Referat tayyorlash. Reja: O‘zbekistonni xalkaro reytinglardagi kursatgichlari
Download 267.53 Kb. Pdf ko'rish
|
Мутакил иш
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. O‘zbekistonni xalkaro reytinglardagi kursatgichlari. 2. O‘zbekistonni xalkaro reytinglardagi kursatgichlari siyosiy axamiyati referat tayyorlash.
Каримов Д. O‘ZBEKISTONNI XALKARO REYTINGLARDAGI KURSATGICHLARINI KUTARISHNING TARIXIY VA SIYOSIY AXAMIYATI REFERAT TAYYORLASH. Reja: 1. O‘zbekistonni xalkaro reytinglardagi kursatgichlari. 2. O‘zbekistonni xalkaro reytinglardagi kursatgichlari siyosiy axamiyati referat tayyorlash. 3. Samaradorlikning eng muhim ko’rsatkichlari (KPI) Каримов Д. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o’rnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish to’g’risida”gi Farmoni ijrosini tashkil qilish bilan bog’liq masalalar muhokama qilindi. Ustuvor xalqaro reyting va indekslar, mamlakat hayotida o’ziga xos “kompas” vazifasini bajarib, shunga qarab amalga oshirilayotgan islohotlarning sifati va samaradorligini aniqlash, kelgusi qadamlarini prognozlashtirish imkoniyatini berishi ta’kidlandi. Shu munosabat bilan hozirda xalqaro reytinglar va indekslarda O’zbekiston Respublikasining o’rnini mustahkamlash masalasiga davlat darajasida e’tibor qaratilib, bu borada huquqiy va institutsional asoslar shakllantirilmoqda. Jumladan, so’nggi 3 yilda mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-xuquqiy sohalarga oid xalqaro reyting va indekslardagi mavqeini oshirish bo’yicha Davlatimiz rahbarining 13 ta farmon va qarori qabul qilingan. O’zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o’rnini yaxshilash bo’yicha 7 ta chora-tadbirlar rejasi tasdiqlanib, mutasaddi vazirlik va idoralar, ilmiy-tadqiqot institutlari bilan birgalikda xalqaro reytinglarni hisoblash metodologiyalarining tahlili, ularda O’zbekistonga berilayotgan baholarga sabab bo’layotgan omillar o’rganib borilmoqda. Xalqaro reyting va indekslarni yurituvchi xalqaro va xorijiy tashkilotlarning aksariyati bilan hamkorlik aloqalari o’rnatildi. Yig’ilish davomida Kengash ishchi organlari tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy hamda siyosiy-huquqiy sohadagi reytinglar va indekslar bo’yicha amalga oshirilgan ishlari, mavjud muammolar, O’zbekistonning xalqaro reyting va indekslardagi o’rnini oshirishga to’sqinlik qilayotgan masalalar
Каримов Д. va kelgusida ijobiy natijalarga erishish bo’yicha takliflar to’g’risidagi axborotlari tinglandi. Mamlakatimizning xalqaro reytinglardagi joriy o’rni batafsil tahlildan o’tkazildi. Shu bilan birga, Farmon bilan tegishli reyting va indekslarda samaradorlikning eng muhim ko’rsatkichlari (KPI)ga erishish uchun mas’ul etib belgilangan vazirlik va idoralarning faoliyati tanqidiy ko’rib chiqildi hamda kelgusi vazifalar belgilab olindi.
Xalqaro reytinglar va indekslarda O’zbekistonning o’rnini yaxshilash yo’nalishida mahalliy davlat hokimiyati organlarining oldida turgan dolzarb masalalar ko’rib chiqildi hamda ustuvor yo’nalishlar ko’rsatib o’tildi. Yig’ilish yakuni bo’yicha mamlakatimizning ilmiy tadqiqot muassasalarining xalqaro reytinglar va indekslarda baholanadigan sohalarda mavjud muammolarni o’rganish, ularni bartaraf etish bo’yicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqish borasidagi rolini oshirish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.
Download 267.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling