Reja: Asosiy vositalar haqida tushuncha


Download 265.5 Kb.
bet1/8
Sana25.02.2023
Hajmi265.5 Kb.
#1229725
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Abdullayeva Shohida .uzoq .muddat.aktiv (2)


Mavzu: Byudjet tashkilotlarida uzoq muddatli aktivlar hisobi


Reja:


1.Asosiy vositalar haqida tushuncha.
2. Asosiy vositalarni analitik hisobi.
3.Asosiy vositalar harakatini hujjatlashtirish.
4.Asosiy vositalarning qoldiq qiymatini aniqlash.
5.Asosiy vositalar eskirishini hisobga olish
6.Inventarizatsiya turlari.


1.Asosiy vositalar haqida tushuncha.


Asosiy vositalar va boshqa uzoq muddatli nomoliyaviy aktivlarning budjet tashkilotlari buxgalteriya hisobida quyidagi hisobvaraqlar bo'yicha hisob yuritish tartibi keltiritiladi:

  1. «Asosiy vositalar»;

  2. «Asosiy vositalarning eskirishi»;

  3. «Boshqa uzoq muddatli nomoliyaviy aktivlar».

Asosiy vositalar deb, qonunchilikka muvofiq zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida tashkilot tomonidan uzoq vaqt davomida (bir yildan ortiq) foydalanadigan, shuningdek, ijaraga berishi mumkin bo'lgan moddiy aktivlarga aytiladi.
01 «Asosiy vositalar» hisobvaragida tashkilotlarning barcha asosiy vositalari, shu jumladan, ijaraga berilgan asosiy vositalarning holati va harakati to'g'risidagi axborotlar, qiymatliklar umumlashtirib (£л=хг2+л:3 + + xn) ko'rsatiladi
Budjet tashkilotlarida asosiy vositalarni buxgalteriya hisobida kelib tushishi bo'yicha, ularning tashkilot ichida joydan-joyga o'tishi, budjet tashkiloti hisobidan chiqarilishi, har bir obyektning saqlanishi va to'g'ri foydalanilishi ustidan nazorat qilinishi hujjatlarda to'g'ri rasmiylashtirilishi hamda hisob registrlarida o'z vaqtida aks ettirilishi lozim.
Budjet tashkilotlari o'zlarining zimmalariga yuklatilgan vazifalarni bajarish bilan bog'liq bo'lgan faoliyatlarini amalga oshirishi, shuningdek, ishlab chiqarish (ishlar bajarish, xizmatlar ko'rsatish) jarayonida foydalaniladigan, qiymatidan qat’iy nazar 1 yildan ortiq xizmat qilish muddatiga ega bo'lgan moddiy aktivlarni buxgalteriya hisobida asosiy vositalar tarkibida hisobga oladi va aks ettiradi.



Download 265.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling