Reja: 1 Donador filtrlar haqida ma’lumot


Download 109.84 Kb.
Sana06.04.2023
Hajmi109.84 Kb.
#1333466
Bog'liq
Donador filtrlar


Mavzu: Donador materiallardan tayyorlangan filtrlar va ularni hisoblash asoslari.

Reja:
1)Donador filtrlar haqida ma’lumot


2)Filtrlash usullari
3)Filtrlash jarayonini hisoblash asoslari
Ushbu filtrlar tolasimon filtrlarga qaraganda gazlarni tozalashda kamroq ishlatiladi. Donador filtrlarning afzalliklari: yuqori haroratda va agressiv muhitda ishlash imkoni kutubxonasi borligi, katta mexanik va bosim o'zgarishlarining og‘irligini ko‘tarishi hamda keskin harorat o‘zgarishlariga chidamliligidir. Donador filtrlar nasadkali va qattiq donadorli filtrlarga bo'linadi.
Nasadkali (to‘kiladigan) filtrlar. Bunday filtrlarda filtrlovchi elementlar bir-biri bilan bog‘lanmagan bo‘lib, granula, bo‘lak, tabletka kabi ko'rinishga ega bo‘lgan g‘ovaksimon moddalardan iborat bo‘ladi. To‘kiladigan nasadkali filtrlarda moddalar sifatida qum, shlak, grafit, yog‘och qipiqlari, koks, rezina, plastmassa ushoqlari, maydalangan tog‘ jinslari kabi moddalar ishlatiladi. Moddalar talab etiladigan tozalash darajasi, muhitning kimyoviy va termik holatidan kelib chiqqan holda tanlanadi.
Donadorli qattiq filtrlar. Ushbu filtrlarda donalar bir-biri bilan o‘zaro qizdirish yoki yopishtirish natijasida yaxlitlangan ko‘rinishda bo‘lib, qo‘zg‘almas sistemani tashkil etadi. Bularga g‘ovaksimon keramika, metall, plastmassalar kiradi. Filtrlar yuqori haroratga, korroziyaga va mexanik zarbalarga chidamli bo‘lib, siqilgan gazlarni filtrlashda qo'llaniladi. Bunday filtrlaming kamchiligi: qimmatligi, katta gidravlik qarshilikka egaligi va regeneratsiya jarayonining murakkabligi. Regeneratsiya jarayoni to‘rt usulda olib boriladi:
1) teskari yo'nalishda havo bilan puflash;
2) teskari yo‘nalishda suyuq eritmalarni o‘tkazish;
3) issiq bug‘ni o‘tkazish;
4) reshotkaga joylashtirilgan filtrlash elementlarini vibratsiyalash yoki tebrantirish (qimirlatish).
Yuqorida ko‘rib chiqilgan barcha filtr turlari sanoat korxonalarida talab etilgan tozalash darajasi, manba holati, gaz hajmi, uning tarkibidagi chang zarralarining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda tanlanadi va ishlatiladi.
Oqova suvni filtr ichiga beriladi va suv donador filtr qatlamidan o‘tib, drenaj orqali sistemadan chiqarib yuboriladi. Filtr materiali to‘lib qolganda pastdan tepaga yuvuvchi suvlar beriladi va filtr tozalanadi. Drenaj yig‘ilgan g‘ovaksimon beton plitalaridan iborat bo‘ladi. Unga filtr materiali (2 — 4 qatlam) bir xil granulometrik tarkibda joylashtiriladi. Qatlam qalinligi 1,5 — 2 m atrofida bo‘ladi. Filtrlash tezligi 12 — 20 m/soat ga teng. Ko'p qatlamli filtrlarda filtr materiallari turli donador materiallardan tarkib topadi. Masalan yuqori qatlami antratsit va qumdan iborat bo‘ladi. Bunda yuqori qatlam donalarining razmeri pastki qatlam donalari razmeridan kattaroq bo'ladi. Ushbu filtrlarning konsruktsiyasi bir qatlamli filtrlar konstruksiyasiga o'xshashdir. Ular yuqori ish unumiga va uzoq ishlashga mo'ljallangan bo'ladi.
Filtrlash usuli Oqova suvda mayda dispers qattiq zarralar uchrasa va ularni cho‘ktirish orqali ushlab qolishning imkoni bo‘lmasa, filtrlardan foydalanib oqova suv tarkibidagi aralashmalami ajratib olish mumkin. Bunda filtr sifatida g‘ovaksimon materiallardan foydalaniladi.
Filtrlar suvni o'tkazib dispers fazarri ushlab qolishi kerak. Jarayon atmosfera bosimida yoki vakuum ostida boradi. Filtrlash uchun turli konstruksiyadagi apparatlar qo'llaniladi. Filtr materiali sifatida metall plastmalar, aluminiy, nikel, asbestli, parta tolali, junli, sintetik tolali materiallar qo'llaniladi. Filtrlar kimyoviy muhitga chidamli va suv ta’sirida shishib ketmasligi hamda parchalanmasligi kerak. Filtrlash jarayoni filtr materiali ustida cho'kmani yig'ilishi bilan olib boriladi. Filtrlash jarayonida yig'iladigan cho'kmalar siqiluvchi va siqilmaydigan xillariga bo'linadi. Siqiladigan cho'kmalarni zichlashtirish oqibatida undagi g'ovakliklami kamayishi va buning natijasida jarayon qarshiligini oshishi bilan xarakterlanadi. Siqilmaydigan cho'kmalaming g'ovakliklari va qarshiligi filtrlash jarayonida o'zgarmaydi. Bunday cho'kmalarga kelib chiqishi mineral moddalar bo'lgan zarralar, qum, bo'r, soda kabilar kirib, ulardagi zanalaming razmeri 100 mkm dan katta bo'ladi. Filtrning ish unumi filtrlash tezligi, ya’ni undan birlik vaqt ichida birlik yuza orqali o'tgan suvning miqdori bilan o'lchanadi.
Filtrlash tezligi quyidagi tenglama orqali aniqlanadi:

Filtrlash jarayonini doimiy bosim farqlarida yoki doimiy tezlikda olib borish mumkin. Doimiy bosim farqlarida filtrlash tenglamasi quyidagi ko'rinishga ega bo'ladi:

Filtrning ushbu rejimida cho'kma hosil bo'lishi uchun ketgan vaqt quyidagicha aniqlanadi:

Jarayonning doimiy tezligida filtrlashning tenglamasi quyidagi ko'rinishia bo'ladi:

Filtrlash tezligi bo'lgani uchun, yuqoridagi tenglama quyidagi ko'rinishga ega bo'ladi:

bu yerda, —filtratning —vaqt davomida hajmi, ; F—filtrlash yuzasi. , — filtrlash vaqti, с; -bosim farqi, Pa; —filtratning dinamik qovushqoqligi, Pa.s; va — cho‘kmaning va filtming qarshiligi, ; — cho'kmaning solishtirma qarshiligi, ; — cho'kma hajmining filtrat hajmiga nisbati.
Filtrlarning turli konstruksiyalari ishlab chiqilgan bo‘hb, ular aralashmalarni suyuqlikdan ajratish bo‘yicha yuqori samaraga ega bo‘lishi va filtrlash tezliklari yuqori bo‘lishi lozim. Filtrlar turli belgilarga qarab farqlanadi: jarayonning borish xarakteriga qarab — davriy va uzluksiz; jarayon turi bo'yic.ia ajratishga, quyuqlashtirishga va tiniqlashtirishga mo'ljallangan; filtrlash bosimi bo‘yicha — vakuum ostida (0,085 MPa gacha), bos.m ostida (0,3 dan 1,5 MPa gacha); filtrlash yo'nalishi bo'yicha — pastga, tepaga yoki yonga; konstruktiv ko‘rinishi bo‘yicha; cho'kmani ajratib olish bo‘yicha; cho‘kmani yuvish va suvsizlantirish bo'yicaa; filtrlash yuzasining formasi va o‘matillshi bo‘yicha. Oqova suvlarni tozalash sistemalarida davriy rejimda ishlovchi — nutch-filtrlar, filtr-presslar, uzluksiz rejimda ishlovchi — barabmli, diskali va lentali filtrlar qo'llaniladi. Davriy rejimda ishlovchi nutch-filtrlar sodda konstruksiyaga ega bo'lib, neytral, kislotali va ishqoriy suspenziyalarni ajratishga mo'ljallangan. Ushbu filtrlar perforatsiyalangan taglikli sig'im bo'lib, taglik ustiga filtr materiali qoplangan bo'ladi. Filtr sig'imining tag qismi vakuum sistemaga ulangan bo'lib, ishlash paytida filtr ostida yig'llgan cho'kma qo'l yordamida sidirib olinadi. Qiyin filtrlanadigan suspenziyalarni ajratish uchun uzluksiz ishlovchi barabanli filtrlar ishlab chiqilgan (17.8-rasm).
17.8-rasm. Barabanli filtr:
1-filtr materiali; 2-rolik; 3-pichoqcha; 4-yuvuvchi suv berish moslamasi.
Ushbu flltrda baraban aylanishi bilan suyuq faza vakuum ostida baraban ichiga tortiladi va undan tashqariga chiqarib yuboriladi. Cho‘kma esa barabanga tortilgan filtr materialiga o‘tirib qoladi. Baraban aylanishi bilan unga tortilgan filtr materiali ham birgalikda harakat qiladi. Shunda filtr materiali yo‘lida unga tiralgan holda pichoqcha yordamida ustidagi filtrat moddalari qirib olinadi. Keyin filtr materiali ustidagi qoldiq moddalar yuvuvchi suv yordamida yuvib tashlanadi. Bundan keyin filtr materiali harakatini davom ettirib qayta filtrlash jarayoniga yuboriladi.
Oqova suvlami tozalash jarayonida, odatda, katta miqdordagi suvlarni tozalash lozim bo‘ladi, shuning uchun bunday suvlami filtrlash usulida tozalash uchun bosimlami ishlatish shart emas. Bundan kelib chiqqan holda to'rsimon elementli va donador qatlamli filtrlar ishlatiladi.
Donador to‘siqli filtr quyi qismida suvni chiqarish uchun drenaj moslamasi ornatilgan rezervuar ko‘rinishiga ega bo‘lib, bunda drenaj ustiga himoya qiluvchi va filtrlovchi qatlam joylashtirilgan bo‘ladi (17.9-rasm).

17.9-rasra. Donador qatlamli filtr:
1-korpus; 2-yuvuvchi suvlami chiqarish sistemasi; 3-oqova suv berish sistemasi; 4-yuvuvchi suvlami berish sistemasi; 5-g‘ovaksimon drenaj; 6-filtrIovchi qatlam.
Oqova suvni filtr ichiga beriladi va suv donador filtr qatlamidan o‘tib, drenaj orqali sistemadan chiqarib yuboriladi. Filtr materiali to‘lib qolganda pastdan tepaga yuvuvchi suvlar beriladi va filtr tozalanadi. Drenaj yig‘ilgan g‘ovaksimon beton plitalaridan iborat bo‘ladi. Unga filtr materiali (2 — 4 qatlam) bir xil granulometnk tarkibda joylashtiriladi. Qatlam qalinligi 1,5 — 2 m atrofida bo‘ladi. Filtrlash tezligi 12 — 20 m/soat ga teng.
Ko'p qatlamli filtrlarda filtr materiallari turli donador materiallardan tarkib topadi. Masalan yuqori qatlami antratsit va qumdan iborat bo‘ladi. Bunda yuqori qatlam donalarining razmeri pastki qatlam donalari razmeridan kattaroq bo'ladi. Ushbu filtrlarning konsruktsiyasi bir qatlamli filtrlar konstruksiyasiga o‘xshashdir. Ular yuqori ish unumiga va uzoq ishlashga mo'ljallangan bo'ladi
Download 109.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling