Reja: Bilimli avlod – buyuk kelajak kafolati. Ilmu ma’rifat insonni yuksaklikka ko‘taradi


Download 35.38 Kb.
bet1/2
Sana15.02.2023
Hajmi35.38 Kb.
#1201376
  1   2
Bog'liq
Abdurahmon Jomiyning


MA’RIFAT – BILIMLILIK VA EZGULIK YO‘LI. MA’NAVIY MEROS QUDRATI.

Reja:

1. Bilimli avlod – buyuk kelajak kafolati. Ilmu ma’rifat insonni yuksaklikka ko‘taradi.

2. Trenning mashg’uloti. Dunyoda ilmdan boshqa najot yoq.
Bugungi o‘ta tezkor rivojlanish va taraqqiyot sharoitida mustaqil O‘zbekiston o‘zining buyuk kelajagini bilimli, aqlli, mehnatsevar, jasur, ma’naviyati yuksak, jismonan kuchli bo‘lgan yosh avlod timsolida ko‘radi. Bunday har tomonlama barkamol avlodni o‘stirib, voyaga yetkazish davlatimizning ustuvor vazifalaridan sanaladi.
Qaysiki jamiyatda ilmsizlik, jaholat mavjud bo‘lsa, u yerda muqaddas qadriyatlar zavol topadi, odamiylikning mazmun­mohiyatiga putur yetadi. Oqibatda bu jamiyat tanazzulga yuz tutadi. Shunday ekan, har bir odam, fursatni
g‘animat bilib, barkamol avlod tarbiyasi yo‘lida ter to‘kmoqligi hayotiy zaruriyatdir. Zulmatni ilm nuri yoritadi. Tafakkur nuri, o‘z navbatida, jamiyat gullab­yashnashiga asos bo‘lib xizmat qiladi. Faqat tafakkurgina o‘z ortidan ham
moddiy, ham ma’naviy boylikni ergashtira oladi. U poklik, ma’rifat bulog‘i, xushxulqlik, go‘zal odob manbayidir.
Ilm­fan rivoji tufayli ta’lim­tarbiya, odob­axloq tufayli esa fozil insonlar, bilimli, zukko zurriyotlar voyaga yetadigan ma’rifatli jamiyat vujudga keladi. Bunday jamiyat ravnaq topadi, yuksaladi. Fuqarolik jamiyati rivojlanishida har bir insonning vatanparvarligi lozim bo‘ladi. Vatanparvarlik, burchga sodiqlik, tinchlikni saqlash, tabiatni asrash kabi oliy qadriyatlarning inson ongiga singib borishi maqsadga muvofiqdir.
Ajdodlarimizning oltin meroslarini qalbga joylamasdan turib inson kamoloti haqida fikr yuritish qiyin. Insonning hayotiga mazmun kiritadigan, o‘zligini anglatadigan buyuk qadriyat, bu — xalqimizning moddiy­ma’naviy merosi, hikmatlari, maqol­matallari va topishmoqlaridir. Bular ma’nan yetuk, jismonan baquvvat etib, el­yurt manfaati va ravnaqi yo‘lida fidoyilarcha mehnat qiladigan yosh avlodni voyaga yetkazishda ma’naviy asos bo‘lib xizmat qiladi. O‘tmish allomalarimiz hikmatlarida insonning kamolga yetishi haqida qimmatli fikrlar o‘z ifodasini topgan.
Inson ilm­u ma’rifatga qalbini yuksaltirish, uni ma’naviy oziqlantirish orqali erishadi.
Ajdodlarimiz yaratgan noyob tarixiy obidalar, o‘zimizning bunyodkorligimiz hisobiga qad ko‘tarayotgan muhtasham bino va inshootlar, obod mahallalar, fayz­u barakali oilalarning kun sayin ko‘payishi Vatan kaftidagi javohir sanaladi. Muhimi, bu javohir — ota­bobolarimiz qalb tafti, kelajakka bo‘lgan ishonch­irodasi, mustahkam imon­e’tiqodining mahsuli va albatta biz hamda farzandlarimiz samarali mehnatining hosilasi hisoblanadi. Aynan shuning uchun ham bu xilqat nodir, sevimli va qadrlidir.
O‘zbeklarga xos bo‘lgan ma’naviy merosimizda ona allasi muqaddas hisoblanadi. Chunki, allada ona dardi, millat dardi uyg‘unlashib ketgan. Uning tub mohiyatida ma’naviyatni anglash, kamol topish, yurt ravnaqi kabi ezgu maqsadlar yotadi.
O‘zbek xalqining butun vujudida azaldan yangilikka intilish, bilim sirlarini
chuqur o‘zlashtirish, teran fikrlash, o‘z oldiga ezgu maqsad qo‘yish va bu yo‘lda
samarali mehnat qilish kabi olijanob sifatlari mustahkam o‘rnashgan. Bunday
insonlar keng qamrovli bilimi hamda sevimli kasbining samarasidan jamiyatda alohida obro‘­e’tibor topgan bo‘lishsa, ibratli xulq­atvori tufayli hurmat­izzat qozonib, baxtli hayot kechirishgan. Inson kamolotining yuksalishida rostgo‘ylik,
halollik, kechirimlilik, sabrli bo‘lish, isrofga yo‘l qo‘ymaslik, do‘stga sodiqlik va sir saqlash, so‘zlashish odobi va xushxulqlik singari fazilatlarni ulug‘laydigan maqol, naql va tafakkurni charxlaydigan hikmatli so‘zlarning o‘rni beqiyos.

Download 35.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling