Reja: 1 Mehnatga oid munosabatlar


Download 67.04 Kb.
bet1/5
Sana31.01.2024
Hajmi67.04 Kb.
#1819023
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Jamiyat va inson huquqlari


Mavzu: Jamiyat va inson huquqlari
Reja:
1 Mehnatga oid munosabatlar
2 Ishga joylashtirish uchun zarur bo`lgan hujjatlar
3 Ish vaqti va dam olish vaqti
4 Ayrim toifadagi xodimlarga beriladigan qo`shimcha kafolat va imtiyozlar.
5 Yoshlar uchun qo`shimcha imtiyozlar
6 Mehnatga haq to`lash tushunchasi.
7 Mehnatni muhofaza qilish
8 Mehnat nizolari

1 Mehnatga oid munosabatlar


Mehnat kodeksi — mehnat haqidagi qonunlarining muayyan tizimga solingan majmui. U mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjati hisoblanadi. Mulkchilikning barcha shaklidagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda, shuningdek, ayrim fuqarolar ixtiyorida mehnat shartnomasi (kontrakt) boʻyicha ishlayotgan jismoniy shaxslarning mehnatga oid munosabatlari mehnat toʻgʻrisidagi qonunlar va boshqa huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi. Amaliyotda mehnatga oid munosabatlarni tartibga solishda boshqa normativ hujjatlar, ayrim hollarda Xalqaro mehnat tashkilotining konvensiyalari va xalqaro shartnomalarning qoidalari ham qoʻllaniladi. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va xalqaro huquqiy normalar va standartlarga muvofiq ravishda ishlab chiqilgan.
Oʻzbekiston Respublikasining MK 1995-yil 21 dekabrda qabul qilinib, 1996-yil 1-apreldan amalga kiritilgan. 2 qism: umumiy va maxsus qism, 16 bob va 294 moddadan iborat. Umumiy qismda mehnat qonunchiligining umumiy qoidalari, mehnat sohasidagi davlat boshqaruvi, mehnat haqidagi qonun hujjatlarining qoʻllanish doirasi, mehnatga oid munosabatlarning subʼyektlar, ularning huquq va burchlari, xodimlar va ish beruvchilarning vakilligi, jamoa shartnomalari va kelishuvlari bayon etilgan. MKning maxsus qismi ishga joylashtirish; mehnat shartnomasi (kontrakt); ish vaqti; dam olish vaqti; mehnatga haq toʻlash; kafolatli toʻlovlar va kompensatsiya toʻlovlari; mehnat institutizomi; mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligi; mehnatni mu-hofaza qilish; ayrim toifadagi xodimlarga beriladigan qoʻshimcha kafolat va imtiyozlar; mehnat nizolari; davlat ijtimoiy sugʻurtasi masalalarini oʻz ichiga oladi.
MKning asosiy vazifasi xodimlar, ish beruvchilar, davlat manfaatlarini eʼtiborga olgan holda, mehnat bozorining samarali ishlashiga, haqqoniy va xavfsiz mehnat shart-sharoitlarini, xodimlarning mehnat huquqlari va sogʻligʻi himoya qilinishini taʼminlashga, mehnat unumdorligining oʻsishiga, ish sifati yaxshilanishiga, shu asosda barcha aholining moddiy va madaniy turmush darajasi yuksalishiga koʻmaklashadi.
Yangi Mehnat kodeksi xodimlar, ish beruvchilar va davlat manfaatlarining muvozanatini ta’minlash hamda ularni muvofiqlashtirish asosida yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni va ular bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi.
Prezident tomonidan 2022-yil 28-oktabrda imzolangan “O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qonun 30-apreldan kuchga kirdi. Yangi kodeksda yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishning asosiy prinsiplari belgilandi. Sirdaryo tuman yuridik xizmat ko’rsatish markazi tomonidan Kambag’allikni qisqartirish va bandlikka ko’maklashish bo’limida tashkil etilgan targ‘ibot tadbirida Yangi tahrirdagi mehnat kodeksining mazmun-mohiyati xususida so‘z bordi. Muloqotda mehnat qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, tadbir davomida yangi qabul qilingan bir qator qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi hamda O‘zbekiston Respublikasining «Ma’muriy jarimalarni to‘lashda aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 332-1-moddasiga o‘zgartish kiritish haqida»gi qonunlar mazmun-mohiyati ishtirokchilar e’tiboriga yetkazildi.
2 Ishga joylashtirish uchun zarur bo`lgan hujjatlar.
Har kim ish beruvchiga to'g'ridan-to'g'ri murojaat qilish yo'li bilan yoki mehnat organlarining bepul vositachiligi orqali, shuningdek xususiy bandlik agentliklarining xizmatlari vositasida ish joyini erkin tanlash huquqiga egadir.
Biror bir korxonada ma'lumotingiz, malaka va mutaxassisligingizga mos bo'sh ish o'rni mavjudligi haqida xabar topsangiz shu lavozimga ishga qabul qilishni so'rab ish beruvchiga to'g'ridan to'g'ri murojaat qilishingiz mumkin.
O'zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar ishga joylashishda o'zlari doimiy yoki vaqtincha yashab turgan tuman (shahar) aholi bandligiga ko'maklashish markazlarining bepul vositachiligidan foydalanishlari mumkin. Buning uchun ish qidiruvchi sifatida shu markazda ro'yxatdan o'tish lozim bo'ladi. Biror doimiy yoki vaqtincha ish bilan shug'ullanayotgan shaxs ham kasbi (ishi)ni o'zgartirish maqsadida ish qidiruvchi sifatida ro'yxatdan o'tishi mumkin. Bandlik markazlari fuqaroligidan qat'iy nazar bo'sh ish o'rinlari to'g'risida ma'lumot beraish, maslahat berish, ishga joylashtirish, kasbiy tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirish xizmatlarini bepul amalga oshiradi.
Tuman (shahar) bandlik markazlarida 16 yoshdan oshgan fuqarolar ish qidiruvchi sifatida ro'yxatga olinadi. Ish qidirayotgan fuqaro bandlik markaziga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim: - pasport yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat;
- mehnat daftarchasi va ish stajini tasdiqlovchi hujjat (bu hujjatlar birinchi marta ishga kirayotganlardan talab qilinmaydi); - ma'lumotini tasdiqlovchi hujjatning asli yoki notarial tartibda tasdiqlangan nusxasi (diplom, attestat va h.k.);
- kasbiy malakasini tasdiqlovchi hujjat (agar bo'lsa)ning asli yoki notarial tartibda tasdiqlangan nusxasi;
- oxirgi 12 oylik ish haqiga oid ma'lumotnoma, agar avval ishlagan bo'lsa.
Tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullangan shaxs esa soliq idoralaridan beriladigan ma'lumotnomani taqdim etishi lozim.
Nogiron shaxs ushbu hujjatlardan tashqari tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari (TMEK) tomonidan tavsiya etilgan ishlar xususiyati to'g'risida ma'lumotnoma berishi lozim.
Sudning hukmi bilan ozodlikdan mahrum qilish mahrum qilish muassasalaridan bo'shatilgan shaxslar ozodlikka chiqarish to'g'risidagi ma'lumotnomani taqdim etilishi lozim. 
Agar ish qidiruvchining qaramog'ida farzandlari bo'lsa ularning tug'ilganlik haqidagi guvohnomalari beriladi.
Mazkur hujjatlar to'liq taqdim etilgan taqdirda bandlik markazi murojaat qilingan kunning o'zida ish qidiruvchi sifatida ro'yxatga oladi. Ish qidiruvchi sifatida ro'yxatga olingan shaxsga maxsus kartochka yuritiladi. Fuqaro xususiy bandlik agentliklari orqali ham mustaqil ish qidirishi mumkin. Xususiy bandlik agentliklarining ish qidirish bilan bog'liq xizmatlari pullik bo'lishi mumkin. Ular orqali ish qidirishning umumiy shartlari o'zaro tuziladigan shartnoma bilan amalga oshiriladi.

Download 67.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling