Referat Mavzu: O'z xususiy tadbirkorlik salohiyatini baholash. Bajardi: Tekshirdi: Toshkent 2023


Download 11.96 Kb.
Sana01.04.2023
Hajmi11.96 Kb.
#1316283
TuriReferat
Bog'liq
O\'z xususiy tadbirkorlik salohiyatini baholash.


Yangiyo'l Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikum

Referat
Mavzu: O'z xususiy tadbirkorlik salohiyatini baholash.

Bajardi: _______________
Tekshirdi:_____________
Toshkent 2023

Reja


  1. Tadbirkorlik salohiyatini baholash zaruriyati.

  2. Tadbirkorning rahbarlik qobiliyati .

Tadbirkorlik salohiyatini baholash zaruriyati.


Iqtisodiyotga bozor munosabatlarini joriy etish jarayonida korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish va undagi ulushini kamaytirish iqtisodiy islohotlaming yetakchi bo`g`ini hisoblanadi. Xususiylashtirish natijasida demokratik jamiyatning ijtimoiy zamini va iqtisodiy tayanchini tashkil qiluvchi xususiy mulk egalari — tadbirkorlar qatlami shakllanib boradi.



Tadbirkor o'z salohiyatini baholay olishi va imkoniyatlarini chamalab ish yuritishi to'g'risida ba'zi misollar doirasida fikr yuritishimiz mumkin. Buni o'quvchiga eng yaqin bo'lgan tengdoshlari misolida qarasak. O'quvchilar har doim darsga kirishlaridan oldin, avvalo ushbu darsga nisbatan o'z tayyorgarliklarini chamalab ko'rishadi. O'quvchining dunyoqarashi, dars mavzusining talabaga qiziqarliligi va tanishligi hamda auditoriyadagi erkin vaziyat talabalarning imkoniyatlarini yanada oshiradi. Ular bu imkoniyatlardan maksimal darajada foydalanishga harakat qilishadi. Chunki har doim ham tanish va qiziqarli mavzu, yaxshi ustoz va yaxshi tayyorgarlik ko'rish imkoni bo'lmaydi. O'quvchilarning dastlabki uddaburonligi va tadbirkorlik qobiliyatlari shunday holatlarda namoyon bo'ladi.
Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish niyatida bo'lgan kishilar, avvalo, o'z tadbirkorlik salohiyatlarini baholab ko'rishlari va imkoniyatlari darajasida ish boshlashlari maqsadga muvofiqdir.



Tadbirkorlik salohiyatini baholashda, quyidagi bir qator savollarga aniq javob bera olish anchagina imkoniyatlar doirasini belgilab beradi:

Ommaviy axborot vositalari va kitob o'qishga munosabatingiz qanday?


Tavakkalchilikni u sizning asabingizga tekkani uchungina o'z zimmangizga olasizmi?
Odamlarni o'zingizda ishlash uchun jalb etishingiz muvaffaqiyatli bo'ladimi?
Biznesni tashkil qilish tajribasini tanishlaringizdan biron kirn siz bilan muhokama qilganmi?
Biron marta ishingizdan hayratda qolganmisiz?
Doimo yangi g'oyalarni o'ylab yurishingizni sezganmisiz?
Maktabni yaxshi ko'rar edingizmi?
Detallarga kirishishni yoqtirasizmi?
O'n yoshga kirgunga qadar, tasodifiy ishlarni bajarganmisiz?

2. Tadbirkorning rahbarlik qobiliyati .


Tadbirkor rahbarning tashkilotchilik qobiliyatining ikkinchi yo’nalishi – ishlab chiqarish tizimini yaxshilash tadbirlariga qaratilmog’i, yangi jamoada axloqiy-ruhiy muhitni qaror toptirish, yangi texnologiyani joriy etish, kuchlarni tezkor ishlarni bajarishga qaratish, boshqaruvdagi odamlarni imkon qadar kamaytirish, yangi xodimlar malakasini oshirib borish, odamlardagi «boqimandalik» ruhiyatiga barham berish, ishda har xil mojarolar kelib chiqishiga yo’l qo’maslik, mehnat intizomiga qattiq rioya qilishdir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkor rahbar faoliyatining mazmuni – uning boshqarish san’atini nechog’lik egallagani, ya’ni odalarni jamoaga uyushtirish, ishlarni uzoq va yaqin muddatlarga rejalashtirish, nazorat qilish, axborotlar ayirboshlash, boshqa-rishni oqilona tashkil etish kabi mezonlar bilan ham izohlanadi. Bunda tadbirkor rahbar ongliligi, tadbirkorliligi, ishlab chiqa-rishni ishning ko’zini bilib tashkil etishi, belgilangan natija-larga erishishi, odamlarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirib borishi, uning guruh, jamoa, jamiyat oldida ma’suliyat, burch tuyg’usini chuqur his qilishi muhim ahamiyatga ega.
Tadbirkorning tashkilotchilik qobiliyati hamma narsada muvaffaqiyatga erishuvining muhim shartidir. Qanday tadbirkor rahbar muvaffaqiyatiga tez erishadi? Ruhshunos olimlar uning bir necha omillarga bog’liqligini ta’kidlaganlar.



Bular quyidagilardir:
Tadbirkor rahbarda tashkilotchilik qobiliyatining namoyon bo’lishi:
- jamoada sof ahloqiy muhit paydo qila olishi, hammaning hamkorlikda harakat qilishini ta’minlay olishi;
- odamlarni ishontira olishi va jamoada o’zaro yaxshi munosabatlarni qaror toptirish uchun shart-sharoit yaratishi.
Rahbarning odamlar bilan til topib ishlash mahorati:
- tadbirkor o’z qo’l ostidagilarning nimaga qodirligini hisobga olib ishlarni taqsimlashi;
- odamlarni uyushtirishning eng muhim omillaridan foyda-lanishi;
- har bir kishining ruhiy-psixologik kayfiyatlariga mos ravish-da muloqot qilishi.
Tadbirkor rahbarning mehnatga munosabatida ishbilar-monligi:
- ishlab chiqarish va boshqa jabhalarda har xil muammolarni hal etishda eng qulay yo’llarni izlab topish;
- vijdonlilik va adolatlilik;
- boshlagan ishlarni oxiriga yetkazish.
Rahbar faoliyatida ijro etish qobiliyatining namoyon bo’lishi:
- kasbiy malaka va ko’nikmaga ega bo’lishi;
- texnik vazifalarni hal etishga uquvliligi;
- yangiliklar va g’oyalarni ishlab chiqarishga joriy etib borishi.
Tadbirkor rahbarning qarorlarni qabul qilishdagi uquvi:
- mustaqil ravishda qarorlar qabul qila olish;
- qabul qilgan qarorining oqibati va natijalarini ko’ra bilishi;
- ishlab chiqarishda sodir bo’luvchi turli holatlarni hisobga olib borishi, tanglikdan qutulish yo’llarini izlashi;
- noto’g’ri qaror qabul qilganda o’z xatolarini bo’yniga olishi;
- xodimlarni boshqaruv masalalariga ko’proq jalb etishi.
Tadbirkor rahbarning odamlarga munosabati:
- o’z va’dasi, so’zining ustidan chiqishi;
- odamlarni bir-biridan ajratmasligi – hammaga bab-baravar munosabatda bo’lishi;
- o’z qo’l ostidagilarga va boshqalarga tavozeda bo’lishi va o’zini tuta bilishi, odobliligi va xushmuomalaligi;
- odamlarga munosabatda har bir kishining ruhiy-psixologik xususiyatlarini hisobga olib muomalada bo’lishi.
Tadbirkor rahbarning o’z-o’ziga talabchanligi:
- o’z hatti harakatlarini tanqidiy baholay olishi;
- o’z imkoniyatlarini hisobga olib ishlashi;
- boshqalarning unga bergan yaxshi va yomon baholarini tahlil etib, ulardan tegishli xulosa chiqarishi.
Rahbar o’zida quyidagi ruhiy-psixologik, fiziologik, axloqiy, ma’naviy va ishbilarmonlik sifatlarini mujassamlashtirgan bo’lishi kerak.
Tadbirkor rahbarning ruhiy-psixologik xususiyatlari:
Nutq va tafakkur sifatlari – kuchli xotira, doimiy diqqatning barqarorligi, sog’lom aql, fikrning kengligi, chuqurligi, tezligi, muammo moxiyatini tez anglab olish, ijodiylik, fikrni og’zaki va yozma shaklda qisqa, tushunarli, aniq tarzda ifodalash.
Xarakter sifatlari – maqsadga intiluvchanlik, dadillik, mardlik, ishonch, o’zini tuta bilish, o’zi va boshqalargi nisbatan talabchanlik, tavakkal qilish qobiliyati, qiyin vaziyatlarda ham o’zini yo’qotmaslik, xazil-mutoyiba tuyg’usi.
His-tuyg’u sifatlari – his-tuyg’ularning turg’unligi, aniqligi, ifodaliligi, kuchli xayajonli holatlarda to’g’ri harakatlar qilish qobiliyati, muloqotga kirishganda boshqalar kayfiyatini, his-tuyg’ularini hisobga olish, o’z xis-xayajonlarini va kayfiyatlarini boshqara olish.
Hulq-atvor sifatlari – yanada yaxshilashga intilish va uni himoya etish, odamlar bilan munosabatda samimiylik, halollik.



Tadbirkor rahbarning ruhiy-fiziologik sifatlari:
1. Arzimas narsalardan janjal chiqarmaslik, achchiqlanmaslik, ba’zan ko’rib ko’rmaganga olish;
2. Ruhiy jarayonlarda bosiqlik.
3. Ruhiy, xayajonli xavf-xatar hollarida o’zini yo’qotib qo’ymaslik.
4. O’zini anglashda faollik, kayfiyatda o’ta sezgirlik.
5. Jismoniy sog’lom va har tomonlama barkamollik.
Tadbirkor rahbarning axloqiy, ma’naviy sifatlari:
1. Mehnatsevarlik, odamlarga nisbatan mexribonlik, insonpar-varlik, samimiylik, halollik, vijdonlilik, sabr-matonat, holislik.
2. Tartiblilik va intizomlilik, o’ziga va boshqalarga talab-chanlik, o’zgalar fikrini tushunish va hisobga olish.
Tadbirkor rahbarning ishbilarmonlik sifatlari: Soha va kasb sirlarini yaxshi bilish, o’z ishi sohasida yuqori malakaga ega bo’lish, yangi texnologiya talablariga mos bilim va tajriba, ishlab chiqarish texnikasi va texnologiyasini chuqur bilish, boshqarish usullarini yaxshi o’zlashtirgan bo’lishi, o’z bilimi, malaka va ko’nikmalarini oshirib borish, axborot ayirboshlashni bilish va hokazo.



Tadbirkor rahbarning tashqi ko’rinishi ham alohida ahamiyatga ega. Uning kiyim-boshi hamisha toza, ozoda, tartibli bo’lishi, o’zi esa hulq-atvorda boshqalarga namuna ko’rsatishi, saranjom-sarishtalik-ka rioya qilishi kerak.
Mana shu xususiyatlarni o’zida namoyon qilgan tadbirkor rahbar bozor iqtisodiyoti talablariga to’liq javob beradi. Zero, bozor munosabatlari ishni jiddiy asoslarda, texnologik jarayonlar bilan qo’shib olib borishni, tezkorlikni, malaka va uquvni, kasb mahoratini yaxshi egallashni taqozo qiladi. Ishlab chiqarish, savdo-tijorat, xizmat idoralari, xalq xo’jaligining barcha tarmoqlarida faoliyat ko’rsatuvchi tadbirkorlarning xorijliklar bilan hamkor-lik qilish, shartnomalar va bitimlar tuzish, muzoqaralar olib borish uquvini namoyon etishi ham bozor munosabatlari talabidir.



Tadbirkor rahbar o’z qo’l ostidagilarda faollik, onglilik, ijodkorlik, intizomlilik, o’z-o’zini tarbiyalab borish sifatlarini qaror toptirsa, mehnatda ham, xizmatda ham, el-ulus orasida ham obro’ topadi. SHuningdek, tadbirkor rahbarning ko’pchilik bilan muoma-la qila olish qobiliyati ham uning tashkilotchiligidan nishonadir.
Bundan tashqari, tadbirkor rahbar mehnat jamoalarining uyushishi, jipslashishi va rivojlanishining ruhiy-psixologik jarayonlari bosqichlarini ham hisobga olishi kerak.

Download 11.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling