Referati topshirdi: Kursant: M. Shopulatov Qabul Qildi: B/x mayori : Z. Abdurahmonov Mustaqil ish


Download 169.49 Kb.
Sana05.04.2023
Hajmi169.49 Kb.
#1275065
TuriReferat
Bog'liq
2-MT BAT Shopo\'latov



O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
DAVLAT BOJXONA QO`MITASI BOJXONA INSTITUTI


2-kurs BI-421 guruh kursanti Shopulatov Mirkomilning “Bojxona axborot texnologiyalari” fanidan yozgan



REFERATI

Topshirdi: Kursant: M.Shopulatov Qabul Qildi: B/x mayori : Z.Abdurahmonov

Mustaqil ish


Bojxona organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari
infrastrukturasini rivojlantirishda qanday vazifalar ko‘zda tutilgan?
Reja:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 05.06.2020 yildagi PF-6005-son farmoni haqida
2. Bojxona organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari
infrastrukturasini rivojlantirishda qanday vazifalar ko‘zda tutilgan?


1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 05.06.2020 yildagi PF-6005-son
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
FARMONI
BOJXONA MA’MURIYATCHILIGINI ISLOH ETISH VA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA XIZMATI ORGANLARI FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH TO‘G‘RISIDA
Mamlakatimizda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda, O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari (keyingi o‘rinlarda — bojxona organlari) faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.
Jahon savdo tashkiloti, Jahon bojxona tashkiloti va boshqa xalqaro tashkilotlarning standartlari va tavsiyalarini milliy qonunchilikka implementatsiya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bojxona ma’muriyatchiligini takomillashtirish va bojxona tartib-taomillarini soddalashtirishni talab etadi.
Shu bilan birga, “qog‘ozsiz va elektron bojxona” lozim darajada rivojlanmayapti, kontrabanda, kontrafakt mahsulotlarni olib o‘tish, korrupsiya, noqonuniy valyuta operatsiyalari va bojxona to‘lovlarini to‘lashdan bo‘yin tovlashga qarshi kurashish usullari bojxona ma’muriyatchiligining zamonaviy va sinovdan o‘tkazilgan usullarini qo‘llashni talab etmoqda.
Bojxona ma’muriyatchiligini isloh etish, bojxona organlari faoliyatini yanada takomillashtirish hamda samaradorligini oshirish, “qog‘ozsiz va elektron bojxona”ning mantiqiy davomi va rivojlanishi bo‘lgan “raqamli bojxonani” shakllantirish, shuningdek, bojxona ishi sohasidagi umume’tirof etilgan xalqaro norma va standartlarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilishni jadallashtirish maqsadida:
raqamli iqtisodiyot doirasida zamonaviy va ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini bojxona sohasiga joriy etish orqali bojxona organlari faoliyati shaffofligi hamda samaradorligini ta’minlash bu oldinga qo’yilgan asosiy maqsadlardan biri deb hisoblanadi.
2.Raqamli iqtisodiyot doirasida zamonaviy va ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini bojxona sohasiga joriy etish orqali bojxona organlari faoliyati shaffofligi hamda samaradorligini ta’minlash

Bojxona organlari faoliyatida ochiqlik va shaffoflik yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda ularning faoliyati samaradorligining eng muhim ko‘rsatkichi, shuningdek, davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi doimiy hamda sifatli aloqaning zarur tarkibiy qismi hisoblanadi.
Bojxona organlari faoliyatida ochiqlik va shaffoflikka, ular faoliyatining samaradorligini oshirishga inson omilini istisno qilishga imkon beruvchi zamonaviy va ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish orqaligina erishish mumkin.
So‘nggi vaqtlarda bojxona organlari tomonidan yangi avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini, shu jumladan, “Xavflarni boshqarish tizimi”, “Bojxona yuk deklaratsiyalarini avtomatik tarzda ro‘yxatdan o‘tkazish va taqsimlash tizimi”, “Bojxona qiymatini nazorat qilish tizimi” va boshqalarni joriy etish bo‘yicha kompleks tadbirlar amalga oshirildi. Bundan tashqari, chegara bojxona postlarini zamonaviy yirik hajmdagi skaner uskunalari bilan jihozlash bo‘yicha ishlar davom etmoqda.
Hozirgi vaqtda bojxona organlarida 60 tadan ortiq avtomatlashtirilgan axborot tizimlari ishlab turibdi.
Shu bilan birga, bojxona organlarida mavjud axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va tizimlarining hozirgi holati raqamli iqtisodiyot doirasida ularni yanada rivojlantirishni taqozo etmoqda.
Shu sababli quyidagi tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutilmoqda:
“Yagona darcha” bojxona axborot tizimi orqali bojxona postlarida tovarlar va transport vositalari ustidan nazoratni amalga oshirish bo‘yicha tartibotlarni yanada takomillashtirish, shu jumladan uni chegara bojxona postlarida joriy etish;
bojxona organlari axborot tizimlarini boshqa nazorat organlari axborot tizimlariga integratsiyalash;
real vaqt rejimida tovarlarning bojxona hududiga kirib kelishidan erkin muomalaga chiqarilishiga qadar monitoring qilish imkoniyatini yaratish;
mobil ilovalar orqali bojxona ko‘rigi dalolatnomasini rasmiylashtirishni amalga oshirish tizimini joriy etish;
temir yo‘l transporti tashkilotlarining o‘z axborot tizimlarini bojxona organlari axborot tizimlariga integratsiyalash orqali temir yo‘l transporti tashkilotlari tomonidan bojxona nazorati ostidagi vagon va konteynerlarning mamlakat ichidagi harakati to‘g‘risida ma’lumotlarni bojxona organlariga real vaqt rejimida bepul taqdim etish;
axborot tizimlarini takomillashtirish va bojxona yuk deklaratsiyasini avtomatik tarzda bojxona organlari xodimlari ishtirokisiz rasmiylashtirishni joriy etish;
ma’lumotlar elektron almashinuvida kiberxavfsizlik va axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish, bojxona organlarining axborot va kommunikatsiya resurslarining himoyalanganlik darajasini oshirish;
xorijiy davlatlarning bojxona va boshqa xizmatlari bilan o‘zaro axborot hamkorligini kengaytirish;
O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali kontrabanda predmetlarini noqonuniy olib o‘tilishining samarali oldini olishga imkon beruvchi zamonaviy texnik jihozlar bilan bojxona organlarini bosqichma-bosqich ta’minlash;
ma’lumotni qabul qilish, uzatish va qayta ishlashning sifati va tezligini oshirish bo‘yicha bojxona organlarining telekommunikatsiya infratuzilmasini takomillashtirish hisoblanadi.

Download 169.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling