmagan, biroz qizarish ko'zga tashlanib turadigan bo ladi. Il darajali o'rtacha og'ir bichilish - bunda teri anchagina qizargan. shilinish va chagalanishga moyil sohalar paydo bo lgan va bazi sohalarda eroziyalar hosil bo ladi. Sepsis - to'g'ri ma' noda gonning mikroblar bilan zararlanishi bo'lib. aslida esa mikroblar ta' sirida mahalliy yallig lanish tufayli paydo ho'lgan toksinlar va oqsil tanalar hamda hujayralar parchalanishidan kelib chiqqan elementlarning antigenlarga aylanishidan organizm reaktivligi o zgarib golgan holat deb qaraladi. Sababi. Sepsisning asosiy sababchilari stafilokokklar, strepto- kokklar. prevmokokklar, ichak tayoqchalari, gonokokklar, diplokokklar, ko'k yiring tayoqchalari va boshqalar hisoblanadi. Ko'rinib turganidek, sepsis polimikrob kasalliklar jumlasiga kiradi. Bolaga mikroblar: a) tug ilishdan oldin - homilador ayoldagi infeksion kasalliklar natijasida gematogen yo I bilan, ifloslangan qog*o- noq suvlaridan teri, me da-ichak va yugori nafas yo llari orqali; b) tug*- ruq vaqtida - aseptika va antiseptika qoidalariga rioya qilinmaganda. tug uruq yo llaridagi yiringli ajratmalardan aksariyat hollarda teri va kindik orqali; d) tug urugdan keyin - parvarishdagi nuqsonlar, ona va xodimlardagi mikrobli kasalliklar, parvarish buyumlarining yetarli tozalanmaganligidan o tib qoladi. Kasallik q0'zg atuvchilari ko'pincha bola tug ilganidan toki 15 kunlik bo'lgunicha yugadi, chunki mana shu davida bola ko' proq mikroblarga himoyasiz bo'ladi, aksiga olib kirish darvozalari ham golgan davrlarga garaganda ko'proq bo ladi. Mikroblar 70-80% hollarda kindik qoldig i va kindik yarasidan. 12-15% hollarda esa teri orgali, og'iz, burun va tomog shillia pardalarining shikastlangan joylaridan kiradi. Kamdan-kam hollarda nafas, hazm a' zolari orgali, ko'2 konyunktivasi, quloq va qiz bolalarda jinsiy a zolar orgali kirishi mumkin. Yuqoridagilardan kelib chiqgan holda sepsisning kindik, teri. quloq va boshga turlari farglanadi. .Klinikasi. Kasallik tipik (odatdagiday) kechganida quyidagi simptomlar bilan namoyon bo ladi: 1. Bolaning umumiy ahvoli o zgaradi - uyqusi buziladi, bezovta bo'lib goladi, sababsin chingiraverishi yoki aksincha bo'shashib qolishi kuzatiladi. 2. Bola odatdagidan sust ema boshlaydi yoki umuman ko'krakni olmay go'yadi. 3. Onasining suti yetarli bo'lishiga garamasdan bola vazni sababsiz kamava boradi 4. Terisining rangi o'zgaradi (pasaygan, zaxil tortgan), turgori pasayadi. har xil toshmalar toshishi mumkin. 5. Har xil ko'rinish va davomlilikka ega harorat reaksiyalari ko'riladi (aksariyat subfibril isitma). Qusish va sababsiz dispeptik holatlar (ichning o'zgarib qolishi). Ba' zi hollarda jigar va taloqning kattalashuvi aniqlanadi. Bolaning nafas faoliyati, o pkada o'zgarishlar bo Imagani holda buziladi va hansirash, sianoz kabi belgilar kuzatiladi. 9. Yurak tonlari bo'g iqlashadi, taxikardiya va arterial bosimning pasay ishi aniqlanadi. 10. Bolada sutkalik siydik miqdori kamayadi, siydikda oqsil ajrala boshlaydi, eritrotsitlar, leykotsitlar, silindrlar miqdori anchagacha ko tariladi. 11. Qon tahlilida neytrofil leykotsitoz, anemiya, eritrotsitlar cho kish tezligining ortishi aniqlanadi. 12. Qonning bakteriologik tekshiruvida aksariyat hollarda mikroblar topiladi (gonni sterillikka tekshiruv). Keltirilgan klinik belgilar bolalarda har xil namoyon bo lishi mumkin. Har bir konkret holatda individual xulosalar chiqarish va aytib o*tilgan belgilarning kamida 50% kuzatilgan hollarda hamda etiologik omillarning mavjudligi aniqlanganda sepsis hagida gumon qilish lozim bo ladi. Tashxis. Kasallikka tashxis qo*yishda yugoridagi asosiy simptom- lar bilan birga anamnezga, mahalliy o choqlarning bor-yo qligiga, bola organizmining reaktivligi holatiga, ayniqsa, sababsiz isitmaning subfebrill darajalarda uzoq muddat ko tarilib turishiga, sababsiz paydo bo ladigan dispeptik holatlarga katta e'tibor bilan qarash kerak. Laborator tekshiruvlardan umumiy gon tahlili, qonning sterillikka tekshiriluvi, ba'zi hollarda patologik ajratmalarning tekshiriluviga ham ahamiyat berish lozim. Davolash va hamshiralik parvarishi. Davolashning magsadi asosan sepsisning qo'zg atuvchisiga ta'sir qilish, bola organizmining himoya gobiliyati (reaktivligi) ni ko'tarish, moddalar almashinuvini korreksiya gilish va mavjud yiringli o choqlarga qarshi kurashishdan iborat bo'lmog'i kerak. Davolash muolajalari qanchalik erta boshlansa va kompleks tarzda olib borilsa, shuncha barvaqt va yaxshi natija beradi. Chagalogni bexosdan o'limi sindromi deb (ChBO'S), emizikli yoshdagi go daklarni kutilmaganda ko pincha uyquda paydo bo'lishi aniglangan. Keyingi yorishlar shuni ko'rsatadiki, ularda hech qanday Ro'rinadigan patologiyalar, ya'ni bu o'limni tushuntrish sababini aniqlanmasligi kuzatiladi. Sababi: ChBO'Sni kelib chiqish sababi noaniq ekanligi ko'rinib turibdi. ChBO'S rivoilanish omilini go yish uchun bevosita shu sindro- mini sababini kelib chiqishiga yo naltriladi. Ular quyidagicha bo linadi: I. Lytimoty: - Ota onaning zararli odatlari, asosan onalarda (chekish, alkogolizim. giyohvandlik v.h.) - Ota onaning kam bilimga ega bo lishi va bolaga to liq e tibor bermaslik. - Yumshoq (patli yostiq, bolaning matrasi, qattiq yo'rgaklash) II. Biologik. - Sun'iy emizish: ChBO-S ni 2 varianti bor deyiladi. 1. Yurakni birlamchi to 'xtashi. Qorinchalarning fibrilyatsiyasiga bog liqligi, ikkilamchi miya o' limiga yo'naltirilgan bo ladi. 2. Nafas olishning birlamchi to xtashi. Keyin esa yurakning sekin to xtashi bilan namoyon bo' ladi. Hamshiralik parvarishi: ChBO'S ni birlamchi profilaktikasi shunga yo naltirilganki, aholini tibbiy saviyasini va oilani rejalashtirish markazlari ishini amalga oshirish, homiladorlikni rejalashtirish vagtida avolin aranti odalaren (cheksl n/logolign, et yonand просве ости. hayot tarziga, polivitaminlar, mineral preparatlarni har kuni iste'mol qilish kerak. Chaqaloq tug'ilgandan so'ng ota-onalar uchun muhim: 1. Bolani beli bilan qoringa emas, iloji boricha yostiqsiz galin matrasga yotqizib uxlatishga harakat qilinadi. 2. Shunga intilish kerakki, bola o'zini krovatida, lekin ota-onasi bilan bir xonada uxlashi lozim. Bolani isitib va sovutib yubormaslik qattiq yo'rgaklamaslik. Bolani oldida xonada chekmaslik. Bolalarni o'tkir hid, tovush. yorug liklar, qo"zg'atishlarning ta'siridan, birinchi navbatda uyqu paytida, shu bilan birga kunduzgi uyquda ham ehtivot qilish zarur. 6. Bola hayotining 4 oyigacha hech bo'Imaganda tabiiy emizishni iloji boricha saqlab golish. 7. Bola yoshiga garab massaj, gimnastika va chiniqtirishni o'tkazish. Download 127.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling