Referat tayyorlash. Reja: O‘zbekistonni xalkaro reytinglardagi kursatgichlari


Download 267.53 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana05.01.2022
Hajmi267.53 Kb.
#220228
TuriReferat
  1   2
Bog'liq
Мутакил иш



Каримов Д.  

O‘ZBEKISTONNI XALKARO REYTINGLARDAGI 

KURSATGICHLARINI KUTARISHNING TARIXIY VA SIYOSIY 

AXAMIYATI REFERAT TAYYORLASH. 

Reja: 

1.  O‘zbekistonni xalkaro reytinglardagi kursatgichlari.  

2.  O‘zbekistonni xalkaro reytinglardagi kursatgichlari siyosiy axamiyati 

referat tayyorlash.  

3.  Samaradorlikning eng muhim ko’rsatkichlari (KPI) 



 

 

 


Каримов Д.  

O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  “O’zbekiston  Respublikasining 

xalqaro  reyting  va  indekslardagi  o’rnini  yaxshilash  hamda  davlat  organlari  va 

tashkilotlarida  ular  bilan  tizimli  ishlashning  yangi  mexanizmini  joriy  qilish 

to’g’risida”gi  Farmoni  ijrosini  tashkil  qilish  bilan  bog’liq  masalalar  muhokama 

qilindi. 

Ustuvor xalqaro reyting va indekslar, mamlakat hayotida o’ziga xos “kompas” 

vazifasini  bajarib,  shunga  qarab  amalga  oshirilayotgan  islohotlarning  sifati  va 

samaradorligini  aniqlash,  kelgusi  qadamlarini  prognozlashtirish  imkoniyatini 

berishi ta’kidlandi. 

Shu  munosabat  bilan  hozirda  xalqaro  reytinglar  va  indekslarda  O’zbekiston 

Respublikasining  o’rnini  mustahkamlash  masalasiga  davlat  darajasida  e’tibor 

qaratilib, bu borada huquqiy va institutsional asoslar shakllantirilmoqda. 

Jumladan, so’nggi 3 yilda mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy 

va  siyosiy-xuquqiy  sohalarga  oid  xalqaro  reyting  va  indekslardagi  mavqeini 

oshirish bo’yicha Davlatimiz rahbarining 13 ta farmon va qarori qabul qilingan. 

O’zbekiston  Respublikasining  xalqaro  reyting  va  indekslardagi  o’rnini 

yaxshilash  bo’yicha  7  ta  chora-tadbirlar  rejasi  tasdiqlanib,  mutasaddi  vazirlik  va 

idoralar,  ilmiy-tadqiqot  institutlari  bilan  birgalikda  xalqaro  reytinglarni  hisoblash 

metodologiyalarining  tahlili,  ularda  O’zbekistonga  berilayotgan  baholarga  sabab 

bo’layotgan omillar o’rganib borilmoqda. 

Xalqaro  reyting  va  indekslarni  yurituvchi  xalqaro  va  xorijiy  tashkilotlarning 

aksariyati bilan hamkorlik aloqalari o’rnatildi. 

Yig’ilish  davomida  Kengash  ishchi  organlari  tomonidan  ijtimoiy-iqtisodiy 

hamda siyosiy-huquqiy sohadagi reytinglar va indekslar bo’yicha amalga oshirilgan 

ishlari,  mavjud  muammolar,  O’zbekistonning  xalqaro  reyting  va  indekslardagi 

o’rnini oshirishga to’sqinlik qilayotgan masalalar 



Каримов Д.  

va  kelgusida  ijobiy  natijalarga  erishish  bo’yicha  takliflar  to’g’risidagi 

axborotlari tinglandi. Mamlakatimizning xalqaro reytinglardagi joriy o’rni batafsil 

tahlildan o’tkazildi. 

Shu bilan birga, Farmon bilan tegishli reyting va indekslarda samaradorlikning 

eng muhim ko’rsatkichlari (KPI)ga erishish uchun mas’ul etib belgilangan vazirlik 

va idoralarning faoliyati tanqidiy ko’rib chiqildi hamda kelgusi vazifalar belgilab 

olindi. 


Xalqaro  reytinglar  va  indekslarda  O’zbekistonning  o’rnini  yaxshilash 

yo’nalishida  mahalliy  davlat  hokimiyati  organlarining  oldida  turgan  dolzarb 

masalalar ko’rib chiqildi hamda ustuvor yo’nalishlar ko’rsatib o’tildi. 

Yig’ilish yakuni bo’yicha mamlakatimizning ilmiy tadqiqot muassasalarining 

xalqaro  reytinglar  va  indekslarda  baholanadigan  sohalarda  mavjud  muammolarni 

o’rganish,  ularni  bartaraf  etish  bo’yicha  ilmiy  asoslangan  takliflar  ishlab  chiqish 

borasidagi rolini oshirish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi. 


Download 267.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling