Reja Kirish. Shanxay hamkorlik tashkilotining tashkil topishi. Shanxay hamkorlik tashkiloti tuzilmasi


Download 381 Kb.
bet1/4
Sana23.03.2023
Hajmi381 Kb.
#1289430
  1   2   3   4
Bog'liq
SHHT


Reja



  1. Kirish.

  2. Shanxay hamkorlik tashkilotining tashkil topishi.

  3. Shanxay hamkorlik tashkiloti tuzilmasi

  4. Shanxay hamkorlik tashkilot faoliyati.

  5. Shanxay hamkorlik tashkilotida Oʻzbekiston tashabbuslari.

  6. Xulosa.


Kirish

Maʼlumki, Shanxay Hamkorlik Tashkiloti shiddat bilan oʻzgarib borayotgan hozirgi zamonning eng dolzarb muammolarini samarali hal qilishda, xavfsizlik va barqaror taraqqiyotni taʼminlashda katta hissa qoʻshib kelayotgan nufuzli xalqaro tashkilot hisoblanadi.


1996-1997-yillari “Shanxay beshligi” nomi bilan tashkil etilgan hamda 2001-yili Oʻzbekistonning aʼzo boʻlib kirishi bilan “Shanxay hamkorligi tashkiloti” nomini olgan mazkur tuzilmaning asosiy maqsadi aʼzo davlatlar oʻrtasida oʻzaro doʻstlik, ishonch va yaxshi qoʻshnichilik muhitini mustahkamlash hamda siyosiy, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy, shuningdek, xavfsizlik, energetika, transport, turizm, atrof-muhitni muhofaza qilish va boshqa ustuvor sohalardagi samarali hamkorlikni rivojlantirishdan iborat.
Mintaqaviy xavfsizlikni kafolatli taʼminlash, terrorizm, ekstremizm, ayirmachilik va giyohvand moddalarining noqonuniy savdosiga qarshi kurashish tashkilotning asosiy vazifalari sirasiga kiradi.
Taʼkidlash joiz, tashkilot “Shanxay ruhi” negizida tashkil qilingan boʻlib, ushbu tamoyil oʻzaro ishonch, manfaat, tenglik, maslahatlashuv, madaniy xilma-xillikni hurmat qilish, umumiy taraqqiyotga intilish kabi asoskor qoidalarni oʻzida muajassam etadi. “Shanxay ruhi” tashkilotga aʼzo davlatlarning siyosiy, harbiy va iqtisodiy qudrati har xil oʻlchamda boʻlishiga qaramay, ularning barchasi teng va hamjihatligini bildiradi.


Shanxay hamkorlik tashkilotining tashkil topishi

Shanxay hamkorlik tashkiloti (Shanxay halqaro tashkiloti) — mintaqaviy xavfsizlik va iqtisodiy hamkorlik tashkiloti. Xitoyning Shanxay shaxrida 6 mamlakat — Qozogʻiston, Xitoy, Qirgʻiziston, Rossiya, Tojikiston va Oʻzbekiston davlat rahbarlari uchrashuvida 2001-yil 15-iyun sanasida tuzilgan. Shanxay halqaro tashkilotining vujudga kelish tarixi „Shanxay beshligi“ deb atalgan uyushma faoliyati bilan bogʻliqdir.


Dastlab Qozogʻiston, Xitoy, Qirgʻiziston, Rossiya, Tojikiston davlatlari rahbarlari ishtirokida „Shanxay beshligi“ uchrashuvi boʻlib oʻtgan. Unda chegaradosh mamlakatlar oʻrtasidagi ishonchni mustahkamlash (1996) va qoʻshma chegarada qurolli kuchlar va qurolyarogʻlarni qisqartirish (1997) toʻgʻrisida 2 ta bitim imzolangan edi.
1998-yildan „beshlik“ mamlakatlarining oʻzaro hamkorligi sobiq Sovet Ittifoqi — Xitoy chegarasi boʻylab harbiysiyosiy vaziyatni barqarorlashtirish masalalaridan mintaqaviy xavfsizlik va koʻp tomonlama iqtisodiy hamkorlikni taʼminlash choralariga oʻtishga qaratildi. Shanxay halqaro tashkilotining Dushanbe shaxridagi 2000-yilgi sammitida Oʻzbekiston Respublikasi birinchi marta kuzatuvchi sifatida qatnashdi. Ana shu sammitda „beshlik“ negizida koʻp tarmoqli tashkilot tuzish toʻgʻrisida taklif ilgari surildi. Shanxay halqaro tashkiloti taʼsischilaridan biri sifatida ishtirok etish haqidagi qarorni Oʻzbekiston oʻz milliy manfaatlaridan kelib chiqib, Markaziy Osiyo mintaqasidagi harbiy-siyosiy vaziyatni hisobga olgan holda qabul qildi.
Shanxay sammitida (2001-yil iyun) yangi tashkilotning maqsad va prinsiplarini eʼlon qilgan Deklaratsiya, shuningdek, Terrorizm, ayirmachilik va ekstremizmga qarshi kurash toʻgʻrisidagi konvensiya qabul qilindi. Tashkilotning Sankt-Peterburgda boʻlgan 2-sammitida (2002-yil iyun) ustav hujjati — Shanxay halqaro tashkiloti Xartiyasiga imzo chekildi.
Shanxay halqaro tashkilotiga aʼzo davlatlar rahbarlari kengashining 2004-yil 17-iyunda Toshkentda boʻlgan majlisida Tashkilotning shakllanish davri yakunlanganligi qayd etildi. Majlis yakunlari boʻyicha Toshkent deklaratsiyasi, Shanxay halqaro tashkilotining vakolatlari va immunitetlari toʻgʻrisidagi konvensiya, Narkotik vositalar va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashda hamkorlik toʻg'risidagi bitim, tashkilot va uning organlari faoliyatiga doir hujjatlar imzolandi. Oʻzbekiston Respublikasining Tashkilotga aʼzo davlatlar Xavfsizlik kengashlari kotiblarining tegishli milliy mahkamalarning yangi taxdid va xurujlarga qarshi turishdagi hamkorligini mustahkamlash maqsadiga qaratilgan doimiy uchrashuvlarini oʻtkazib turish haqidagi tashabbusi qoʻllab-quvvatlandi.



Download 381 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling