Reja: "Avesto" haqida ma’lumot. "Avesto"- olimlar tomonidan o’rganilishi
Download 37.61 Kb.
|
Reja Avesto haqida ma’lumot
Mavzu: “Avesto” tarixiy manba sifatida REJA: 1.“Avesto” haqida ma’lumot. 2.”Avesto”- olimlar tomonidan o’rganilishi 3. “Avesto”ning tub mohiyati 1.“Avesto” so’zining o’zagi “sto” bo’lib, “o’rnatilgan, muqarrar qilingan qonun – qoidalar, hayotning asosiy yo’riqnomasi demakdir. “Avesto” zardushtiylik dinining muqaddas kitobi bo’lib, otashparas ajdodlarimizning ijtimoiy hayoti, ma’naviy dunyosi haqida ma’lumot beradigan eng ishonchli tarixiy manbadir. Zardushtiylik degan nom dinga nisbatan shartli ravishda o’rta hol dinni uning payg’yambari (Zaratushtra) bilan atashdir. Aslida mazkur din Mazda Yasna deb atalgan, ya’ni “Mutlaq oqil zotga” sig’inish degan ma’noni anglatgan. Ushbu kitob millod. avval. VII – VI asrlarga hozirgi O’zbekistonning Xorazm viloyati hududida yaratilgan. Uning yaxlit kitob sifatida dunyo yuzini ko’rganiga 2700 bo’lgan. “Avesto kitobi Zaratushtra va Axura Mazdaning savol javoblaridan. Kitob 21 qismdan iborat bo’lgan Zamonlar osha ulardan faqat to’rt qismi hozirgacha yetib kelgan. Bular: “Videvdot”, “Yasna”,“Visparat”, “Yasht” qismlari. Turli qismlardan olingan kundalik e’tiqod marosimlari uchun eng zarur duolar to’plami – “Xurdak Avesto” (“Kichik Avesto”) kitobi ham mavjud. Unda “Avesto”ning asosiy qismida saqlanmagan matnlarning parchalari ham bor. Yetib kelgan qismlar orasida “Videvdot” qismi 22 bobdan iborat. Qolgan 3 qismning bir qator bob va bandlari saqlanmagan. “Yasht” qismi “Avesto” kitobining Xudo Axura Mazda va uning o’zi yolg’iz yaratuvchi zot sifatida paydo qilgan ma’bud va ma’budalar sha’niga o’qilgan duo va alqov she’rlardan tashkil topgan. “Yasht”ning o’zi 22 bobdan iborat bo’lgan, shulardan bizgacha 10 bobi yetib kelgan. Tarixchi mas’udiyning yozishicha, eronpodshosi Doro ibn Doro xazinasida “Avesto” ning 12 ming oshlangan mol terisiga tilla suvida yozilgan 32 kitobdan iborat nusxasi bo’lgan. Aleksandr Makedonskiy (mill. avv. 334 – 329) Markaziy Osiyoni zabt etgan davrda “Avesto” ning bir qancha bo’limlarini yondirib yubortirgan. Uning tibbiyot, falakiyot, falsafa va adabiyotga doir bo’limlari yunon tiliga tarjima qilingan. XVII asrlarda “Avesto” Yevropa sharqshunos olimlari tomonidan o’rganila boshladi. Oksford universiteti professor Tomas Gand 1700 yilda nashr ettirgan “Qadimgi eronliklar: parfiyan va mideyaliklar dinining tarixi” asarida “Avesto” haqida qimmatli ma’lumotlar beradi. Fransuz sharqshunosi A. Dyuperron 1771 yilda “Avesto”ni fransuz tilidagi tarjimasininashr qiladi. Rus olimi A. O. Маkаvеl’skiy“Avesto” ustida tadqiqotlar olib boradi, 1960 yilda “Avesto”ni ilmiy o’rganish tarixi” monografiyasini nashr ettiradi. “Avesto” kitobi mamlakatimizda mustaqillikdan keyin jiddiy o’rganila boshlandi. O’zR Vazirlar mahkamasi ushbu noyob kitobning xalqimiz va millliy davlatchiligimiz tarixidagi ulkan ahamiyatini hisobga olgan holda, “Avesto” yaratilganligining 2700 yilligini nishonlash to’g’risida 2000 yil 29 mayda 110 sonli qaror qabul qildi. Va bu 2011 yilda keng nishonlandi. tamoyillari bilan yo’g’rilgan ma’naviyati qadimgi davri zardushtiylik ta’limoti negizida rivojlanadi. Mazkur ta’limotning muqaddas kitobi “Avesto”da ilgari surilgan g’oyalar mohiyatan milliy g’oyamizning dastlabki bosqichidagi mazmuni, tamoyillari o’z ifodasini topgan. “Avesto” kitobida Markaziy Osiyo xalqlarining qadimgi davridagi moddiy va ma’naviy hayoti, diniy qarashlari, dastlabki dunyo va unda o’zining o’rni haqidagi tasavvurlari, urf-odatlari haqida ma’lumotlar beradi. Shuningdek qadimgi ajdodlarimizning orzu-istaklari, maqsad va muddaolari ham kitobning asosiy mazmunini tashkil etadi. “Avesto” (“Hayot yo’riqnomasi”) zardushtiylik (otashparastlik) dinining muqaddas kitobidir. Mazkur din mil.avv. XIII-XII asrlarda Markaziy Osiyoda, Amudaryo sohillarida va Marg’iyonada vujudga kelgan yakkaxudolikni targ’ib etgan dindir. “Avesto” bizga eng keyingi rasmiylashtirilgan variantda (340 jildi) ma’lum. Bu davrga kelib undagi ba’zi totemistik va ko’pxudochilik unsurlari boshqacharoq talqin qilinganini va ya’ni ezgulik hudosi- Axuramazda va yovuzlik hudosi Ahriman boshqa hudolar qavmiga kiritilganini ko’ramiz. Zardushtiylikkacha ushbu mintaqada ko’pxudolikka e’tiqod qilish mavjud bo’lganki, bu turli qabilalar o’rtasidagi nizo, qarama-qarshiliklar va buning negizida o’zaro to’qnashuv, urushlar tez-tez sodir bo’lib turgan. Shunga ko’ra bu davrda qabila, elatlar o’rtasida o’zaro hamkorlik, hamjihatlik aloqalarini o’rnatish, barqaror tinchlikka erishish hayotiy ehtiyojga aylangan edi. Mazkur ehtiyojni jumladan ko’p anglab yetgan zardusht bo’ladi. U doimiy bir-biridan xavfsirab yashaydigan urug’-elat, qabilalarni o’zaro birlashtirib, yagona davlatchilikka erishishning asosiy yo’li-bu yakkaxudolikka o’tish ekanligini chuqur anglab yetadi va o’z umrini ana shu g’oyat qiyin ishni ro’yobga chiqarishga bag’ishlaydi va buning uddasidan chiqadi. Manbalarda qayd etilishicha, u ana shu maqsad yo’lida qurbon bo’ladi. Zardushtiylik Markaziy Osiyodan keyinchalik yakkaxudolik dini sifatida boshqa mamlakatlarga, Hindiston, Janubi-G’arbiy Osiyo, xususan Eron, Ozarbayjon, Armanistonga tarqaladi. Taniqli o’zbek olimasi Fozila Sulaymonova zardushtiylikning, shuningdek, Yunonistonda, kichik Osiyo va Ioniya ham keng tarqalganligini ta’kidlaydi va o’zining fikrini yetarli dalillar bilan asoslab beradi. Olimaning ta’kidlashicha, eradan avvalgi VI asrga kelib yunonlar eroniylar bilan yaqindan aloqada bo’la boshlagach, Markaziy Osiyo va Eron xalqlari dini, Zardusht ta’limoti ioniyalik donishmandlarga o’z ta’sirini o’tkaza boshlagan zardushtiylik dini va uning tarixini jiddiy o’rgangan hamda to’rt tomlik tadqiqot yaratgan ingliz olimasi Meri Boysning aytishicha, “ta’sir faqat bir tomonlama, zardushtiylik tomonidan bo’lgan”. (Fozila Sulaymoova Sharq va G’arb. T., “O’zbekiston”, 1997, 23-bet). Mazkur din, shuningdek, uzoq tarixiy davr mobaynida o’z mavqeyini yo’qotmasdan yashab keladi. Ya’ni eramizdan oldingi VIII asrdan, to Islom dinining Markaziy Osiyo va Janubiy-G’arbiy Osiyo mamlakatlariga kirib kelguncha (eramizdan keyin VIII asr) bo’lgan davrgacha hukmron din mavqeini saqlab keladi. Hindistonning ba’zi hududlarida yashaydigan elatlar hozir ham ana shu dinga e’tiqod qiladilar. Bu o’rinda o’z-o’zidan mantiqiy savol tug’iladi: “Zardushtiylikning ko’plab mamlakatlarga yoyilishi, u yerdagi xalqlarning e’tiqodiga aylanishi va asrlar davomida o’zining mavqeyini yo’qotmasdan yashab kelganligining sababi nimada?” Bu uning asosiy sababi shundaki, zardushtiylikda barcha davrlarda inchinun hozirda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan va hamisha dolzarb bo’lib kelgan ezgulik, yovuzlikni barham toptirish g’oyasi, ma’naviyat ideali ilgari suriladi va g’oya ayni paytda mafkura vazifasini o’taydi. 2. Dunyo olimlarida shuning uchun ham zardushtiylik, uning g’oyalarini o’zida aks ettirgan “Avesto” kitobi katta qiziqish uyg’otgan, va uni o’rganishga kirishadilar. Bu o’rinda akademik S.F. Olberburgning fikrini keltirish mumkin. “Zardushtiylik, -deb yozadi olim,-insonning yer yuzidagi hayotini yengillashtirishga, uni bahtiyor qilishga qaratilgan eng oqilona din”. (Istiboh F.Boynazarovning “O’rta Osiyoning antik davri” nomli kitobi bo’yicha keltiriladi, 202-bet). (“O’qituvchi” 1991). G’arb sharqshunos olimlari XVIII asrlardan boshlab ushbu din, uning muqaddas kitobini o’rganishga kirishadilar. Oksfordlik professor 1700-yilda “Qadimgi eronliklar: parfiyan va mideyaliklar dinining tarixi” asarini nashr ettiradi va bu din haqida qimmatli ma’lumotlarni bayon etadi. Fransiyalik sharqshunos A.Dyuperon 1771- yilda “Avesto”ni tarjimasini nashr qildiradi. Riga universitetining professori Klenker 1778-yolda “Avesto”ni va Dyuperonning u haqda yozgan asarlarini nemis tiliga tarjima qilib, nashr ettiradi. Fransiyalik olim De-Sas 1793- yilda “Avesto”ning tiliga oid kitobini yozib, chop ettiradi. Shundan so’ng “Avesto” tilini o’rganishga oid yangi tadqiqot ishlari boshlanib ketadi. Nemis sharqshunosi E.Raskin 1827-yilda “Zend-Avesto va zend tilining asl nusxasi, uning qadimiyligi” degan asarini chop ettiradi va u o’z kitobida zend tili sanskrit tilidan paydo bo’lmay, balki tovushlarning talaffuzi jihatidan eron tiliga yaqin ekanligini ko’rsatib beradi. XIX asrga kelib zardushtiylik dini “Avesto” dalsafiy jihatdan o’rganila boshlanadi. Nemis faylasufi G.Ritter o’zining “Falsafa tarixi” deb nomlangan 12 jildlik tadqiqotlarining birini “Avesto”ga bag’ishlaydi. U “Avesto”dagi ilgari surilgan g’oyalarga e’tiborini qaratadi va ular o’z mazmuni, mundarijasiga ko’ra oddiy afsona, rivoyatlar emas, balki ular falsafiy mazmunga ega bo’lgan bitiklardir, degan qarashni bildiradi. Zardushtiylik dini “Avesto”ga nemis mumtoz falsafasining yirik namoyandasi Gegel ham o’z vaqtida katta qiziqish bilan qaragan. “Bu din, -deb yozadi faylasuf,-yorug’lik va qorong’ulikka qarshi turadi. Yorug’likning yovuzlik bilan kurashi, hayotning o’lim bilan kurashidir. Zoroastr (zardushtiylikning izoh bizniki) dini rivojlanishini va hayotning barhayot bo’lishi, ekin ekishni, uy hayvonlarini boqishni va yerga qarashni talab qiladi. Bu dinga sig’ingan odam hatto murdani yerga ko’mmay, yoqmay, qushlarga yem bo’lishi uchun tashlashadi”. (Istiboh. F.Boynazarovning yuqorida qayd etilgan kitobi bo’yicha keltirilmoqda, 206-bet.). Nemis sharqshunosi Maks Myuller o’zining 49 tomdan iborat “Sharqning muqaddas kitoblari” (1879-1904) nomli tadqiqotlarida “Avesto”ni hindlarning muqaddas kitobi “Vedalar” bilan qiyoslash asosida talqin qiladi. “Avesto”ni o’rganishning keyingi bosqichi Xristian Bartleme (1855-1926) nomi bilan bog’liqdir. U 1878 yilda “Qadimgi eron lug’ati” nomli kitobini nashr ettiradi va bu kitob “Avesto”ni o’rganishda bu davrda asosiy qo’llanma bo’lib xizmat qiladi. Bartlemening zamondoshi va yurtdoshi faylasuf Fridrix Nitsshe (1844-1900) o’zining “Hayot falsafasi” deb nomlangan qarashlarini bevosita zardushtiylik ta’limoti ta’siri ostida shakllantiradi. Uning mazkur ta’limoti asosida insonning ezgulik yo’lini tutish bilan maxluqlikdan xoliqlik ko’tariladi, ya’ni komillik maqomiga erishadi va bu maqomda u Alo-odamlar sarvariga aylanadi degan g’oya yotadi. Nitsshenning “Zardusht tavallosi” asari ana shu qarash ruhida yozilgan asardir. Nitsshenning tug’ishgan singlisi Elizaveta Fyorster-Nitsshenning yozishicha, akasi Zardushtni bolalik chog’ida tushida korgan. Nitsshen ilk asarlarida yetuk odamni tarbiyalash, buyuk shaxslarni voyaga yetkazish g’oyasini ilgari surgan va keyinchalik bu g’oya uni butunlay band etgan.“Biron bir buyuk odamni yaratish uchun insoniyat tinimsiz mehnat qilishi kerak. Uning vazifasi faqat mana shu, boshqa narsa emas, deb yozgan edi u ilk asarlaridan birida.Zardusht – butun borliqning eng oliy sifatda namoyon bo’ishi, deydi Nitsshe. U (zardusht) – Alo odam, deb e’tirof etadi. Faylasuf “Zardusht tavallosi” – buyuk bir ilhom va bashorat qudrati bilan yozilgan asardir. Zardushtning aytgan so’zlari haqida u shunday deb yozadi: “Bunda hikmat ehtiros kuchidan qaltiraydi, nutq musiqaga aylanadi”. Zardusht bu asarda mislsiz bir timsol, mislsiz bir ta’limot, mislsiz bir dasturdir. Nitsshe zardushtiylikning barcha insonlar uchun qimmatli, umuinsoniy qadriyat hisoblanmish erkinlik, tinchlik, do’stlik, hamkorlik g’oyalarini e’zozlaydi, ulardan ilhomlanadi. Unga Adubord zardusht o’g’lining quyidagi so’zlari unga juda katta ta’sir ko’rsatgan. Mana shu so’zlar: “Men davlatmandlik, qashshoqlik va hukmfarmolik yo’llaridan o’tdim. Davlatmand bo’lgan chog’imda saxovat qildim, qo’lim ochiq bo’ldi; taxtga o’tirganda kamtar va shavqatli bo’ldim. Tinchlikni saqlash-jang qilmoqdan afzaldir. Kek saqlamoqdan ko’ra, do’stlik va birodarlikda bo’lmoq behroqdir. Hotirjam bo’lmoq va g’azabdan saqlanmoq xayrlidir”. Shuning ta’sirida Nitsshe yozadi: “Men shunday odamni sevamanki, u bilish uchun yashaydi. va qachondir yer yuzida Alo odam yashamog’i uchun bilishni istaydi. Men shunday odamni sevamanki, u yaxshiligida toleni yasaydi”. “Zardusht tavallosi” birinchi marta o’zbek tiliga taniqli adabiyotshunos Ibrohim G’afurov tomonidan o’zbek tiliga o’girilgan (Qarang: “Tafakkur” jurnali. 1995. №1, 91-99-betlar. Bu yerda mazkur tarjimadan ayrim parchalar keltirib o’tamiz. “Zardusht haloyiqqa yana shularni aytdi: Odam maqsadini ko’zlab yashaydigan vaqt keldi. Odamzod o’z umidining eng oliy donasini ekadigan vaqt keladi. Buning uchun uning zamini ham juda boy”. “Muhabbat-nimadir? Yaratmoq-nimadir? Yulduz degani nima?”. Oxirgi odam ana shunday deb so’rab turadi va ko’zlarini tirishtiradi”. (O’sha jurnal, 95-bet.).Sobiq ittifoq davrida dunyo olimlari o’rgangan ilk vatani bo’lgan “Avesto”ni O’zbekistonda sistemali, ma’naviyatimizning manbai sifatida o’rganishning imkoni bo’lmadi. Bu kitob faqat mustaqillik yillarida o’zining haqiqiy qadr-qimmatini topdi. Prezident I.A.Karimov tashabbusi bilan 2010-yili “Avesto” yaratilganligining 2700 yilligi yurtimizda xalqaro miqyosda, Xiva shahrida unga atalgan majmua qo’yildi. Mustaqillikka erishganidan so’ng o’tmish ma’naviy merosimiz qayta tiklandi va bu borada juda katta ishlar amalga oshirildi. Shu jumladan, xalqimiz tarixining muqaddas kitobi “Avesto”ning to’la matni o’zbek tiliga tarjima qilinib, nashr etildi (2001-yil). Va uni o’rganish bo’yicha tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Hozirgi tadqiqotchilarimizdan M.Qodirov, M.Ishaqov, A.Sagdullaev, A.Qayumov, A.. Mahkam, F. Sulaymonova, T.Mahmudov va boshqalar “Avesto”ni o’rganish bo’yicha risola, manografiya, ilmiy maqolalarini chop ettirdilar. “Avesto” Zardushtga vahiy qilingan kitob hisoblanadi. Zardusht tarixiy shaxsmi yoki yo’qmi, uning yashagan davri fanda hal qilingan emas. Lekin gap Zardushtning tarixiy yoki tarixiy shaxs yoki emasligigida emas. Muhimi insoniyat tarixida birinchi bo’lib, uning tomonidan insonning bu dunyodagi ishlariga yarasha narigi dunyodagi javob bermoqligi ta’limotning ilgari surilganligidur. “Avesto”ning ma’naviyat, ilmiy g’oya bilan bog’liq tomoni shundaki, unda umuminsoniy ahamiyatga molik ezgulik, uning qaror topishi uchun qarash g’oyasining ilgari surilganligidir. Zardusht ta’limotida olam tartibi ijtimoiy barqarorlik, tinchlik, xalqlar o’rtasidagi hamkorlik kishilarning ongli ravishda ezgulik tomonida turib faol kurashishga bog’liq degan g’oya olg’a surilgan. Bu g’oya umuminsoniy ideallarini o’zida mujassamlashtirgan ma’naviyatimizning tamal toshlaridan biridir. “Avesto” da yuksak axloqiy me’yorlar, ma’naviy qadriyatlarni ifodalashda ezgulik va yovuzlik kuchlari o’rtasida doimiy qarama-qarshi kurash mavjudligi va baribir ezgulik yovuzlik ustidan g’alaba qiladi degan g’oya bosh mavzu hisoblanadi. Ezgulik ma’budasi Ahura Mazda, yovuzlik ibtidosi va yaratuvchisi Ahriman o’rtasidagi kurash natijasi insonning ongli ravishda ezgulik tarafida turmog’iga bog’liq. Ahura Mazda bunyodkor ishlarni qiladi, odamlarga ezgulik va yaxshilik ulashadi. Ahriman esa buzadi, yakson etadi, kishilar orasida g’araz va adovatni avj oldiradi. Ikki kuch hech qachon bir-biri bilan chiqisha olmaydi. “Avesto”dagi ko’plab hikoyat, rivoyatlar va mifologik obrazlar asosan ana shu kuch o’rtasidagi qarashni tasvirlaydi. Kitobdagi bunday rivoyat, miflar adabiyotshunos olim Abdurashid Abdurahmonovning “Qadimgi tarixiy adabiyot” nomli kitobida (“Yangi asr avlodi” 2005) nomli kitobida batafsil keltiriladi. (Qarang:42-75-betlar). Kitobda bosh g’oya- “Ezgu fikr, ezgu so’z, ezgu amal” haqiqat, adolatning qaror topishga qaratilgandagina ular bir-biriga o’tib mushtaraklashadi. Shundagina ezgulik yovuzlik ustidan ustun keladi, degan falsafiy ma’noni anglatadi. “Ezgu o’y, ezgu so’z va savob ishlar bilan ezgu o’y, ezgu so’z va savob ishni oqlayman,- deyiladi. “Avesto”ning “1-Yasht. Xurmuz yasht” degan qismida. O’zimni bari ezgu o’ylarga, ezgu so’zlarga, yaxshi ishlar amaliga baxshida qilaman, barcha yomon o’ylardan, yomon so’zu ishlardan yuz o’giraman”. (“Avesto” Yasht kitobi. T., “Sharq” 2001, 8-bet). Shunga ko’ra “Avesto”ning g’oyasi milliy g’oyamizning ma’naviy ildizi hisoblanadi. Bu o’rinda Prezident I.A.Karimovning quyidagi fikrlari alohida ahamiyatga molikdir “… “Avesto”ning tub ma’no-mohiyatini belgilab beradigan, -deb ta’kidlaydi Yurtboshimiz, -“Ezgu fikr, ezgu so’z, ezgu amal” degan tamoyilni oladigan bo’lsak, unda hozirgi zamon uchun ham behid ibratli bo’lgan saboqlar borligini ko’rish mumkin. Ana shunday fikrlar, ya’ni ezgu niyyat, so’z va ish birligini jamiyat hayotining ustuvor g’oyasi sifatida talqin etish bizning ma’naviy ideallarimiz bilan naqadar bog’liq, nechog’lik mustahkam hayotiy asosga ega ekani, ayniqasa e’tibordir” (I.A.Karimov. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. T., “Ma’naviyat”, 2008, 32-bet). “Avesto”ning mohiyatini o’zida mujassamlashtirgan “Ezgu fikr. Ezgu so’z, ezgu amal” tamoyili asosida inson oily qadriyatlar, degan qarash yotadiki, bu milliy g’oyamizning insonparvarlik yo’nalishi Respublikamizning Bosh qomusi 13-moddasida belgilab qo’yilgan” inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi”, deb belgilab qo’yilgan huquqiy qoida bilan hamohangdir. “Avesto”da tasvirlanishicha, Ahura Mazda insonni mukammal mavjudot qilib yaratgan. Garchi Ahura Mazda insonni mukammal qilib yaratgan bo’lsa-da u o’z ma’naviy komilligiga o’zining ezgu so’zi, ezgu amali bilan erishadi. Boshqacha qilib aytganda, insonning o’z homiyligiga erishishi uning o’z ixtiyoriga berilgan. Bunga esa u faqat ezgulik yo’lini tanlash, yovuzlikdan qochish orqaligina erisha oladi. 3.Ilohiy majmua “Avesto”da inson ulug’lanib osmonga ko’tarilgan. Uning aqlligiga hamdu sanolar o’qilgan. Buyuk kalomda insonga bebaho ne’matlar ato qilinganligi zikr qilinadi. Mana e’tibor bering, mo’tabar manbaada odamning yaratilishi haqidagi muborak kalimalarga duch kelamiz.“Ahura-Mazdani o’zi, -deyilgan :Avesto”da – o’z ruhida, odamni jonli, ongli, o’zini o’zi anglatuvchi qilib yaratgan”.Ha, olamdagi hamma jonli-yu jonsiz, barcha borliqning yaratuvchisi ham O’zi. Oliy Ilohning juda ko’plab bunyodkorliklari borki, ammo eng sarasini odamzotga baxshida etgan.Ha, Yaratuvchining yaratuvchiligi natijasida jumlayi jahon yaralgan, shularning ichida yakkayu yagona onglisi – inson, odamdir. Oliy Iloh nafaqat odamzotni yaratgan, balki ularni ko’paytiruvchi ham o’zidir. Mana e’tibor bering “Mening (Oliy Iloh) ko’rkam va ulug’vor himoyatimda…”, “juft oyoqli odamzot ham ziyoda bo’ldi” kabi bashoratlarida Parvardigorning yana bir muruvvati namoyon bo’ladi. Yaratganning bandalariga siylovlar servo, mehribonliklari behisobdir. “Avesto”da odam urug’lanar ekan, sharaflanar ekan, buning boisi, ularda insoniy fazilatlarning jamlanganligidandir. Ijobiy hislatlar odamni bezaydi. Bu holat ham majmuada qoyil qolarli darajada tarannum etilgan. Insoniy fazilatlarning odamzot uchun nihoyatda muhimligi ishonarli raqam etilgan “Yaxshi fikr” ilohiy qonun ruhidagi, -deyilgan “Avesto”da – yaqin kishisiga mehribon bo’lish, muhtojlik va xavf-xatar ostida qolganda ko’maklashish, yovuzlikka qarshi, kishilar baxt va saodati uchun faol kurashishga shaylik, hamma bilan ahil va totuvlikda, o’z maslakdosh birodarlari bilan do’stlik va hamjihatlikda yashashga intilish ruhidagi niyyatlar va fikrlar musaffoligi tushuniladi. Inson o’z fikr hayolida boshqalarga hasad qilmasligi lozim, yaxshi niyyatli kishi darg’azab bo’lmaydi va boshqa jaholatlarga berilmaydi. Chunki bunday holatda u yaxshi niyyatini yo’qotadi, burch va adolatni unutadi va nojo’ya harakatlar qiladi”. Bitta iqtibosda shuncha insoniy fazilatlarning jamlanishi, go’yo hikmatlar guldastasiga o’xshaydi. Yana shunisi e’tiborga loyiqki, “Avesto”da u yoki bu muammo qo’yilar ekan, uning o’z maqsadi bor, buning ustiga asosli, bir-biriga zanjirdek bog’langan. Parchani takror-takror o’qib, shunday xulosaga kelasizki, uning mualliflari nihoyatda bilimdon, aql idroki qiyomiga yetgan donishmandlardir. So’zlarning salmog’i zalvorli, pishiq, puxta, joy-joyiga qo’yilgan, ombirdek tishlaydi. Jumlalar shunday qoliplanganki, bo’y-bastiga moslab sarflangan. Jumladan, “…yaqin kishisiga mehribon bo’lish, muhtojlik va xavf-xatar ostida qolganda ko’maklashishga shay” turar ekan, lekin bu joyda ana shu talablarga ham katta mas’uliyat qo’yilyapti, u “yaxshi fikrli”, buning ustiga “ilohiy qonun ruhidagi” inson bo’lmog’i kerak, agar mana shu talablarga javob bera olmasa, unga hech qanaqa yordam yo’qHaqiqat turmush tarzining asosini tashkil etgan. Buning ustiga ushbu talab har kimga yoki hammadan emas, balki “yaqin kishisiga” qo’yilyapti.“Avesto”ning mazmunidan insonparvarlik navosi taralib turganini payqaysiz. Inson manfaati, odamlarga g’amxo’rlik manaman deb turibdi. Fidoyilik, odamlar ishqida yonish, ularni deyish-insoniylik fazilatlarining asllaridir. Oliyjanoblikning boshi ham shunday boshlanadi:”…hamma bilan ahil va totuvlikda, o’z maslakdosh birodarlari bilan do’stlik va hamjihatlikda yashashga intilish..”dan hosil bo’ladigan natija-omonlikning mevasi totli, oqibatli sharofatlidir.Milliy g’oyamizning muhim tomonlaridan biri shundaki, u insonni ulug’laydi va insoniy munosabatlar shakllanishini muhim vazifa sifatida qaraydi. Milliy istiqlol g’oyasida turli millat, turli e’tiqodga ega bo’lgan kishilarning bir zamon, bir vatanda o’zaro hamkorlik, do’stlik munosabatlarida yashashlari zarurligi alohida tamoyil hisoblanadi. Mazkur gumanistik g’oya-tamoyil “Avesto” yuqorida qayd etilgan xalqlar o’rtasidagi do’stlik, birodarlik ezgulikning muhim jihati haqidagi g’oya bilan hamohangdir. Aniqroq qilib aytganda “Avesto”ning ushbu g’oyasi milliy g’oyamizning ma’naviy manbai bo’lib xizmat qiladi. “Avesto”da inson komilligi haqidagi qarashlar bayon etiladiki, bunda u yuqorida ta’kidlaganimizdek o’zining ezgulik yo’lidagi sa’y-harakati orqali erishadi. Bunda kishining o’z yurti, xalqi koriga yarashligi, boshqalarga yaqinlik qilishdan horimasligi fazilatlarga ega bo’lish komillikning muhim bir ko’rsatgichi deb qaraladi. Milliy g’oyamizning muhim tomonlaridan biri bo’lgan komil inson g’oyasi ham ma’naviy – axloqiy tamoyillarni o’zida mujassamlashtirgan, kishilarni ezgulikka undaydigan g’oyadir. Shu nuqtai nazardan qaraganda milliy g’oyamizning teran ildizlari “Avesto”dagi insonparvarlik g’oyalariga borib tutashadi, undan doimiy ravishda oziqlanadi: Bugungi kunda milliy g’oyamizda komil insonni shakllantirish dolzarb masaladirki, bunda bo’lib ma’naviy merosimiz, xususan “Avesto”dagi ana shu haqidagi hayotbaxsh g’oyalar muhim omil bolib xizmat qiladi. Ana shu omilni “ishga solish” ma’naviy tarbiya yo’nalishining vazifasi bo’lib hisoblanadi. Mazkur tarbiya esa tizimlilik va uzluksizlik tamoyili asosida olib borishni talab etadi.Hozirgi davrda dunyo miqyosida kechayotgan voqealar, turli hududlarda kechayotgan qon to’kishlar, geosiyosiy kuchlarning maqsad muddaolari tahlildan o’tkaziladigan bo’lsa, ularni bundan uch ming yildan oldin “Avesto”da bayon etilgan ezgulik va yovuzlik o’rtasidagi kurash tamoyilidan turib baholash mumkin. Darhaqiqat, o’z mafkuraviy poligonlariga ega buyuk davlatchilik shovinizmi, agressiv millatchilik, diniy eksterimizm va terrorizmning faoliyatlari ezgulik yo’lida paydo bo’lgan katta xavfdir. Bugungi kunda insoniyat sivilizatsiyasini halokatdan faqat ezgulikka asoslangan ma’naviyat, insoniyatning ma’naviy kamolotini saqlab qolishga qodirdir. Insoniyat “Avesto”da ilgari surilgan tom ma’nodagi Ezgulik haqidagi g’oyalarni inobatga olmaganligi sababli global miqyosidagi fojialarga, xususan jahon urushlarini o’z boshidan kechirdi. Bulardan, aftidan, saboq olmaganki, hozirda “yadro poligonlaridan ham xavfliroq mafkura poligonlari yuzaga keldi. Buni bartaraf etishning yo’li esa bitta-ma’naviy, diniy bag’rikenglikka asoslangan xalqlar, davlatlar, millatlar o’rtasidagi o’zaro hamkorlik, hamjihatlik, do’stlik rishtalarini mahkam bog’lashdir. Bu g’oya bundan 2700 yil oldin, muqaddas bitik - “Avesto” da ilgari surilgan ediki, u hozirgi kunda alohida ahamiyat kasb etmoqda. Agar insoniyat ushbu g’oyaga yana amal qilmasa, insoniyat sivilizatsiyasi fojiaga uchrashi tayin deb aytsh mumkin. Milliy g’oyamizning mazmun-mohiyatining muhim jihatini “Avesto”dagi xalqlar, millatlar o’rtasidagi hamkorlik, bag’rikenglik g’oyasi tashkil etadi. Shunga ko’ra milliy g’oyamiz umuinsoniy ahamiyatga egadirki, bu uning hayotbaxshligini belgilovchi jihatdir.“Avesto”ning deyarli har bir bayti mazmunida insonning tabiatiga uyg’un munosabatda bo’lishi haqidagi fikr qizil ipdek bo’lib o’tgan. Bunda inson tabiatni muqaddas, ilohiy deb bilish zarurligi uqdiriladi va kishilar bunga qat’iy rioya qilganlar.Kishilar tabiatga ozor yetkazmaganlar, bugungi ilmiy til bilan aytganda, uning qonunlarini buzmaganlar. Ya’ni havo, suv, tuproqni toza saqlaganlar. Agar insonlar “Avesto”dagi pandnomalarga quloq osib, ularga rioya qilganlarida hozirgi jahon sivilizatsiyasiga xavf solayotgan ekologik muammolar yuzaga kelmagan bo’lardi. Bu muammolarni bartaraf etishning yo’li esa “Avesto”dagi bayon etilgan o’gitlarni qonun doirasida amal qilishdir. Muxtasar qilib aytganda, zardushtiylik dini, uning muqaddas kitobi “Avesto” xalqimiz madaniy merosining noyob, bebaho durdonasi bo’lib, unda ilgari surilgan yuksak gumanistik, tinchlik, ozodlik diniy bag’rikenglik, xalqlar o’rtasida do’stlik, hamkorlik g’oyalari milliy g’oyamizning manbai bo’lib hisoblanadi. Bugungi kunda mazkur noyob merosni o’rganish xalqimizda, ayniqsa yoshlar ongida milliy g’ururni, tarixiy ongni shakllatirishda eng muhim, samarali omil bo’lib xizmat qiladi. Download 37.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling