Referat mavzu;Zoologiya fanining obyektlari,pretmeti,maqsadi va vazifalari


Download 10.7 Kb.
bet1/3
Sana01.11.2021
Hajmi10.7 Kb.
#169864
TuriReferat
  1   2   3
Bog'liq
Zoologiya fani obyektlari va predmeti


REFERAT

Mavzu;Zoologiya fanining obyektlari ,pretmeti,maqsadi va vazifalari

Reja

1. Zoologiya fani obyektlari va predmeti.

2. Zoologiya fani maqsadi, va vazifalari va ahamiyati.


Zoologiya fanining asosiy o‘rganadigan obyekti va predmeti – Hayvonot dunyosidir. Shuning uchun zoologiya fanining maqsadi va vazifalari – hayvonot dunyosini planetamizda tutgan o‘rni, biosfera va insoniyat hayotidagi ahamiyatini o‘rganishdan iboratdir.

Eramizdan bir yarim mlyard yilcha muqaddam eng sodda shaklda paydo bo‘lgan va uzoq davrlar mobaynida murakkab takomillanish jarayonlari asosida rivojlanib, hozirgi davrda yer planetasining deyarli hamma qismini egallagan hayvonlar dunyosi nihoyatda xilma-xildir.

Hozirgi zamon biologiya faniga asos solgan CH.Darvin evolyusion ta’limotining vujudga kelishi (1859 y.) ilmiy materialistik zoologiya fanining rivojlanishiga sabab bо‘ldi. Chunki bu ta’limot “hayvon va о‘simliklarning turlarini bir-birlari bilan bog‘lanmagan holda yakka-yakka xudo tomonidan yaratilganligi haqidagi dunyo-qarashlarga qattiq zarba berdi va biologiyani tо‘liq ilmiy asosga qо‘ydi”.XIX asrning ikkinchi yarmi ilmiy materialistik zoologiyaning rivojlanish davri bо‘ldi.

Hayvonlarning tuzilishi va individ (embrion) rivojlanishini Morfologiya fani tekshiradi.Morfologiya о‘z navbatida anatomiya, gistologiya, sitologiya, embriologiya, qiyosiy anatomiya, qiyosiy embriologiya, molekulyar biologiya kabi qator fanlarga ajraladi.

Sistematika – hayvonot dunyosining sistematik takson guruhlari va ularning о‘zaro qarindoshlik munosabatlarini о‘rganadi.

Filogeniya – har bir guruh vakillari о‘rtasidagi о‘zaro о‘xshashliklarni, embrion taraqqiyoti hamda ularning qadimgi (paleontologik) avlodlarning tuzilish hususiyatlari asosida turlarning kelib chiqishi va tarixiy rivojlanishi masalasini о‘rganadi.

Paleozoologiya - hayvonlarning toshga aylangan qadimgi qazilma avlodlari va ular bilan hozirgi guruhlar о‘rtasidagi qarindoshlik (filogenetik) munosabatlarni о‘rganish bilan shug‘ullanadi.

Ekologiya - hayvon organizmlarini, ular yashab turgan organik muhit (о‘simlik va boshqa hayvon turlari) va noorganik muhit о‘rtasidagi munosabatlar, moslanishini о‘rganadi.
Odamzod hayotining dastlabki rivojlanishi, hayvonot dunyosi bilan mustahkam bog‘langan holda borgan. Turli arxeologik qazilmalar odamzodning rivojlanishi va hayotida turli xil hayvonlar katta o‘rin tutganligidan dalolat beradi. Odamzod ibtidoiy rivojlanish davrlarida turli xil umurtqasizlar, baliqlar va sut emizuvchi hayvonlarni ovlab hayot kechirgan bo‘lsa, keyinchalik ba’zi sut emizuvchi hayvonlarni o‘ziga o‘rgatib, xonakilashtira borgan.

F. Engelsning ko‘rsatishicha mazkur hodisa, ya’ni hayvonot mahsuloti (go‘sht, hayvon oqsili)dan foydalanish insonning shakllanishida ahamiyatga ega bo‘lgan. Shuning uchun ham qadimgi davr odamlarida bir qancha hayvonlarning tuzilishi, hayoti hatto ularning o‘zaro munosabatlari va xulq-atvori to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘plana borganligi aniqlangan.

Zoologiya qisqacha ifoda etganda, hayvonlar tо‘g‘risidagi fandir, aslida esa u hayvonlar dunyosining xilma-xilligi, tuzilishi, hayoti, sistematik guruhlari о‘zaro qarindoshlik munosabatlari va kelib chiqishi (filogeniyasi) hamda geografik tarqalishi tо‘g‘risidagi fandir. (grekcha, Zoo - “hayvon”, Logos – “fan”).

Eramizdan bir mlyard yilcha muqaddam eng sodda shaklda paydo bо‘lgan va uzoq davrlar mobaynida murakkab takomillanish jarayonlari asosida rivojlanib, hozirgi davrda yer planetasining deyarli hamma qismini egallagan hayvonlar dunyosi nihoyatda xilma-xildir.

  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling